Iyul, 2025-Yil
74
YONG‘IN XAVFSIZLIGINING DOLZARB OYLIGI – JAMIYAT XAVFSIZLIGI
YO‘LIDAGI MUHIM QADAM
D.Amangeldiev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB bo‘linmasi boshlig‘i mayor.
O.Olimboyev
bo‘linma katta inpektori katta leytenant.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16560382
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
o‘tkazilayotgan dolzarb oy tadbirlari yoritilgan. Maqolada fuqarolarning yong‘in xavfi borasidagi
hushyorligini oshirish, profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati, yong‘inga sabab bo‘luvchi
omillar va ularning oldini olish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, bolalar bilan olib
boriladigan targ‘ibot ishlari, evakuatsiya mashqlari va tashkilotlarning zimmasidagi vazifalar keng
yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Yong‘in xavfsizligi, dolzarb oy, profilaktika, evakuatsiya, targ‘ibot, texnik
vositalar, hushyorlik.
АКТУАЛЬНЫЙ МЕСЯЦ ПОЖАРНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ - ВАЖНЫЙ ШАГ НА
ПУТИ К ОБЩЕСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ
Аннотация. В данной статье рассматриваются мероприятия, проводимые в
Узбекистане в рамках актуального месяца по обеспечению пожарной безопасности. Особое
внимание уделяется повышению бдительности граждан, профилактическим мерам,
причинам возникновения пожаров и способам их предотвращения. Также освещаются
мероприятия по обучению детей, проведение эвакуационных учений и обязанности
организаций.
Ключевые слова: Пожарная безопасность, актуальный месяц, профилактика,
эвакуация, пропаганда, технические средства, бдительность.
THE RELEVANT FIRE SAFETY MONTH IS AN IMPORTANT STEP TOWARDS
PUBLIC SAFETY
Annotation. This article highlights the activities held in Uzbekistan during the Fire Safety
Awareness Month. It focuses on increasing public vigilance, the importance of preventive measures,
identifying fire hazards, and ways to prevent them. The article also discusses educational activities
for children, evacuation drills, and the responsibilities of institutions.
Keywords: Fire safety, awareness month, prevention, evacuation, public education,
technical equipment, vigilance.
O‘zbekiston bo‘ylab yong‘in xavfsizligi bo‘yicha dolzarb oy davom etmoqda. Maqsad—
fuqarolarning hushyorligini oshirish, yong‘inlarning oldini olish va xavfsizlik madaniyatini
shakllantirish.
Har yili mamlakatimizda yong‘in xavfsizligiga oid dolzarb oyliq tadbirlari o‘tkazilishi odat
tusiga kirgan bo‘lib, bu jarayon aholining yong‘inlarga nisbatan hushyorligini oshirish va
yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Iyul, 2025-Yil
75
Yong‘in — inson hayoti, mulki va atrof-muhit uchun eng xavfli ofatlardan biridir. Shu bois,
har yili mamlakatimizda iyul–avgust oylarida “Yong‘in xavfsizligining dolzarb oyligi” o‘tkazilib,
bu borada aholi o‘rtasida targ‘ibot va profilaktik tadbirlar kuchaytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida o‘tkazilayotgan
mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — yong‘in xavfsizligi borasidagi bilim va madaniyatni
oshirish, yong‘inga sabab bo‘ladigan omillarni bartaraf etishdir. Oylik davomida fuqarolarning
yong‘in xavfi bilan bog‘liq xatti-harakatlaridagi xatoliklarni bartaraf etish, bolalarga xavfsizlik
qoidalarini o‘rgatish, tashkilot va muassasalarda yong‘in texnikasi vositalarining holatini ko‘zdan
kechirish kabi muhim vazifalar bajariladi.
Oylikning asosiy maqsadi
Yong‘in xavfsizligi oyligining asosiy maqsadi – aholining barcha qatlamlari o‘rtasida
yong‘in xavfi haqida tushuncha hosil qilish, yong‘inga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlash va
ularning oldini olish choralarini belgilashdir. Bu borada fuqarolar bilan suhbatlar, amaliy
mashg‘ulotlar, targ‘ibot tadbirlari, maktab va bog‘chalarda yong‘in simulyatsiyasi asosida
evakuatsiya mashqlari o‘tkaziladi.
Yong‘inlarning asosiy sabablari:
Yong‘inlar ko‘pincha inson omiliga bog‘liq holda sodir
bo‘ladi. Masalan:
Elektr jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanish;
O‘choqlar, gaz plitalarini nazoratsiz qoldirish;
Bolalarning o‘yin vaqtida o‘t bilan ehtiyotsiz muomalasi;
Yaroqsiz isitish moslamalari va simyog‘ochlardan foydalanish.
Shuning uchun, aynan profilaktik ishlar va ma’lumot berish orqali yong‘inlarning oldini
olish mumkin.
Tashkilotlar va fuqarolarning vazifalari
Har bir tashkilot yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishi, zarur texnika vositalarini
tayyor holatda saqlashi kerak. Shuningdek, fuqarolar ham o‘z xonadonlarida va atrof-muhitda
yong‘inga olib keluvchi omillarni oldindan aniqlab, bartaraf etishga harakat qilishlari lozim.
Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilimlarini oshirib
barishlari va birinchi navbatda 101 va 1050 raqamiga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qilish, insonlarning
hayotini xavf ostiga qo‘ymasdan evakuatsiya qilish ko‘nikmalarini yaxshi bilishlari kerak.
Xulosa
Yong‘in xavfsizligining dolzarb oyligi bu – faqat bir oy davom etadigan tashabbus emas,
balki yil davomida davom etishi zarur bo‘lgan muhim xavfsizlik madaniyatining bir qismi. Har bir
fuqaro o‘zini, oilasini va atrofdagilarni himoya qilish uchun yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya
qilishi shart. Chunki xavfsizlik — faqat mutasaddilarning emas, balki har bir fuqaroning kundalik
burchidir. Ogohlik va hushyorlik esa hayotimiz garovidir.
