1693
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINI BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING
NOGIRONLAR HUQUQLARI BO‘YICHA QO‘MITASI BILAN HAMKORLIGINING
ASOSIY SHAKLLARI
Ergashov Behruz Xurshid oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari”
yoʻnalishi magistratura talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16627251
Annotatsiya. Hammamizga ma’lumki, mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq yurtimizda
barcha sohalarda misli ko’rilmagan islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy sohalardagi o’zgarishlar barcha yurtdoshlarimizni mamnun qildi. Amalga oshirilgan
barcha islohotlarning tag zamirida inson va uning huquq hamda erkinlikari yotadi. Mazkur
islohotlar imkoniyati cheklangan shaxslarni ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Ular uchun
hozirgi kunda ham yurtimizda qator normativ huquqiy hujjatlar qabul qilib kelinmoqda. Ushbu
maqolada O’zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nogironlar huquqlari
bo’yicha qo’mitasi bilan hamkorligi, uning asosiy shakllari va ushbu qo’mita haqida fikr
yuritiladi. Xususan, ishtirokchi davlatlarning konvensiya doirasida belgilangan davriy
hisobotlarni taqdim etish tartibi, qo‘mita tomonidan ushbu hisobotlarni ko‘rib chiqish jarayoni
va yakuniy tavsiyalar ishlab chiqish amaliyoti yoritiladi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati,
xususan, nogironlar tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan muqobil hisobotlarining roli va
ahamiyati ochib beriladi. Mazkur maqola O’zbekiston Respublikasi va ushbu qo’mitaning ikki
tomonlama munosabatlari va ilk taassurotlari haqida batafsil ma’lumot beradi. Umumjahon
miqyosida O’zbekiston Respublikasining boshqa xalqaro subyektlar bilan ushbu doiradagi
xalqaro aloqalari haqida ham bir qancha muhim ma’lumotlar keltiriladi.
Kalit so’zlar: Nogironlar huquqlari bo’yicha qo’mita, konvensiya, davriy hisobot,
yakuniy tavsiyalar, fuqarolik jamiyati.
Dastavval, ushbu mavzuga kirishdan oldin bir qancha jihatlarga e’tibor qaratsak
maqsadga muvofiq bo’lar edi. Jumladan, ushbu qo’mitaning xalqaro konvensiyani ratifikatsiya
qilgan mamlakatlar bilan aloqasi va uzviy bog’liqligi. Shu nuqtai nazardan qaralganda,
nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro huquqiy hujjatlar, xususan, BMT Nogironlar huquqlari
to‘g‘risidagi konvensiyasi va unga tegishli qo‘mitaning faoliyati bu boradagi tashabbus va
islohotlarni muvofiqlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Bunday hamkorlik nogironligi bo‘lgan
insonlarning huquqiy maqomini mustahkamlash, ularni jamiyat hayotining barcha sohalariga
to‘liq jalb etish, hamda teng imkoniyatlar asosida rivojlanishiga sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Ishtirokchi davlatlar tomonidan Konvensiya doirasida davriy hisobotlar taqdim etilishi,
fuqarolik jamiyatining faol ishtiroki va individual shikoyatlar mexanizmi bu tizimning
shaffofligini va samaradorligini oshiradi. Shuningdek, Qo‘mita tomonidan ishlab chiqilayotgan
umumiy sharhlar va tavsiyalar nogironlar huquqlarini amalda ta’minlash bo‘yicha xalqaro
tajribaning muhim manbasi hisoblanadi. Shu tariqa, islohotlar nafaqat huquqiy bazani
mustahkamlashga, balki jamiyatda inson qadr-qimmatini ulug‘lash va ijtimoiy adolatni qaror
toptirishga qaratilgan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida imkoniyati cheklangan
shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda. Bu jarayonda nafaqat milliy darajada qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul
qilinmoqda, balki xalqaro tashkilotlar bilan ham samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.
1694
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Ayniqsa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi
bilan olib borilayotgan hamkorlik O‘zbekistonning imkoniyati cheklangan shaxslar huquqlarini
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. BMT Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi 2008
yilda qabul qilingan “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” doirasida faoliyat yuritadi.
Ushbu qo‘mita davlatlarning imkoniyati cheklangan shaxslar huquqlarini himoya qilish
bo‘yicha bajarayotgan majburiyatlarini nazorat qiladi hamda maslahatlar beradi.
O‘zbekiston
esa 2009 -yilda ushbu konvensiyani imzolab, uning talablarini milliy qonunchilikka
integratsiya qilishni boshladi va kelajakda ratifikatsiya qilish istagini bildirdi.
Hamkorlik
shakllariga kelsak, O‘zbekiston va qo‘mita o‘rtasidagi muloqot muntazam hisobotlar shaklida
olib boriladi. O‘zbekiston hukumati o‘z mamlakatidagi imkoniyati cheklangan shaxslarning
holati, qabul qilingan chora-tadbirlar va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot taqdim etadi. Shu
bilan birga, BMT qo‘mitasi tomonidan taklif va tavsiyalar berilib, ularning milliy qonunchilik va
siyosatga tatbiq etilishi ustida ish olib boriladi. BMTning Nogironlar huquqlarini himoya qilish
qo’mitasi bilan hamkorlik orqali
O‘zbekiston imkoniyati cheklangan shaxslarning ta’lim,
sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va madaniy hayotga to‘la qo‘shilishi uchun
qulay shart-sharoitlarni yaratmoqda.
Bundan tashqari, qo‘mita bilan muloqot fuqarolik
jamiyati, nogironlar tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlarning fikrlarini inobatga olishga
yordam beradi.
2016-yildan boshlangan 3-renessans tufayli mehrga, e’tiborga muhtoj
bo’lgan shaxslarga bo’lgan yondashuv tubdan o’zgardi va yangi qiyofa kasb qildi desak
adashmagan bo’lamiz.
Bundan tashqari, qonunchilik sohasida ham jiddiy islohotlar amalga
oshirilmoqda.
2020-yilda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”
gi
qonunning qabul qilinishi
1
xalqaro standartlarga mos huquqiy poydevorni yaratdi. Bu hujjat
nogironlarning siyosiy hayotda, jamiyatda va madaniy faoliyatda ishtirokini qonuniy
kafolatlaydi. Hozirda mazkur qonun asosida amaliy reglamentlar ishlab chiqilib, turli sohalarda
qo‘llanilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganishga ham alohida
e’tibor qaratmoqda. Misol uchun,
Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi
mamlakatlardagi nogironlar integratsiyasi tajribalari asosida mahalliy modellar ishlab
chiqilmoqda
. Bu esa xalqaro tajriba va milliy ehtiyojlarni birlashtirish orqali samarali
natijalarga erishishga xizmat qilmoqda. Muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari va shijoatlari bilan
nogironligi bi’lgan shaxlsar real hayotga qayta kelgandek bo’ldi desak mubolag’a qilmagan
bo’lamiz. Prezidentimizning nogironligi bo’lgan shaxslarning ish bilan ta’minlanishiga bo’lgan
talab va qat’iy pozitsiyalari tufayli sog’lom insonlar kabi teng va odilona mehnat sharoitlariga
ega bo’lishdi. Shu tariqa, O‘zbekiston jamiyatining barcha qatlamlari uchun inklyuziv muhit
yaratish maqsadida izchil ishlar olib borilmoqda. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston
Respublikasining BMT Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorligi imkoniyati
cheklangan shaxslarning huquqlarini himoya qilish va ularning jamiyatda teng huquqli
ishtirokini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu hamkorlik natijasida mamlakatimizda
inklyuziv siyosat yanada mustahkamlanib, imkoniyati cheklangan fuqarolarning hayot sifatini
yaxshilashga qaratilgan islohotlar davom ettirilmoqda.
BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi imkoniyati cheklangan
shaxslarning huquqlarini himoya qilishda xalqaro huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Konvensiyaga qo‘shilgan ishtirokchi davlatlar, jumladan O‘zbekiston ham, uning barcha
moddalarini bajarish va amalga oshirish bo‘yicha majburiyat olgan. Bu jarayon doirasida
eng muhim mexanizmlardan biri — davlatlar tomonidan davriy hisobotlar taqdim etish
1
“Nogironligi bo'lhan shaxslarning huquqlari to'g'risida’’ qonun 2020-yil 15-oktabr, O’RQ-641-son
1695
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
tartibi ekanligi hech kimga sir emas.
Davlatlar konvensiyaga qo‘shilganidan keyin dastlabki
hisobotni ikki yil ichida, undan keyin esa har to‘rt yilda bir marta taqdim etishlari lozim. Ushbu
hisobotlarda davlatlar konvensiya moddalarining ijrosi bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar,
yutuqlar, mavjud muammolar va kelgusi rejalar haqida ma’lumot beradi. O‘zbekiston
Respublikasi ham bu tartibga rioya etgan holda o‘zining birinchi va navbatdagi hisobotlarini
BMT Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga topshirgan. Qo‘mita esa hisobotni ko‘rib
chiqish jarayonida nafaqat rasmiy ma’lumotlar, balki fuqarolik jamiyati tomonidan taqdim
etiladigan muqobil (alternativ) hisobotlarga ham e’tibor qaratadi.
Muqobil hisobotlar odatda
nodavlat notijorat tashkilotlari, nogironlar uyushmalari va inson huquqlari bilan
shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan tayyorlanadi.
Bu hisobotlar davlat tomonidan taqdim
etilgan rasmiy hisobotlarga nisbatan tanqidiy yondashuvni ta’minlab, haqiqatga yaqinroq
manzarani ochib berishga xizmat qiladi. Ba’zi hollarda
maxsus jurnalistlarning
O’zbekistonga
tashrifi davomida o’z ko’zi bilan ko’rgan real holatlarni va kamchiliklarni ekspertlarga taqdim
qilishi mumkin, va bu kabi holatlar hozirgi kunda ancha ko’paymoqda. Misol uchun
O’zbeksitonga sayohat uchun kelgan turistlarning
aksariyati o’z bloglarini yuritib borib,
kundalik video va suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylab borishadi. Bu esa millionlab insonlar
tomonidan kuzatiladi. Shu kabi tasvirlarda ba’zan imkoniyati cheklangan shaxslarning paydo
bo’lishi va ularga yaratilgan yoxud yaratilib berilmagan sharoitlar
kuzatuvchilar orasida
muhokama qilinadi. Shu kabi ijtimoiy sahifalardan ham 18 nafardan iborat ekspertlar
guruhi o’zi uchun hisobot materiallarini tayyorlashi mumkin va asosli hisoblanadi
. Qo‘mita
barcha ma’lumotlarni tahlil qilganidan so‘ng, ishtirokchi davlatga nisbatan
“yakuniy
tavsiyalar”ni
ishlab chiqadi. Bu tavsiyalar muayyan qonunlar, siyosatlar yoki amaliyotdagi
kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, davlat tomonidan bajarilishi kutiladi. Tavsiyalar
milliy darajadagi islohotlarga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Shu tariqa, hisobotlar tizimi orqali
BMT Nogironlar huquqlari qo‘mitasi davlatlarning konvensiyadagi majburiyatlarni qanday ado
etayotganini nazorat qiladi. Fuqarolik jamiyatining faol ishtiroki esa bu jarayonning shaffofligi
va haqqoniyligini ta’minlab, imkoniyati cheklangan shaxslarning haqiqiy ehtiyojlarini xalqaro
miqyosda yoritish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi so‘nggi yillarda inson huquqlari,
xususan imkoniyati cheklangan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida muhim
xalqaro tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Bu yo‘nalishda Birlashgan Millatlar
Tashkiloti tarkibidagi Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlik alohida o‘rin
egallaydi. Mazkur maqola O‘zbekiston va ushbu qo‘mita o‘rtasidagi ikki tomonlama
munosabatlar, ilk taassurotlar hamda xalqaro maydondagi faoliyatiga oid muhim jihatlarni
yoritadi. 2017–2020 yillarda davlat boshlig‘i farmonlari, nogiron shaxslarni qo‘llab-quvvatlash
tizimini tubdan takomillashtirishi, inson huquqlari deklaratsiyasining 70 yilligiga bag‘ishlangan
tadbirlar (2018), hamda “Milliy’’ strategiyalar, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligi
zamirida ratifikatsiya uchun tayyorgarlik boshlangan.
2021-yil 7-iyunda O‘zbekiston BMTning
Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qildi.
Bu xalqaro hujjat
nogironligi bo‘lgan shaxslarning teng huquqlari, ayniqsa, ayollar va bolalarning ta’lim, sog‘liqni
saqlash, mehnat va munosib turmush sharoitlariga ega bo‘lishini kafolatladi desak yanglishmgan
bo’lamiz. Qo‘mita ushbu hisobotni ko‘rib chiqib, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar,
jumladan nogironlar uchun qulay muhit yaratish, ularning ta’lim va sog‘liqni saqlashga bo‘lgan
huquqlarini ta’minlash borasida ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etdi. Biroq, shu bilan birga bir qator
muammoli sohalarga e’tibor qaratilib, amaliy tavsiyalar berildi. O‘zbekistonning ilk tajribasi ikki
tomonlama hamkorlikda ochiqlik va konstruktiv muloqotni asosiy tamoyil sifatida tanlaganini
1696
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
ko‘rsatdi. Mamlakatimiz ushbu
qo’mita faoliyatini chuqurroq anglab yetishda tajribali
mamlakatlar kuzatuvlari va islohotlarini, bosib o’tgan yo’lini o’zi uchun dastur qilib
belgiladi
. Bu jarayonda nafaqat davlat idoralari, balki fuqarolik jamiyati, nogironlar tashkilotlari
va mustaqil ekspertlar ham faol ishtirok etdi. Ayniqsa, qo‘mitaga taqdim etilgan muqobil
hisobotlar jarayonning haqqoniyligini oshirdi.
O‘zbekiston ushbu yo‘nalishda boshqa xalqaro
subyektlar bilan ham faol aloqalar o‘rnatmoqda.
Xususan, Yevropa Ittifoqi, YUNESKO,
UNICEF va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida nogironlar huquqlarini
ta’minlashga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bu loyihalar doirasida qonunchilikni
takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish, infratuzilmani moslashtirish kabi muhim chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Nogironlar huquqlari bo‘yicha
xalqaro majburiyatlarini bajarishga bo‘lgan yondashuvi tobora tizimli va kompleks tus olmoqda.
BMT Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlik doirasidagi faoliyatlar esa
bu yo‘ldagi muhim bosqichlardan biridir. Shu bilan birga, O‘zbekiston ichki siyosatda ham
xalqaro tamoyillar bilan uyg‘un yondashuvlarni tatbiq etmoqda. Ahamiyatli jihatlardan biri
shundaki, hozirgi kunda O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun inklyuziv jamiyatni
shakllantirish konsepsiyasi asosida yangi dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ular
orasida
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’’ prezident qarori muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu qarorning asosiy yo‘nalishlari – bandlik, arzonlashtirilgan sog‘liqni saqlash
xizmatlari, ta’limdagi tenglik va jamoat transportiga erkin kirishni ta’minlashdir. Qarorda
nazarda tutilishicha, tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi bo‘lgan bolaga
g‘amxo‘rlik qilish uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga (ularning o‘rnini bosuvchi
shaxsga) yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa a’zosiga nogironligi bo‘lgan
bolaning yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratishni, jumladan statsionar tibbiyot
muassasalarida nogironligi bo‘lgan bolani parvarish qilish bilan band bo‘lgan shaxslarga mazkur
davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishini va bolalikdan nogironligi bo‘lgan
shaxslarga qarovchi shaxslar uchun davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanish
yo‘lga qo‘yilishini ko‘zda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat, Nogironligi bo‘lgan shaxslarning
injenerlik, transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga to‘sqinliksiz kirishini ta’minlash
bo‘yicha talablarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik, shuningdek, ular huquqlari, erkinliklari
hamda qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish va boshqa bir qancha
loyihalar ko’zda tutilgan
2
. Bundan tashqari
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va O’zbrkiston
Respublikasi hukumati orasida nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari bo’yicha
qo’shma dasturning ham ishga tushirilishi bevosita qo’mita faolityati bilan bog’liqdir.
Ishga tushirilgan yangi dastur o’z faoliyatini quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga qaratadi
:
-
Barqaror rivojlanish maqsadida (BRM) tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan milliy
rivojlanishni baholash, byudjet rejalari, dasturlari va monitoring mexanizmlari mamlakatda
inlyuziv rivojlanishga ko’maklashishinita’minlash uchun BMTning O’zbekistondagi faoliyati
doirasida nogironlikning integratsiyasini kuchaytirish
-
Kuchli qonunchilik va oqilona siyosat bazasi orqali muvofiqlashtiruvchi tuzilmalar va
nogironlar bilan ishlovchi tashkilotlarini jalb qilish va tomonlarning majburiyatlarini birlahstirish
2
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.02.2023 yildagi PQ-74-son
1697
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
-
Jamiyatda nogironligi bo’lgan shaxslarning qo’shilib ketishini qo’llab-quvvatlash,
zo’ravonlik va beshafqat munosabatni oldini olish, yoshga doir xizmatlarni rivojlantirish
3
Yuqoridagi qo’shma dasturning qiymati 600,000 ming AQSh dollarini tashkil qilishi
kishini xursand qiladi. Chunki shu mablag’lar evaziga qaysidir xonadonga yana tabassum va
osoyishtalik kirib keladi. O‘zbekistonda nogironlar huquqlarini himoya qilish sohasida yuzlab
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Ular orasida O‘zbekiston nogironlar
jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Karlar jamiyati va boshqa tashkilotlar mavjud. Ushbu
tashkilotlar konvensiyani ratifikatsiya qilish va uning amalga oshirilishida faol ishtirok etmoqda
desak adashmagan bo’lamiz. Konvensiyani ratifikatsiya qilgach, mamlaktimizda bir qancha
ijobiy ishlar amalga oshirilidi, jumladan nogironligi bor shaxslar uchun uyda ta’lim jarayoni
yanada jadallashdi, shaharlarda esa ko’chalar infrastrukturasi yangicha qiyofa kasb etdi, ko’zi
ojizlar uchun maxsus yo’lakchalar, piyodalar yo’llarida signal tovushli moslamalar, metro va
ko’priklarda yurish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun o’zi harakatga keladigan uskunalar va
boshqa bir qancha amaliy ishlar qilindi.
Konvensiyaning 35 – moddasi talabi bo’yicha,
har bir
ishtirokchi davlat ushbu Konvensiya kuchga kirgach, ikki yil ichida Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga mazkur davlat tomonidan ushbu
Konvensiyadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish yo‘lida ko‘rilgan chora-tadbirlar va bu
huquqlardan foydalanish borasida erishilgan yutuqlar haqida
dastlabki hisobot
ni topshiradi.
Shundan so‘ng, ishtirokchi davlatlar har to‘rt yilda va shuningdek, Qo‘mita so‘ragan
taqdirda, har qanday qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan
keyingi hisobotlarni
topshiradilar.
Qo‘mita o‘z faoliyati yuzasidan hisobotlar topshirishda davlatlardan boshqa vaqt
oralig‘ida hisobot taqdim etishni talab qilmasligi mumkin. Qo‘mitaga topshiriladigan hisobotlar
aniq va oshkora bo‘lishi, shuningdek, nogironlar va ularning vakillari bo‘lgan tashkilotlar bilan
keng maslahatlashuvlar
asosida tayyorlangan bo‘lishi kerak.
4
2022-yil 19-dekabrda
Parlament tomonidan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya qoidalarini amalga
oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi qabul qilingan
. Mamlakatimiz ilk hisobotini
norma talabi bo’yicha ratifikatsiya qilinganidan ikki yil o’tib,
2023 yilda taqdim qildi.
Ushbu
hisobotga bir qancha yo’nalishlar bo’yicha materiallar ilova qilingan bo’lib, jumladan: statistika
ma’lumotlari, ya’ni nogironligi mavjud shaxslarning soni, ularning ta’lim va ish faoliyatidagi
aniq o’rinlari; qonunchilik va normativ hujjatlarning havolalari, yillar davomida qabul qilingan
va o’zgartirish kiritilgan sohaga oid normlarning amaliy ifodasi; milliy harakatlar rejasi va
implementatsiya strategiyasi; faoliyat yuritayotgan isntitutlar va ijtimioiy fondlar va boshqa bir
qancha hujjatlardan iboratdir. Ilk hisobot 2021-2023-yillar oralig’ini qamrab oladi. Taqdim
qilingan hisobot matniga ko’ra, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar
huquqlarini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarni o‘z ichiga olgan
qariyb
100 ta normativ-huquqiy hujjat
amal qilmoqda. Ular orasida: 8 ta qonun, 14 ta
Prezident farmoni, 28 ta Prezident qarori va 47 ta Vazirlar Mahkamasi qarori mavjud.
5
Ko’rib
turganimzidek, yurtimiz ushbu hisobotga aniq va faktik ma’lumotlar bilan yondashgan. Umumiy
holatda ikki subyekt orasidagi aloqalar ancha ijobiy bo’lib, yillar davomida shakllanib borishiga
hech qanday shubha yo’q desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz.
3
https://uzbekistan.un.org/uz
4
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya (CRPD)
5
Initial repot submitted by Uzbekistan under article 35
1698
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Maqola mavzusidan kelib chiqadigan bo’lsak, ikki tomonlama aloqa shakli rasmiy
uslubga xos bo’lib, xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Hamkorlikning asosiy
shakllari bir qancha bosqichlardan iborat bo’lib:
Konvensiya doirasidagi huquqiy islohotlarning mamlakatimizda faollashishi
Davlat va nodavlat tashkilotlar orasidagi muvofiqlashuv bosqichlarining jadallashishi
Qo’mitaning tavsiyalarini bajarish yuzasidan monitoring va hisobot berish
Nogironlar huquqlari bo’yicha fuqarolarni xabardor qilish va fuqarolik jamiyatlarini
ushbu ishga jalb qilish va boshqalardan iboratdir.
Boshqa subyektlar kabi bir xil jarayonda amalga oshirilgan. Ikki tommonlama aloqadan
albatta, yurtimiz ancha manfaat topadi desak adashmgan bo’lamiz, har qanday jarayonni
mukammal holatga kelishi uchun eng muhim jihatlariga e’tibor berish kerak bo’ladi. O’zbekiston
Respublikasi ham dastlab ichki normativlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirib, iqtisodiy va
ijtimoiy holatini yaxshilab, so’ngra xalqaro konvensiyaga labbay deb javob qaytardi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston nogironlar huquqlarini ta’minlash borasida faqat
xalqaro hisobotlar bilan cheklanmayapti. Mamlakat bu borada ichki strategiyalarni kuchaytirish,
xalqaro tajribalarni tatbiq etish va jamiyatda ongli yondashuvni shakllantirish orqali barqaror
natijalarga erishishga intilmoqda. Shu kabi jarayonlarni amalga oshirishda xalqaro
qo’mitalarning ro’li nihoyatda beqiyosdir desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. O‘zbekiston
Respublikasining BMTning Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorligi
davlatning inson huquqlarini ta’minlashga doir xalqaro majburiyatlarini bajarishdagi qat’iy
irodasini ko‘rsatadi. Mazkur hamkorlik nafaqat xalqaro majburiyatlarni bajarish, balki
nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy hayotda to‘laqonli ishtirokini ta’minlash, ularning
huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga xizmat qilmoqda. Bunday faol hamkorlik kelgusida ham
tizimli davom ettirilishi O‘zbekistonning inson huquqlari sohasida ochiqlik va taraqqiyot sari
intilayotgan davlat sifatida nufuzini oshiradi. Ushbu faolliklar va ijobiy islohotlarga
yurtboshimizning xalqaro maydonda olib borayotgan faol harakatlari, barcha davlatlar hamda
xalqaro tashkilotlar uchun mamlakatimiz eshiklarining keng ochilishi turtki bo’ldi desak
mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Yillar davomida o’z istaklarini amalga oshira olmagan, o’z
ovozlarini baland ko’tara olmagan minglab hamyurtlarimiz uchun bu kabi o’zgarishlarning qadri
nihoyatda baland desak adashmagan bo’lamiz.
Ushbu xulosa qismiga bir necha ijobiy
takliflarni ham kiritib o’tsam. maqsadga muvofiq bo’ladi.
Taqdim qilinayotgan
hisobotlarning muddatini 4 yildan 1 yilgacha qisqartirish; ikki tomonlama aloqalalarning yanada
rivojlanishi uchun barcha ekspertlarning turtmizga tashrifini ko’paytirish uchun imkon beradiga
ish rejasini ishlab chiqish; xalqaro tajribalardan keng foydalanish; tibbiyot xodimlarini,
pedagoglarni, barcha sohaga oid vakillarning kasbiy mahoratini oshirish uchun amaliy kurslar va
xorij safarlarini tashkil qilish kabi takliflar foydadan xoli bo’lmagan bo’lar edi. Umumiy jihatdan
mavzuga oid fikr va mulohazalarim shundan iborat bo’lib, kelajakda mamlakatimiz nogironligi
bor shaxslarga yaratilgan imkoniyatlar va ular uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturlar orqali
ijobiy natijalar bo’yicha dunyo reytinglarida yuqori pog’onalarida bo’lishiga tilakdoshiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxati:
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.
“Nogironligi bo'lhan shaxslarning huquqlari to'g'risida’’ qonun 2020-yil 15-oktabr,
O’RQ-641-son
1699
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
3.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori,
27.02.2023 yildagi PQ-74-son
4.
https://uzbekistan.un.org/uz
5.
Initial repot submitted by Uzbekistan under article 35
6.
