Authors

  • Zaynab Sayfullayeva
  • Shaxzod Sunnatullaev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.107206

Keywords:

sifatni boshqarish sertifikatlashtirish tashqi iqtisodiy faoliyat ISO standartlari eksport raqobatbardoshlik xalqaro bozor sifat tizimi.

Abstract

Ushbu maqolada mahsulotlarni va sifatni boshqarish tizimlarini xalqaro standartlar asosida sertifikatlashtirish jarayoni hamda uning tashqi iqtisodiy faoliyatga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilingan. Sertifikatlashtirish eksport va import jarayonlarini yengillashtirish, tashqi bozorda raqobatbardoshlikni oshirish, mijozlar ishonchini mustahkamlash va investitsiyaviy jozibadorlikni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, ISO 9001, ISO 22000, va boshqa sifat tizimlari standartlarini joriy etish orqali korxonalarning xalqaro talablarga moslashuvi va mahsulot sifatining barqarorligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

329

MAHSULOTLARNI

VA

SIFATNI

BOSHQARISH

TIZIMLARINI

SERTIFIKATLASHTIRISHNING

TASHQI

IQTISODIY

FAOLIYATGA

TA’SIRI

Sayfullayeva Zaynab Sunnat qizi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti assistenti, PhD.

Sunnatullaev Shaxzod Bekzod o‘g‘li

Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15628813

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mahsulotlarni va sifatni boshqarish tizimlarini xalqaro

standartlar asosida sertifikatlashtirish jarayoni hamda uning tashqi iqtisodiy faoliyatga
ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilingan. Sertifikatlashtirish eksport va import jarayonlarini
yengillashtirish,

tashqi

bozorda

raqobatbardoshlikni

oshirish,

mijozlar

ishonchini

mustahkamlash va investitsiyaviy jozibadorlikni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan
birga, ISO 9001, ISO 22000, va boshqa sifat tizimlari standartlarini joriy etish orqali
korxonalarning xalqaro talablarga moslashuvi va mahsulot sifatining barqarorligini ta’minlash
masalalari ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

sifatni boshqarish, sertifikatlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat, ISO

standartlari, eksport, raqobatbardoshlik, xalqaro bozor, sifat tizimi

.

ВЛИЯНИЕ СЕРТИФИКАЦИИ ПРОДУКЦИИ И СИСТЕМ УПРАВЛЕНИЯ

КАЧЕСТВОМ НА ВНЕШНЕЭКОНОМИЧЕСКУЮ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ

Аннотация.

В данной статье проанализирован процесс сертификации продукции

и систем управления качеством на основе международных стандартов, а также его
влияние на внешнеэкономическую деятельность. Сертификация играет важную роль в
упрощении экспортно-импортных процессов, повышении конкурентоспособности на
внешнем рынке, укреплении доверия клиентов и увеличении инвестиционной
привлекательности. Также рассмотрены вопросы адаптации предприятий к
международным требованиям и обеспечения стабильности качества продукции
посредством внедрения стандартов систем качества, таких как ISO 9001, ISO 22000 и
других.

Ключевые слова:

управление качеством, сертификация, внешнеэкономическая

деятельность, стандарты ISO, экспорт, конкурентоспособность, международный
рынок, система качества.

THE IMPACT OF PRODUCT AND QUALITY MANAGEMENT SYSTEM

CERTIFICATION ON FOREIGN ECONOMIC ACTIVITY

Abstract.

This article analyzes the process of certifying products and quality management

systems based on international standards and its impact on foreign economic activity.
Certification plays an important role in facilitating export and import processes, increasing
competitiveness in foreign markets, strengthening customer trust, and enhancing investment
attractiveness. The article also discusses issues related to enterprise adaptation to international
requirements and ensuring product quality stability through the implementation of quality system
standards such as ISO 9001, ISO 22000, and others.

Keywords:

quality management, certification, foreign economic activity, ISO standards,

export, competitiveness, international market, quality system.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

330

Qadimdan bir tushuncha bor - xarid paytida savdo mukammal bo‘lishi uchun uchta

tomon ishtirok etishi kerak: birinchi - oluvchi (xaridor) tomon, ikkinchi - sotuvchi (tayyorlab
beruvchi) tomon va uchinchi - xolis tomon. Sotuvchi tomon o‘z savdosidan, oluvchi tomon esa
xaridi va savdo ob’ektining mavjud sifat ko‘rsatkichlaridan ishonch hosil qilib, qoniqish hissiga
ega bo‘lsa, uchinchi tomon - o‘rtada turuvchi «xolis» savdoni adolatli bo‘lishiga yordam berib,
sotilayotgan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlariga baho bergan[1].

«Sertifikatlashtirish» tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti

Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tomonidan ishlab
chiqilib, uning «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash
sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari» qo‘llanmasiga kiritilgan.

Sertifikatlashtirish - guvohlik berish, qayd yoki shahodat etish, ishonch bildirish

ma’nolarini bildiruvchi «certifus» (lotinchadan) so‘zidan olingan bo‘lib, kerakli ishonchlilik
bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini uchinchi, xolis
va tan olingan tomon tarafidan tasdiqlaydigan faoliyatni bildiradi.

Sertifikatlashtirish ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan mahsulotlarning

muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha faoliyatning eng muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi.

Milliy sertifikatlashtirish tizimida 65 dan ortiq mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha

akkreditatsiya qilingan idoralar, 8 ta sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi (6-
jadval), 225 ta akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari faoliyat ko‘rsatib, xalqaro ISO/IEC
va EN hujjatlari bilan uyg‘unlashtirilgan 50 dan ortiq rahbariy hujjatlar va 15 dan ortiq sifatni
boshqarish tizimlariga tegishli me’yoriy hujjatlar amal qilmoqda.

Kengash tomonidan 2022 yilgacha respublikada standartlashtirish, sertifikatlashtirish

rivojlanishining istiqbollari belgilangan va doimiy nazoratga olingan.

Standartlar institutida har yili xalq xo‘jaligining 700 ga yaqin mutaxassislari 41 ixtisoslik

bo‘yicha malaka oshirmoqdalar: standartlashtirish bo‘yicha ishlarini tashkil etish, standartlar va
o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati, ekspert-auditorlarni tayyorlash, 9000 turkumli xalqaro
standartlari asosidagi sifat tizimlarni joriy qilish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish va
boshqalar.

Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni,

fan va texnikani rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatini yaxshilash,
ularning raqobatdoshlik qobiliyatini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish
ehtiyoji ortib bormoqda.

ISO 8402 “Sifatni boshqarish tizimlari. Lug‘at” xalqaro standartida «mahsulot»

quyidagicha ta’riflangan - «Mahsulot - faoliyat yoki jarayon natijasidir».

Mahsulot moddiylashtirilgan (qism, buyum) yoki moddiylashtirilmagan (axborot, xizmat)

yoki ularning o‘zaro uyg‘unlashgan birikmasi bo‘lishi mumkin. Mahsulotning yaratilishida,
sotilishida, yoki iste’molida (ishlatilishida) ya’ni “xayoti davrida” namoyon bo‘ladigan
xususiyatlari uning xossalaridir.

“Mahsulotning sifati” - uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni qondirishga

yaroqliligini belgilaydigan xossalar majmuasidir. Mahsulotning sifati, uni tashkil etuvchi
qismlarning sifati majmuasidan tashkil topadi.

“Mahsulot sifatining ko‘rsatkichi” deb, mahsulot sifatiga kiruvchi xossasining miqdoriy


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

331

tavsifiga aytiladi.

Sifat ko‘rsatkichlari quyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim: ular turg‘un

bo‘lishi kerak; mahsulotning samarasi bo‘lishi kerak; fan va texnika yutuqlari inobatga olingan
bo‘lishi kerak; muayyan vazifasiga ko‘ra ma’lum ehtiyojlarni qondirishga layoqatli bo‘lishi
kerak[2].

“Mahsulotning xavfsizligi” - uning murakkab xossasi bo‘lib, inson, uning mulki, tabiat va

atrof-muhit uchun zararsiz ta’sir etish miqdorini belgilaydigan ko‘rsatkichlaridir.

Mahsulotning muayyan ehtiyojga mos kelish darajasi va ehtiyojni qoniqtirishdagi

harajatlar bo‘yicha raqobatdagi mahsulotlardan ajralib turishini ifodalovchi tavsifi uning
“raqobatbardoshligi” deb ataladi.

Mahsulotning belgilangan sifat ko‘rsatkichlarini tanlash, bu ko‘rsatkichlarining

qiymatlarini aniqlash va ularni boshqa mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari qiymatlari bilan
taqqoslashni o‘z ichiga oluvchi faoliyat “mahsulot sifatining darajasini baholash” deb ataladi[3].

Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish

9000 turkumli ISO standartiga mos keluvchi sifatni ta’minlash tizimlarini

sertifikatlashtirish chet mamlakatlarida keng rivojlangan hisoblansada, ayni paytda
O‘zbekistonda bu muammoga oxirgi 2 yil mobaynida jiddiy e’tibor bilan qaralmoqda.

1-rasm. Mahsulot sifatini shakllantiruvchi va ta’minlovchi bosqichlar («Sifat xalqasi»)

Mahsulotga talabni,

texnikaviy daraja va

sifatni bashorat qilish

Tayyor mahsulotni

tarqatish (sotish).

Mahsulotni saqlash,

yuklash, jo‘natish, tashish

va savdo qilish

jarayonlarida sifatni

saqlash.

Texnikaviy tekshiruv va

sinovlar.

Mahsulotni tayyorlash

(ishlash, yasash) sifatini

baholash.

Me’yoriy hujjatlarga mos

keluvchi mahsulotni ishlab

chiqish

Sifatning yuqori

darajasini

shakllantirish.

Me’yoriy hujjatlarni

tayyorlash.

Tayyor mahsulotni montaj qilish

va undan foydalanish.

Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash

sifatini ta’minlash.

Mahsulot sifati talabgorni

qanoatlantirish darajasini

baholash.

Yo‘q qilish.

Utilizatsiya qilinayotgan
moddalardan va
chiqindilardan maksimal
foydalanish

Korxona - tayyorlovchining
imkoniyatlarini tahlil єilish.

Hom-ashyo, materiallar,

komplektlash uchun zarur

buyumlar bilan moddiy-

texnikaviy ta’minot

Ishlab chiqarishni

texnikaviy tayyorlash.

Texnologik jarayonlarni

ishlab chiqish, qurilma,

uskuna va jihozlar bilan

ta’minlash.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

332

Ortda qolishimizning sabablaridan biri - mahalliy ishlab chiqarish korxonalarning o‘z

mahsulotlarini eksportga chiqarishga intilishlari pasligidandir. Hozirgi kunda juda oz miqdordagi
korxonalar sifat tizimlarini sertifikatlashtirish ahamiyati va zarurligini angladilar.

Sifat tizimiga sertifikat – mahsulot yetkazib berish shartnomasini tuzishda asosiy

omillardan biri bo‘lib, g‘arb ekspertlarining fikricha, yaqin kelajakda Yevropa bozorlarida 95 %
gacha shartnomalar mahsulot yetkazib beruvchi firmada sifat tizimi sertifikati bo‘lgandagina
tuzilishi ko‘zda tutilmoqda. Rossiyalik ekspertlar baholashlaricha oxirgi besh yil mobaynida
rossiyalik ishlab chiqaruvchilarning eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarini yuborish bo‘yicha
30%ga yaqin shartnomalar sertifikat bo‘lmaganligi uchun tuzilmagan[4-5].

Arizaga muvofiq sertifikatlashtirish idorasi sohaga tegishli mutaxassislardan guruh

tuzadi va ular joyiga borib vaziyatni o‘rganishadi. Nazorat natijalari asosida dalolatnoma tuziladi
va sertifikatlashtirish idorasiga qaror qabul qilish uchun topshiriladi.

1-jadval

Ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish bosqichlari

Bosqich nomlanishi

Qisqacha mazmuni

Bajaruvchi

1

Ishlab

chiqarishni

sertifikatlashtirishga
talabnomani berish

Talabnomani rasmiylashtirish va yakuniy materiallarni
tayyorlash

Talabgor korxona

2

Dastlabki baholash

Yakuniy materiallar ekspertizasi, sotilayotgan mahsulot
sifati haqidagi axborotni yig‘ish va tahlil qilish, keyingi
bosqichlarni o‘tkazishni maqsadga muvofiqligini
baholash

Ishlab chiqarishni
sertifikatlashtirish
idorasi

3

Ishlab

chiqarishni

sertifikatlashtirish
dasturini tuzish

Ishlab chiqarish jarayonlari va ob’ektlarini, qaror qabul
qilish qoidalarini reglamentga solish (yoki amaldagi
metodikani baholash)

Sertifikatlashtiris
h idorasi

4

Ishlab

chiqarishni

tekshirish

Ekspertlar

guruhi

(komissiya)ni

tuzish,

sertifikatlashtirish metodikasiga ishlab chiqarishning
mos kelishini tekshirish, tekshirish natijalari haqida
hisobot va bayonnomalarni tuzish

Sertifikatlashtiris
h idorasi

5

Ishlab

chiqarishga

muvofiqlik
sertifikatini
topshirish

Ishlab

chiqarishga

muvofiqlik

sertifikatini

rasmiylashtirish, uni Davlat reestriga kiritish va
sertifikatni korxonaga berish

Sertifikatlashtiris
h idorasi

6

Sertifikatlashtirilayot
gan jarayon ustidan
inspeksion

nazorat

o‘rnatish

Sertifikatlashtirishni metodikasiga mos kelgan holda
mahsulotni tayyorlash sifati doimiyligi jarayonining
nazorati

Sertifikatlashtiris
h idorasi


Manba: «Texnik jihatdan tartibga solish» agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan

tuzilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

333

2-jadval
Sifat tizimlarini sertifikatlashtirish bosqichlari

Ishlar tarkibi

Ijrochi

1- Bosqich. Sertifikatlashtirish uchun dastlabki baholash.

1.1. Sifat tizimlarini va hujjatlarni sertfikatlashtirishga tayyorlash

Korxona

1.2. Sifat tizimlarini sertifikatlashtirishga ariza

Korxona

1.3. Sifat tizimlarini dastlabki tekshirish va baholash

Sertifikatlashtirish bo‘yicha
idora

1.4. Sifat tizimlarini sertifikatlashtirishga shartnoma tuzish

Korxona, Sertifikatlashtirish
bo‘yicha idora

2- Bosqich. Sifat tizimlarini yakuniy tekshirish va baholash

2.1. Sifat tizimlarini yakuniy tekshirish va baholashga tayyorlash

Korxona

2.2. Sifat tizimlarini yakuniy tekshirish va baholash dasturini tayyorlash

Sertifikatlashtirish bo‘yicha
idora

2.3. Sifat tizimlarini yakuniy tekshirish bo‘yicha dastlabki majlis o‘tkazish

Korxona, sertifikatlashtirish
bo‘yicha idora

2.4. Sifat tizimlarini tekshirish

Sertifikatlashtirish bo‘yicha
idora, korxona

2.5. Tekshirish natijalari asosida yakuniy majlis uchun dastlabki xulosalarni
chiqarish

Sertifikatlashtirish bo‘yicha
idora

2.6. Yakuniy majlis o‘tkazish

Sertifikatlashtirish bo‘yicha
idora, korxona

2.7. Sifat tizimlarini tekshirish bo‘yicha xisobot tayyorlash va yuborish

Sertifikatlashtirish bo‘yicha
idora


Manba: «Texnik jihatdan tartibga solish» agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan

tuzilgan.

Sertifikatning amal qilish muddatini bekor qilish sud idoralarining qarori bilan amalga

oshiriladi. Ko‘rilgan choralar natijasida sertifikatga ega korxonalarning sifatli mahsulotni ishlab
chiqarishga e’tibori kuchaydi. Erkinlashtirish jarayonlarining sertifikatlashtirish masalalarini
ham qamrab olganligi davlatimiz rahbariyati tomonidan ushbu sohaga e’tiborning yaqqol
dalilidir.

O‘rganilgan ma’lumotlarga asosan yil sayin tekshirishlar soni kamaymoqda va

korxonalarning o‘z e’tiborini faqat ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarflashga sharoitlar
yaratilmoqda, shu bilan birga korxonalarning standartlar talablarini buzish hollari ham kamayib
va natijada ularga qo‘llanilgan iqtisodiy jarimalar qisqarmoqda. Korxonalar harajatlarining
kamayishi mablag‘larni sertifikatlashtirishga yo‘naltirishga imkoniyat tug‘dirmoqda.





background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

334

REFERENCES

1.

Sh.Sunnatullayev, A.A.Samatov, Xalqaro akkreditatsiya tizimi asosida o‘zbekiston

respublikasida sertifikatlash tizimini takomillashtirish va tahlil qilish “CENTRAL
ASIAN FOOD ENGINEERING AND TECHNOLOGY” elektron ilmiy jurnali february,
2025, p 92-97

2.

Sh.Sunnatullayev, A.A.Samatov , Improving the Implementation of the Product

Management System in the Republic of Uzbekistan Based on the International
Accreditation Framework “American Journal of Education and Evaluation Studies “
American Journal of Education and Evaluation Studies April , 2025, p 215-218

3.

Сайфуллаева, З. С., & Исматуллаев, П. Р. (2021). Сравнительный анализ требований

к показателям качества натурального мёда, приведенных в нормативных
документах. Universum: технические науки, (11-3 (92)), 80-85

4.

Samatov A.A., Hamroqulov G‘. Testing and Certification of Goods in International

Trade, Methodical Manual. Tashkent, 2023

5.

Samatov Azizjon Abdulakhatovich, Rajabov Alisher Nusratolla ogli. “Metrology and

Standardization” Textbook, 2025.

References

Sh.Sunnatullayev, A.A.Samatov, Xalqaro akkreditatsiya tizimi asosida o‘zbekiston respublikasida sertifikatlash tizimini takomillashtirish va tahlil qilish “CENTRAL ASIAN FOOD ENGINEERING AND TECHNOLOGY” elektron ilmiy jurnali february, 2025, p 92-97

Sh.Sunnatullayev, A.A.Samatov , Improving the Implementation of the Product Management System in the Republic of Uzbekistan Based on the International Accreditation Framework “American Journal of Education and Evaluation Studies “ American Journal of Education and Evaluation Studies April , 2025, p 215-218

Сайфуллаева, З. С., & Исматуллаев, П. Р. (2021). Сравнительный анализ требований к показателям качества натурального мёда, приведенных в нормативных документах. Universum: технические науки, (11-3 (92)), 80-85

Samatov A.A., Hamroqulov G‘. Testing and Certification of Goods in International Trade, Methodical Manual. Tashkent, 2023

Samatov Azizjon Abdulakhatovich, Rajabov Alisher Nusratolla ogli. “Metrology and Standardization” Textbook, 2025.