Authors

  • Behruz Ergashov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.47529

Keywords:

Millat va xalq tushunchasi xalqaro ommaviy huquq xalqaro huquq normalari asosiy (birlamchi) va hosila (ikkilamchi) subyekt o’z taqdirini o’zi belgilash.

Abstract

So’nggi yillarda dunyo siyosiy maydonida ro’y berayotgan tahlikali holatlar zamirida - xalqaro ommaviy huquq nechog’lik muhim ekani yana bir bora o’z isbotini topdi desak yanglishmagan bo’lamiz. Bevosita xalqaro ommaviy huquqning subyektlari orasida vujudga kelayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, diniy nizolar sababli sohaga oid huquq normalarini yanada isloh qilish, javobgarlikni kuchaytirish va eng asosiy jihatlaridan biri subyetklar orasidagi nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish, kuch bilan tahdid qilmaslik, xalqlarning o’zini o’zi anglash va teng huquqliligi kabi prinsip qoidalariga qat’iy rioya qilish talab qilinadi. O’z mustaqilligi uchun kurashayotgan millat va xalqlarning huquqiy maqomi garchi xalqaro normalar bilan tartibga solinib, muhofaza qilinsa ham biroq hanuzgacha ushbu subyektga nisbatan munosabat barqaror emas. Bir necha yuz yillardan beri qabul qilinayotgan deklaratsiya, nizom, xalqaro paktlar orqali ushbu subyetlarning huquqiy maqomini mustahkamlashga oid ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur maqola xalqaro huquqning asosiy (birlamchi) subyekti hisoblangan o’z mustaqilligi uchun kurashayotgan millat va xalqlarnning huquqiy subyektliligi va ularning o’ziga xos jihatlari hamda uning rivojlanish bosqichlari, huquqiy asoslari va amaliy muammolari haqida ma’lumot beradi.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


214

ZAMONAVIY XALQARO HUQUQDA - O’Z MUSTAQILLIGI UCHUN

KURASHAYOTGAN MILLAT VA XALQLARNING HUQUQIY SUBYEKTLILIGI

MASALASI

Ergashov Behruz Xurshid o’g’li

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” yo’nalishi

magistratura talabasi.

Elektron pochta manzili:

bekerg098@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14061648

Annotatsiya. So’nggi yillarda dunyo siyosiy maydonida ro’y berayotgan tahlikali holatlar

zamirida - xalqaro ommaviy huquq nechog’lik muhim ekani yana bir bora o’z isbotini topdi desak

yanglishmagan bo’lamiz. Bevosita xalqaro ommaviy huquqning subyektlari orasida vujudga

kelayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, diniy nizolar sababli sohaga oid huquq

normalarini yanada isloh qilish, javobgarlikni kuchaytirish va eng asosiy jihatlaridan biri

subyetklar orasidagi nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish, kuch bilan tahdid qilmaslik, xalqlarning

o’zini o’zi anglash va teng huquqliligi kabi prinsip qoidalariga qat’iy rioya qilish talab qilinadi.

O’z mustaqilligi uchun kurashayotgan millat va xalqlarning huquqiy maqomi garchi

xalqaro normalar bilan tartibga solinib, muhofaza qilinsa ham biroq hanuzgacha ushbu subyektga

nisbatan munosabat barqaror emas. Bir necha yuz yillardan beri qabul qilinayotgan deklaratsiya,

nizom, xalqaro paktlar orqali ushbu subyetlarning huquqiy maqomini mustahkamlashga oid ishlar

amalga oshirilmoqda. Mazkur maqola xalqaro huquqning asosiy (birlamchi) subyekti

hisoblangan o’z mustaqilligi uchun kurashayotgan millat va xalqlarnning huquqiy subyektliligi va

ularning o’ziga xos jihatlari hamda uning rivojlanish bosqichlari, huquqiy asoslari va amaliy

muammolari haqida ma’lumot beradi.

Kalit so‘zlar: Millat va xalq tushunchasi, xalqaro ommaviy huquq, xalqaro huquq

normalari, asosiy (birlamchi) va hosila (ikkilamchi) subyekt, o’z taqdirini o’zi belgilash.

IN MODERN INTERNATIONAL LAW - THE ISSUE OF LEGAL SUBJECTIVITY OF

NATIONS AND PEOPLES FIGHTING FOR THEIR INDEPENDENCE

Abstract. It would not be wrong to say that the importance of international public law has

been proven once again amid the dangerous situations that have taken place in the world's

political arena in recent years. Due to the political, economic, social, cultural, religious conflicts

that arise between the subjects of international public law, further reform of the legal norms

related to the field, strengthening of responsibility, and one of the most important aspects is the

peaceful resolution of disputes between the subjects, without threats of force, strict adherence to

principles such as self-realization and equal rights of peoples is required. Although the legal status


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


215

of nations and peoples fighting for their independence is regulated and protected by international

norms, the attitude towards this subject is still unstable. Efforts are being made to strengthen the

legal status of these subjects through declarations, regulations, and international pacts that have

been accepted for several hundred years. This article provides information about the legal

subjectivity of nations and peoples fighting for their independence, which are considered the main

(primary) subject of international law and their specific aspects, as well as the stages of its

development, legal foundations and practical problems.

Key words: concept of nation and people, public international law, norms of international

law, main (primary) and derivative (secondary) subject, self-determination.

В СОВРЕМЕННОМ МЕЖДУНАРОДНОМ ПРАВЕ - ВОПРОС ПРАВОВОЙ

СУБЪЕКТНОСТИ НАЦИЙ И НАРОДОВ, БОРЮЩИХСЯ ЗА СВОЮ

НЕЗАВИСИМОСТЬ.

Аннотация. В последние годы не будет ошибкой сказать, что важность

международного публичного права в очередной раз подтвердилась в условиях опасных

ситуаций, произошедших на мировой политической арене. В связи с политическими,

экономическими, социальными, культурными, религиозными конфликтами, возникающими

между субъектами международного публичного права, дальнейшее реформирование

правовых норм, касающихся этой области, усиление ответственности, одним из

важнейших аспектов которого является мирное разрешение конфликтов. В спорах между

субъектами без угроз применения силы требуется строгое соблюдение таких принципов,

как самореализация и равноправие народов. Хотя правовой статус наций и народов,

борющихся за свою независимость, регулируется и защищается международными

нормами, отношение к этому вопросу по-прежнему нестабильно. Предпринимаются

усилия по укреплению правового статуса этих субъектов посредством деклараций,

постановлений и международных пактов, которые принимаются уже несколько сотен

лет. В данной статье представлены сведения о правовой субъектности борющихся за

свою независимость наций и народов, считающихся основным (основным) субъектом

международного права, и их специфических аспектах, а также об этапах ее развития,

правовых основах и практических проблемах.

Ключевые слова: понятие нации и народа, международное публичное право, нормы

международного права, главный (первичный) и производный (вторичный) субъект,

самоопределение.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


216

Avvalo mavzuga chuqurroq kirishdan oldin, bevosita xalqaro ommaviy huquq qanday

huquq tarmog’i ekanligini, qanaqa munosabatlarni tartibga solishini va boshqa jihatlarini ko’rib

o’tsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Xalqaro huquqqa berilgan tariflar juda ko’p keling ulardan bir

nechtasini ko’rib o’tamiz.

Xalqaro huquq - tinchlik va hamkorlikni ta’minlash maqsadida xalqaro munosabatlarni

tartibga soluvchi yuridik prinsiplar va normalar tizimidir.

1

Xalqaro huquq - davlatlar, xalqlar, xalqaro tashkilotlar, turli jamoat birlashmalari, alohida

fuqarolar (xalqaro huquq tilida ular individlar yoki jismoniy shaxslar deb ataladi), turli

davlatlarning yuridik shaxslari ishtirok etadigan xalqaro munosabatlarni tartibga solib turuvchi

huquq tizimi.

2

Xalqaro huquq subyekti o‘z imkoniyatlari va yuridik xususiyatlari tufayli xalqaro huquq

bo'yicha muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo'lishga va uning normalarini yaratish va amalda

tatbiq etishda qatnashishga qodir mustaqil tuzilmadir

3

Yuqoridagi tariflardan ko’rinib turibdiki, xalqaro huquqning asosiy birdan bir maqsadi

tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlar orasidagi hamkorlikni rivojlantirish va

mustahkamlashdan iboratdir. Bunga erishish uchun esa avvalo xalqaro miqyosida qabul

qilinadigan va majburiy xarakterga ega bo’lgan normlarni isloh qilinishi va sanksiyalar qat’iy

xarakterli bo’lishi lozim. Zamonaviy xalqaro ommaviy huquqningning rivojlanish bosqichi bu

bevosita 2-jahon urushidan keyinga borib taqaladi. 1946-yil 11-dekabrdagi BMT Bosh

Assambleyasining ,,Xalqaro huquqni rivojlantirish va uning kodifikatsiyasi to’g’risidagi’’

rezolyutsiya va BMT Xalqaro Sud Statusining 38-moddasi bilan ushbu huquq sohasi yanada

mustahkamlandi. Endi esa bevosita huquq sohasining subyektlariga to’xtalib o’tsak, shundagina

barcha subyetlarning huquqiy maqomini, holatini bir biridan ajratib olishimiz osonroq kechadi.

Xalqaro huquqning subyekti deganda ushbu huquq sohasidan kelib chiqadigan huquq va

majburiyatlarga ega bo’luvchi, o’sha huquq majburiyatlarni himoya qila oladigan, xalqaro huquq

bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlarga kirishuvchi hisoblanadi. Shundan kelib

chiqadiki, xalqaro huquqning barcha subyetlari tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo’lib,

ushbu xususiyati huquq subyektliligi deb ataladi.

Endilikda bevosita xalqaro huquqning subyektlariga to’xtaladigan bo’lsak, ular

quyidagilar:

1

Xalqaro ommaviy huquq (Darslik A.X.Saidov va boshqalar TDYU nashriyoti,2023

2

Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari 1.1. Lukashuk, A.X. Saidov; -Т .: O'zbeki

ston faylasuflarimilliy jamiyati nashriyoti, 2007.

3

Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari: Yuridik oliy o ‘quv yurtlari uchun darslik/ 1.1. Lukashuk, A.X.

Saidov; -Т .: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


217

-Asosiy (birlamchi) subyekt bo’lib, uning o’zi 2 turga bo’linadi:

a) davlat

b) o’z mustaqilligi uchun kurashayotgan millat va xalqlar

-Hosila (ikkilamchi) subyekt bo’lib, uning o’zi ham bir necha turlarga bo’linadi:

a) xalqaro davlatlararo tashkilotlar

b) davlatga monand tuzilmalar,(misol uchun Vatikan) va boshqalar

Xalqaro huquq subyetlari ichida millatlar va xalqlar alohida ahamiyat kasb etadi.

E’tiborlisi shundaki barcha millat va xalqlar ham xalqaro huquq subyektliligiga ega bo’la

olmaydilar. Xalqaro vaziyatdan kelib chiqib, faqatgina o’z davlatini tuzish maqsadida ozodlik

hamda suveren bo’lish uchun kurashayotgan mustamlaka qaramligida bo’lgan millat va xalqlar

ularni xalqaro huquq subyektivlik deb tan olishlari uchun da’vogarlik qilishlari mumkin. Bundan

ko’rinib turibdiki, barcha millat va xalqlar ham xalqaro huquq subyekti bo’la olmaydi, faqatgina

o’zlarining ozodlik harakatlarini olib borishlari, mustamlaka mamlakatga qarshi turishlari

lozimdir. Tarixdan ma’lumki, zulmdan ezilgan millat va xalqlar turli nomlar ostida guruh, jamoa,

ittifoq tuzib zulmning ildiziga bolta urushgan. Aynan shu kabi millat va xalqlar o’zlarining

huquqlarini himoya qiladigan, asosan harbiylardan tarkib topgan hukumatiga ham ega bo’lishgan.

1966-yilgi Inson huquqlari bo'yicha xalqaro paktlarning dastlabki moddalarida: «barcha xalqlar

o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga ega» ekani mustahkamlab qo'yilishi bilan o'z taqdirini o'zi

belgilash hamda inson huquqlari o'rtasidagi bog'liqlik tasdig'ini topdi. Etnik, diniy va til jihatidan

ozchilikni tashkil etuvchilarga kelsak, ularga mansub shaxslarga xuddi shu guruhlarning boshqa

a’zolari bilan birgalikda o'z madaniyatidan bahramand bo'lish, o'z diniga e’tiqod qilish va shu din

marosimlarini ado etish, shuningdek, ona tilidan foydalanishni taqiqlash mumkin emas. Millatlar

va xalqlarning huquqiy subyektligi va o'z taqdirini belgilash huquqi xalqaro huquqda alohida

ahamiyatga ega. Bu huquq, 1960-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan

tasdiqlangan va keyinchalik bir qator xalqaro huquq me'yorlariga kiritilgan. BMTning 1514-sonli

Qarori (Dekolonizatsiya deklaratsiyasi) bu huquqni barcha xalqlarga berish, ularni siyosiy

mustaqillikka erishishga yordam berish zarurligini ta'kidlagan. Xalqaro huquqning bu prinsipial

qarori xalqlarni kolonialistik bosqinchilikdan ozod qilishga intilgan va mustaqillik, o'zgarishlar va

o'z-o'zini belgilash huquqini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlagan.

4

Mustaqillikka erishishga intilayotgan millat va xalqlar xalqaro huquqda subyekt sifatida

e’tirof etilishi uchun bir qancha shartlar mavjud. Bu shartlar quyidagilardan iborat:

4

BMTning 1960-yil ‘’Mustamlakachilikka qarshi deklaratsiya’’


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


218

a) Xududiy yaxlitlik

: Xalq yoki millat o'z yurisdiksiyasida erkin va mustaqil yashashi

kerak. Bu o'z-o'zini boshqarish, davlat tuzish va o'z qonunlarini yaratish va amaliy hayotga tatbiq

etishni o'z ichiga oladi.

b) Siyosiy va iqtisodiy suverenitet

: Millat yoki xalqning o'z hukumati va boshqaruv

tizimiga ega bo'lishi, shuningdek, o'z iqtisodiy, tabiiy, ijtimoiy resurslarini erkin boshqarish

huquqiga ega bo'lishi kerak.

c) Xalqaro tan olish

: Bir millat yoki xalqning subyektlik huquqi, ko'pincha xalqaro jamoat

yoxud shunday xalqaro miqyosidagi tashkilot tomonidan tan olinadi. Bu tan olish orqali yangi

tashkil etilgan davlat xalqaro munosabatlarda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

5

Xalqlarning teng huquqliligi va o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga egaligi prinsipi

xalqlarning huquqi, ammo ularning majburiyati emas. Ushbu huquq turli xil variantlarda ro'yobga

chiqarilishi mumkin. O'z taqdirini o'zi belgilash ayirmachilik negizida, suveren davlatlar hududiy

yaxlitligi va siyosiy hamjihatligiga ziyon yetkazadigan tarzda amalga oshirilmasligi kerak.

Modomiki, xalq o'zini rasmiy jihatdan namoyon etadigan va ommaviy-huquqiy vazifalami

bajaradigan organni yoxud shunday boshqaruv tashkilotini yaratgan bo'lsa, u holda o'z taqdirini

o'zi belgilash jarayoniga tashqaridan xalal beruvchi har qanday tajovuzkorona xatti-harakat

davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va suveren tengligi prinsiplariga xilof harakatlar

sifatida baholanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan jumladan ko’rinib turibdiki, millat va xalqning

subyekt sifatida kurash olib borishi uchun avvalo uning o’z manfaatlarini himoya qiladigan,

normalar ishlab chiqadigan, hukumati bo’lishi lozimligi yana bir bora takidlangan. BMTning ba’zi

rezolyutsiyalari va xalqaro tashkilotlarning qarorlari bunday xalqlarning mustaqillik uchun

kurashini qonuniy deb tan olishga yordam beradi. Bu bilan xalqaro hamjamiyat ularning huquqiy

subyektligini tan olishi mumkin.

Ushbu mavzuning yana bir asosiy jihatiga to’xtalib o’tsak, bu ham juda muhim ahamiyat

kasb etadi deb hisoblayman. Ya’ni ,,millat’’ va ,,xalq’’ tushunchalarining bir biridan farqli va

o’xshash jihatlarni ko’rib chiqsak mavzumizga chuqurroq kirgan bo’lamiz. Millat va xalq

tushunchalariga oid turli ta'riflar mavjud bo'lib, "Millat" asosan til, madaniyat, tarix, e’tiqod va

boshqa o'xshash jihatlar orqali bir-biriga yaqin bo'lgan odamlar guruhini anglatadi. "Xalq" esa

kengroq ma'noda tushuniladi, bir hududda yashovchi, biror siyosiy tuzum va bir siyosiy mafkura

ostidagi shaxslar jamlanmasiga ishora qiladi. Shunday qilib, millat va xalqning huquqiy

subyektligi masalasi ham ancha murakkab va turli qarashlarga ega o'zgacha tushunchadir.

5

Hammualliflik maqolasi 2022 yil 36-bet


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


219

Millat va xalqlar o’z mustaqilligini e’lon qilishi va o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga

ega bo’lishi mumkin. Bunday jarayonlar bevosita XIX asr boshlaridan –XX asr oxirigacha bo’lgan

davrda keng quloch yozdi. Yuqorida ko’rsatilgan muddatlar oralig’ida koloniyalarda

mustamlakachilikka qarshi norozolik harakatlari nihoyatda urchidi. Dunyo siyosiy hayotida katta

kuchga ega bo’lgan qudratli davlatlar, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya, Usmonli Turklar

imperiyasi ba boshqa hukmron elitalar o’z mavqeyini yo’qotishni boshladi. Natijada esa ko’plab

alohida –alohida siyosiy partiyalar, ittifoqlar, ozodlik harakatlari jonlana boshladi va oxir oqibatda

ular o’zlarining hukumatiga ega bo’lgan subyektlarni vujudga keltirishdi. Keyingi o’rindagi asosiy

masala bu o’sha subyektlarning xalqaro maqomi edi. Ularning xalqaro huquqda subyekt sifatida

tan olinishi nafaqat o’sha millat va xalqlar uchun balki boshqa subyektlar juchun ham

ahamiyatlidir. Bunga sabab o’sha hududdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa bir qancha omillardir.

O'z mustaqilligini talaba qilayotgan millatlar va xalqlar ko'pincha bir qancha

muammolarga duch keladilar:

Davlatlarning qarshiligi

: Mustaqillikni e'lon qilgan millatlar va xalqlar ba'zan mavjud

davlatlar tomonidan yoxud mustamlakachi davlat tomonidan tan olinmaydi, bu esa xalqaro

munosabatlar va diplomatik kurashlarni yuzaga keltiradi.

Xalqaro qonunlar va tan olinishi:

Zamonaviy xalqaro huquqda mustaqillikni olish

huquqi asosan xalqaro tan olinishga asoslangan. Biroq, mustamlakachi davlatlar millat va

xalqlarning suverenitetini tan olmaslikka va qonun normalariga zid harakatlar degan vajlar bilan

ularning mustaqilligini inkor qiladi.

Milliy birlik, etnik nizolar va davlatning barqarorligi

: Ba'zi holatlarda, yangi davlatni

tashkil etish o'zida ichki qarama-qarshiliklarni yoki etnik, diniy yoki siyosiy bo'linishlarni keltirib

chiqarishi mumkin. Shuning uchun, o'z taqdirini belgilash va mustaqillikka erishish faqat tashqi

huquqiy qarorlar bilan emas, balki ichki siyosiy va ijtimoiy omillar bilan ham bog'liq. Bunga

yorqin misol sifatida Falastindagi holatlarni keltirishimiz mumkin.

Bugungi kunda millat va xalqlarning huquqiy subyektligi masalasi ko'plab zamonaviy

geosiyosiy vaziyatga ta’sir qilmoqda va siyosiy muammolar bilan chambarchas bog'liq.

Mustaqillikni e'lon qilgan, biroq haligacha xalqaro jamoatchilik tomonidan tan olinmagan

davlatlar va xalqaro maydonda "qonuniy asoslarda" subyektlikni olish uchun kurashayotgan

xalqlar hali ham muhokamali masalala bo’lib kelayotganligi hech kimga sir emas. Endi esa

bevosita shu va shu kabi ba’zi bir mustaqillik uchun kurashayotgan millatlarva xalqlarga to’xtalib

o’tamiz. Ispaniyaning shimoliy-sharqida joylashgan bir necha 10 yillardan beri ozodlik uchun

harakat qilayotgan Kataloniya hududida ham ayanan mustaqillik uchun jadal harakatlar 2006-

yildan faollashdi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


220

Hattoki, 2017-yilda referendum uchun faol harakatlar amalga oshirilgan bo’sada biroq,

Ispan hukamati bu referendumni noqonuniy deb topdi. Hozirgi kunda Kataloniya mustaqilligi

uchun kurash davom etmoqda, ammo Ispaniya hukumati va xalqaro hamjamiyat bu harakatni

qo'llab-quvvatlamaydi. Birgina ushbu misol orqali ham, biz xalqaro huquq subyektliligi doir turli

nazariyalar borligi anglab olishimiz mumkin.Shuningdek, hozirgi paytda global muammo

bo’layotgan Falastin masalasi ham aynan bizning mavzumizga xos desak adashmagan bo’lamiz.

Falastin davlati BMT tomonidan kuzatuvchi davlat maqomida tan olingan bo‘lsa-da, u hali

to‘laqonli xalqaro huquq subyekti sifatida tan olinmagan. Kataloniya yoki Kurdiston kabi millatlar

esa o‘z mustaqilligini talab qilayotgan bo‘lsa ham, ular davlatlar o‘rtasidagi manfaatlar, tarixiy

hududiy da’volar sababli xalqaro tan olinishga erisha olmay kelmoqda.

Xalqaro tajribadan shuni kuzatish mumkinki, umumiy xalqaro huquq metropoliya

davlatlardan mustamlaka qaramligidagi millat yoki xalqlarning xalqaro huquq subyektiiligini olish

imkoniyatini ham tan oladi.Agar shunday xalq yoki millat o ‘z ozodligi uchun kurashni boshlasa

hamda hudud va xalqlarning anchagina qismi ustidan boshqaruv va nazoratni amalga oshirsa,

bunday kurash mobaynida xalqaro huquq normalariga rioya qilsa, xalqaro miqyosda xalq nomidan

qatnashuvchi ozodlik organini tuzsa, u holda uning xalqaro huquq subyektliligi tan olinadi.

Mohiyatan, mazkur shartlarga rioya etilishida o ‘z ozodligi uchun kurashayotgan xalqlar

ma'lum bir davlatchilik belgilariga ega bo‘ladilar. Hamda ushbu xalqlar yangi davlat barpo etish

bosqichida xalqaro huquq subyektliligiga ham ega bo‘ladilar.

6

Ozodlikka intilayotgan millat va xalqlar inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro

normalar bilan ham qo‘llab-quvvatlanishi mumkin. BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi,

xalqaro huquqiy tashkilotlar va inson huquqlari tashkilotlari ularning huquqlarini xalqaro

miqyosida muhofaza qilishga harakat qiladi. Shu tarzda, ular xalqaro huquq subyektlari sifatida

o‘z maqomini oshirishi mumkin. Mustaqillik uchun kurashayotgan millat va xalqlar xalqaro

huquqda davlat maqomiga ega bo‘lmagan taqdirda ham, xalqaro hamjamiyat tomonidan muayyan

sharoitlarda subyekt sifatida tan olinishi mumkin. Bu tan olish, asosan, xalqaro qo‘llab-quvvatlash,

inson huquqlarini himoya qilish va diplomatik munosabatlar orqali amalga oshiriladi. Mustaqillik

uchun kurashayotgan bir qancha millatlar xalqaro tashkilotlarda kuzatuvchi maqomida bo’lishi

juda foydali jarayon hisoblanadi. Chunki shu orqali boshqa subyektlar bilan aloqaga kirishadi va

tan olinishi uchun poydevor bo’lib xizmat qiladi. Shimoliy Kipr masalasi ham hozirgi vaqtda juda

aktiv holatda bo’lgan siyosiy jarayondir.

6

Xalqaro huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva// Mualliflar jamoasi TDYU-2018 y

jamoasi. -Т.: TDYU nashriyoti, 2018


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


221

Bundan tashqari Tibet va Tayvan kabi bir necha mustaqillik uchun kurashayotgan davlat

va xalqlar ham o’z suvereniteti uchun juda jiddiy kurash olib bormoqda.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, o’z mustaqilligi uchun kurashayotgan xalqlarning

subyektliligi masalasi hozirgi zamon xalqaro huquqida eng dolzarb masala sifatida e’tirof

qilinmoqda. Bunga o’ziga yarasha sabablar ham mavjud, subyektliligi masalasida esa fiklar

turlicha. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari, jumladan, o‘z taqdirini belgilash huquqi

,

davlat

suvereniteti

va

ichki ishlar bilan aralashmaslik kabi normativ qoidalar, mustaqillik uchun

kurashayotgan xalqlar va millatlar uchun ikki tomonlama ma'noga ega bo‘ladi: ular bir tomondan

o‘z huquqlarini himoya qilish va mustaqil davlat qurish imkoniyatiga ega bo‘lsa, boshqa

tomondan, mavjud davlatlarning qarshiliklari yoki xalqaro huquqdagi muayyan cheklovlar

ularning jarayonlarini murakkablashtiradi. Hozirgi siyosiy holatda xalqaro ommaviy huquqning

blankasi har doimgidanda yuqoriroqdir. O‘z mustaqilligini talab qilayotgan xalqlarning huquqiy

subyektliligi masalasi xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qamrovli tan olinishi va himoyasi zarur

bo‘lgan masala sifatida yuzaga chiqadi. Bu jarayon bir nechta omillarga — siyosiy, ijtimoiy,

iqtisodiy va huquqiy faktorlar — bog‘liq. O‘z taqdirini belgilash huquqi barcha xalqlarga tan

olinishi kerak bo‘lsa-da, mustaqillikka erishish ba’zan faqat tashqi tan olish va xalqaro diplomatik

qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi. O‘z mustaqilligi uchun kurashayotgan millatlar va

xalqlarning huquqiy subyektliligi masalasi xalqaro huquq tizimida doimiy ravishda yangilanib

borayotgan va muhokama qilinayotgan muhim bir soha bo‘lib qoladi. Bu sohada huquqiy

me'yorlar, xalqaro tan olish mexanizmlari va yangi diplomatik tartiblar rivojlanishi davom etishi

kerak. Yuqoridagilarga qo’shimcha qilib, ushbu subyektlarning huquqiy maqomini turli xalqaro

shartnoma, konvensiyalar bilan mustahkamlansa maqsadga muvofiq bo’ladi.

REFERENCES

1.

Xalqaro ommaviy huquq (Darslik A.X.Saidov va boshqalar TDYU nashriyoti,2023

2.

Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari 1.1. Lukashuk, A.X. Saidov; -Т.:

O'zbekiston faylasuflarimilliy jamiyati nashriyoti, 2007

3.

BMTning 1960-yil ‘’Mustamlakachilikka qarshi deklaratsiya’’

4.

Hammualliflik maqolasi 2022 yil 36-bet (SamDu )

5.

Xalqaro huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva// Mualliflar jamoasi

TDYU-2018 y

6.

Tsul.library.uz

References

Xalqaro ommaviy huquq (Darslik A.X.Saidov va boshqalar TDYU nashriyoti,2023

Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari 1.1. Lukashuk, A.X. Saidov; -Т.: O'zbekiston faylasuflarimilliy jamiyati nashriyoti, 2007

BMTning 1960-yil ‘’Mustamlakachilikka qarshi deklaratsiya’’

Hammualliflik maqolasi 2022 yil 36-bet (SamDu )

Xalqaro huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva// Mualliflar jamoasi TDYU-2018 y

Tsul.library.uz