Authors

  • G.F. Usmonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.121639

Keywords:

urbanizarsiya ekstensiv tom gorizontal va vertical ko’kalamzorlashtirish binoning tomi yashil tom foydalaniladigan tom landshaft dizayni relef.

Abstract

Maqolada katta shaharlarda urbanizatsion jarayonlar natijasida yuzaga keladigan muammolar, xususan dam olish va ko’kalamzorlashrirish uchun bo’sh joy yetishmovchiligi holatlari o‘rganilib, chuqur tahlil qilingan. Ushbu nuammolarning shahar aholisiga yetkazadigan ijtimoiy va ekologik zararlari haqida mulohaza olib borilgan. Yuqoridagi muammolarning yechimi sifatida bir nechta innovatsion yondashuvlar taklif qilingan. Shu jumladan, binolar tomlaridan foydalanish imkoniyatlari o’rganilgan.

background image


Iyul, 2025-Yil

31

SHAHAR HUDUDIDA QO’SHIMCHA, FOYDALI MAYDONLAR YARATISHGA

BO’YICHA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Usmonova G.F.

Buxoro davlat texnika universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15877882

Annotatsiya. Maqolada katta shaharlarda urbanizatsion jarayonlar natijasida yuzaga

keladigan muammolar, xususan dam olish va ko’kalamzorlashrirish uchun bo’sh joy
yetishmovchiligi holatlari o‘rganilib, chuqur tahlil qilingan. Ushbu nuammolarning shahar
aholisiga yetkazadigan ijtimoiy va ekologik zararlari haqida mulohaza olib borilgan. Yuqoridagi
muammolarning yechimi sifatida bir nechta innovatsion yondashuvlar taklif qilingan. Shu
jumladan, binolar tomlaridan foydalanish imkoniyatlari o’rganilgan.

Kalit so‘zlar: urbanizarsiya,ekstensiv tom, gorizontal va vertical ko’kalamzorlashtirish,

binoning tomi, yashil tom, foydalaniladigan tom, landshaft dizayni, relef.

Me’morchilikning asosiy shartlaridan biri bu- foydalanuvchilarga qulay bo’lishi uchun

joydagi imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanib loyiha yaratishdir. Arxitektura loyihalari
doimo jamiyatdagi global muammolarni inobatga olib bajarilishi lozim. Bugungi kunda rivojlangan
megapolislarning bunyod etilishi bilan amalga oshirilayotgan shaharlardagi tiqis qurilishlar,
binolarning balandlashib, tabiatdan uzoqlashib borishi yangi muammolarni keltirib chiqardi. Bu
muammolar ikkita aspektda koʼrinadi: sotsial va ekologik aspektlarki ular odamlarning yerdan va
tabiatdan uzoqlashib borishi bilan bogʼliqdir. Sotsial muammolar turar joy binolari qavatliligining
oshib borishi bilan, binolar hajm-reja yechimlarida umumiy maydonlarning kamayib borishi
hisobidan ularda yashovchi aholi oʼrtasida muloqot, yaqin qoʼshnichilik aloqalari susayadi [1].
Shunday qonuniyat oʼrnatilganki pastki qavat (1-, 2-qavat) larda kishilar bir-birini taniydi va tez-
tez muloqatda boʼlib turadi, qavatlarning yuqorilab borishi baravarida bunday munosabatlar
yoʼqolib boradi va qoʼshnilar bir-birini tanimaydi.

Zamonaviy obodonlashtirilgan binolar atrofida hududlar tarkibida bolalar uchun o’yin

maydonlari, koʼkalamlashtirilgan dam olish, madaniy hordiq chiqarish uchastkalari loyihalanadiki,
ularda aholi o’rtasida iliq qo’shnichilik munosabatlari o’rnatiladi. Аfsuski bunday imkoniyatlardan
faqat pastki qavatda yashaydigan aholigina foydalanadi xolos. Qavatlarning yuqorilab borishi
baravarida, yuqori qavatlarda yashaydigan aholi tabiatdan, dam olish, shugʼullanish
imkoniyatlaridan uzoqlashib boradi. Odamlarning fiziologik, psixologik rivojlanishiga salbiy ta’sir
qiladi. Yuqorida, aynan shunday shaoitlardan mahrum boʼlib yashaydigan aholi notoza kisloroddan
nafas oladi, salqinlikdan mahrum holda yashaydilar. Bu muammolarni, yaʼni sotsial va ekologik
muammolarni biratoʼla bir yondashuvda yechish imkoniyatlari mavjud. Fikrimizcha masalaning
bunday yondashuvda yechilishi maqsadga muvofiq va mahsulli boʼladi. Shu ma’noda, binolarining
yuqori qavatlari sathida yashillashtirilgan, foydalaniladigan maydonlarni tashkil etish, yaratish,
ularni takomillashtirish, qulayliklar yaratish imkoniyatlarini o’rganish, ko’rsatkichlarni yaxshilash
dolzarb masaladir.

Zamonaviy psixologiyaga ko’ra inson ruhiyati uni o’rab turgan atrof muxitning yuqori sifat

darajasiga, yetarlicha ko’kalamzorlashtirilganligiga, uning ekologik yoqimliligiga hamda ichki
muhitning tabiat bilan bog’langanligiga bevosita bog’liq.


background image


Iyul, 2025-Yil

32

Shu nuqtai-nazardan, zamonaviy shaharlarda yuzaga kelayotgan bunday muammolar sohaga

“yashil arxitektura” elementlarini tadbiq etish bilan bir qadar yechilayotganligini kuzatish mumkin.

Yaqin sharqda tekis tomli binolarda ko’kalamzorliklar tashkil etish qadimdan urfga

aylangan. Bunday tadbirlarning vatani Vavilon va Suriya hisoblanadi. Bu mamlakatlarda eramizdan
600 yil oldin bunyod etilgan “Semiramidlarning osma bogʼlari” yettinchi moʼjiza sifatida qayd
qilingan. Efrat daryosining chap qirgʼoqida balandligi 45 metli tepalik qazilib, terrasa va uni suv
bilan taʼminlash gidrotexnik inshooti, vodoprovod tizimining topilganligi qadimda shu hududlarda
afsonaviy terrasa bogʼlarining mavjud boʼlganligiga guvohlik bergan.

Terrasa bogʼlar zinapoya koʼrinishida piramida shaklida yuqorilab boruvchi tizim shaklida,

oʼz vaqtida yuklarni asosga tekis taqsimlanishini taʼminlovchi konstruktiv yechim sifatida
qurilganligini koʼrish mumkin. Terrasa bogʼ ustida undan kichik terrasa bogʼ, uning ustidan yana
kichikroq terrasa bogʼ (zinapoya shaklida) qurilib, eng yuqoridagi bogʼ yer yuzidan 25 m balanda
joy egallagan. Butun bogʼ janubga yoʼnaltirilgan. Maxsus suv taʼminoti tizimi bilan taʼminlangan
bunday bogʼlarda oʼsimliklar tabiatda qanday joylashgan boʼlsa xuddi shunday: yuqori terrasalarda
oʼsimliklar orasida havoni tozalovchi, namlab turuvchi fontanlar tashkil etilgan, yuqori terrasalarda
tez oʼsadigan togʼ daraxtlari , pastki terrasalarda sust oʼsadigan daraxtlar, oʼsimliklar joy olgan va
ularga tomon fontan suvlari toʼsiqlardan oshib oʼtib tushgan, yigʼilgan va oʼz tushish yoʼlida muhitni
salqinlatgan.

O’tgan asrda arxeologlar tom yopmalar konstruktiv yechimini qayta tiklashgan. Tom

yopmalarining kesib tekislangan toshlardan, uning ustidan ikki qator gʼisht va namdan
muhofazalovchi qoʼrgʼoshin plitalardan iboratligini aniqlashgan. Plitalar ustidan bitum shimdirilgan
qamish, uning ustidan unumdor tuproq toʼshalgan. Ustunlar tanasida quvurlarning mavjudligi ular
orqali Yefrat daryosi suvi terrasaning eng yuqori sathigacha yetkazib berilganligiga guvohlik beradi.
(1-rasm) [2].

1 – rasm. Vavilon osma bogʼlari. F.Krisxen rekonstruktsiyasi.

Keyinchalik Yevropada qurilishga temir betonning ixtiro qilinishi va fransiyalik Le

Karbyuze va amerikalik F.L. Rayt lar kabi taniqli arxitektorlar va shaharsozlarning kirib kelishi
tufayli XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Fransiyada katta yuzadagi tekis tom bogʼlari
loyihalari yaratildi, bunyod etildi.

Le Korbuzьe bogʼli tomlarni arxitekturaning zaruriy bir tarkibiy qismiga aylantirib, uning

asosida katta boʼlmagan villalardan boshlab yirik turar – joy komplekslari uchun ekspluatatsiya
qilinadigan yashillashtirilgan tomlardan foydalanilgan qator loyihalar ishlab chiqdi. Le Karbuzьe


background image


Iyul, 2025-Yil

33

bilan bir vaqtning oʼzida koʼplab boshqa mamlakatlarda oʼxshash loyihalar boshqa arxitektorlar
tomonidan ishlab chiqilib amaliyotga joriy etila boshlandiki bu yangi bir toʼlqin sifatida namoyon
boʼldi. Masalan, aka-uka Perretlar 1903 yilda Parijda terrasali tomida bogʼlar tashkil etiladigan
turar-joy binolarining loyihalarini, 1914 yilda Kyolnda Valter Gropius ofis binosi tomida yashil
maydonchali restoran loyihsini, Аmerikaning Chikago shahrida Frank Lloyd Rayt foydalaniladigan
yashil tomli restoran binosi loyihasini ishlab chiqqan va joyida qurgan [3].

Yaqin tarixda, o’tgan asrning 80-yillarida “yashil arxitektura” tushunchasi aksariyat

rivojlandan davlatlar me’morchiligidan joy oldi. Shundan beri binolarni yashillik bilan
uyg’unlashtirishning bir necha usullari rivojlangan davlatlarda sinab ko’rildi. Jumladan:

-shahar binolarini tashqi tomondan vertikal ko’kalamzorllashtirish;
-binolar ichki muhitini 3 metr balandlikkacha (atriumli) ko’kalamzorlashtirish;
-binolar tomlaridan foydalanihs, yashil tomlar sifatida gorizontal ko’kalamzorlashtirish.
Hozirgi kunda katta shaharlar uchun global muammo bo’lgan erkin, toza va boʼsh

hududlarning tanqisligi va ekologik holatning yomonlashuvi shaharlarda binolar tomlarida bogʼlarni
tashkil etish masalasiga yangicha yondashishga majbur qiladi. Bu masalaning yechimi hayot
kechirish (yashash, dam olish, ishlash) uchun qoʼshimcha fazoviy muhit, bundan tashqari, binoning
koʼrinishiga yanada chiroy, estetik koʼrinish, yuqori qavatlarda yashovchi aholiga qator ekologik
imkoniyatlar yaratadi.

Birinchi navbatda tomlarni yashillashtirish atmosfera havosini yaxshilaydi, sezilarli

darajada havoni gazlar bilan toʼyinganlik darajasini pasaytiradi (oʼsimliklar karbonad angidridni
yutib kislorod chiqaradi), bundan tashqari, havodagi zararli moddalar va changni yutadi.

Shaharlarning atmosfera havosi nafaqat avtomobil yoqilgʼisining yonishidan chiqadigan

chiqindilar, balki quyosh taʼsirida tom qoplamalari sifatida ishlatilgan bitum materiallarining
erishidan chiqadigan zaxarli gazlar hisobidan ham ifloslanadi. Tomlarda tashkil etiladigan
yashilliklarning salqin muhiti aynan shu qoplamalarning quyosh taʼsirida yemirilishi, hid
chiqarishini oldini oladi va havoni tozalaydi, shahar havosi haroratini pasaytiradi. Standart tomlarda
havo tharoratining koʼtarilishi 60

0

C ga yetadi, ayrim hududlarda undan ham oshadi, tom sathiga

chiqarilgan oʼsimliklar havo haroratini 35-40

0

C gacha tushiradi [4]. Shunga mos ravishda tom

ostidagi xonalarda havo harorati pasayadi, yashovchilar uchun qulay mikroiqlim sharoiti yaratiladi,
havoni haydash (ventilyatsiya) va elektr energiyasi xarajatlarini kamaytiradi.

Tomlarda tashkil etilgan bogʼlar nafaqat yozda yuqori qavatlar xonalarida issiq havo

haroratini pasaytirib, yashovchilar (ishlovchilar) uchun meʼyoriy mikroiqlim koʼrsatkichlarini
yaratadi, balki yuqori qavat shiftlarini qish davrida muzlashdan ham himoyalaydi. Bundan tashqari,
bogʼlar yaxshigina tovushdan himoyalovchidir, shovqin kuchini xonalarda taxminan 40
detsibelgacha kamaytiradi. Yashil tomning bir necha qatlamligi uning qishda taʼsir etadigan
sovuqqa chidamliligini taʼminlaydi. “Yashil moʼyna” ostida tomda harorat juda sovuq boʼlmaydi –
bu xuddi tomni himoyalash kabi boʼlib, uning xizmat muddatini oshiradi va isitish uchun
sarflanadigan elektr energiyasi sarfini kamaytiradi [5].

Bundan tashqari qalinligi uncha katta boʼlmasada (15 sm atrofida) ekstensiv yashil tomlar

yomgʼir suvlarining sezilarli qismini oʼzida saqlab qolib, tomdan yer yuzi sathiga tushadigan suv
miqdorini ancha kamaytiradi va shu orqali yomg’irli mavsumlarda ko’chalarda suv to’planib
qolishining oldi olinadi.


background image


Iyul, 2025-Yil

34

Yashil tomlar tarkibida ancha gʼovak strukturaga ega boʼlgan tuproq oʼz tanasidan yomgʼir

suvlarini oʼtkazish baravarida suvga toʼyinib boʼkadi. Suv bunday tuproqdan oʼtib tomning quyi suv
tkazmaydigan qatlami usti boʼyicha yer yuzi sathigacha oqib tushadi.

Yashil tomlarni oʼzining chiroyi va rangbarangligi bilan eʼtiborni jalb etganligi tufayli

beshinchi fasad deb ham nomlanadi. Ular estetikli, eʼtiborni oʼziga jalb qiladi, shaharning tashqi
qiyofasini yaxshilaydi, uning ekologik foydasiga hech shubha yoʼq. Bundan tashqari ular odamlar
uchun qoʼshimcha dam olish imkoniyatlarini yaratadiki, sevimli gullar va daraxtlar qoʼynida,
ortiqcha harakatlarsiz, transportlardan foydalanmay dam olishlari mumkin

Keyingi oʼn yiliklarda dunyo yirik shaharlarning arxitektura agentliklari tiqis joylashgan

binoli kvartallarni yashillashtirish muammosi bilan tashvishlanib yashil maydonlarning koʼpyarusli
plantatsiyalarini yaratish gʼoyasini ilgari surdilar. Bu mavzu boʼyicha oʼnlab binolar eskizlari
chizildi, ammo yaqinlarga kelibgina ularning ayrimlari hayotga tadbiq etildi. Birinchi “vertikal
oʼrmon” Yelanda oʼsmoqda. Italiyaning Boeri Studio kompaniyasi arxitektorlari va dizaynerlari
tomonidan loyihalangan Bosco Verticale nomli eksperimental kompleks oʼzida 27 sathli minorani
aks ettiradi.








2-rasm. Мilandagi Bosco Verticale binosi.

Qurilishning noyobligi shundaki, unda nafaqat yashash uchun xonadonlar mavjud, balki

qavatlarda tashqi maydonchalar va ularda oʼzining maftunkorligi bilan ajralib turadigan yashil bir
goʼshaga ham egadir. Ikkita balandligi 80 va 112 m keladigan binoda 480 ta katta, 250 ta mayda
daraxtlar, 11 ming gazon oʼsimliklari, 5 mingta buttalar joylashtirilgan. Bunday yashillik 1 gektar
oʼrtacha tiqislikdagi oʼrmon maydoni bilan tengdir.

Shvetsariyada yashil tomlardagi hasharotlar oʼrgimchak va qoʼngʼizlarning turi va soni

oʼrganilgan. Bu tadqiqotlar oʼsimliklarining turi va zichligi har xil boʼlgan yashil tomlarda turli xil
oʼrgimchaklar, qoʼngʼizlar va qushlar yashashini koʼrsatdi. Brenneisen oʼzining tadqiqotlarida [6]
yashil tomlarni xuddi shunday oʼsimliklari, daraxtlari boʼlgan yer yuzida yaypanib yotgan yashil
maydonlar bilan solishtirgan: u har ikkala sathdagi yashil maydonlarda yashayotgan qoʼngʼiz,
oʼrgimchak va qushlarning bir xilligini qayd qilgan. Bu oʼz navbatida, tomda tashkil etiladigan
yashil maydonlar yer yuzidagidek bir xil tabiiy qoʼnim muhitini yaratishini koʼrsatadi. Tomlardagi
daraxtlar shoxalarida qushlarning yashashi, koʼpayishi uchun inlar qurganligini ham kuzatish
mumkin [6].

O’tkazilgan tadqiqotlarga tayanib yashil tomlarning quyidagi qator ijobiy xususiyatlarini

sanash mumkin [7] ,[8]::

• yomgʼir suvlarining oqib tushishi kamayadi;


background image


Iyul, 2025-Yil

35

• havoni ifloslovchi moddalar va chang yashillik tomonidan yutiladi;
• shaharda issiq orolcha effektining pasayishi kuzatiladi;
• biologik organizmlar yashashi uchun sharoit yaratiladi;
• tom konstruktsiyalariga oʼzgaruvchan quyosh radiatsiyasi va harorat taʼsirining kamayishi,

uning asosida tom konstruktsiyalari xizmat muddatining oshishi ta’minlanadi;

• issiqdan muhofazalash qobiliyatining oshishi, bino ichini isitish va sovutish xarajatlarining

kamayishini ta’minlaydi;

Oxirgi yillarda atmosferada turli xil zaharli gaz miqdorlarining oshishi sababli biosferada

global isish jarayoni ketayapti. Аsosiy zaharli gaz yoqilgʼining yonishi tufayli atmosferaga
chiqariladigan katta hajmdagi karbonat angrid gazidir. Bundan tashqari, parnik effekti qishloq
xoʼjaligi chiqindilari asosida hosil boʼladigan metan gazidir. Global isish natijasida dunyoda
klimatik jarayonlar destabilizatsiyasi roʼy beradi, qaerda qirgʼoqchilik, qaerda suv bosishi, uragan
va boshqalar roʼy beradi. Yashil tomlar odamlarni global isish oqibatlaridan himoyalashi mumkin.
Oʼsimliklar binoning yuqori qavatlaida havo tarkibini, sifatini yaxshilaydi, havoni tozalaydi, yetarli
darajada uni namlaydi. Shuning uchun yashil tomlar qanchalik koʼp boʼlsa shu hududda yashash
uchun sharoit shunchalik yaxshi boʼladi.

Adabiyotlar:

1.

Scrivens S. Design Guide. Roof Gardens //Architect"s Journal. 1982. Vol. 175. № 17

2.

Usmonova G.F. (2024). BUXORO SHAROITIDA FOYDALANILADIGAN, YASHIL
TOMLARNING

OPTIMAL

KONSTRUKTIV

YECHIMLARI.

Наука

и

инновация,2,25,113-119.

3.

Usmanov Farkhod Bafoevich; kizi Usmanova, Gulrukh Farhod;(2023),"THE MAIN
DIRECTIONS OF LANDSCAPE ARCHITECTURE, THEIR APPLICATIONS IN THE
COURT ZONES OF THE KHOJA ABDUHOLIK GIZHDUVANI ENSEMBLE",GOLDEN
BRAIN,1,6,76-82,

4.

Усмонов, ФБ; Усмонова, ГФ; Умарова, ДЖ; (2021) ,ФОЙДАЛАНИЛАДИГАН
ТОМЛАРНИНГ УСТУНЛИК ТОМОНЛАРИ, International scientific and scientific-
technical conference on «PRACTICAL AND INNOVATIVE SCIENTIFIC RESEARCH:
CURRENT PROBLEMS, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS (Dedicated to the
memory of professor A.A.Yusupkhodjaev) » 443-445,

5.

Usmanov, FA; Yakhshiev, YG; Usmonova, GF; ,Analysis of Foreign Experience in the Use
of Low and Multistorey Buildings,JournalNX,7,11,48-51,,Novateur Publication.

6.

Usmonova, G. (2024). BUXORO SHAROITIDA FOYDALANILADIGAN, YASHIL
TOMLARNING OPTIMAL KONSTRUKTIV YECHIMLARI. Наука и инновация, 2(25),
113-119.

7.

Усмонов, Ф. Б., & Орипов, И. (2018). ИЗУЧЕНИЕ ПРОГРЕВА И НАРАСТАНИЯ
ПРОЧНОСТИ БЕТОНА ПРИ ПРИМЕНЕНИИ ПЛОСКИХ ОТРАЖАТЕЛЕЙ В
ЗАВИСИМОСТИ ОТ НАЧАЛА ФОРМОВКИ В ТЕЧЕНИЕ СУТОК. Интернаука, (22-
1), 48-50.

References

Scrivens S. Design Guide. Roof Gardens //Architect"s Journal. 1982. Vol. 175. № 17

Usmonova G.F. (2024). BUXORO SHAROITIDA FOYDALANILADIGAN, YASHIL TOMLARNING OPTIMAL KONSTRUKTIV YECHIMLARI. Наука и инновация,2,25,113-119.

Usmanov Farkhod Bafoevich; kizi Usmanova, Gulrukh Farhod;(2023),"THE MAIN DIRECTIONS OF LANDSCAPE ARCHITECTURE, THEIR APPLICATIONS IN THE COURT ZONES OF THE KHOJA ABDUHOLIK GIZHDUVANI ENSEMBLE",GOLDEN BRAIN,1,6,76-82,

Усмонов, ФБ; Усмонова, ГФ; Умарова, ДЖ; (2021) ,ФОЙДАЛАНИЛАДИГАН ТОМЛАРНИНГ УСТУНЛИК ТОМОНЛАРИ, International scientific and scientific-technical conference on «PRACTICAL AND INNOVATIVE SCIENTIFIC RESEARCH: CURRENT PROBLEMS, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS (Dedicated to the memory of professor A.A.Yusupkhodjaev) » 443-445,

Usmanov, FA; Yakhshiev, YG; Usmonova, GF; ,Analysis of Foreign Experience in the Use of Low and Multistorey Buildings,JournalNX,7,11,48-51,,Novateur Publication.

Usmonova, G. (2024). BUXORO SHAROITIDA FOYDALANILADIGAN, YASHIL TOMLARNING OPTIMAL KONSTRUKTIV YECHIMLARI. Наука и инновация, 2(25), 113-119.

Усмонов, Ф. Б., & Орипов, И. (2018). ИЗУЧЕНИЕ ПРОГРЕВА И НАРАСТАНИЯ ПРОЧНОСТИ БЕТОНА ПРИ ПРИМЕНЕНИИ ПЛОСКИХ ОТРАЖАТЕЛЕЙ В ЗАВИСИМОСТИ ОТ НАЧАЛА ФОРМОВКИ В ТЕЧЕНИЕ СУТОК. Интернаука, (22-1), 48-50.