Authors

  • Feruza Sultonqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136776

Keywords:

jadidchilik obraz erk lirik qahramon. Cho‘lpon Fitrat drama.

Abstract

Ushbu maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandasi Usmon Azim she’riyatida jadidchilik harakati g‘oyalarining badiiy ifodasi haqida so‘z yuritiladi. Shoirning jadid siymolariga bag‘ishlangan she’rlarida ularning obrazi orqali Erk va Istiqlol g‘oyasi, erkin, hur fikrli shaxsning qarashlari badiiy ifodlanadi.

background image

408

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

XX ASR O‘ZBEK SHE’RIYATIDA JADIDCHILIK HARAKATI G‘OYALARI BADIIY

IFODASI

(Usmon Azim ijodi misolida)

Feruza Sultonqulova Bobonazarovna

Termiz davlat universiteti

O‘zbek adabytshunosligi kafedrasi dotsenti

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17195437

Annotatsiya.

Ushbu maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandasi Usmon

Azim she’riyatida jadidchilik harakati g‘oyalarining badiiy ifodasi haqida so‘z yuritiladi.

Shoirning jadid siymolariga bag‘ishlangan she’rlarida ularning obrazi orqali Erk va

Istiqlol g‘oyasi, erkin, hur fikrli shaxsning qarashlari badiiy ifodlanadi.

Kalit so‘zlar:

jadidchilik

,

obraz, erk, lirik qahramon. Cho‘lpon, Fitrat,

drama.

Ma’lumki, jadidlar mustabid tuzumga qarshi “Najot Ilmdadir”

(Behbudiy) ma’rifat bilan

kurashganlar. Ayniqsa, jadid ijodkorlari faoliyatiga nazar tashlasa, ular xalqni savodli qilish, ong

va tafakkurini yangi fikrlar bilan o‘zgartirish, diniy hamda dunyoviy ilmlarni o‘qitish, yangi ilm,
yangi avlod yangi ta’limni yo‘lga qo‘yib o‘z maqsadlarini amalga oshirishga intilganlar.

Ayniqsa, bu maqsad Abdulhamid Cho‘lpon she’riyatida Erk va Hurlik tarannumi,

Behbudiyning maqolalaridagi dav’atkorlik, Fitrat ijodidagi ramziy va majoziy tasvirlash usuli,
Abdulla Qodiriy asarlaridagi kuchli zaharhanda “Ezop tili”da namoyon bo‘ldi.

Hozirgi davr she’riyatining yetakchi namoyandasi O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim

ijodining ilk yillaridayoq jadidchilik harakati g‘oyalaridan ilhomlanib, ularning davomchilari
bo‘lgan, XX asrning 60

-70-

yillari o‘zbek she’riyatida fikr va ongda o‘zgarish qilishga intilgan

Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Azim Suyun, Xurshid Davron kabi shoirlar bilan bir safda ijod

qildi. Uning ijodida yaqqol ko‘zga tashlangan jihatlardan biri, XX asr boshlarida millatni ozod
ko‘rish istagida nohaq qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lgan jadid ijodkorlari timsoliga ko‘p
murojaat qiladi. Shoirning “Saylanma”(1995)sida “Abdulla Qodiriy”, “Usmon Nosirning so‘nggi
tushi”, “Oybekning so‘nggi she’ri” kabi she’rlari aynan shu mavzuda yaratilgan. Keyinchalik
ushbu badiiy g‘oya ifodasi “Fonus”(2010) to‘plamidagi “Fayzulla Xo‘jayev monologi”, “Bazm”,
“Cho‘lpon”, “Cho‘lpon.Sevgi”, “Cho‘lpon.Vatanni sevmoq”, “Jimlik”da “XX asr. Qismat.
Usmon Nosir” kabi she’rlarida davom ettirildi. Mazkur she’rlardagi umumiy bir jihat fidoiy
jadidlar shaxsi, jasorati va kurashi orqali jadidchilik harakatining bosh g‘oyasi bo‘lgan erk va
ozodlik g‘oyalari tarannum etiladi. Ular boshiga so

lgan mustabid tuzumning manfur siyosati

“qora kunlari”i “Fayzulla Xo‘jayev monologi”da shunday tasvirlanadi.

Bilaman, yurak yo‘li zinama

-zina...

Ammo qay azobdan ko‘zimda yoshim:

Dunyomni vayron etib, o‘rtayotgan nima

Erksizlikmi, yo devorga urilgan boshim?

1

O‘n yetti yoshida jadidlar harakatiga qo‘shilgan, “Yosh buxoroliklar” partiyasiga asos

solgan va amirlikka qarshi kurashgan, keyinchalik birinchi rahbar sifatida tarixda qolgan

Fayzulla Xo‘jayevning taqdiri barchamizga ma’lum. Xalq hayotini erkinlik, farovonlik va
adolatli bo‘lishini istagan, zamondoshlarini dunyoviy ilmlarni egallashini istab, bir guruh
yoshlarni xorijga o‘qishga yuborgan, fidoiy insonning hayoti ham “qatag‘on mashinasida” yakun

1

Усмон

Азим. Фонус. –

Тошкент: Шарқ, 2010.

Б

.74.


background image

409

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

topadi. She’rda ayni ushbu misralarda bu fojiali taqdir lirik qahramon tilidan shunday

tasvirlanadi:

Qo‘rqinchlisi shuki, kechib imondan –

Ta’zim qilamiz:

Siz aylantirasiz charxni!..

Qo‘rqinchlisi shuki, ishoning ishonmang.

Hammamiz baxtlimiz, hammamiz baxtli.

Axir, o‘ttiz yettinchi yil...

Bu miyammi o‘qdan to‘zigan?

Qurbonlik qo‘yday o‘limga ko‘nayapman

2

.

Usmon Azim bu davr haqiqatlarini chuqur anglagan ijodkor sifatida aynan uning

siymosiga murojaat qilishi bejiz emas. Ushbu she’rda haqiqat va yolg‘on, Vatan erksizligi,
kishanli mustabid tuzum, insoniy qadriyatlar va botiniy iztirob o‘rtasida qolgan lirik qahramon
qalbi ichki to‘qnashuvlarda ochib beriladi. S

haxs erki masalasi, haqiqat, vijdon, adolat kabi

umuminsoniy tuyg‘ular ifodasi Fayzulla Xo‘jayev timsolida mahorat bian ko‘rsatiladi. “

Monolog

lirikaning ustuvor nutq shakli, lirik qahramon kechinmalari asosan, uning monologi orqali
ifodalanadi

3

.

Shoir ijodida ijroviy lirika namunalari yetakchi bo‘lib, ayni ushbu she’r ham ular

sirasiga kiradi.

She’rda lirik qahramon ruhiyati she’riy monologda yoritilarkan, ijodkor uslubiga

xos metaforiklik va ramziy obrazlar undagi badiiy g‘oyani yoritishga xizmat qilgan.

Shoirning jadidchilik harakati g‘oyalari bilan ta‘sirlanib, yozgan she’rlarida o‘quvchi

o‘tgan asrning mudhish qatag‘on siyosati qurbonlarining fojaiviy taqdiri nafaqat milliy istiqlol
harakati ekanini, balki vatanparvarlik, jasorat, shijoat va qo‘rqmaslik kabi fazilatlar insonga
g‘oyatda zarur ekanligini anglaydi. Ayniqsa, “Cho‘lpon.Vatanni sevmoq” she’rida lirik
qahramon tilidan jadidlar fojeasini tasvirlash bilan birga o‘quvchiga Vatanga muhabbat kabi
tuyg‘ular o‘z

-

o‘zidan shakllanmasligi, balki unda qudratli ildiz, tarix va o‘z davri voqeliklariga

befarq qaray olmaslik, uning boshiga kulfat tushganda kurashish “og‘ir” bo‘lsa

-da, ammo

muqaddas burch ekanligi uqtiriladi:

Jonimni olsa-da
Zarama-zarra.

Sen borsan o‘limdan

O‘sdim ming karra.

Ko‘kardim o‘limda

gulladim oxir,
Vatan seni sevmoq

O‘limdan og‘ir

4

.

Olim Dilmurod Quronov ta’kidlaganidek:

“Milliy istiqlol g‘oyasi Cho‘lpon she’riyatining

o‘q tomirini tash

kil qilib, boshqa barcha mavzularga qon berib turadi, desak mubo

lag‘a

bo‘lmaydi. Zero, uning deyarli barcha she’rlarida –

birining satrlari orasida, birining ishoralar

asosida shakllanuvchi tag

ma’no qatlamida erk –

ozodlik, istiqlol g‘oyalari bo‘y berib tura

di.

2

Shu kitob, 75-bet.

3

Адабиѐтшунослик луғати. /Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. –

Тошкент:Академнашр, 2010.–

B.179.

4

Усмон

Азим. Фонус. –

Тошкент: Шарқ, 2010. –

Б

.72.


background image

410

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Cho‘lpon ijodi vaqt e’tibori bilan erk so‘zining ma’no ko‘lami g‘oyat kengaygan, uning

barcha qirralari o‘ta dolzarblik kasb etgan bir sharoitda kechgan”

5

.

Umuman, shoir Cho‘lpon taqdirini qalamga olgan she’rlarida bunga katta e‘tibor

qaratadi. Erk, Istiqlol, Vatan mavzulari Cho‘lpon tilida uning she’rlariga xos pafosda yangraydi.

Shoir ijodiy hamfikrlikda Cho‘lponga o‘zini yaqin tutib, hatto “XX asrda Cho‘lpon bilan

yozganim she’r”ida shunday yozadi:

Vatan, agar sen bo‘lmasang,

Bul dunyoda turmoq yo‘qdir.

Bul so‘zim chin,

Dunyo yolg‘on!

6

Zero, jadid adabiyotida eng ustuvor bosh g‘oya

Vatan ozodligi, millat Erki va istiqol

edi. I

jodkorning “Kunduzsiz kechalar” dramasi Cho‘lponga bag‘ishlangan. Dramada muallif

o‘zi tasvirlayotgan davr ruhini chuqur his qiladi, shu bois ham o‘tgan asrning 20

-30-yillar ruhini,

zamona kishilarining ma’naviy

-ruhiy qiyofasini yoritadi. Ijodkor nafaqat mazkur dramatik

asarida, balki she’rlarida ham ana shu mudhish yillar fojasini ko‘rsatishga harakat qiladi

.

Shuningdek, “Bazm” she’rida lirik qahramon Fitrat, Cho‘lpon, U

smon Nosir bilan

hamsuhbat bo‘ladi. Sochma she’r namunalaridan bo‘lgan “ХХ asr. Qismat. Usmon Nosir”
she’rida jadidlar fojeasi, nohaqlikda qurbon bo‘lish, haqiqat vaa adolatsizlik bilan bir vaqtda
shaxs erki masalasini qalamga oladi: “…Qamoq vagonlarda och

u nahor ketayotganlarning

haqiqati esa qolib ketadi ko‘z yosh to‘kib Toshkent ko‘chalarida. Sibirning sovug‘ida
izillaganlarning haqiqati muzlagan o‘rmonda adashib qoladi bo‘rilarga yem bo‘lar okibat.

Lagerlarda ochdan o‘layotganlarning haqiqati esa tikan simlarda osilib yotadi

-

bag‘rini

o‘q teshib...

"Men ham odamman" degan harakatni xush ko‘rmaydi yovuzlik. Yovuzlik juda tezkor.

Uning xizmatkorlari, josuslari, jallodlari, ijodkorlari, qo‘shinlari, hukumatlari bor.

"Odamman" deganni bir zumda kiymalab tashlaydi. ...Eng dahshatlisi, hatto haqiqatsiz

ham o‘lib ketaveradi odam”

7

.

Usmon Azim, oʻzbek adabiyotining yirik vakili sifatida

millat, Vatan, Erk va

qadriyatlarni ulug‘lagan ijodkor. O‘z

ijodida yangi shakl va mazmun izlanishlarini amalga

oshirgan sho

ir jadidchilik g‘oyalarining badiiy ifodasini ular timsoli orqali yorita

di. Uning

ijod

ida tarixiy shaxslar va voqealar tasviri muhim oʻrin egallaydi. Shoir yuksak badiiy mahorat

bilan tarixiy haqiqat va nohaq qatog‘on zulmi ostida Erk va Vatan ozodligi uc

hun kurashgan

jadid siymolari obrazini tasvirlab, she’rdagi

bosh g‘oya —

Vatan va ozodlik, haqiqat va adolat,

shaxs erki, insoniy qadriyatlarni ulug‘laydi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Адабиётшунослик луғати. /Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. –

Тошкент:

Академнашр, 2010. –

397 б.

2.

Усмон Азим. Фонус. –

Тошкент: Шарқ, 2010. –

160 б.

3.

Усмон Азим У. Жимлик: назм, наср, драматургия. –

Тошкент: Ғафур Ғулом

номидаги нашриѐт манба ижодий уйи, 2012. –

320 б.

5

Қуронов

Д. Шоирлар ва шеърлар ҳақида.Мақолалар тўплами. –

Андижон: “Илмий битиглар”, 2023.. –

Б.11.

6

Усмон Азим. Танланган асарлар. 5

-

жилд. –

Тошкент: Ғафур Ғулом

номидаги нашриёт

-

матбаа ижодий уйи,

2022.

B.441.

7

Азим У. Жимлик: назм, наср, драматургия. –

Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриѐт манба ижодий уйи, 2012. –

б.66

.


background image

411

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

4.

Усмон Азим. Танланган асарлар. 5

-

жилд. –

Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги

нашриёт

-

матбаа ижодий уйи, 2022. –

488

б.

5.

Қуронов

Д. Шоирлар ва шеърлар ҳақида. Мақолалар тўплами. –

Андижон: “Илмий

битиглар”, 2023. –120 б.

References

Адабиётшунослик луғати. /Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. – Тошкент: Академнашр, 2010. – 397 б.

Усмон Азим. Фонус. – Тошкент: Шарқ, 2010. – 160 б.

Усмон Азим У. Жимлик: назм, наср, драматургия. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриѐт манба ижодий уйи, 2012. – 320 б.

Усмон Азим. Танланган асарлар. 5-жилд. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2022. – 488 б.

Қуронов Д. Шоирлар ва шеърлар ҳақида. Мақолалар тўплами. – Андижон: “Илмий битиглар”, 2023. –120 б.