Authors

  • Dilfuza Zarifova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136471

Keywords:

avtoportret o‘zlikni anglash tasviriy san’at O‘zbekiston san’ati san’at ta’limi shaxsiy identifikatsiya.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda avtoportret san’ati taraqqiyoti tarixiy bosqichlarda tahlil qilinadi hamda uning san’at ta’limida shaxsiy identifikatsiya va o‘zlikni anglash jarayonidagi o‘rni yoritiladi. Avtoportret nafaqat ijodiy ifoda, balki pedagogik jarayonda talabalarning o‘zini anglash, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va estetik didni shakllantirish vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda tarixiy manbalar, zamonaviy tajribalar va metodik yondashuvlar asosida avtoportretning o‘quv jarayonidagi ahamiyati ochib berilgan.

background image

197

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

O‘ZBEKISTONDA AVTOPORTRET SAN’ATI TARAQQIYOTI VA UNING SAN’AT

TA’LIMIDA O‘ZLIKNI ANGLASH VOSITASI SIFATIDAGI AHAMIYATI

Zarifova Dilfuza Omon qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17115747

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda avtoportret san’ati taraqqiyoti tarixiy

bosqichlarda tahlil qilinadi hamda uning san’at ta’limida shaxsiy identifikatsiya va o‘zlikni
anglash jarayonidagi o‘rni yoritiladi. Avtoportret nafaqat ijodiy ifoda, balki pedagogik
jarayonda talabalarning o‘zini anglash, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va estetik didni
shakllantirish vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda tarixiy manbalar, zamonaviy
tajribalar va metodik yondashuvlar asosida avtoportretning o‘quv jarayonidagi ahamiyati ochib

berilgan.

Kalit so‘zlar:

avtoportret, o‘zlikni anglash, tasviriy san’at, O‘zbekiston san’ati, san’at

ta’limi, shaxsiy identifikatsiya.

РАЗВИТИЕ ИСКУССТВА АВТОПОРТРЕТА В УЗБЕКИСТАНЕ И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ

КАК СРЕДСТВА САМОПОЗНАНИЯ В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация.

В данной статье анализируется развитие искусства автопортрета

в Узбекистане на исторических этапах, а также освещается его роль в процессе личной
идентификации и самопознания в художественном образовании. Автопортрет
рассматривается не только как форма творческого выражения, но и как средство в
педагогическом процессе для формирования самосознания студентов, развития
творческого мышления и эстетического вкуса. В исследовании на основе исторических
источников, современных практик и методических подходов раскрывается значение
автопортрета в образовательном процессе.

Ключевые слова:

автопортрет, самопознание, изобразительное искусство,

искусство Узбекистана, художественное образование, личная идентификация.

THE DEVELOPMENT OF SELF-PORTRAIT ART IN UZBEKISTAN AND ITS

SIGNIFICANCE AS A MEANS OF SELF-UNDERSTANDING IN ART EDUCATION

Abstract.

This article analyzes the development of self-portrait art in Uzbekistan through

historical stages and highlights its role in the process of personal identification and self-
understanding within art education. The self-portrait is considered not only as a form of creative
expression, but also as a pedagogical tool that helps students to achieve self-awareness, develop
creative thinking, and cultivate aesthetic taste. The study, based on historical sources,
contemporary practices, and methodological approaches, reveals the importance of the self-
portrait in the educational process.

Keywords:

self-portrait, self-understanding, visual arts, Uzbek art, art education,

personal identification.

O‘zbek san’ati tarixida portret va avtoportret janrlari alohida o‘rin tutadi.

Avtoportret

san’ati insoniyatning o‘zini anglash ehtiyoji bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, rassomning

shaxsiy qiyofasi orqali uning ruhiy olami, davr madaniyati va ijtimoiy-estetik qarashlari

namoyon bo‘ladi. Jahon san’ati tajribasida bu janr shaxsiy falsafa va badiiy tafakkurning ifodasi
sifatida qaralsa, O‘zbekistonda ham milliy madaniyat, davr ruhiyati va shaxsiy qarashlarni
mujassam etuvchi san’at turiga aylangan. Hozirgi davrda san’at ta’limida avtoportret mashqlari
talabalarning o‘zlikni anglash, ijodiy tafakkurni kengaytirish va san’atni chuqurroq his qilish

vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.


background image

198

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Shuningdek, b

u jarayon milliy san’at tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi

bilan birga, bugungi kunda san’at ta’limida ijodkorlikni rivojlantirish va shaxsni tarbiyalashda

katta imkoniyatlarga ega.

O‘zbek san’atida avtoportretning tarixiy taraqqiyoti haqida o‘z borar ekan o‘zbek tasviriy

san’ati tarixida XX asr boshlaridan boshlab avtoportret janri faol rivojlandi. Uyg‘onish davridan
boshlab o‘zini tasvirlash orqali rassom shaxsiy qiyofasini hujjatlashtirgan. XX asrda, ayniqsa
jadid rassomlari va mustaqillikdan keyingi davr ijodkorlari avtoportret orqali milliy o‘zlik va

zamon ruhiyatini ifodalashga intilgan.

O‘zbekiston rassomlari orasida avtoportret orqali shaxsiy

o‘zligini ifodalashga intilgan ijodkorlar talaygina. Jumladan:

Chingiz Ahmarov

o‘z

avtoportretlarida ijodkorlik ruhini, ruhiy uyg‘unlikni aks ettirdi.

Raxim Ahmedov va Akmal

Ikromjonovlar

o‘z shaxsini milliy madaniyat va davr estetik qarashlari bilan uyg‘unlashtirib

ko‘rsatdi. Zaynutdin Faxrutdinov esa o‘zining avtoportretlari bilan insonning turli hil
emotsiyalarini ko‘rsatib berdi. U har bir asarida o‘zing avtoportretini qaxramonlar siymosida

tasvirlaydi. Bu orqali u insonlarning turli yuzlari borligini ifodalashga harakat qilgan.

Shuningdek, har bir asariga o‘zining avtoportretini kiritishi uning imzosi vazifasini

o‘taydi.

Raxim Ahmedov

Akmal Ikromjonov

Zaynutdin Faxrutdinov

Nafaqat rangtasvir balki hozirgi o‘zbеk

grafika

chi rassomlari ijodida ham ko‘zga

t

ashlanadigan avtoportretlarning qat’iy jo‘shqinligi obrazlarning emotsional hamda rеalistik

kеskinligi O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo

grafika

sida bo‘lmagan, dеb ishonch bilan aytish

mumkin.

Mustaqillik davrida esa avtoportretlar yanada erkinlik, individual izlanish va ichki dunyo

ifodasiga yo‘naltirildi. Qolaversa, zamonaviy davrda avtoportret an’anaviy shakllardan tashqari

raqamli texnologiyalar, fotografiya va "selfie" madaniyati bilan boyimoqda.

Avtoportretning falsafiy va pedagogik ahamiyati esa shundan iboratki, u

insonning o‘zini

anglash, o‘zini baholash va dunyoga ichki dunyosini namoyon qilish vositasi hisoblanadi. San’at
ta’limida bu jarayon o‘quvchilarning shaxsiy identifikatsiya, psixologik muvozanat va badiiy

tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Pedagogik jarayonda avtoportret orqali talabalarda ijodiy erkinlik, mustaqil fikrlash va

estetik tahlil qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Zamonaviylik va an’ana uyg‘unligi

esa

avtoportretni raqamli texnologiyalar yordamida yaratish orqali ta’lim jarayonida yangi

pedagogik metodlar shakllantiriladi.


background image

199

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Taviriy san’atni o‘qitishda quyidagi amaliy metodlarga murijaat etiladi. O‘quv

dasturlariga avtoportret mashqlarini kiritish talabalarda o‘z

-

o‘zini tahlil qilish, individual badiiy

ifoda va ijodiy eksperiment qilish qobiliyatini oshiradi.

Raqamli texnologiyalar yordamida yaratilgan avtoportretlar an’anaviy san’at bilan

uyg‘unlashib, yangi pedagogik imkoniyatlar yaratmoqda. Shaxsiy portret orqali talaba o‘zining
ijtimoiy rolini, milliy identitetini va zamonaviy dunyodagi o‘rnini anglaydi.

Xulosa ssifatida shuni aytish mumkinki, a

vtoportret san’ati O‘zbekiston tasviriy san’ati

taraqqiyotida milliy o‘zlikni anglash va davr ruhini aks ettiruvchi muhim janrlardan biridir.

Bugungi kunda u nafaqat san’atning mustaqil janri, balki san’at ta’limida esa u shaxsiy

o‘zlikni kashf etish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va estetik dunyoqarashni shakllantirishning
samarali vositasi hisoblanadi. Shuning uchun avtoportret mashqlarini ta’lim jarayoniga
chuqurroq tatbiq etish, uni raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish bugungi kun san’at

pedagogikasida dolzarb vazifadir va

badiiy saviyani, balki shaxsning ma’naviy kamolotini ham

ta’minlaydi.


Foydalanilgan a

dabiyotlar ro‘yxati

1.

Эргашев

Ш. “O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixi”. –

Toshkent: Fan, 2019.

2.

Холиқова

Н. “San’atshunoslik asoslari”. –

Toshkent: O‘qituvchi, 2021.

3.

qizi Zarifova, D. O. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA
XUSUSIYATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 159-162.

4.

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF
THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

5.

Gombrich E.H. “The Story of Art”. –

London: Phaidon, 2018.

6.

Xudoyberdiev R. “Avtoportret va rassom shaxsiyati”. –

Toshkent: 2015.

7.

Clark T.J. “Modern Life and Modern Art”. –

New Haven: Yale University Press, 2017.

8.

Zarifova , D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING
O‘RGANILISHI.

Innovative Development in Educational Activities

,

2

(9), 57

62.

Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259

References

Эргашев Ш. “O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixi”. – Toshkent: Fan, 2019.

Холиқова Н. “San’atshunoslik asoslari”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021.

qizi Zarifova, D. O. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA XUSUSIYATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 159-162.

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

Gombrich E.H. “The Story of Art”. – London: Phaidon, 2018.

Xudoyberdiev R. “Avtoportret va rassom shaxsiyati”. – Toshkent: 2015.

Clark T.J. “Modern Life and Modern Art”. – New Haven: Yale University Press, 2017.

Zarifova , D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING O‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57–62. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259