ON THE EXPRESSION OF FOLK SONGS IN THE CREATION OF USMAN AZIM

HAC
Google Scholar
f
282-285
0
0
To share
Sultonqulova, F. (2024). ON THE EXPRESSION OF FOLK SONGS IN THE CREATION OF USMAN AZIM. Modern Science and Research, 3(2), 282–285. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30754
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, a series of song poems created under the influence of folk oral creativity in the lyrics of Usman Azim is studied. Artistic images and means of expression in these poems are analyzed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

282

USMON AZIM IJODIDA XALQ QO‘SHIQLARI IFODASI XUSUSIDA

Feruza Sultonqulova

Termiz davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10962491

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Usmon Azim lirikasidagi xalq og‘zaki ijodi ta’sirida

yaratilgan turkum qo‘shiq she’rlar tadqiq etiladi. Mazkur she’rlarдаgi badiiy tasvir va ifoda
vositalari tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

she’riyat, folklor, qo‘shiq janri, folklorizm, mahorat, “Baxshiyona”, alla,

stilizatsiya.

ON THE EXPRESSION OF FOLK SONGS IN THE CREATION OF USMAN AZIM

Abstract.

In this article, a series of song poems created under the influence of folk oral

creativity in the lyrics of Usman Azim is studied. Artistic images and means of expression in these
poems are analyzed.

Key words:

poetry, folklore, song genre, folklorism, skill, "Bakhshiyona", alla, stylization.

О ВЫРАЖЕНИИ НАРОДНЫХ ПЕСЕН В ТВОРЧЕСТВЕ УСМАНА АЗИМА

Аннотация.

В данной статье исследуется серия лирических стихотворений,

созданных под влиянием народного устного творчества на лирику Усмана Азима.
Анализируются художественные образы и средства выразительности в этих
стихотворениях.

Ключевые слова:

поэзия, фольклор, песенный жанр, фольклоризм, мастерство,

«Бахшиена», алла, стилизация.

She’riyat hamisha xalq og‘zaki ijodidan oziqlanadi. Xalqimiz o‘tmishini, milliy qadriyat,

urf-odatlarini asrlar osha avlodlarga yetkazib berishda xalqimizning betakror ijodi bo‘lgan
folk’lor durdonalarining o‘rni beqiyosdir. Ma’lumki, azal-azaldan yozma adabiyot folklor
ta’sirida rivojlanib kelmoqda. “Kishilarning uzoq asrlar davomida to‘plagan turmush tajribasini
o‘zida mujassamlashtirgan xalq og‘zaki ijodida hayot haqiqati obrazli ifodalangan. Uzoq ijtimoiy-
tarixiy voqelikni o‘zida aks ettirgan folklor namunalarining ijodkori xalqdir”[1:57].

O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim she’riyati[2:353] xalq og‘zaki ijodidan doimo suv

ichgan, uni yozma adabiyotga yangicha ruh bilan sug‘organ she’riyatdir. Shoir ijodining dastlabki
yillaridayoq xalq og‘zaki ijodining go‘zal namunalari bo‘lgan ertak, afsona va dostonlardagi
fol’klor motivlariga murojaat qiladi. Shoir she’riyatining manbalaridan biri Ona tabiat bo‘lsa,
ikkinchisi xalq og‘zaki ijodidir.

Shoir ijod olamiga kirib kelgan o‘tgan asrning 70-80 yillarida Haq va haqiqatni so‘zlay

olish uchun fol’klor motivlaridan foydalanishi, yozma adabiyotning xalq og‘zaki ijodi ta’sirida,
albatta, muallifning ma’lum maqsad-muddaolari ifodasi oddiy va murakkab folklorizmlarda
yorqin namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Shoirning “Baxshiyona” turkumi ” – xalq dostonlari,
“Chapani yoxud jaydari she’rlar” – xalq qo‘shiqlari, “Alpomishning qaytishi” – “Alpomish”
dostoni, “Tosh pari”, “Balladalar”i (Shoir “Saylanma”siga kiritilgan 15 ta ballada)ga ertak
motivlari asos qilib olinadi.

Shoirning “Sog‘inch”(2007) she’rlar kitobidan o‘rin olgan “Qo‘ng‘irot ayollarining

qo‘shiqlaridan” turkumi o‘zbek fol’klorining go‘zal namunasi bo‘lgan ayollar qo‘shig‘ining


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

283

yozma adabiyotdagi badiiy jozibasining yorqin ifodasidir. Ma’lumki, qo‘shiq xalq og‘zaki
ijodining qadimiy va sermahsul turlaridan biridir. Xalq qo‘shiqlarida xalqning ichki kechinmalari,
orzu-istaklari, o‘y-xayollari o‘z aksini topadi. Uning yuqoridagi turkumi ham o‘ziga xosdir.

Shoir o‘zbek xalq ayollarining og‘zaki ijod namunalari guldastasini yozma adabiyotda

qayta ishlash asnosida, avvalo, milliy qadriyatlarimizni va vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlarni
aks ettirsa, ikkinchidan ayol qalbining nozik his tuyg‘ulari, ko‘ngil kechinmalari, dardu
hasratlarini ifodalaydi.

Shamollar oqib yotar, alam yor.
Eshikni qoqib yotar, alam yor,
Hijron degan bir ilon, alam yor
Yurakni chaqib yotar, alam yor [3:186].
Ketmonchopdi kemtigi,
Yorim kelar entikib.
Kulib chiqay yo‘liga,
Olachadan to‘n tikib[3:187]..
Ushbu turkumda garchi she’rlar ayollar kechinmalarini ifodalasa-da, asosiy voqealar

sharhi, undagi she’rlar ayollar nomidan “Baxshiyona” turkumining bosh qahramoni Elbek
baxshi tilidan ijro etilgan. Mazkur turkum mana shu jihatdan “Baxshiyona” turkumi tarkibiga
kiradi. Biroq turkumni birlashtirib turgan ayollar qo‘shiqlari har biri alohida yettita qo‘shiqdan
iborat bo‘lib, unda xalq qo‘shiqlari va dostonlarga xos ifoda yo‘sinda o‘zaro yaqin uyg‘unlik
kuzatiladi. Yuqorida ketirilgan parchadagi misralarda ohangdoshlik xalq qo‘shiqlaridagi ritmga
mos bo‘lib, she’rning ta’sirchanligi va jozibasini oshirgan. Qahramon ruhiy kechinmalari
ifodasini milliy ruhda berishda o‘zbek ayollaridagi sirlilik va nazokat tasviri ham xalqona tarzda
ifodalangan.

Shuningdek, turkumda voqealar rivoji, qahramonlar tavsifi dostonga xos saj’ usulida

berilgan: “

Oyyorug‘ – eshigidan sovchilarini kirgizmagan, uyining oldidan yigitlarni

yurg‘izmagan qiz – birov bilan ishi yo‘q, faqat “oh” urar ekan”

[3:186]

.

“Ayollarning biz eshitmagan qo‘shiqlari ko‘p der edi Elbek baxshi. Erkaklaring tiliga

tushsa qo‘pol tortadi deb bizga eshittirishmaydi

” [3:188].

Mingsuluvning so‘zi bir suluv, o‘zi bir suluv qiz bo‘l- gan ekan. Bir to‘yda “aytishsam,

Kunto‘ra bilan aytisha- man”, deb qolibdi. Do‘mbirani sozlab, yuragi og‘rigan so‘naday bo‘zlab,
aytishuvni boshlabdi [3:190].

Mazkur turkumga tanlangan qahramonlar ismlari ham xalq dostonlari qahramonlari

nomiga yaqin: Oyyorug‘, Qorasoch, Norbibi, Ko‘nglioy, Mingsuluv, Mingchechak, Kunto‘ra,
Turmamat, Mingliyoz kabi.

“Qo‘ng‘irot ayollari qo‘shiqlari” turkumi ayollar qalbining nozik his tuyg‘ulari, ko‘ngil

kechinmalarini tasvirlashda xalq qo‘shiqlaridagi kabi badiiy tasvir va ifoda vositalariga boyligi
bilan ajralib turadi. Turkumdagi qo‘shiqlarning har birida mubolag‘a, sifatlash, metafora,
o‘xshatish, jonlantirish, takrorlar va alletratsiyadan unumli foydalangan:

Terak uchida osmon, alam yor,
Yulduzlar aytar doston, alam yor.
(mubolag‘a, metafora)


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

284

Bog‘ ichinda gul-u barg ochdi daraxt,
Gullariga to‘ymagay ko‘zim qarab.
Bog‘ aro, men ham nechun gul bo‘lmayin,
Kelasan bahor kabi — ko‘ngil talab gul anqir.
[3:189].

Har qaysi ijodkor dunyoni ko‘rishda, uni his qilishda qayta yaratish, ya’ni ijodiy jarayonda

metaforaga murojaat qiladi[5:537]. Xalq qo‘shiqlari ta’sirida yaratilgan yuqoridagi she’riy
parchalarda metaforalar yetakchiligi kuzatiladi. She’rlarning nasriy bayonida ham asosan
metafora, o‘xshatish, takror va alliteratsiya qo‘llaydi: “

Bir kun bir daryo bo'yida, tolning tagida

soyalab yotganimda, bir qizgina ko'zi yoshlanib, dunyoni ko'rmay, narigi qirg'oqqa tumandagi
oyday chiqib keldi”. “Qarasam, Olloyor yasovulning qizi Qarosoch. U daryoga qarabmi, dunyoga
qarabmi, bir qo'shiq aytdi...”

“O‘ziyam Oyyorug‘ osmondan tushganday qiz ekan — na quvishgani bor ekan, na

tug‘ishgani! Faqat ko‘ngli bor ekan, bechora qizni, ko‘ngli!”

Mazkur turkumdagi she’rlar folklorizmlarning namunasi bo‘lib, mavzu jihatdan shoir

individual uslubining betakrorligini namoyon ettiradi.

Shuningdek, Usmon Azim ijodida xalq qo‘shiqlarining eng sermahsul va takrorlanmas turi

bo‘lgan alla janridagi qo‘shiqlarning stilizatsiyasini ko‘rish mumkin. Shuni alohida aytish
mumkinki, avvalo, alla umummilliy qo‘shiqdir. Chunki har bir xalq og‘zaki ijodida mazkur
qo‘shiq ijro qilinadi. Har bir yurtda onalar farzandiga bo‘lgan cheksiz mehr muhabbatini o‘z
qalbining pokiza diltortar navolari bilan jajjigina farzandini orom toptiradi. Usmon Azimning
“Baxshiyona” turkumiga jami 3 alla kiritilgan bo‘lib, ularning ikkitasi “Otamning enasi – Guldona
momo” va “Enamning enasi Hayitgul momomning allasi” deb Elbek baxshi tilidan va bittasi
“Elbek baxshining kelini Gulsum” tilidan aytilgan, ularning har biri alohida badiiy xususiyatlarga
ega. “Guldona momomning allasi”da:

Momosi: “Atir bo‘yli Ma’danim” deb egildi,
Vatan ichra eng go‘zal Vatanim deb egildi alla.
“Enamning enasi Hayitgul momomning allasi”da bolaga ezgu niyatlar tilagan lirik

qahramonning qalbida ayol mehr-muhabbati cheksizligi o‘ziga xos tasvirlanadi:

Oy mo‘ralar eshikda,
Tangrim uxlar beshikda — Allayo, alla.
Yulduzday so‘nmas bo‘lgin,
Eldayin o‘lmas bo‘lgin — Allayo, alla.

Yig‘lasam yoshimda tur,
Vatanday boshimda tur – Allayo, alla [.252.].
Har ikkala alladagi farq bandlar sonida seziladi (5 misra, 3 misra). Bu xalq qo‘shiqlariga

yaqin yengil vaznda, ya’ni misralardagi bo‘g‘inlar soni xalq og‘zaki ijodidagi alla janriga xos 7-
bo‘g‘indan iborat. Biroq, har ikkala allada ham “Baxshiyona” turkumidagi boshqa she’rlardagi
kabi mubolag‘a, o‘xshatish, tashxis, alleteratsiya, saj’ kabi badiiy san’atlar yetakchilik qiladi.

Xalqimizning go‘zal urf-odatlari satrlar bag‘riga shunday singdirib yuborilganki, beixtiyor

o‘quvchini chaqaloqning “beshik”ka solganda yaxshi niyatlar bilan “enasi”, “otasi”, “bobosi”,
“momasi” kabi yaqinlarining ezgu tilaklarida vatanparvarlik tuyg‘usi mujassam ettirgani zavqu


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

285

shavq beradi. O‘zbek xalqida “Bola yo‘rgaklash” savobligi kabi ulug‘ amal esa faxr hissini
uyg‘otadi. Shoir vatanni sevish, uni asrash ham aslida inson tug‘ilganidayoq singdirilishi lozim
degan badiiy maqsadni alla janriga murojaat qilish orqali yanada yorqin ifoda ettiradi.

Xulosa qilib aytganda, o‘tgan asrning 80-yillar ijodida baxshiyona ruhdagi she’rlari bilan

o‘zbek adabiyotida yangi bir yo‘nalish yaratilishiga turtki bo‘lgan shoir Usmon Azim ijodida xalq
qo‘shiqlari o‘z mazmunini yo‘qotmay, yangicha ohanglarda jarang sochadi. Shoir betakror uslubi
orqali xalq og‘zaki ijodining gultoji bo‘lgan qo‘shiqlarning yashovchanligini ta’minlab, yangi-
yangi mavzudagi ijod namunalari yaratishga asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan.

REFERENCES

1.

Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi matbaa
ijodiy uyi, – 2017. – 58- b.

2.

Sultonqulova, F. (2021). Metaphors of colors in Usman Azim poetry. ISJ Theoretical &
Applied Science, 02 (94), 350-353

3.

Usmon Azim. Sog‘inch. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy enskilopediyasi”, 2007. – 200 b.

4.

Usmon Azim. Kuz. –Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti,
2001. – 448 b.

5.

Usmon Azim. Sog‘inch. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy enskilopediyasi”, 2007.–B.172.

6.

Sultonqulova, F. (2020). Metaphorical images in Osman Azim poetry. ISJ Theoretical &
Applied Science, 04 (84), 537-539.

7.

Yuldashev, N.T. (2019). Tradition and novely in Chulpan poetry. ISJ Theoretical & Applied
Science, 12(80), p.576.


References

Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi, – 2017. – 58- b.

Sultonqulova, F. (2021). Metaphors of colors in Usman Azim poetry. ISJ Theoretical & Applied Science, 02 (94), 350-353

Usmon Azim. Sog‘inch. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy enskilopediyasi”, 2007. – 200 b.

Usmon Azim. Kuz. –Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2001. – 448 b.

Usmon Azim. Sog‘inch. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy enskilopediyasi”, 2007.–B.172.

Sultonqulova, F. (2020). Metaphorical images in Osman Azim poetry. ISJ Theoretical & Applied Science, 04 (84), 537-539.

Yuldashev, N.T. (2019). Tradition and novely in Chulpan poetry. ISJ Theoretical & Applied Science, 12(80), p.576.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов