Authors

  • G.F. Usmonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.121634

Keywords:

yashil tomlar gidroizolyatsiya o’ramli materiallar sug’orish tizimlari energiyaeffektivlik.

Abstract

Rossiyada binolarni tom qismini yashillashtirish sohasida qiziqarli tajriba to'plangan. Bu, ayniqsa, katta shaharlarda ekologik vaziyatni yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish uchun muhimdir. Maqolada Rossiya hududi uchun bino tom qismida landshaft barpo etishning muhim tamoyillari muhokama qilingan. Tomlarda tashkil etiladigan landshaft muhitiga elementlar tanlash bo’yicha tavsiyalar berilgan.

background image


Iyul, 2025-Yil

27

BINO TOMLARINI YASHILLASHTIRISH BO’YICHA ROSSIYA TAJRIBASI TAHLILI

Usmonova G.F.

Buxoro davlat texnika universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15877766

Annotatsiya. Rossiyada binolarni tom qismini yashillashtirish sohasida qiziqarli tajriba

to'plangan. Bu, ayniqsa, katta shaharlarda ekologik vaziyatni yaxshilash va energiya
samaradorligini oshirish uchun muhimdir. Maqolada Rossiya hududi uchun bino tom qismida
landshaft barpo etishning muhim tamoyillari muhokama qilingan. Tomlarda tashkil etiladigan
landshaft muhitiga elementlar tanlash bo’yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar: yashil tomlar, gidroizolyatsiya,o’ramli materiallar, sug’orish tizimlari,

energiyaeffektivlik.


Rossiyada dastlabki tomlarda tashkil etilgan bog’lar to’g’risidagi yozuvlar, tavsiflar XVII-

asrga to’g’ri keladi. “Yuqorilab boruvchi bog’lar”, “pichanlar asosida yaratilgan bog’lar” Moskva
Kremlining saroy binolariga qo’shib qurilgan tosh gumbazlar ustida joylashgan. Kremlda bir nechta
bunday bog’lar mavjud bo’lgan. Ayniqsa yuqori va quyi daryo qirg’oqlarida tashkil etilgan, o’z
navbatida o’zining go’zalligi balan ―qizil alvon nomini olgan bog’ juda maftunkor bo’lgan. Quyi
qirg’oq bo’yi bog’i Nazar Ivanov tomonidan 1623 yilda yaratilgan bo’lib, Kremldan Moskva
daryosiga chiqib kelish yo’lagida tashkil etilgan. U derazali tosh panjara bilan o’ralgan bo’lib, undan
Moskva daryosi ortiga tomon keng ko’rinish mavjud bo’lgan. Keyinchalik, 1687 yilda
Yuqoribog’da chuqurligi 2 arshin (1,42 m) keladigan hovuz qurilgan va shu kungacha saqlanib
qolgan hovuzni suv bilan ta’minlovchi minora barpo etilgan. Hovuzda mayda qayiqlar flotiliyasi
tashkil etilib, yosh Petr I shu qayiqlarda ko’p suzgan va shu erda unda harbiy kemalarga mehr
uyg’ongan. Yuqoridagi bog’dan uzoq bo’lmagan quyi qirg’oqbo’yi qizil bog’i 1681 yilda shox
Aleksey Mixaylovich tomonidan qurdirilgan. Uning ichida ham hovuz bunyod etilgan. Bog’ni o’rab
turuvchi to’siq tosh devor ichki sirtida master Petr Engels tomonidan kelajakka umid qarashga
undovchi yozuvlar yozilganki, ular bog’ni yanada maftunkor va hashamatli qilib ko’rsatadi. Yuqori
sath bog’lari XVII asrning rus shahar bog’larining o’ziga xos bir turi sifatida namoyon bo’lgan.

Yuqori qavatlar sathi baravarida bo’y cho’zgan bu bog’lar turar joy binosining yashash

xonalari ichiga kirib ketgandek ko’rinadi. Moskvada XVII asrda Golistыn va Ordыn Nashokinlar
kabi boyonlarga tegishli ―qizil bog’lar mashhur bo’lgan. Bu bog’larda tekis soya beruvchi,
salqinlik 261 beruvchi baland deryoza daraxtlari go’zallik va yoqimli hid taratib turadigan gullar,
shifobaxsh o’t-o’lanlar va qushlarning sayroqi ovozlari, joyiga qoyilmaqom qilib o’rnatilgan
me’moriy detallar qo’shilishib badiiy bir ijobiylik baxsh etgan[1]. XVII asrdagi yuqori sath
bog’larining rejasi (tarxi) juda oddiy bo’lgan. Bog’ odatda bir-biri bilan to’g’ri burchak ostida
kesishuvchi bir nechta yo’lakdan iborat bo’lib, ular orasidagi uchastkalar yupqa taxtalar bilan
o’ralgan. Hosil qilingan taxta yashiklarga gullar o’tkazilgan, asosan lola, liliya, atirgul, gvozdika
kabi gullar va olmalarning alohida nav daraxtlari o’stirilgan. Qishda daraxtlar sovuqdan himoyalash
uchun kigiz bilan o’ralgan. Bunday bog’larni qurish katta xarajat talab qilgan. Daraxtlarning yaxshi
o’sishini ta’minlash uchun etarli darajada qalinlikda unumdor tuproq tashib chiqarilgan va bu yukni
ko’taruvchi tayanchlar, ora yopmalar qurilgan. Ora yopmalar suv o’tkazmasligi uchun qo’rg’oshin
taxtalar bilan qoplangan.


background image


Iyul, 2025-Yil

28

Qo’rg’oshin taxtalar orasidagi choklar suyultirilgan qo’rg’oshin bilan yopilgan. Biroq, ora

yopmalarning boshqa variantlari ham mavjud bo’lgan. 1675 yilda Patriarx Ioakim o’zining sajda
qiluvchilariga Kremlni o’rtasida xo’jalik xonalaridan iborat tosh bino qurishni va uning usiga
shunday sharoit yaratishni tayinlaganki, u erda bog’ qilish mumkin bo’lsin. Bog’da o’tirib dam olish
sig’inish mumkin bo’lsin. Bog’ning atrofini tosh devor bilan o’rashning imkoniyati bo’lsin. Ikkinchi
qavatda yashaydigan va faoliyat yuritadigan ruhoniylarning to’g’ridan-to’g’ri ikkinchi qavat sathida
yaratilgan bog’larga chiqish imkoniyati bo’lsin. Tosh saroy tomida yaratilgan bog’da qo’rg’oshin
taxtalar o’rnmmga g’och bruslardan tayorlangan novlar o’rnatilgan. Novlar tuproq bilan
ta’minlangan. Tuproqda gullar, daraxtlar ekilgan. Novlarda o’sib, gullab turgan gullar , daraxtlar
dunyo mo’jizasi sifatida ta’riflangan, Semiramida osma bog’lariga qiyoslangan. Keyinchalik, XVIII
asrlarda bunday bog’lar Rossiyaning yangi poytaxti Sankt-Peterburgda ham tashkil etilgan (1 rasm).

Qishki saroyda tashkil etilgan osma bog’ ochiq osmon ostidagi galereyani eslatuvchi osma

bog’ bugungacha saqlanib qolgan.

1 -rasm. Sankt-Peterburgdagi qishki saroydagi osma bog’


1680 yilda shunga o’xshagan bog’ Ch. Kameron tomonidan podshoxning shahardan

tashqarisidagi rezidenstiyasi- Starskoe seloda, Ekaterina saroyining ikkinchi qavatida qurildi.

Terrasa qurishda gumbazlar ustidan Angliyadan keltirilgan qo’rg’oshin listlar o’rnatilgan,

uning ustidan o’simliklar va daraxtlarni ekish uchun qalin unumdor tuproq to’shalgan. Bu erda
olmalar, yorongul, atirgul, jasmin va buttalar atrofi bo’yla lola pion va nargizgul kabi shifobaxsh
gullar va o’simliklar ekilgan [2]. Rossiyada yong’inlar avj olgan XVIII asrning ikkinchi yarmida,
me’mor H.A. Lvov olovga chidamli "chim-tuproqlibit" bilan qoplangan tomlarni tavsiya etgan.

Buday tomlarning tavsifi 1772 yilda S.F. Ushakovning nashrlarida to’liq bayon qilingan.

XIX asrda yangi qurilish materiallari va konstrukstiyalarining kirib kelishi bunday bog’larni qurish
nafaqat boylar uchun, balki keng aholiga imkoniyatlar yaratdi. 1839 yilda Moskva atrofida Marfino
chorbog’ida shunday bog’ qurildi (arx. M. Bыkovskiy), undan keyin ekspluatastiya qilinadigan
yashil tomlar Morozov qasrida (arxitektor V. Mazqrin), Myasnistkaya ko’chasidagi Perlovning uyi
tomida (arx. R. Kleyn) qurildi. XIX asrning oxirida bunday bog’lar Furshtatskaya ko’chasidagi
Zaystevaning uyi tomida, (arx. M. Bogomolov), Voznesensk prospektidagi Orlovning uyi tomida
(arx. I. Markelov) va boshqa hududlarda qurildi. XX asrda tomlarda bog’lar tashkil etishga bo’lgan
qiziqish jurnalist I. Vasilevskiyning Laypstigda bo’lib, yashil tomlar, ularda er tuti, malina, rangli
karam va past bo’yli mevali daraxtlarning o’stirilishini ko’rganligini ta’riflab yozgan maqolalari
ta’sirida yanada oshdi (Restorator, 1911, №14). 1912 yilda Dorogomilovskaya ko’chasidagi


background image


Iyul, 2025-Yil

29

restoran egasi o’zining uo’yi tomida restoranga keluvchilar uchun bog’ yaratdi, keyingi yili
Kalyaevskaya ko’chasida chorbog’lari va fontanlari bo’lgan bog’ restoran tomi ustida yaratilgan.

1920 yillarga kelib ekspluatastiya qilinadigan tekis tomli binolar qurilishning tarkibiy

qismiga aylandi. Aka-uka Vesninlar va Golosovlao, M. Ginzburg va boshqalar bunday echimlarning
nazariy asoslarini yaratdilar. M. Ginzburg loyihasi bo’yicha quyoshda toblanadigan maydoncha va
atirgul buttalarili bog’ Bronnadagi yangi turar-joy binosi tomida va Xavskaya ko’chasidagi 6-qavatli
turar joy binosi tomida, Spiridonovkadagi 8-qavatdi turar-joy binosi tomida joylashtirildi. Tomlarda
bolalar maydonchalari (metall panjara bilan o’ralgan) gullar maydonchalari bilan o’ralgan holatda
tashkil etildi. Tomlarda er tuti, malina kabi mevalar etishtirish odatga aylandi. Gullar plantastiyalari
tashkil etildi. Ikkinchi jahon urushi bunday terrasa bog’larini qurishni uzoq muddatga orqa tashladi.
60-, 70- yillarda unda-bunda birta bog’li tomlar qurildi. 1976 yilda Minsk shahrida 14 va 16 qavatldi
bloklardan iborat turar-joy binosi qurildi. 14 qavatli blokning ustiga ikki yarusli bog’ tashkil etildi.

Zinalar bilan bog’langan har ikki terrasada beton vazalarda daraxtlar, buttalar, gullar

qurilgan. Bir necha yillar davomida to’g’ridan to’g’ri quyosh radiastiyasi ostida bo’ladigan
yashillashtirilgan tomlardagi mikroiqlimning ko’rsatkichlari ustida olib borilgan tadqiqotlar ochiq
quyosh radiastiyasi ostidagi bunday tomlarmaydonlaridan aholining dam olish maqsadlarida
foydalanish mumkinligi to’hrisida xulosaga kelingan [3], [4]. Moskvada 1999 yilda Moskva Davlat
universiteti botanika bog’ining tomida katta bog’ tashkil etildi. U erda tomlar ustida tashkil
etiladigan bog’larda o’stiriladigan o’simlik va daraxtlar navlarini tavsiya etish yuzasidan tadqiqot
ishlari amalga oshirilib kelinmoqda (Masalan: 2003 yilda ochilgan xalqaro musiqa uyi tomida
tashkil etilgan bog’ uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan). Uning usti ochiq qishki bog’ida ekzotik va
manzarali daraxtlar o’sadi, Tomda tashkil etilgan tuproqda tuya, mojjevelnik, chetan (ryabina) va
jo’ka (lipa) daraxtlari o’stiriladi. Bu ob’ekt keyingi davrda Moskvada binolar tomlarida tashkil
etilgan bog’larning eng muvaffaqiyatlisi bo’ldi (2 rasmga).

2-rasm. Moskva xalqaro musiqa uyi.


Keyingi yillarda Sankt-Peterburgda tomlarni yashillashtirish bo’yicha bir nechta loyihalar

amalga oshirildi[5]. Bunda 150 yildan beri Evropada yashil tomlar tizimi bo’yicha ilg’or
hisoblangan ―BAUDER nomli nemis kompaniyasi texnologiyalaridan keng foydalanildi. Bulardan
birinchisi Startovoy ko’chasidagi ko’p funkstiyali kompleks ―Aeroport Siti, keyingilaridan


background image


Iyul, 2025-Yil

30

Krestovskiy orolchasidagi ―Diadema elita turar-joy binosi va Pushkin shahridagi ko’ngil ochar-
mehmonxona kompleksi (3- va 4-rasmlar) keltirish mumkin[6].

3-rasm. Aeroport Siti kompleksining

yashil tomi

4- rasm. Diadema turar-joy

kompleksining yashil tomi

Keyingi ikki bino tomidagi bog’lar tadqiqotlar ob’ekti sifatida chuqur o’rganilgan.

Ekspluatastiya qilinadigan tomlar sirti er yuzi sathidagi qurilish maydonining nusxasi kabi unga
monand keng yoyilgan. Tomlarni yashillashtirish shaharlarning funkstional, mikroiqlim va sanitar-
gigienik ko’rsatkichlarini yaxshilashni ta’minlaydi [7]. Bunday yashil tomlar respublikamizning
markaziy shaharlari uchun ham loyihalanganda hududning iqlimiy ko’rsatkichlari, tuprog’imizda
o’sadigan daraxtlar, o’simliklar va gullarning turlarini inobatga olish muhimdir.


Adabiyotlar:

1.

Alekseev Yu., Rodionovskaya I. Opыt ekspluatastii ploskix krыsh // Arxitektura i
stroitelstvo Moskvы. 1985. № 11.

2.

Usmonov, F. B., & Oripov, I. (2018). IZUChENIE PROGREVA I NARASTANIYa
PROChNOSTI

BETONA

PRI

PRIMENENII

PLOSKIX

OTRAJATELEY

V

ZAVISIMOSTI OT NAChALA FORMOVKI V TEChENIE SUTOK. Internauka, (22-1),
48-50.

3.

Usmonova G.F. (2024). BUXORO SHAROITIDA FOYDALANILADIGAN, YASHIL
TOMLARNING

OPTIMAL

KONSTRUKTIV

YECHIMLARI.

Nauka

i

innovastiya,2,25,113-119.

4.

Usmonova, G. (2024). BUXORO SHAROITIDA FOYDALANILADIGAN, YASHIL
TOMLARNING OPTIMAL KONSTRUKTIV YECHIMLARI. Nauka i innovastiya, 2(25),
113-119.

5.

Usmanov Farkhod Bafoevich; kizi Usmanova, Gulrukh Farhod;(2023),"THE MAIN
DIRECTIONS OF LANDSCAPE ARCHITECTURE, THEIR APPLICATIONS IN THE
COURT

ZONES

OF

THE

KHOJA

ABDUHOLIK

GIZHDUVANI

ENSEMBLE",GOLDEN BRAIN,1,6,76-82,

6.

Usmonov, FB; Usmonova, GF; Umarova, DJ; (2021) ,FOYDALANILADIGAN
TOMLARNING USTUNLIK TOMONLARI, International scientific and scientific-
technical conference on «PRACTICAL AND INNOVATIVE SCIENTIFIC RESEARCH:
CURRENT PROBLEMS, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS (Dedicated to the
memory of professor A.A.Yusupkhodjaev) » 443-445,

7.

Usmanov, FA; Yakhshiev, YG; Usmonova, GF; ,Analysis of Foreign Experience in the Use
of Low and Multistorey Buildings,JournalNX,7,11,48-51,,Novateur Publication.

References

Alekseev Yu., Rodionovskaya I. Opыt ekspluatastii ploskix krыsh // Arxitektura i stroitelstvo Moskvы. 1985. № 11.

Usmonov, F. B., & Oripov, I. (2018). IZUChENIE PROGREVA I NARASTANIYa PROChNOSTI BETONA PRI PRIMENENII PLOSKIX OTRAJATELEY V ZAVISIMOSTI OT NAChALA FORMOVKI V TEChENIE SUTOK. Internauka, (22-1), 48-50.

Usmonova G.F. (2024). BUXORO SHAROITIDA FOYDALANILADIGAN, YASHIL TOMLARNING OPTIMAL KONSTRUKTIV YECHIMLARI. Nauka i innovastiya,2,25,113-119.

Usmonova, G. (2024). BUXORO SHAROITIDA FOYDALANILADIGAN, YASHIL TOMLARNING OPTIMAL KONSTRUKTIV YECHIMLARI. Nauka i innovastiya, 2(25), 113-119.

Usmanov Farkhod Bafoevich; kizi Usmanova, Gulrukh Farhod;(2023),"THE MAIN DIRECTIONS OF LANDSCAPE ARCHITECTURE, THEIR APPLICATIONS IN THE COURT ZONES OF THE KHOJA ABDUHOLIK GIZHDUVANI ENSEMBLE",GOLDEN BRAIN,1,6,76-82,

Usmonov, FB; Usmonova, GF; Umarova, DJ; (2021) ,FOYDALANILADIGAN TOMLARNING USTUNLIK TOMONLARI, International scientific and scientific-technical conference on «PRACTICAL AND INNOVATIVE SCIENTIFIC RESEARCH: CURRENT PROBLEMS, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS (Dedicated to the memory of professor A.A.Yusupkhodjaev) » 443-445,

Usmanov, FA; Yakhshiev, YG; Usmonova, GF; ,Analysis of Foreign Experience in the Use of Low and Multistorey Buildings,JournalNX,7,11,48-51,,Novateur Publication.