496
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
OZOD SHARAFIDDINOV
Muratova Madina Otabek qizi
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, 31-24 guruh talabasi.
S.S.Abduqahhorov
Ilmiy rahbar.
Elektron pochta:
Saidbokhir@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.17215440
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi, adabiyotshunos va tanqidchi
Ozod Sharafiddinovning hayoti va ijodiy merosi tahlil qilinadi. Uning o‘zbek adabiyotshunosligi
taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, tanqidchilik maktabining rivojida tutgan o‘rni hamda
mustaqillik davrida milliy adabiy tafakkurni shakllantirishdagi faoliyati yoritiladi. Shuningdek,
Sharafiddinovning yosh avlodni tarbiyalashdagi pedagogik qarashlari va ma’naviy
-
ma’rifiy
merosi ilmiy asosda tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar:
Ozod Sharafiddinov, adabiyotshunoslik, tanqidchilik, o‘zbek adabiyoti,
milliy tafakkur, ijodiy meros, ma’naviyat, mustaqillik davri adabiyoti.
Abstract.
This article analyzes the life and scientific-literary heritage of Ozod
Sharafiddinov, a prominent Uzbek literary critic and publicist. His contribution to the
development of Uzbek literary studies, the establishment of critical traditions, and the shaping of
national literary thought during the independence period are thoroughly examined.
Furthermore, Sharafiddinov’s pedagogical views, his role in nurturing the younger generation,
and his moral-educational legacy are highlighted from a scholarly perspective.
Keywords:
Ozod Sharafiddinov, literary criticism, Uzbek literature, national
consciousness, independence period, literary heritage, spirituality, pedagogy.
XX asr o‘zbek adabiyoti va adabiyotshunosligi tarixida o‘zining beqiyos xizmati bilan
chuqur iz qoldirgan yirik adabiyotshunos va tanqidchi Ozod Sharafiddinov milliy adabiy
tafakkurni rivojlantirishda alohida o‘rin egallaydi. U o‘zbek adabiy tanqidchiligi maktabini
shakllantirish, milliy adabiyotning nazariy va amaliy masalalarini chuqur ilmiy asosda tadqiq
etish hamda adabiy jarayonni jahon adabiyoti kontekstida baholash borasida samarali faoliyat
olib borgan ziyolilardan biridir. Sharafiddinovning ilmiy merosi, bir tomondan, sovet davri
mafkuraviy cheklovlari doirasida adabiy jarayonni tahlil qilish tajribasini, ikkinchi tomondan,
mustaqillik davrida milliy ma’naviyat va istiqlol g‘oyalarini adabiy tanqid bilan uyg‘unlashtirish
yo‘lidagi dadil qadamlarni mujassam etadi.
Adabiyotshunos olimning asarlarida o‘zbek adabiy tanqidchiligida ilmiylik va badiiy
-
estetik yondashuv uyg‘unlashgani ko‘zga tashlanadi. U nafaqat adabiy tanqidchi, balki millat
ziyolisi sifatida o‘zbek xalqi ma’naviy
-
ma’rifiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan.
Sharafiddinovning yosh avlodni vatanparvarlik, milliy iftixor va ijodiy erkinlik ruhida
tarbiyalashga qaratilgan qarashlari bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab kelmoqda.
Maqolada Ozod Sharafiddinovning hayoti va ijodiy faoliyatining asosiy bosqichlari,
uning adabiyotshunoslikka qo‘shgan hissasi, milliy adabiy tanqidchilikning shakllanishidagi
o‘rni, shuningdek, mustaqillik davri o‘zbek adabiyotining rivojlanishiga qo‘shgan nazariy va
amaliy hissasi ilmiy tahlil qilinadi.
1
Sharafiddinov, O. Tanqid
–
hayot darsligi.
–
Toshkent: G‘afur G‘u lom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,
1980.
–
B. 45.
2
Sharafiddinov, O. Badiiy tafakkur va zamon.
–
Toshkent: Fan, 1990.
–
B. 62.
497
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Tadqiqot davomida olimning merosini o‘rganish nafaqat adabiyotshunoslik fani uchun,
balki milliy ma’naviyatni yuksaltirishda ham katta ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlanadi.
Muhokama va natijalar:
Ozod Sharafiddinovning adabiy-estetik qarashlarini tahlil
qilish shuni ko‘rsatadiki, uning ijodi o‘zbek tanqidchiligida yangi bosqichni boshlab bergan,
milliy adabiyotning nazariy poydevorini mustahkamlashga xizmat qilgan muhim merosdir.
Sharafiddinovning adabiy tanqidchi sifatidagi asosiy xususiyati, avvalo, ilmiylik va badiiy-
estetik mezonlarni uyg‘unlashtira olganidadir. U badiiy asarni baholashda nafaqat uning
ideologik yoki mafkuraviy yo‘nalishiga, balki san’atkorlik darajasi, obrazlar tizimi, estetik ta’sir
kuchi va milliy ruhni ifodalash darajasiga ham alohida e’tibor qaratdi. Bu jihati bilan u o‘z
davrida tanqidchilik faoliyatini biryoqlama yondashuvlardan xalos etishga harakat qildi.
Sharafiddinovning qarashlarida o‘zbek adabiyotining jahon adabiyoti bilan uzviy
bog‘liqligi masalasi ham muhim o‘rin tutadi. U ko‘plab maqola va kitoblarida G‘arb va Sharq
adabiy tajribalarini qiyosiy o‘rganib, o‘zbek adabiy jarayonini umumjahon madaniy kontekstdan
ajratib bo‘lmasligini ta’kidladi. Bu yondashuv o‘zbek adabiyotshunosligi uchun katta nazariy
ahamiyatga ega bo‘lib, milliy adabiyotni tor hududiy doiradan chiqarib, uni global adabiy
jarayonning muhim bir bo‘lagi sifatida talqin qilish imkonini berdi.
Sharafiddinov ijodining yana bir muhim jihati
–
uning mustaqillik davridagi faoliyatida
yaqqol namoyon bo‘ladi. Sovet mafkurasi bosimidan xoli bo‘lgan davrda u milliy adabiyotni
xalq ruhiyatining, milliy tafakkurning, ma’naviy uyg‘onishning bevosita ifodachisi sifatida tahlil
qildi. Ayniqsa, istiqlol g‘oyalari, erkin fikrlash, milliy qadriyatlarni ulug‘lash, yosh avlodni
mustaqil tafakkur ruhida tarbiyalash masalalarida Sharafiddinovning maqolalari va chiqishlari
alohida e’tiborga molikdir. U adabiy tanqidni faqatgina asarlar tahlili bilan chegaralab qo‘ymay,
balki uni kengroq ijtimoiy-
ma’naviy jarayonlarning tarkibiy qismi sifatida ko‘rdi.
Muhokama jarayonida yana bir asosiy masalani ta’kidlash lozim: Sharafiddinovning
adabiy-tanqidiy merosi nafaqat ilmiy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Uning yozgan
asarlari va nutqlari o‘quvchilarni milliy g‘urur, ma’naviy poklik, vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Shuningdek, u adabiyotshunoslikda erkin fikrlash, mustaqil
tahlil qilish, yangicha qarashlarni ilgari surish kabi tamoyillarni shakllantirib, keyingi avlod
adabiyotshunoslari uchun mustahkam asos yaratib berdi.
Olib borilgan ilmiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Ozod Sharafiddinovning merosini
o‘rganish bugungi kun adabiyotshunoslik fanida bir necha muhim yo‘nalishlarni rivojlantirishga
xizmat qilishi mumkin:
1. Adabiy tanqid metodologiyasini boyitish. Sharafiddinovning qiyosiy tahlilga
asoslangan yondashuvlari zamonaviy adabiyotshunoslikda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan nazariy
asoslarni beradi.
2. Milliy adabiyotning global kontekstdagi o‘rnini belgilash. Uning ilmiy qarashlari
o‘zbek adabiyotini jahon adabiy jarayonining ajralmas qismi sifatida ko‘rsatishda dolzarbdir.
3. Ma’naviy
-
ma’rifiy merosni rivojlantirish. Sharafiddinovning tarbiyaviy qarashlari
bugungi ta’lim
-tarbiya tizimida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida
tarbiyalashda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
3
. Sharafiddinov, O. Istiqlol va adabiyot.
–
Toshkent: Ma’naviyat, 2000. –
B. 17.
4
Qarang: Karimov, I. A. Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch.
–
Toshkent: Ma’naviyat, 1997. –
B. 9.
5
. Jo ‘rayev, T. “Ozod Sha rafiddinovning tanqidiy merosi va adabiyotshunoslikdagi o‘rni”. O‘zbekiston adabiyoti va
san’ati, №23, 2012. –
B. 4.
6
Qodirov, A. “Ozod Sharafiddinov va mustaqillik davri adabiy tanqidchiligi”. Adabiyotshunoslik jurnali, 2018,
№2(4). –
B. 47.
498
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Xulosa qilib aytganda, Ozod Sharafiddinovning adabiyotshunoslik va tanqidchilikdagi
faoliyati nafaqat o‘z davri uchun, balki bugungi kun uchun ham ilmiy va ma’naviy ahamiyatini
saqlab qolmoqda. Uning asarlari, ilmiy qarashlari va ma’naviy merosi o‘zbek
adabiyotshunosligining taraqqiyotida yangi izlanishlar uchun mustahkam zamin yaratadi. Shu
boisdan, Sharafiddinov merosini chuqur va tizimli o‘rganish kelajakda adabiyotshunoslik
fanining yanada rivojlanishi, yosh avlodning milliy g‘oya va ma’naviyat ruhida tarbiyalanishi
uchun muhim omil bo‘lib qolaveradi.
Ozod Sharafiddinov
–
adabiyot va tanqidchilik fidoyisi
O‘zbek adabiy muhitida o‘zining serqirra faoliyati bilan alohida o‘rin tutgan Ozod
Sharafiddinov xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, adabiyot va ilm sohalarida yangi fikrlar
targ‘ibotchisi sifatida katta hissa qo‘shgan ijodkordir. U adabiy tanqidchi, tarjimon, notiq va
jamoat arbobi sifatida faoliyat yuritib, o‘zining ilk taqriz va maqolalaridanoq zukkoligi va
bilimdonligini namoyon etdi.
Sharafiddinov adabiy tanqid nazariyasini mukammal o‘zlashtirgan, janr va shakllarni
teran farqlay olgan munaqqid edi. Abdulla Qahhor ta’kidlaganidek, u adabiyot ilmiga chin ixlos
bilan kirib kelgan va umrining oxirigacha shu samimiy fazilatni saqlab qolgan. Munaqqidning
“Lirika haqida mulohazalar” maqolasi (1950
-yillar ikkinchi yarmi) uni keng adabiy
jamoatchilikka tanitgan bo‘lsa, nomzodlik dissertatsiyasi (“Hozirgi o‘zbek sovet poemalari”,
1955) o‘zbek she’riyati taraqqiyotini tahlil qilishdagi ilmiy qobiliyatini yaqqol ko‘rsatib berdi.
Keyinchalik u “Zamon, qalb, poeziya” (1962), “Adabiy etyudlar” (1968), “Bayroqdorlar”
(1974), “Mahorat saboqlari” (1975), “Birinchi mo‘jiza” (1979), “Hayot bilan hamnafas” (1983),
“Ijodni anglash baxti” (2004), “Domlalar” (2009) kabi qator asarlari orqali adabiy jarayonning
dolzarb muammolarini tahlil qildi.
Sharafiddinov ijodida poeziya muammolari, o‘zbek she’riyatining holati va o‘ziga xos
jihatlari markaziy o‘rinda turadi. “Talant –
xalq mulki” (1979), “Adabiyot –
hayot darsligi”
(1980), “Go‘zallik izlab” kabi asarlari bunga yorqin misoldir. U Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla
Qahhor, Zulfiya, Mirtemir, Maqsud Shayxzoda, Odil Yoqubov va boshqa ko‘plab ijodkorlarning
adabiy portretlarini yaratib, ularning asarlari hamda badiiy olamini tahlil qilgan. Jumladan,
Oybek lirikasi haqida “uning qalb tebranishlarini eng nozik qatlamlarigacha ifodalay olgan” deb
ta’riflagan bo‘lsa, G‘afur G‘ulom ijodini xalqchilligi va ko‘p qirraliligi bilan alohida baholagan.
Sharafiddinovning Cho‘lpon haqidagi tadqiqotlari esa o‘zbek adabiyotshunosligida
alohida ahamiyat kasb etadi. “Cho‘lpon” nomli kitobi shoir merosiga bag‘ishlangan ilk ilmiy
-
tahliliy ish sifatida o‘z vaqtida katta voqea bo‘lgan. U Cho‘lponni anglashni “so‘z san’atining
botiniy qonuniyatlarini anglash, Vatanni Cho‘lpon ko‘zi bilan ko‘rib, uning yuragi bilan sevish”
deb izohlagan.
Munaqqidning tanqidchilik haqidagi qarashlari ham diqqatga sazovor. “Tanqidchilik
kasbi haqida” maqolasida u tanqidchidan mas’uliyat, halollik va san’atkorlik talab etilishini
uqtiradi.
7
Rasulov,
B. O‘zbek adabiyotida tanqidchilik maktabining shakllanishi. –
Toshkent: Fan va
texnologiya, 2020.
–
B. 134.
499
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Uning fikricha, tanqidchi asarning nuqsonini ko‘rsatishdan tashqari, undagi yashirin
go‘zallikni ochib berishi lozim. Shu sababdan ham u “tanqid –
bu badiiy asardagi yashirin
go‘zallikni kashf etish san’ati” deb ta’rif beradi.
Sharafiddinovning ijtimoiy hayotga oid qarashlari ham dadil edi. “E’tiqodimni nega
o‘zgartirdim” maqolasida partiya faoliyatida duch kelgan nohaqlik va yolg‘onlarni ochiq tanqid
qiladi. U o‘zining va onasining partiyadagi faoliyatidan misollar keltirib, haqiqatparvarlik va
adolatga intilishdagi qat’iyatini namoyon etgan.
Munaqqidning “She’r ko‘p, ammo shoirchi?” maqolasi esa bugungi she’riyatdagi
o‘rtamiyonachilik muammosini ko‘tarib chiqadi. Unga ko‘ra, haqiqiy shoir she’rni qalban his
qilishi, vijdon va e’tiqod bilan ijod qilishi shart. “Shoirlik –
bu mas’uliyat, uyg‘oqlik va
bezovtalikdir” degan xulosasi tanqidchining badiiy
-estetik qarashlarini ifodalaydi.
Sharafiddinov o‘zbek tanqidchiligini nafaqat asarlar, balki tarjimalar orqali ham boyitdi.
U L.Tolstoyning “Iqrornoma”si, P.Koelo asarlari, A.Sevela qissalarini o‘zbek
kitobxoniga yetkazib, xalqimizning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi. Tarjima uning
uchun oddiy kasb emas, balki ma’naviy missiya edi.
Adabiyotshunos A.Rasulov uni “o‘zbek tanqidchilik qozonida qaynagan munaqqid”
sifatida ta’riflasa, Matyoqub Qo‘shjonov Sharafiddinovning cho‘rtkesarligi va haqiqatgo‘yligini
uning asosiy fazilatlari deb baholaydi. Haqiqatan ham, Ozod Sharafiddinov o‘z hayotini va butun
iste’dodini ilm, adabiyot va xalq xizmatiga bag‘ishlagan, adabiy tanqidchiligimiz tarixida
o‘chmas iz qoldirgan siymolardan biridir.
Xulosa:
Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Ozod Sharafiddinov o‘zbek
adabiyotshunosligi va tanqidchilik tarixida o‘chmas iz qoldirgan yirik adabiyotshunos, ziyoli va
ma’naviyat fidoyisi sifatida e’tirof etiladi. Uning ijodiy merosi nafaqat adabiy jarayonni tahlil
qilishda, balki milliy tafakkur va ma’naviyatni yuksaltirishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Sharafiddinovning asarlarida ilmiylik, estetik yondashuv va ijtimoiy-
ma’naviy mas’uliyat
uyg‘unlashib, o‘zbek adabiy tanqidchiligiga yangicha mazmun olib kirdi.
Sharafiddinovning faoliyati uch asosiy yo‘nalishda alohida qadrlanadi:
1. Adabiyotshunoslik va tanqidchilikdagi ilmiy izlanishlari. U adabiy asarlarni chuqur
tahlil qilish, ularning estetik va g‘oyaviy qiymatini baholashda mustaqil metodologiya yaratdi.
2. Milliy adabiyotning jahon adabiy jarayoni bilan bog‘liqligi. Olimning qarashlari
o‘zbek adabiyotining xalqaro miqyosdagi o‘rnini belgilashda muhim nazariy asos bo‘ldi.
3. Ma’naviy
-
ma’rifiy merosi. Sharafiddinov yosh avlodni vatanparvarlik, erkin fikrlash
va milliy iftixor ruhida tarbiyalashni o‘zining asosiy burchi deb bildi.
Uning ijodiy merosi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib,
adabiyotshunoslik fani uchun yangi ilmiy izlanishlarga, milliy g‘oya va ma’naviyatni
rivojlantirish uchun esa amaliy dastur sifatida xizmat qilmoqda. Shu sababli Ozod Sharafiddinov
merosini yanada chuqur o‘rganish, uni ta’lim va tarbiya jarayoniga keng joriy etish dolzarb ilmiy
va ijtimoiy vazifa bo‘lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1.
Sharafiddinov, O. (1980). Tanqid
–
hayot darsligi. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti.
2.
Sharafiddinov, O. (1990). Badiiy tafakkur va zamon. Toshkent: Fan.
3.
Sharafiddinov, O. (2000). Istiqlol va adabiyot. Toshkent: Ma’naviyat.
4.
Karimov, I. A. (1997). Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat.
500
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
5.
Jo‘rayev, T. (2012). Ozod Sharafiddinovning tanqidiy merosi va adabiyotshunoslikdagi
o‘rni. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi, №23.
6.
Qodirov, A. (2018). Ozod Sharafiddinov va mustaqillik davri adabiy tanqidchiligi.
Adabiyotshunoslik jurnali, 2(4), 45
–
53.
7.
Rasulov, B. (2020). O‘zbek adabiyotida tanqidchilik maktabining shakllanishi. Toshkent:
Fan va texnologiya.
8.
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. (2005). Ozod Sharafiddinov. Toshkent: O‘zME
nashriyoti.
