Authors

  • Behruz Ergashov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136757

Keywords:

tergov tushunchasi tergov organlari respublika federatsiya.

Abstract

Bugungi globallashuv zamonida huquqni muhofaza qilish organlarining salohiyati va kasbiy tajribasi har kungiga nisbatan yuqori pog‘onalarda bo ‘lishi huquqbuzarlikka qarshi mardonavor kurashishda qo‘l keladi. Ayniqsa jinoyatchilikka qarshi toqatsiz ish olib boradigan -tergov organlarining tarkibiy qismi, tuzilmalari va mehnat jarayonlarini chuqurroq o‘rganish, shuningdek xorijiy mamlakatlardagi tergov organlarining faoliyatidagi tajribalarni tahlil qilish, shu bilan bir qatorda o‘zlarida mavjud bo ‘lmagan foydali jihatlarni amaliyotga tatbiq etish tergov jarayonlarining soddalashuvi va tezlashishiga olib keladi. Xalqaro huquqning subyekti sifatida – davlatlar bir-birlari bilan o‘zaro tergov sohasida, uning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida konsultatsiyalar berib borishlari lozim. Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi tergov organlari va Rossiya Federaysiyasi tergov organlarining xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot beradi.

background image

388

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TERGOV ORGANLARI VA ROSSIYA

FEDERATSIYASI TERGOV ORGANLARINING XUSUSIYATLARI VA O‘ZIGA XOS

JIHATLARINING KONSTITUTSION ASOSLAR

Ergashov Behruz Xurshid o‘g‘li

Osiyo xalqaro universiteti o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17191751

Annotatsiya. Bugungi globallashuv zamonida huquqni muhofaza qilish organlarining

salohiyati va kasbiy tajribasi har kungiga nisbatan yuqori pog‘onalarda bo ‘lishi
huquqbuzarlikka qarshi mardonavor kurashishda qo‘l keladi. Ayniqsa jinoyatchilikka qarshi
toqatsiz ish olib boradigan -tergov organlarining tarkibiy qismi, tuzilmalari va mehnat
jarayonlarini chuqurroq o‘rganish, shuningdek xorijiy mamlakatlardagi tergov organlarining
faoliyatidagi tajribalarni tahlil qilish, shu bilan bir qatorda o‘zlarida mavjud bo ‘lmagan foydali
jihatlarni amaliyotga tatbiq etish tergov jarayonlarining soddalashuvi va tezlashishiga olib
keladi. Xalqaro huquqning subyekti sifatida – davlatlar bir-birlari bilan o‘zaro tergov sohasida,
uning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida konsultatsiyalar berib borishlari lozim. Mazkur maqola
O‘zbekiston Respublikasi tergov organlari va Rossiya Federaysiyasi tergov organlarining
xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot beradi.

Kalit so‘zlar: tergov tushunchasi, tergov organlari, respublika, federatsiya.


Avvalo, mavzuga chuqurroq kirishdan oldin “tergov” tushunchasi va uning mazmun

mohiyatiga to‘xtalib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Tergov – qonunga itoat qilgan holda ijtimoiy xavfli qilmishni aniqlash, o‘rganish va

ularga oid dalillarni to‘plash jarayonidir. Tergov protsessining asosiy o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadi huquqbuzarlikni aniqlash, uning sabablari va sharoitlarini o‘rganish, shuningdek,
jinoyatchilarni oliy sudga tortishdir. Ushbu maqola tergov sohasida xizmat qilayotgan ikki
mamlakat mutaxassislariga asosli va yakdil nazariy bilimlarni taqdim qilish, mamlakatlar
qonunchilik tizimini hisobga olgan holda o‘xshash va farqli jihatlari bo‘yicha tergov sohasida
muvofiqlashtiruvchi umumiy xulosaga kelish va bir qancha boshqa amaliy jihatlarni o‘z oldida
maqsad qilib qo‘ygan. Nega aynan biz mazkur sohani chuqurroq o‘rganishga yoki uning ustida
soatlab ishlashga majburmiz?

Birinchidan,

rivojlanayotgan asrda inson ehtiyojlar har lahza ortib boraveradi.

Natijada esa turli xildagi jinoyatlar jamiyatda sekin-asta ko‘payishni boshlaydi.
Huquqni muhofaza qiluvchi soha mutaxassislari esa ushbu jinoyatlarni oldini olish, sodir

qilingan huquqbuzarliklarni tez va sifatli ochish, jinoyatchilarni ayblarini isbotlab ularni sudga
topshirishda ma’lum bir malaka va tergov organlarining moodiy texnik bazasi hamda xorij
tajribasi muhim rol o‘ynaydi. Demak, boshqa mamlakalarning ilg‘or yutuqlaridan amaliy
jarayonda foydalanish yoki ularni ilmiy darsliklarga kiritish har bir mamlakat tergov sohasi
uchun ham foydadan yiroq bo‘lmaydi.

Ikkinchidan,

xorij tajribasini amaliyotga tatbiq qilish va uni o‘rganishning o‘zi kamlik

qiladi. Shuning uchun ikki subyekt bevosita mazkur sohaga oid memorandum imzolashda,
kadrlar ayirboshlab, ularning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil qilishda, shu
va shunga o‘xshash ilmiy va tanqidiy yo‘nalishdagi maqola va tezislarning o‘rni beqiyos.

Endi bevosita subyektlarning tergov tizmi va tarkibiy qismlariga e‘tibor qaratsak,

O‘zbekiston Respiblikasida jinoyat ishlari bevosita bosh qomus hisoblangan “Konstitutsiya” va
“Jinoyat kodeksi” hamda xalqaro huquqning umume‘tirof qilingan normlariga tayanadi.


background image

389

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Jinoyat huquqi ikki bir – biridan mustaqil “umumiy va maxsus” bo‘limlardan tarkib

topgan bo‘lib, birinchi qism jinoyat tushunchasi, predmeti, subyektlari, jinoyat huququning
oldiga qo‘ygan vazifalari, normalarning makon va zamonda amal qilishi, jazo tizmi hamda
ularning turlari, voyaga yetmaganlarning javobgarligi, jinoyatni yengillashtiruvchi va
o‘g‘irlashtiruvchi holatlar, javobgarlik va jazodan ozod qilish, sudlanganlikning huquqiy oqibati,
tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi va boshqa bir qator masalalarni o‘z ichiga oladi.

Maxsus qism esa qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligini, qanday usulda sodir

qilinganligini, ularga qanday turdagi jazolar tayinlanishi mumkinligini va bir qancha boshqa
masalalarni o‘z ichiga oladi. Mamlakatda demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng
muhim yo‘nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs
huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil
demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonda
huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini
yuksaltirish hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda. Aynan shuning uchun ham mustaqillikning
dastlabki yillaridan boshlab islohotlarning mazkur yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilgani bejiz
emas.

Endi esa O‘zbekiston Respublikada tergov organlarining tuzilmasiga e’tibor qaratsak,

jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi hamda tergov jarayonini olib borish vakolatiga ega
bo‘lgan organning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi va vazifalardan kelib chiqib – “Jinoyat
kodeksi”da mavjud moddalarni (302 moddadan tarkib topgan) normativ huquqiy hujjatlarga
muvofiq tegishliligi bo‘yicha taqsimlangan. Tergov organlarining tashkiliy tuzilmasiga
to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasida tergov jarayoninini quyidagi organlarning
tergovchilari amalga oshiradi :

1. Ichki ishlar vazirligi va uning tarkibiy qismlarida faoliyat yuritadigan tergovchilar;
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va uning tarkibiy qismlarida faoliyat

yuritadigan tergovchilar;

3. Davlat xavfsizlik xizmati va uning tarkibiy qismlarida faoliyat yuritadigan tergov

mutaxassilari.

Yuqoridagi organlarning tergovchilari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat prosessual

kodeksining 345- moddasi ( Jinoiy ishlarning tergovga tegishliligi) ga asosan faoliyat yuritadi.

Ya’ni qisqacha aytadigan bo‘lsak, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik

darajasiga ko‘ra taqsimlangan desak ham yanglishmagan bo‘lamiz. Bunda inson hayotiga qarshi
qaratilgan jinoyatlar, mansabdor shaxslarning jinoiy qilmishlari va tegishlilik bo‘yicha bir
qancha murakkab jinoyatlarni tergov qilish prokuratura tergovchilari zimmasiga yuklatilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari esa mamlakat tinchlik va xavfsizligiga qarshi

qaratilgan jinoyatlarni hamda shu mazmundagi bir qator ishlarni tergov qilishadi. Ichki ishlar
tergovchilari esa hayotimizda ko‘p uchraydigan qilmishlar va maishiy jinoyatlarni, shu bilan bir
qatorda boshqa muhim qilmishlarni ham tergov qilish vakolatiga ega desak mubolag‘a qilmagan
bo‘lamiz. Ha, yana bir muhim masala shuki, quyida keltirilgan asoslar boʻyicha tergovga
tegishlilik qoidalariga rioya qilmasdan ham bir dastlabki tergov organidan boshqa bir dastlabki
tergov organiga jinoyat ishlari olib berilishi ham mumkin. Bunday huquqqa faqat Oʻzbekiston
Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari haqli boʻlib, quyidagi asoslar talab etiladi:

1) agar jinoyat ishining tergovi tegishli boʻlgan organ jinoyatni hisobga olishdan ilgari

yashirgan boʻlsa;


background image

390

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

2) jinoyat ishining tergovi tegishli boʻlgan organning rahbari yoki rahbarning yaqin

qarindoshi ish yuzasidan jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi, fuqaroviy da’vogar
yoxud fuqaroviy javobgar deb topilgan boʻlsa;

3) aybsizligi ayon boʻlgan shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilganda yoki qamoqqa olish

tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida oldindan bila turib qonunga xilof ravishda
iltimosnoma qoʻzgʻatilganda;

4) dastlabki tergovni olib borishda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy

yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari qoʻllanilganda;

5) tergovning natijalariga va ish boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishiga salbiy ta’sir

koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarzda kodeks talablari buzilganda.

Yuqorida keltirilgan barcha ma’lumotlar bevosita respublika tergov organlari

tuzilmasining nazariy qismi hisoblanadi. Keyingi o‘rinda bevosita Rossiya Federatsiyasi tergov
organlariga to‘xtalib o‘tsak, maqsadimizga yaqin kelgan bo‘lamiz. Avvalo, federatsiyadagi
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizmiga kiradigan subyektlarni aniqlashtirsak va shu orqali
tergov faoliyati bilan shug‘ullanish vakolatiga ega bo‘lgan organlarni oydinlashtirish oson
kechadi.

Quyidagilar Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizmiga kiradi:

a)

Prokuratura organlari

b)

Ichki ishlar organlari

c)

Bojxona organlari

d)

Tergov qo‘mitasi

e)

Adliya organlari.
Bu organlarning barchasi mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqqa rioya

qilishning kafolatidir.

Rossiya Federatsiyasida tergov jarayonlari “Jinoyat kodeksi” va Federal qonunlar asosida

amalga oshiriladi hamda tergov jarayonida qonuniy huquqlar va erkinliklar ustuvor hisoblanadi.

Quyidagilar federatsiya hududida tergov faoliyati bilan shug‘ullanish vakolatiga ega

organlar jumlasiga kiradi :

1)

Rossiya Federatsiyasi “Tergov” qo‘mitasi

2)

Ichki Ishlar Vazirligi tergov qo‘mitasi

3)

Federal Xavfsizlik Xizmati tergovchilari
Tergov jarayoning sifatli va samarali bo‘lishi uchun federatsiya hududida asosan

zamonaviy texnalogiya va metodlardan foydalaniladi. Bu esa jinoyatlarni tez ochishga, aybi
bo‘lmagan shaxsni javobgarlikka tortmaslikka qo‘l keladi. Mamlakatda, “Tergov” qo‘mitasi
mustaqil subyekt sifatida faoliyat yuritadi. Ikki mamlakat tergov organlarining asosiy qismlari va
tuzilmalarini baholiqudrat aniqlashtirib oldik. Endi esa bevosita mavzuning asosiy qismi
hisoblangan

O‘zbekiston Respublikasi tergov organlari va Rossiya Federatsiyasi tergov

organlarining xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlari

ga urg‘u beramiz.

Avvalo, ikki mamlakat tergov organlarinning

o‘xshash jihatlariga

to‘xtalib o‘tsak, ikki

subyekt ham o‘z oldiga bir maqsadni qo‘ygan ya’ni, jinoyatlarni oldini olish ularni aniqlash va
tergov jarayonini qonuniy prosessual tartibda o‘tkazish hamda ushbu jinoiy ishni sudga taqdim
qilishdan iborat. Bunga qo‘shimcha qilib , fuqarolarni konstitutsiya va qonunlarga bo‘ysunish va
ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash ham ustuvor vazifasi sifatida qaraladi. Yana bir ham farqli
va ham o‘xshash tomoni bu –Prokuratura.


background image

391

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Birinchi bo‘lib

, uning o‘xshash jihatiga e‘tibor qaratsak, O‘zbekiston Respublikasida

ushbu organ bevosita tergov bilan shug‘ullanadi va tahminan 50 dan ortiq jinoyatlarni tergov
qiladi, Rossiya Federatsiyasida esa ushbu organ bevosita tergov bilan shug‘ullanmaydi lekin
tergov vakolatiga ega bo‘lgan organlarning faoliyatidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan
nazoratni amalga oshiradi. Xo‘sh qani bunda o‘xshashlik dersiz, ha to‘g‘ri mulohaza qildingiz
lekin aytganimzidek o‘xshashlik mavjud bu esa quyidagicha yani O‘zbekiston Respublikasida
ham Prokuratura boshqa tergov subyektlarinig faoliyatida qonunchilikka rioya qilishini nazorat
qiladi. Rossiya Federatsiyasida prokuratura tergov faoliyati bilan bevosita shug‘ullanmasligini
subyektlar o‘rtsaidagi bir kichik farq desak adashmagan bo‘lamiz. Bundan tashqari ikki davlat
tergov organlarida ham xilma-xil uslublar va yangicha texnik vositalar bilan ish olib boriladi.

Tergov organlari bevosita mustaqil va qonunga muvofiq ish olib boriladi ularning ishiga

aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunda ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasnodir. Shuningdek,
ikki mamlakat organlarining ommaviy axborot vositalari bilan ishlash jarayoni ham bir xil va
o‘zaro hamjihatlikda ish olib boradi.

Rossiya tergov organlari xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratadi, bu

esa ularning tajribasini va ish samaradorligini oshirishga yordam beradi. O‘zbekiston
Respublikasida esa anchadan beri foydalanib kelinayotgan metod va bir qancha yondashuvlardan
foydalanadi, aslida bu ham noto‘g‘ri strategiya emas, biroq zamon yangicha texnik vosita
resurslarni talab qilyapti. O‘zbekistonda tergov organlarining faoliyati asosan davlatning
manfaatlariga xizmat qilyapti va bu bir tomondan qandaydir ma’noda to‘g‘ri hisoblanadi. Lekin
tarozining ikki pallasi bor deyilganidek, ikkinchi tomoniga e‘tibor bersak yuridik va jismoniy
shaxslarning huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilgandek tuyuladi. Keling shu
masalaga ikki tomonlama yechim beramiz. Davlat manfaatlari yuqori qo‘yilgan holatdagi
aksariyat jinoyatlar: davlat byudjetini talon - taroj qilish va mansab va vakolatidan foydalangan
holatda korrupsion jinoyatlar sodir qilish hamda shunga o‘xshash jinoyatlardir. Shu orqali tergov
organlari shaxslarni qonunga rioya qilishga va jazo muqarrarligi haqidagi prinsiplarni
o‘rgatishga harakat qilishadi.

Natijada davlat manfaatlari yuqoriroq bo‘ladi. Qolgan deyarli barcha holatlarda hattoki

yuqoridagi jinoiy qilmishlarda ham shaxslarning huqulari toptalmaydi va kamsitilinmaydi.

Rossiya Federatsiyasining ushbu sohadagi yana bir o‘ziga xosligi shundaki,

mamlakatning xalqaro huquqning subyekti sifatida xalqaro huquqqa ta’siri natijasida ularning
tergov organlariga ham sezilar sezilmas tashqi omillarni ta’sirini kuzatishimiz mumkin. Ha
albatta, o‘ziga xos jihatlari ham mavjud. Respublika tergov faoliyati bilan shug‘ullanish
vakolatiga ega organlar bir - birlari bilan kelishgan holda yagona tuzilma sifatida tergovga qadar
tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonlarini olib borishlari mumkin. Birlashib turli
uyushtirilgan tadbirlarni tashkil qilishlari mumkin va profilaktik ishlarni ham bir yagona qism
sifatida mazmunli tashkil qila oladilar. Buning aksi sifatida Rossiya Federatsiyasi tergov
organlari ba’zan turli ixtiloflarga borib turishadi va dilni xira qiladigan muammolar paydo bo‘lib
turadi. Yana bir e‘tiborli jihati shundaki, ikki mamlakatning jinoyat qonunchiligi uchun asos
bo‘lgan manbalar turli xil. Xalqaro huquqning umume’tirof qilingan normalari respublika jinoyat
huquqi uchun muhim qism hisoblansa, federatsiya qonunchiligida katta ahamiyat kasb qilmaydi.

Xulosa

sifatida

shuni

bayon

qilishim

mumkinki,

tergov organlari o‘zaro

bir - birlaridan farq qiladi, ammo ularning har biri o‘z mamlakatlarining xavfsizligini
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

392

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

So‘ngi yillarda davlatlar orasidagi aloqalar har galgiga qaraganda ancha yaxshilangan va

ushbu sohada ham mazmunli ishlar tashkil qilinyapti. Ushbu seminarlarda ikki mamlakat
xodimlari chuqur kasbiy bilimlarga ega bo‘lishyapti.

Eng asosiy qilgan yakdil xulosam shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasida alohida

“Tergov” qo‘mitasi tashkil qilinishi va u barcha huquni muhofaza qiluvchi organlardan mustaqil
va faqat qonunga itoat qilishi, barcha jarayonlarni prokuratura organlari qonuniyligini o‘rganib
bersa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Rossiya Federatsiyasi tergov bo‘linmalari hamjihatlikni yanada
oshirishsa ish hajmi va sifati yanada barqarorlashadi deb hisoblayman. Ikki subyekt ham tergov
jarayonlariga yangi texnik uslub va resurlar kiritishsa, sohada xizmat qilayotgan xodimlarning
vaqti tejalgan bo‘ladi. Jinoyatlarni tergov qilish strategiyasi mazmunan barcha davlar
qonunchiligida bir xil. Mening asosiy takliflarimdan biri shuki, so‘nggi yillarda mamlakatlarda
nashr qilinayotgan tergov sohasiga bag‘ishlangan ilmiy maqola, darslik va qo‘llanmalarni tarjima
qilishga alohida yondashish kerak. Nafaqat o‘zbek tiliga balki respublika huquqshunoslari
yozgan asarlarni rus tiliga tarjima qilinsa nur ustiga a‘lo nur bo‘lar edi.

Dastlabki tergovni olib borish jarayonlari ham bir mazmunga ega va bosqichlari jihatidan

o‘zaro yaqin. Ikki davlatda ham jinoyat ishlarini har tomonlama tekshirish va dalillarni to‘plash
jarayoni aniq tartibga solingan va prosessual huquq normalari bilan mustahkamlangan. Yana bir
eng muhim masala shundaki, davlatlarning tuzilish shakli ham o‘zaro keskin farq qiladi. Bir so‘z
bilan aytganda mamlakatlarning ma’muriy hududiy tuzulishi bir tomonda unitar davlat, ikkinchi
tomonda fedefrativ davlat. Garchi orasida farq katta bo‘lishiga qaramay, mamlakatlarning
boshqaruv shakli azal-azaldan bir xil bo‘lib kelgan. Yana bir eng muhim xulosam shuki,
davlatlar orasida oliy ta’limga keng imkoniyatlar ochilsa, talabalar o‘zlari istagan ta’lim
muassasasida tahsil olishsa, ham ilmiy ham amaliy tajribalarni egallab kelajakda o‘z sohalari
uchun muhim kadr bo‘lib yetishishadi. Buning uchun ikki tomon oliy ta’lim dargohlari
memorandum imzolashsa va barcha jihatlar shartnomaviy tartibga solinsa barcha uchun
manfaatli bo‘lardi. So‘nggi so‘z bilan yakuniy xulosa qiladigan bo‘lsam, har ikki mamlakatdagi
tergov organlarining tuzilishi, faoliyat usullari va muammolari o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Kelajakda bu tergov organlarining samaradorligini oshirish uchun yanada yaxshilash va

modernizatsiya qilish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxati:

1.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tushunchasi va tizmi: O ‘zbekiston va xorij tajribasi
– Lutfullayeva Feruza Boboqulova (TDYU akademik litsey katta o‘qituvchisi) Talqi va
tadqiqotlar

respublika

ilmiy-uslubiy

jurnali

N11

son

https://doi.org/10.5281/zenodo.7299722

2.

Huquq tartibot organlari va sud tizmidagi o ‘zgarishlar.O ‘zbekiston nodavlat – notijorat
tashkilotlar – Akadem.Ilm.Nashr 27-35 bet

3.

Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, ichki ishlar tergovchilari haqida – (Xushnud
Xudoyberdiyev, yurist) – Xushnudbek.uz

4.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (1994-yil 22- sentabr)

5.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat prosessual kodeksi

6.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi tizimida dastlabki tergov organlari faoliyatida YEITKS IIO
imkoniyatlaridan foydalanish (A. A. Popov)

References

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tushunchasi va tizmi: O ‘zbekiston va xorij tajribasi – Lutfullayeva Feruza Boboqulova (TDYU akademik litsey katta o‘qituvchisi) Talqi va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali N11 son https://doi.org/10.5281/zenodo.7299722

Huquq tartibot organlari va sud tizmidagi o ‘zgarishlar.O ‘zbekiston nodavlat – notijorat tashkilotlar – Akadem.Ilm.Nashr 27-35 bet

Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, ichki ishlar tergovchilari haqida – (Xushnud Xudoyberdiyev, yurist) – Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (1994-yil 22- sentabr)

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat prosessual kodeksi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi tizimida dastlabki tergov organlari faoliyatida YEITKS IIO imkoniyatlaridan foydalanish (A. A. Popov)