Authors

  • Mashrab Usmanov
  • Sarvinoz Shuxratova
  • Laziza Umarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.126050

Keywords:

organik dehqonchilik ekologik oʻgʻit kimyoviy oʻgʻitlar pestitsit va gerbidsitlar ekologik muhit Xalqaro Organik Dehqonchilik Harakatlari Federatsiyasi.

Abstract

mazkur maqolada hozirgi kunda qishloq xoʻjaligining istiqbolli yoʻnalishlaridan biri sifatida qaralayotgan organik dehqonchilik sohasining kelib chiqish sabablari, afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilingan hamda istiqbollari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tilgan.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

197

ORGANIK DEHQONCHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING OʻZIGA XOS GEOGRAFIK

JIHATLARI

Usmanov Mashrab Rustamovich, Shuxratova Sarvinoz Jasur qizi,

Umarova Laziza Faxritdin qizi

Jizzax davlat pedagogika universiteti

mashrabusmonov79@gmail.com

Annotasiya:

mazkur maqolada hozirgi kunda qishloq xoʻjaligining istiqbolli yoʻnalishlaridan

biri sifatida qaralayotgan organik dehqonchilik sohasining kelib chiqish sabablari, afzalliklari va
kamchiliklari tahlil qilingan hamda istiqbollari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tilgan.

Kalit soʻzlar

: organik dehqonchilik, ekologik oʻgʻit, kimyoviy oʻgʻitlar, pestitsit va

gerbidsitlar, ekologik muhit, Xalqaro Organik Dehqonchilik Harakatlari Federatsiyasi.

Kirish.

Bilamizki, insoniyat hayotining eng qadimgi davrlaridan boshlab ziroatchilik (hozirgi

nomi dehqonchilik) nomi bilan yerga ishlov berib va ekin ekib oʻz isteʼmoli uchun zarur boʻlgan
mahsulotlarni yetishtirib keladi. Insoniyat ongining va shu bilan birgalikda fan-texnikaning
rivojlanishi natijasida dehqonchilik va yerga ishlov berish usullari ham tobora yangilanib bordi.
Dehqonchilikda hayvonlar kuchidan foydalanish, omoch, belkurak, ketmon va shu kabi mehnat
qurollarining yaratilishi, almashlab ekish texnologiyasi shular jumlasidandir.

Texnika va texnologiyalar bilan birgalikda dehqonchilikda hosildorlikni oshirish va

olinadigan hosilning sifatini yaxshilash uchun turli xildagi kimyoviy moddalardan foydalanish,
biotexnologiya yangiliklarini qoʻllagan holda laboratoriya sharoitida urugʻlarning hosildorligini
sunʼiy ravishda oshirish (fan tilida – gen modifikatsiyasi) hozirgi kunda keng avj oldi.
Dehqonchilikdagi ushbu oʻzgarishlar hosildorlikni oshirishi va oziq-ovqat tanqisligini oldini olsada,
biroq biz isteʼmol qilayotgan meva va sabzavotlarning foydadan koʻra zararliroq boʻlishiga olib
kelyapti. Buning natijasida dunyo aholisi orasida turli xil oʻsma, allergik va oshqozon-ichak
kasalliklari sonining keskin ortishi kuzatilmoqda.

Xoʻsh, buning oldini qanday olish mumkin? Dunyo boʻylab bunga umumiy yechim topildi –

“Organik dehqonchilik”. Hozirda butun dunyoda “moda”ga aylangan ushbu dehqonchilik turi oʻzi
nima va uning qanday kamchilik va afzalliklari borligini quyida koʻrib chiqamiz.

Asosiy qism.

“Organik dehqonchilik” (Ekologik dehqonchilik, biologik dehqonchilik sifatida

ham tanilgan) - bu kompost goʻngi, yashil goʻng, biogumus, suyak oʻg‘itlari kabi ekologik toza va
organik boʻlgan o‘gʻitlardan foydalangan holda ekin yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi sohasidir.
Almashlab ekish va yoʻldosh ekish kabi texnikalarga urgʻu berish shular jumlasidandir.

Organik dehqonchilik bugungi kunda turli tashkilotlar, uy xo‘jaliklari tomonidan ishlab

chiqilmoqda. Bu usulda zararkunandalarga qarshi biologik kurash, aralash ekin ekish va hasharotlar
yirtqichlarini qoʻllab-quvvatlash ragʻbatlantiriladi. Organik standartlar sintetik moddalarni taqiqlash
yoki qatʼiy cheklash bilan birga tabiiy moddalardan foydalanishga ruxsat berish uchun
moʻljallangan. Masalan, piretrin kabi tabiiy pestitsidlarga ruxsat beriladi, sintetik oʻgʻitlar va
pestitsidlar esa odatda taqiqlanadi. Ruxsat etilgan sintetik moddalarga, masalan, mis sulfat,
elementar oltingugurt va Ivermektin kiradi. Chorvachilikda genetik jihatdan oʻzgartirilgan
organizmlar, nanomateriallar, inson kanalizatsiya loylari, oʻsimliklarning oʻsish regulyatorlari,
gormonlar va antibiotiklardan foydalanish taqiqlanadi.


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

198

1-rasm. Ekologik dehqonchilikdan olingan sabzavodlar

Organik dehqonchilikning asosiy ustunlaridan biri tuproq unumdorligini boshqarishdir.

Kimyoviy o‘g‘itlarga ishonish o‘rniga, organik ishlab chiqaruvchilar tuproqni tabiiy kompost,
yashil go‘ng va organik kelib chiqadigan minerallar bilan boyitadi. Bunday tabiiy yondashuv
nafaqat tuproqning ozuqa moddalarini saqlab qoladi, balki o‘simliklar o‘sishi uchun foydali
mikroorganizmlar uchun gullab-yashnayotgan ekotizimni ham ta’minlaydi.

2-rasm. Organik dehqonchilik o‘g‘itlari

Organik dehqonchilikning maqsadi tuproq va suvning dehqonchilik sababli turli xil kimyoviy

va zaharli moddalar bilan ifloslanishini oldini olishdir. Organik dehqonchilikda faqatgina ekologik
toza mahsulotlarning ishlatilishi tufayli insonlar, hayvonlar va atrof muhit zararlanishining
yetarlicha oldi olinadi va ekologik muhitning yaxshilanishiga ijobiy taʼsir taʼminlanadi.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

199

Organik dehqonchilik sohasi qishloq xoʻjaligiga XX asrning boshlarida kirib kelgan boʻlsa-

da, unga boʻlgan talab 1990-yillardan boshlab ortdi. Xususan 2007-yilda organik dehqonchilik
mahsulotlari savdo aylanmasi 47 mln. dollarga yetdi. Organik dehqonchilik mahsulotlariga boʻlgan
talabning ortishi organik dehqonchilik yerlari salmogʻining ortishiga ham sabab boʻldi. 2007-yilga
kelib organik dehqonchilik yerlari 32,2 mln. gektar boʻlgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich hozirgi kunda
qariyb 2 barobardan koʻproq oʻsib, jami yerlar salmogʻi 70 mln. gektarga yetdi.

Organik dehqonchilik oʻziga xos talablari, yaʼni kimyoviy oʻgʻitlar (pestitsit va gerbidsitlar),

geni oʻzgargan mahsulotlar, shuningdek inson va atrof-muhitga zarar yetkazuvchi moddalardan
foydalanmaslik boʻlgani uchun ushbu turdagi dehqonchilik bilan shugʻullanishni istovchilar xalqaro
tashkilot tomonidan beriluvchi maxsus “ekologik toza” muvofiqlik sertifikatini olishi zarur.
Sertifikatlash jarayonida mahsulotlar bir necha bosqichli laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkaziladi.
Sertifikatlash ishi 1972-yilda tashkil etilgan.

Organik qishloq xoʻjaligi usullari xalqaro miqyosda tartibga solinadi va koʻplab davlatlar

tomonidan qonuniy ravishda qoʻllaniladi. Xalqaro Organik Dehqonchilik Harakatlari Federatsiyasi
(International Federation of Organic Agriculture Movements – IFOAM) tomonidan amalga
oshiriladi. Xalqaro Organik Dehqonchilik Harakatlari Federatsiyasi butun dunyo boʻylab barcha
turdagi organik dehqonchilik ishlarini boshqarish, birlashtirish va nazorat qilish bilan shugʻullanadi.
Tashkilotning asosiy maqsadi butun dunyo boʻylab organik dehqonchilik turini rivojlantirish va
insonlar uchun ekologik toza mahsulotlarni yetkazib berishdir. Hozirda ushbu tashkilotning 108 ta
mamlakatda 750 dan ortiq markazlari bor. Tashkilotning bosh shtab-kvartirasi Germaniyaning Bonn
shahrida joylashgan.

Organik dehqonchilik mahalliy darajada biologik xilma-xillik va atrof-muhitni muhofaza

qilishda foydali boʻlishi mumkin. Ammo organik dehqonchilik anʼanaviy dehqonchilikka nisbatan
pastroq hosildorlikka ega boʻlganligi sababli, dunyoning boshqa joylarida qoʻshimcha qishloq
xoʻjaligi yerlariga ehtiyoj kuzatilinadi, yaʼni tabiiy yerlarni qishloq xoʻjaligi yerlariga aylantirish
kerak. Bu biologik xilma-xillikning yoʻqolishiga va erishilgan mahalliy ekologik yutuqlardan ustun
boʻlgan salbiy iqlim taʼsiriga olib kelishi mumkin.

Butun dunyoda katta qiziqish uygʻotayotgan va tobora oʻsib borayotgan ushbu dehqonchilik

sohasining afzalliklari va foydalari talaygina topilsada zararlari ham yoʻq emas. Organik
dehqonchilikda faqatgina tabiiy mahsulotlardan foydalanilganligi bioxilma-xillikni saqlashga katta
yordam berishi bilan birgalikda ekinlarni yetishtirish xarajatlarining oddiy dehqonchilik turiga
qaraganda bir necha barobar qimmat boʻlishiga, bu esa oʻz navbatida mahsulot tannarxining
oshishiga sabab boʻladi. Bundan kelib chiqadiki, jamiyatning kambagʻal va oʻrtahol boʻlgan
qatlamlari organik dehqonchilik mahsulotlari oʻrniga oddiy dehqonchilik mahsulotlarini tanlaydilar.
Shuningdek, ushbu dehqonchilik turida hosildorlikning pastligi hozirgi kundagi eng global
muammolardan biri boʻlgan “Ocharchilik va oziq-ovqat muammosi”ning yanada avj olishiga olib
kelishi mumkin. Shu bilan birgalikda organik dehqonchilikda yerga boʻlgan talabning yuqoriligi
maydoni kichik va tuproq unumdorligi past boʻlgan hududlarda undan foydalanish imkoniyatlarini
cheklaydi.

Xulosa.

Yuqoridagi dalillarga tayanib xulosa qilib aytganda organik dehqonchilik bugungi

kunda ekologik muhitni saqlash va inson salomatligini himoya qilishning muhim yo‘nalishlaridan
biri sifatida e’tirof etilmoqda. Uning asosiy afzalliklari sifatida tuproq unumdorligini tabiiy usullar
bilan saqlash, ekologik barqarorlikni ta’minlash va sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni
keltirib o‘tish mumkin. Biroq, bu soha yuqori mehnat talabligi, past hosildorlik va xarajatlarning


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

200

nisbatan yuqoriligi kabi muammolarni ham o‘z ichiga oladi. Shunday bo‘lsada, organik
dehqonchilik uzoq muddatda yer resurslarini samarali boshqarish va atrof-muhitga zarar
yetkazmasdan iqtisodiy barqarorlikka erishishning eng maqbul usullaridan biri hisoblanadi. Shu
sababli, organik dehqonchilikni rivojlantirish zamonaviy qishloq xo‘jaligi uchun muhim
ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Любоведская А., Коршунов С. Правильный подбор технологий органического

земледелия // член Общественного совета МСХ РФ, председатель правления Союза
органического земледелия. Научный журнал Агро бизнес №6, 11 июня 2020

2. Мирзажонов Қ., Рахмонов Р. Органик деҳқончилик бизга керакми? // Agroolam.uz,

29-июн, 2018 йил.

https://agro-olam.uz/organik-dehqonchilik-bizgakerakmi/\

3. Саримсақов Ф.Х. Дунё ва Ўзбекистонда органик қишлоқ хўжалиги ва унинг бугунги

ҳолати // “Ахборотнома” илмий-амалий журналининг 2/2020-сони 12 июль, 2020 йил.

4. Komilova, N. K., Matchanova, A. E., Safarova, N. I., Usmanov, M. R., & Makhmudov, M.

M. (2021). Some socio-economic aspects of gastronomic tourism study.

Estudios de economía

aplicada

,

39

(6), 12.

5. Sarimsaqov F.X. Dunyo va O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligi va uning bugungi

holati // “Axborotnoma” ilmiy-amaliy jurnalining 2/2020-soni 12 iyul, 2020 yil.

6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Organik_dehqonchilik

References

Любоведская А., Коршунов С. Правильный подбор технологий органического

земледелия // член Общественного совета МСХ РФ, председатель правления Союза

органического земледелия. Научный журнал Агро бизнес №6, 11 июня 2020

Мирзажонов Қ., Рахмонов Р. Органик деҳқончилик бизга керакми? // Agroolam.uz,

Саримсақов Ф.Х. Дунё ва Ўзбекистонда органик қишлоқ хўжалиги ва унинг бугунги

ҳолати // “Ахборотнома” илмий-амалий журналининг 2/2020-сони 12 июль, 2020 йил.

Komilova, N. K., Matchanova, A. E., Safarova, N. I., Usmanov, M. R., & Makhmudov, M.

M. (2021). Some socio-economic aspects of gastronomic tourism study. Estudios de economía

aplicada, 39(6), 12.

Sarimsaqov F.X. Dunyo va O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligi va uning bugungi

holati // “Axborotnoma” ilmiy-amaliy jurnalining 2/2020-soni 12 iyul, 2020 yil.