Authors

  • G.F. Usmonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.121643

Keywords:

yashil tomlar landshaft dizayni shaharsozlik ekologik arxitektura barqaror rivojlanish mikroiqlim suv tejash mahalliy o‘simliklar tom bog‘lari.

Abstract

Ushbu maqolada O’zbekistonning iqlimiy, ekologik va urbanistik sharoitlari doirasida bino tomlari landshaftini loyihalash masalalari ko‘rib chiqiladi. Tom landshaftlari – yashil tomlar, bog‘lar va ekologik infratuzilmaning tarkibiy qismi sifatida, shaharlarda mikroiqlimni yaxshilash, chang va shovqinni kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va estetik muhit yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada O‘zbekistonning qurg‘oqchil iqlimi, quyoshli kunlar sonining ko‘pligi, suv resurslarining cheklanganligi kabi omillarni hisobga olgan holda, tomlarda ekologik barqaror landshaft yaratishning arxitektura va agrotexnik yondashuvlari tahlil qilinadi.

background image


Iyul, 2025-Yil

36

O’ZBEKISTON SHAROITIDA BINO TOMLARI LANDSHAFTINI LOYIHALASH

Usmonova G.F.

Buxoro davlat texnika universiteti

https://doi.org/

Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekistonning iqlimiy, ekologik va urbanistik sharoitlari

doirasida bino tomlari landshaftini loyihalash masalalari ko‘rib chiqiladi. Tom landshaftlari –
yashil tomlar, bog‘lar va ekologik infratuzilmaning tarkibiy qismi sifatida, shaharlarda
mikroiqlimni yaxshilash, chang va shovqinni kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va
estetik muhit yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada O‘zbekistonning qurg‘oqchil iqlimi,
quyoshli kunlar sonining ko‘pligi, suv resurslarining cheklanganligi kabi omillarni hisobga olgan
holda, tomlarda ekologik barqaror landshaft yaratishning arxitektura va agrotexnik yondashuvlari
tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar: yashil tomlar, landshaft dizayni, shaharsozlik, ekologik arxitektura, barqaror

rivojlanish, mikroiqlim, suv tejash, mahalliy o‘simliklar, tom bog‘lari.

Bugungi kunda urbanizastiyaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi katta shaharlar va

megapolislar uchun bo’sh joy etishmovchiligi muammosiga, ekologiyaning buzilishiga, va tobora
inson va tabiat o’rtasidagi bog’liqlik yo’qolib borayotganiga sabab bo’layapti. Bu muammolar o’z
navbatida arxitektura-qurilish sohasida “yashil tom”, “yashil qurilish” (green building)
“foydalaniladigan tom”, inverstion tom”,“eko uylar” kabi zamonaviy yechimlardan foydalanishni
talab etadi.

“Foydalaniladigan tom” atamasi- binolar tomlaridan unumli foydalangan holda ularning

tekis yuzasi landshaftini uzgartirib ulardan bog’lar,sport maydonchalari,ochiq restoran va kafelar va
hattoki avtoturargohlar yaratish maqsadida foydalanishni bildiradi.

Yuqorida sanab o’tilgan “foydalaniladigan tom”, inverstion tom”,”yashil tom” kabi

elementlar insonning tabiat bilan hamohang hayot kechirishiga xizmat qiladi.

Bino tomlarida yaratilgan bog’lar namunasi eramizdan avvalgi IX-asrda Ossuriyada barpo

etilgan Semiramida bog’larining tasvirlarida uchraydi.Bundan tashqari XVII-asr yozma
manbaalarida Qadimiy Rus podshohligi davrida Moskva Kremlida ham “yuqori bog’”lar
bo’lganligi haqida ma’lumotlar olishimiz mumkin[1].

XX asr boshlarida kashf etilgan temir betonnning keng imkoniyatlarii esa tom ustidan

foydalanishning yangi qirralarini kashf etdi. Keyinroq “tom ustida hayot” g’oyasi to’lqinida
arxitekturadagi modernizm va funkstiyanalizm g’oyalari asoschisi Le Korbyuze zamonaviy
arxitekturaning 5 tamoyili tarkibida “tom ustida bog’lar” g’oyasini ilgari surdi va bu g’oya bundan
yarim asrdan keyingina ommalashdi.

Ilmiy tadqikotlar natijalari shuni ko’rsatadiki tom qismi ko’kalamzorlashtirilgan binolarning

energiyatejamkorlik ko’rsatkichlari oddiy binolarnikiga qaraganda anchagina yuqori. AQSHning
Texas shtatida joylashgan NASA tashkilotining bergan ma’lumotiga qaraganda yaqinda Satterfield
& Pontikes Construction qurilish tashkiloti NASA ning o’tgan asrning 60-yillarida qurilgan 12 ta
binosini zamonaviy qurilish normalari va standartlariga javob beradigan binolarga aylantirish
maqsadida qayta ta’mirlagan. Binolarning tom qismlari esa ko’kalamzorlashtirilib foydalaniladigan
tomga aylantirilgan va 70 000dan ortiq o’simliklar o’tkazilgan.


background image


Iyul, 2025-Yil

37

NASA mutaxasislarining baholashlaricha, ko’kalamzorlashtirilgan-foydalaniladigan tom

binoning energiyaeffektivligini sezilarli darajada oshirgan. Hozirgi kunda NASA tashkiloti
binolarini isitish hamda havosini tozalash uchun ancha kamroq energiya sarflanayatgan ekan[2].

Ko’kalamzorlashtirilgan tom nafaqat havoni tozalab changni ushlab qoladi,balki

shovqindan himoyalovchi vazifasini ham yaxshi bajaradi.Undan tashkari yog’ingarchilikdan keyin
tomdagi gruntga shimilgan suv sekin asta bug’lanib havoda tabiiy namlikni hosil qiladi va yaxshi
ekomuhitni yaratadi. To’q rangdagi an’anaviy tom qoplamasi yoz oylarida 90°S gacha qiziydi.

Ko’kalamzorlashtirilgan tomlarda esa havo harorati 30-35°Sdan ko’tarilmaydi.
O’tgan asrning boshlarida qurilgan Varshava universtiteti kutubxonasi tom qismi 2005-

yilda landshaft arxitektori Iren Baerskiy tomonidan loyihalangan.

Tomdagi osma bog’ Yevropadagi eng katta va chiroyli bog’lardan biri bo’ldi.Ko’kalamzor

hudud maydoni 10 000 m

2

dan ortiq[3].

Shu kabi amaliy ko’nikmalardan kelib chiqib aytish mumkinki tekis tomlarni quyidagi

maqsadlarda foydalanish mumkin:

1.Dam olish joylari
2.Ko’kalamzorlashtirilgan bog’lar
3.Bolalar maydonchalari[4]
4.Issiqxona yoki qishki bog’
5.Yozgi basseynlar
6.Turli sport maydonchalari
7.Avtoturargohlar tashkil etish maqsadida[5];
Fikrimizcha O’zbekiston sharoitida ham bu kabi arxitekturaviy yechimlardan foydalanish

yaxshi natijalarni beradi va tobora rivojlanib borayotgan mamlakatimiz hayotida kelajakda kelib
chiqishi mumkin bo’lgan muammolarning kaliti bo’lib xizmat qiladi.

Adabiyotlar

1.

Усмонов, ФБ; Усмонова, ГФ; Умарова, ДЖ; (2021) ,ФОЙДАЛАНИЛАДИГАН
ТОМЛАРНИНГ УСТУНЛИК ТОМОНЛАРИ, International scientific and scientific-
technical conference on «PRACTICAL AND INNOVATIVE SCIENTIFIC RESEARCH:
CURRENT PROBLEMS, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS (Dedicated to the
memory of professor A.A.Yusupkhodjaev) » 443-445,.

2.

Usmonova, G. (2024). BUXORO SHAROITIDA FOYDALANILADIGAN, YASHIL
TOMLARNING OPTIMAL KONSTRUKTIV YECHIMLARI. Наука и инновация, 2(25),
113-119.

3.

Usmanov, FA; Yakhshiev, YG; Usmonova, GF; ,Analysis of Foreign Experience in the Use
of Low and Multistorey Buildings,JournalNX,7,11,48-51,,Novateur Publication.

4.

Usmanov Farkhod Bafoevich; kizi Usmanova, Gulrukh Farhod;(2023),"THE MAIN
DIRECTIONS OF LANDSCAPE ARCHITECTURE, THEIR APPLICATIONS IN THE
COURT ZONES OF THE KHOJA ABDUHOLIK GIZHDUVANI ENSEMBLE",
GOLDEN BRAIN,1,6,76-82,

5.

Усмонов, Ф. Б., & Орипов, И. (2018). ИЗУЧЕНИЕ ПРОГРЕВА И НАРАСТАНИЯ
ПРОЧНОСТИ БЕТОНА ПРИ ПРИМЕНЕНИИ ПЛОСКИХ ОТРАЖАТЕЛЕЙ В
ЗАВИСИМОСТИ ОТ НАЧАЛА ФОРМОВКИ В ТЕЧЕНИЕ СУТОК. Интернаука, (22-
1), 48-50.

References

Усмонов, ФБ; Усмонова, ГФ; Умарова, ДЖ; (2021) ,ФОЙДАЛАНИЛАДИГАН ТОМЛАРНИНГ УСТУНЛИК ТОМОНЛАРИ, International scientific and scientific-technical conference on «PRACTICAL AND INNOVATIVE SCIENTIFIC RESEARCH: CURRENT PROBLEMS, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS (Dedicated to the memory of professor A.A.Yusupkhodjaev) » 443-445,.

Usmonova, G. (2024). BUXORO SHAROITIDA FOYDALANILADIGAN, YASHIL TOMLARNING OPTIMAL KONSTRUKTIV YECHIMLARI. Наука и инновация, 2(25), 113-119.

Usmanov, FA; Yakhshiev, YG; Usmonova, GF; ,Analysis of Foreign Experience in the Use of Low and Multistorey Buildings,JournalNX,7,11,48-51,,Novateur Publication.

Usmanov Farkhod Bafoevich; kizi Usmanova, Gulrukh Farhod;(2023),"THE MAIN DIRECTIONS OF LANDSCAPE ARCHITECTURE, THEIR APPLICATIONS IN THE COURT ZONES OF THE KHOJA ABDUHOLIK GIZHDUVANI ENSEMBLE", GOLDEN BRAIN,1,6,76-82,

Усмонов, Ф. Б., & Орипов, И. (2018). ИЗУЧЕНИЕ ПРОГРЕВА И НАРАСТАНИЯ ПРОЧНОСТИ БЕТОНА ПРИ ПРИМЕНЕНИИ ПЛОСКИХ ОТРАЖАТЕЛЕЙ В ЗАВИСИМОСТИ ОТ НАЧАЛА ФОРМОВКИ В ТЕЧЕНИЕ СУТОК. Интернаука, (22-1), 48-50.