Authors

  • Mashrab Usmanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.126049

Keywords:

“Buyuk Ipak yoʻli” Ferdinand fon Rixtgofen dunyo sivilizatsiyasi “Shoh yoʻli” “Lazurit yoʻli” “G‘arbiy meridianal yoʻl” qadimiy katta savdo yoʻli.

Abstract

Ushbu maqolada “Buyuk Ipak yoʻli”ning tarixiy geografik xususiyatlari, Buyuk Ipak yoʻli dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishidagi oʻrni, nemis olimi Ferdinand fon Rixtgofen tamonidan Buyuk Ipak yoʻli haqida bergan ma’lumotlari, yurtimizdagi qadimiy katta savdo yoʻlining oʻrni, “Buyuk Ipak yoʻli” mavqeiga oid ma’lumotlar keltirilgan.

background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

192

“BUYUK IPAK YOʻLI” KARVON YOʻLININING PAYDO BOʻLISH TARIXI VA

GEOGRAFIK RIVOJLANISHI

Usmanov Mashrab Rustamovich

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada “Buyuk Ipak yoʻli”ning tarixiy geografik xususiyatlari, Buyuk

Ipak yoʻli dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishidagi oʻrni, nemis olimi Ferdinand fon Rixtgofen
tamonidan Buyuk Ipak yoʻli haqida bergan ma’lumotlari, yurtimizdagi qadimiy katta savdo
yoʻlining oʻrni, “Buyuk Ipak yoʻli” mavqeiga oid ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

“Buyuk Ipak yoʻli”, Ferdinand fon Rixtgofen, dunyo sivilizatsiyasi, “Shoh

yoʻli”, “Lazurit yoʻli”, “G‘arbiy meridianal yoʻl”, qadimiy katta savdo yoʻli.

Kirish.

Buyuk Ipak yoʻli - qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli, insoniyat

rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy
fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasi.
Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan. Insoniyat tarixida
eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda
antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta,
sharq va gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib
borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning alohidagi qismlari edi. Savdo
aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar - Sharqda nihoyatda
qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp
jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga
lazurit toshi yetkazib beriladigan “lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda “nefrit yoʻli“ ham
tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkend tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi.
Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari
olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk
Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon
yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan
buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb
hisoblaydilar.

Miloddan yuz yil avval Chin yurtidan yoʻlga otlangan ilk savdo karvoni dovonu daralar,

bepoyon sahrolar osha yurtimizga ipak va bronza koʻzgular keltirgan. Shu tariqa dunyo
sivilizatsiyasi rivojida muhim oʻrin tutgan Buyuk Ipak yoʻliga asos solingan. Mana, oradan asrlar
oʻtib uzundan-uzun karvonlar oʻrnini zamonaviy avialaynerlar, avtomobil va tezyurar poezdlar
egallagan boʻlsa-da, Sharq va G‘arbni bog‘lovchi ana shu qadimiy yoʻl hanuzgacha oʻz ahamiyatini
yoʻqotgani emas. E’tiborlisi, mamlakatimizning bir qator tarixiy shaharlari uning qoq markazida
joylashgan.

Asosiy qism.

Buyuk Ipak yoʻli miloddan avvalgi II asrdan qariyb eramizning XVI asrigacha

faoliyat koʻrsatgan. Shubhasiz, Ipak yoʻli orqali nafaqat nodir tovarlar olib oʻtilgan, balki bilim,
madaniyat, texnologiya almashinuvi, diplomatik aloqalar ham amalga oshirilgan.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

193

“Buyuk ipak yoʻli” nomi oʻsha davrlarda G‘arb mamlakatlari uchun qimmatbaho boʻlgan

mahsulot – ipak bilan bog‘liq. Ipak qurti pillasidan ipak tayyorlash texnologiyasi taxminan besh
ming yil oldin zamonaviy Xitoy hududida kashf etilgan deb hisoblanadi. Asta-sekin ipakchilik
sirlari oʻzlashtirilib borildi va eramizning III asridayoq koʻplab mamlakatlarda, jumladan,
Oʻzbekistonda ham Farg‘ona vodiysi hududida ipak ishlab chiqarila boshlandi.

1-rasm. “Buyuk Ipak yoʻli” karvon yoʻli xaritasi

2-rasm. “Buyuk Ipak yoʻli” karvon yoʻli

Karvonchilar ipakdan tashqari boshqa noyob mahsulotlar bilan ham savdo qilishgan.

Badaxshondan lazurit, Soʻg‘diyonadan serdolik, Xoʻtandan nefrit kabi qimmatbaho toshlar va hatto
oʻsha davrlarda Sharqiy Oʻrtayer dengizida hali ishlab chiqarilmagan shisha idishlar bilan savdo
qilingan.

“Ipak yoʻli” atamasi nisbatan yaqinda paydo boʻlgan. 1877-yilda baron Ferdinand fon

Rixtgofen birinchilardan boʻlib savdo yoʻli xaritasini batafsil oʻrganib, unga shunday nom berdi.
Taxminan milodiy I asrda Buyuk Ipak yoʻli oʻz taraqqiyotining yuksak choʻqqisiga chiqdi. Savdo
yoʻli sharqda Xitoyning Loyan shahridan boshlanib, Xitoyning koʻplab shaharlari va Oʻrta


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

194

Osiyodan oʻtib, Italiyada, Rimda tugagan. Yoʻl uchta yoʻnalish va koʻplab tarmoqlardan iborat
boʻlgan. Asosiy yoʻnalishlar Shimoliy, Markaziy va Janubiy yoʻllar edi.

Shimoliy yoʻl Tarim daryosi boʻylab Tyan-Shan togʻlari orqali, Fargʻona vodiysiga burilib,

Oʻrta Osiyo daryolari oralig‘idan Volganing quyi oqimiga, yunon koloniyalariga oʻtgan. Yoʻl-
yoʻlakay karvonlar shaharlarda yoki eng goʻzal vohalarda toʻxtab, oʻz mollarini sotardilar. Shu
tariqa, yangi shaharlar paydo boʻldi, eskilari esa oʻsib, yanada kattalashdi. Oʻzbekiston hududida
savdo va hunarmandchilik shaharlari: Andijon, Qoʻqon, Buxoro, Shahrisabz, Samarqand va Xiva
gullab-yashnagan. Janubiy yoʻl Hindiston, Afg‘oniston va Eronning hozirgi hududlaridan oʻtgan.
Markaziy yoʻl Fors va Oʻrtayer dengizi orqali oʻtgan.

Ipak yoʻlining yoʻnalishlari butun dunyoga ma’lum boʻldi va tez orada u orqali nafaqat

karvonchilar, balki afsonaviy sayohatchilar va sarkardalar ham oʻta boshladilar. Masalan, italiyalik
sayyoh va savdogar Marko Polo Buyuk Ipak yoʻli boʻylab sayohat qilganidan soʻng “Dunyo xilma-
xilligi haqida kitob” asarini yaratdi. Shuningdek, jahonga mashhur sarkarda Chingizxon Buyuk Ipak
yoʻli tarmoqlari boʻylab oʻtgan. Koʻp yillar davom etgan mashaqqatli yoʻl mard sayohatchilar va
savdogarlarni choʻchitib yubormadi. Ularning yoʻlida jangari koʻchmanchilar, suvsiz choʻllar va
iqlimi og‘ir tog‘lar uchrashishi mumkin edi. Koʻpincha toʻg‘ri yoʻlning yoʻnalishini “odamlar va
hayvonlarning suyaklari” orqali tanib olish mumkin edi. Ammo bu yoʻl tufayli dunyo biz hozir
koʻrib turganimizdek, zamonaviy tarzda oʻzgardi. Ulug‘vor yodgorlik shaharlari tarixiy va
me’moriy binolari bilan oʻtmishdan bir xotira sifatida tirik afsonaga aylandi.

Tarixda miloddan avvalgi VI - IV asrlarda Eron Ahamoniylari saltanati davrida uning hududi

boʻylab “Shoh yoʻli” oʻtgan. Undan ham ilgariroq Oʻrta va Yaqin Sharqda Badaxshon lazuritiga
boʻlgan ehtiyoj “Lazurit yoʻli”ning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Badaxshon lazuritlari
Mesopotamiya va Misr podsholari saroylarini, ibodatxonalarini bezagan, biz mulohaza yuritayotgan
G‘arb bilan Sharqni bir necha ming yillar mobaynida bir-biriga bog‘lab kelgan ana shunday
qadimgi yoʻllardan biri bu “Buyuk Ipak yoʻli”dir.

Bu yoʻl fanga “Ipak yoʻli” nomi bilan faqat XIX asrning 70 yillaridan boshlab nemis olimi

Ferdinand fon Rixtgofen tomonidan kiritildi. Unga qadar bu yoʻl “G‘arbiy meridianal yoʻl” deb
atalardi. 1877-yilda Berlinda D.Rayner nashriyotida Ferdinand Frayxern fon Rixtgofenning
“Китай. Резултаты собственных путешествий и последуюшего глубкого изучения” nomli
koʻp tomlik monografiyasi nashr etiladi. F. fon Rixtgofen (1833-1905 y.y) – nemis geografi va
geologi, Berlin geograflar jamiyatining a’zosi boʻlib, u Xitoy tabiatining tadqiqotchisi edi.

Mazkur kitobda F. Rixtgofen birinchi boʻlib ilmiy muomalaga “Buyuk Ipak yoʻli” atamasini

kiritadi. Shuningdek yoʻllarningt qadimdan to oʻzining davrigacha boʻlgan yoʻnalishlarini keltiradi.

Rixtgofen “Buyuk Ipak yoʻli” atamasini ishlatar ekan, u dastlab Xitoy - Turkiston - Hindiston

yoʻnalishidagi yoʻlni koʻzda tutgan. Keynchalik uning ishlarini davom ettirgan olimlar qadimgi
savdo yoʻllarini atroflicha tadqiq qilib, atamaning mazmuniga oʻzgartirish kiritganlar.

Xususan, Xitoyning qadimgi poytaxti Chang‘an shahridan boshlab Xesi yoʻlagi, Taklamakon

choʻli atrofi va Turkiston shaharlari orqali Yaqin Sharq, Afrika va Yevropa mamlakatlarining
bog‘lab turuvchi karvon yoʻlini nazarda tutganlar. Ammo Xitoy ilmiy adabiyotlarida mualliflar bir
ovozdan qadimgi Chang‘andan Taklamakon choʻli atrofi va Pomir davonlari Oʻzbekiston,
Turkmaniston, Eron va Turkiya shaxarlari orqali Rimga borgan karvon yoʻlini eng qadimiy Buyuk
Ipak yoʻli (“Da sidao”) deb e’tirof etmoqdalar.

“Soʻzlar dengizi” (“sixay”) ensiklopedik lug‘atida ushbu yoʻl quydagicha ta’riflanadi: “Ipak

yoʻli” (“sichou chjilu”) Osiyo qi’tasining u chekkasidan bu chekkasigacha kesib oʻtadigan qadimiy


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

195

aloqalar yoʻlidir. Uning asosiy qismi sharqda Veyxey daryosi (xuanxe daryosining oʻrta qismiga
quyiladigan va g‘arb tomondan sharqqa qarab oqadigan katta irmog‘i) boʻylaridan boshlanib
g‘arbga qarab choʻzilgan Xeshi yoʻlagi (xeshi soʻzi daryoning g‘arbi degan manoni anglatadi.
Odatda ushbu yoʻlak g‘arbda Dunxuandan Sharqda Ushyaolin tog‘igacha boʻlgan uzunligi 1000
km, eniga esa 10-100 km keladigan va ekin oʻsadigan joyni oʻz ichiga oladi ) dan oʻtgandan soʻng
ushbu yoʻlning bir yoʻnalishi Sharqiy Turkistondagi Torim daryosining shimoliy qirg‘oqlari, Suli
(Qashqar shahri) Pomir, Forg‘ona vodiysi (Dayyuan, Davan), Kangkiya davlatining janubi qismi
(Samarqand atrofi ) orqali, ikkinci yoʻnalishi Torim daryosining janubidagi Yorkend (hozirgi
shache tumani) va Pomirdan oʻtib xozirgi Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimi boʻylaridagi
shaharlar orqali g‘arbga qarab ketgan. Shundan keyin bu yoʻl Marv (Muley), Damxon (Damg‘on),
Aman (xozirgi Hamadon), Bag‘dodning janubi - sharqidagi viloyatlar va oʻrta dengizning Sharqiy
sohillari orqali Rimga yetib borgan.

Milloddan avvalgi II asrdan keyingi ming yil davomida xitoydan koʻp miqdordagi ipak

matolar mana shu yil orqali G‘arbga olib ketilgan. Shu bois bu yoʻl “Ipak yoʻli” deb nomlangan.
Odatda, savdo yoʻli xoʻjalik rivojlangan joylardan va bozorlardan oʻtgan. Bunday joylar esa
shaharlarga aylangan madaniy markazlardan tashkil topganligi hammaga ma’lum. Bunday shaharlar
koʻproq Markaziy Osiyoda, ayniqsa, Oʻzbekiston hududida, Taklamakon choʻli atrofida,
Oʻzbekiston hududidan topilib, hozir Temuriylar tarixi Davlat muzeyida saqlanayotgan bir necha
ming yillik tarixga ega boʻlgan odam suyagi, Taklamakon choʻli atrofida topilgan va ayni paytda
Urumchi muzeyida saqlanayotgan 4-5 ming yillik odam jasadlari va buyumlar mazkur mintaqalar
madaniyatining tarixi nihoyatda qadimiy ekanligini koʻrsatadi.

Bundan kamida 2 ming yil muqaddam “Buyuk Ipak yoʻli”ning Markaziy Osiyo qismi, ya’ni

Hindiston va Eron bilan qoʻhna Xitoy oʻrtasidagi eng qadimiy katta savdo yoʻli Oʻzbekiston, Pomir
va Taklamakon choʻli atrofidagi koʻxna shaharlardan oʻtgan. Ushbu haqiqatni Xitoy manbalaridagi
aniq ma’lumotlar toʻla tasdiqlaydi. Manbalarda koʻrsatilishicha milodning boshidan boshlab
Tangritog‘ (Tyanshan) etaklari, Ili vodiysi, Issiqkoʻl atrofidagi shaharlar oqali oʻtgan yoʻllaridan
foydalanish jonlangan.

Buyuk Ipak yoʻli nafaqat savdo, balki diplomatiya va madaniy munosabatlar yoʻlidir. Turli

davrlarda mazkur yoʻl dastlab Xitoy elchilari va budda rohiblari dastlab Turkiston shaharlariga
kelgan, soʻngra boshqa mamakatlarga borgan.

Faqatgina XVI - asrdan boshlab dengiz yoʻli orqali amalga oshirilgan xalqaro savdo aloqalari

Yevropa mamlakatlari qoʻliga oʻtgan va tobora kengayib, boshqa qit’alarni ham qamrab olgan
Buyuk Ipak yoʻli undagi xalqlar va davlatlarning toʻqnashuvlari ostida rivojlangan boʻlsa, aksariyat
dengiz yoʻlining yuksalishi fan, texnkaning rivojlanishi bilan bog‘liq boʻlgan. Shu bois Buyuk ipak
yuli oʻz axamiyatini butunlay yoʻqotmasada dengiz yulining rivojlanishidan ma’lum darajada
zarar koʻrgan.

Xulosa.

Yuqoridagi dalillarga tayanib Buyuk ipak yoʻlining jahon sivilizatsiyasidagi

ahamiyati toʻg‘risida quydagilarni xulosa qilish mumkin:

- Sharq va G‘arb dunyosi bir-birlari bilan yaqindan tanishi dunyoning ikki chekkasi oʻzaro

bog‘landi.

- Xitoy uchun yangi yerlar mamlakatlar kashf etildi. Bir vaqtning oʻzida Xitoy boshqa

mamlakatlar uchun ochildi.


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

196

- Xitoyning Sian shaxridan boshlanib, Oʻrta Osiyo shaharlari orqali Bog‘dodga va undan oʻrta

yer dengizi mamlakatlari va g‘arbiy yevropaga qadar choʻzilgan buyuk ipak yoʻli ustida oʻrnashgan
xalqlar madaniyatidagi umumiylik xususiyati vujudga keldi.

- Buyuk ipak yoʻli bilan faqat savdo aloqalariga olib borilmasdan u orqali fan madaniyati

yangiliklari bir mintaqadan ikkinchisiga tashildi.

- Diniy e’tiqotlarning yoyilishidan ayniqsa buddaviyllikning Hindistonda Oʻrta Osiyo orqali

xitoyda tarqalishida Buyuk ipak yoʻlining salmog‘i katta boʻldi.

- Xalqlarning u yoki, bu sabablarga koʻra ba’zan mamlakat ichki hayotidagi siyosiy

barqarorlik munosabatidan bir xududdan boshqa xududga sijishlari (migratsiya) jarayonlari ham
mazkur yoʻl orqali sodir boʻldi.

Ammo hozirgi davrda Buyuk Ipak yoʻlining ahamiyati yana oshib bormoqda. Buni biz

quyidagicha izohlashimiz mumkin;

- Bir necha asr davom etgan rivojlanish natijasida dengiz yoʻllarida cheksiz koʻpayib ketgan

harakat vositalari ekologiyaga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Ayniqsa soʻnggi yarim asr davomida bu
holat tobora kuchayib borayotganligi ayni haqiqatdir.

- Yevrosiyo mamlakatlari oʻrtasida dengiz yoʻli orqali yuk tashish muddati zamon talabiga

javob bermay qolmoqda.

- Keyingi yillarda temir yoʻl va avtomobil yoʻllarining qurilishi va avtotransport ishlab

chiqarish sohalaridagi yutuqlar “Buyuk Ipak yoʻli” mavqeini oshirmoqda. Davlatlarning uni
zamonaviy yoʻlga aylantirishga qiziqishi va bu g‘oyani qoʻllab-quvvatlashi ham tobora
kuchaymoqda. Bu borada Oʻzbekistonning хissasi kattadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.

Darslik. “Oʻzbekiston”, 2017. 488 bet.

2. Каримов И.А. “Тарихий хотирасиз келажак йўқ”. Тошкент.“Шарқ” нашриёти, 1998 й,

9-бет.

3. А.Хўжаев “Буюк Ипак йўли: муносабатлар ва тақдирлар”. Тошкент.“Ўзбекистон

Миллий энциклопедияси”, Давлат илмий нашриёти, 2007 й, 75-76 бетлар.

4. Komilova, N. K. (2021). Tourist destination as an object of research of social and economic

geography.

Psychology and Education Journal

,

58

(1), 2058-2067.

5. Komilova, N. K., Matchanova, A. E., Safarova, N. I., Usmanov, M. R., & Makhmudov, M.

M. (2021). Some socio-economic aspects of gastronomic tourism study.

Estudios de economía

aplicada

,

39

(6), 12.

6. Холиқулов, Ш., & Мавлонова, С. (2020). Ўзбекистонда туристик имкониятлардан

фойдаланишнинг географик жихатлари.

Архив Научных Публикаций JSPI

, 1-7.

7. Usmanov, M. (2020). Ўзбекистонда халқаро туризмни ривожлантиришда “диний

туризм” нинг аҳамияти.

Архив Научных Публикаций JSPI

.

8.

https://stat.uz

References

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.

Darslik. “Oʻzbekiston”, 2017. 488 bet.

Каримов И.А. “Тарихий хотирасиз келажак йўқ”. Тошкент.“Шарқ” нашриёти, 1998 й,

-бет.

А.Хўжаев “Буюк Ипак йўли: муносабатлар ва тақдирлар”. Тошкент.“Ўзбекистон

Миллий энциклопедияси”, Давлат илмий нашриёти, 2007 й, 75-76 бетлар.

Komilova, N. K. (2021). Tourist destination as an object of research of social and economic

geography.Psychology and Education Journal, 58(1), 2058-2067.

Komilova, N. K., Matchanova, A. E., Safarova, N. I., Usmanov, M. R., & Makhmudov, M.

M. (2021). Some socio-economic aspects of gastronomic tourism study. Estudios de economía

aplicada, 39(6), 12.

Холиқулов, Ш., & Мавлонова, С. (2020). Ўзбекистонда туристик имкониятлардан

фойдаланишнинг географик жихатлари. Архив Научных Публикаций JSPI, 1-7.

Usmanov, M. (2020). Ўзбекистонда халқаро туризмни ривожлантиришда “диний

туризм” нинг аҳамияти. Архив Научных Публикаций JSPI.