Authors

  • O. Olimboyev
  • S. Tleubergenov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.96851

Keywords:

choʻmilish mavsumi chora-tadbirlar favqulodda vaziyatlar extiyotkorlik.

Abstract

Bu maqolada choʻmilish mavsumida ehtiyotkorlik — hayot uchun muhim choralari haqida sóz etilgan.

background image


May, 2025-Yil

644

CHOʻMILISH MAVSUMIDA EHTIYOTKORLIK - HAYOT UCHUN MUHIM

CHORALAR

O. Olimboyev

QR FVB bo‘linma katta inspektori, leytenant.

S. Tleubergenov

bo‘linma inspektori, kapitan.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15510645

Annotatsiya.

Bu maqolada choʻmilish mavsumida ehtiyotkorlik — hayot uchun muhim

choralari haqida sóz etilgan.

Kalit sózlar:

choʻmilish mavsumi, chora-tadbirlar,favqulodda vaziyatlar,extiyotkorlik.

Yoz mavsumida haroratning oshishi bilan odamlar daryo, kanal, suv omborlari va boshqa

ochiq suv havzalarida choʻmilishni boshlaydi. Ammo bu dam olish jarayoni baʼzan fojiaga aylanib
qolishi mumkin. Aynan shu sababli choʻmilish mavsumida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya
qilish har bir inson uchun muhimdir.

Yoz mavsumida cho‘milish juda yoqimli va foydali mashg‘ulot bo‘lishi mumkin! Lekin,

xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhim. Mana, sizga yozda cho‘milish haqida ba’zi maslahatlar:

Eng ko‘p uchraydigan xavflar:

• Suv chuqurligini bilmasdan sakrash;
• Qorinda yoki mast holatda choʻmilish;
• Suvda uzoqqa suzish yoki charchab qolish;
• Bolalarning nazoratsiz suvga yaqinlashuvi;
• Suv ostidagi noma’lum to‘siqlar, shisha, yogʻoch va boshqa xavfli narsalar.


background image


May, 2025-Yil

645

Xavfsizlik — Asosiy ehtiyot choralar:

1. Joyni tanlash: Faqat ruxsat etilgan joylarda choʻmiling.
Suv xavfsizligi bo‘yicha belgilar bo‘lgan, qutqaruv xizmati ishlayotgan joylar tanlansin.
2. Qarovsiz qolmang: Bolalarni hech qachon suvda qarovsiz qoldirmang. Agar o‘zingiz

yaxshi suza olmasangiz, yolg‘iz cho‘milmang. Bolalarni nazoratsiz qoldirmang. Har yili suvda
halok bo‘ladiganlarning asosiy qismini bolalar tashkil etadi. Ular faqat kattalar nazorati ostida
cho‘milishi lozim.

3. Spirtli ichimliklar: Spirtli ichimliklar ichgan holda cho‘milmang.Mast holda suvga

tushmang.

Bu holat harakatni muvofiqlashtirishni buzadi, hushyorlikni kamaytiradi va fojiaga sabab

bo‘ladi.

4. Chuqurlikni tekshiring: Suvga tushishdan oldin chuqurlikni bilib oling. Noaniq joylarda

bosh bilan sho‘ng‘imang. Suv ostiga sakrashdan saqlaning. Suv chuqurligi noma’lum bo‘lsa, bosh
yoki umurtqa jarohatlari xavfi bor.

5. Tana qizigan holatda darhol suvga tushmang.
Bu yurak va qon aylanish tizimiga katta bosim bo‘lib, hushdan ketishga olib kelishi

mumkin.

6. Suzishni bilmasangiz, chuqur joyga bormang.
Oddiy ehtiyotsizlik charchoq, vahima yoki cho‘kib ketishga olib kelishi mumkin.
7. Yordam chaqirish: Agar kimdir suvda qiynalayotgan bo‘lsa, yordam chaqiring va imkon

bo‘lsa, qutqaruv vositasini tashlang.

To'lqinlar va oqimlar: Dengiz yoki okeanda cho'milayotganda to'lqinlar va oqimlarga

e'tibor bering. Quyoshdan himoyalanish: Quyoshdan himoyalanish uchun quyosh kremi surting va
bosh kiyim kiying. Haddan tashqari qizib ketish: Uzoq vaqt quyoshda qolmang, soyada dam oling
va suv iching.

Bu muammolarning oldini olish yoki ularni kamaytirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
• Xavfsiz cho‘milish qoidalariga rioya qilish.
• Nazorat qilinadigan joylarda cho‘milish.
• Atrof-muhitni muhofaza qilish.
• Ehtiyotkorlik va hushyorlikni saqlash.

Choʻmilish — dam olishning yoqimli usuli, biroq u faqat xavfsizlik qoidalariga amal

qilinganda zavqli va sogʻlom bo‘ladi. Har bir inson, ayniqsa ota-onalar va yoshlar bu borada
hushyor bo‘lishi shart. Suv — hayot manbai, biroq u bilan ehtiyotkor munosabatda bo‘lish
ham hayot uchun shart!