Authors

  • Zarina Yusupova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137145

Keywords:

speech culture ethical communication linguopragmatics forms of address cultural context communicative competence softened command modality.

Abstract

This article analyzes the linguopragmatic features of speech culture and ethical communication tools in Uzbek and English languages. It studies differences in politeness strategies, address forms, apology expressions, and cultural norms influencing communication. The findings highlight how understanding these features contributes to effective intercultural communication and helps avoid pragmatic failures in dialogue between speakers of the two languages. It focuses on polite and softened commands, permission, and wish expressions in both languages. The study aims to reveal cultural and pragmatic nuances that influence communicative behavior, highlighting the importance of linguistic politeness in cross-cultural communication and language teaching.

background image

172

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA NUTQ MADANIYATI HAMDA ETIK MULOQOT

VOSITALARINING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Yusupova Zarina Tuxtamurodovna

Webster universiteti magistri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17312417

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida nutq madaniyati hamda etik

muloqot vositalarining lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tillararo nutq madaniyati
me’yorlari, odob-axloq shakllari, murojaat va uzr ifodalari, shuningdek, ijtimoiy-madaniy
kontekstdagi farqlar o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari o‘zaro muloqotda madaniy kompetensiyani
shakllantirish va kommunikativ xatoliklarni kamaytirish uchun nazariy hamda amaliy ahamiyat
kasb etadi. Ayniqsa, yumshoq buyruq, iltimos, ruxsat, istak kabi modal va pragmatik ifodalar
solishtirilib, ularning madaniy kontekstdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot muloqot jarayonida
nutqning nozik ma’no qatlamlarini, odobiylik va muloyimlik darajasini aniqlashga qaratilgan
bo‘lib, tilshunoslik va til o‘qitish amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar:

nutq madaniyati, etik muloqot, lingvopragmatika, murojaat shakllari,

madaniy kontekst, kommunikativ kompetensiya

,

yumshoq buyruq, modal ifoda.

КУЛЬТУРА РЕЧИ И ЛИНГВОПРАГМАТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ

ЭТИЧЕСКИХ СРЕДСТВ КОММУНИКАЦИИ В УЗБЕКИСТАНЕ И АНГЛИЙСКОМ

ЯЗЫКАХ

Аннотация.

В данной статье анализируются лингвопрагматические особенности

культуры речи и средств этической коммуникации в узбекском и английском языках.

Изучаются нормы межъязыковой культуры речи, формы этикета, обращения и

извинения, а также различия в социокультурных контекстах. Результаты исследования
имеют теоретическое и практическое значение для формирования культурной
компетенции в общении и снижения коммуникативных ошибок. В частности,
сравниваются модальные и прагматические выражения, такие как вежливые приказы,
просьбы, разрешения и пожелания, и освещается их роль в культурном контексте.

Исследование направлено на выявление тонких смысловых уровней речи в процессе

общения, уровня вежливости и обходительности и имеет большое значение в практике
лингвистики и преподавания иностранных языков.

Ключевые слова:

культура речи, этическая коммуникация, лингвопрагматика,

формы обращения, культурный контекст, коммуникативная компетенция, мягкая
команда, модальное выражение.

SPEECH CULTURE AND LINGUVOPRAGMATIC FEATURES OF ETHICAL

COMMUNICATION MEANS IN UZBEKISTAN AND ENGLISH

Annotation.

This article analyzes the linguopragmatic features of speech culture and

ethical communication tools in Uzbek and English languages. It studies differences in politeness
strategies, address forms, apology expressions, and cultural norms influencing communication.

The findings highlight how understanding these features contributes to effective

intercultural communication and helps avoid pragmatic failures in dialogue between speakers of
the two languages. It focuses on polite and softened commands, permission, and wish
expressions in both languages. The study aims to reveal cultural and pragmatic nuances that
influence communicative behavior, highlighting the importance of linguistic politeness in cross-
cultural communication and language teaching.


background image

173

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Keywords:

speech culture, ethical communication, linguopragmatics, forms of address,

cultural context, communicative competence

,

softened command, modality.

Kirish

Til — insonning jamiyatdagi asosiy muloqot vositasi bo‘lib, uning madaniyati va

ma’naviy dunyosini ifoda etadi. Har bir xalqning nutq madaniyati va muloqotdagi etik qoidalari
o‘ziga xos bo‘lib, ular milliy mentalitetni namoyon etadi. O‘zbek tilida muloqot jarayonida
hurmat, kamtarlik va yumshoqlik ustuvor o‘rinda turadi, ingliz tilida esa shaxsiy hudud va
mustaqillikka e’tibor kuchli sanaladi.

Tilshunoslikning lingvopragmatika yo‘nalishi aynan shu muloqot jarayonidagi til

birliklarining maqsadga muvofiqligini o‘rganadi. O‘zbek va ingliz tillarida etik muloqot
shakllarining tahlili ikki tildagi madaniy-pragmatik tafovutlarni ochishga imkon berad i.Nutq
madaniyati muloqotning nafaqat grammatik, balki madaniy va psixologik tomonlarini ham o‘z
ichiga oladi. Har bir millat o‘z tilida muloyimlik, hurmat, va odobni ifodalashning o‘ziga xos
usullarini yaratgan. Shu jihatdan o‘zbek va ingliz tillarida etik muloqot vositalarining
lingvopragmatik tahlili

zamonaviy tilshunoslikda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Asosiy qism

Etik muloqotda murojaat shakllari, salomlashish, minnatdorchilik, uzr so‘rash va

vidolashish madaniy ahamiyatga ega. O‘zbek tilida: “Assalomu alaykum”, “Rahmat”, “Uzr
so‘rayman”, “Xayr, sog‘ bo‘ling” kabi shakllar odob-axloqning ko‘zgusi hisoblanadi. Ingliz
tilida: “Hello”, “Thank you”, “I’m sorry”, “Goodbye” kabi shakllar muloqotning muhim
unsurlari bo‘lib, ular ham ijtimoiy vaziyatga qarab tanlanadi. Bundan tashqari, intonatsiya,
mimik va kinestik vositalar ham etik muloqotning lingvopragmatik tizimida muhim o‘rin tutadi.

Etik muloqot vositalari — salomlashish, murojaat, uzr so‘rash, minnatdorchilik bildirish

va vidolashish — insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatni belgilovchi, milliy madaniyat va
kommunikativ qadriyatlarning ifodasi sifatida muhim lingvopragmatik ahamiyatga ega. Ushbu
birliklar nafaqat nutq madaniyatining ko‘zgusi, balki xalqning axloqiy dunyoqarashi, psixologik
madaniyati va milliy identitetini ham aks ettiradi. Shu sababli, o‘zbek va ingliz tillaridagi etik
muloqot shakllarini qiyosiy tahlil qilish madaniyatlararo kommunikatsiya uchun dolzarb masala
hisoblanadi.

Salomlashishning lingvopragmatik xususiyatlari muloqotning boshlanish nuqtasi bo‘lib, u

ijtimoiy masofa, hurmat darajasi va ijtimoiy maqomni bildiradi.O‘zbek tilida salomlashish
odatda diniy-axloqiy ildizlarga ega:

“Assalomu alaykum”

(“Sizga tinchlik bo‘lsin”) iborasi islom

madaniyatidan kirib kelgan va barcha ijtimoiy vaziyatlar uchun universal shakl hisoblanadi. Shu
bilan birga,

“Salom”

,

“Hayrli tong”

,

“Xush kelibsiz”

,

“Yaxshi yuribsizmi?”

kabi variantlar

kontekstga qarab farqlanadi. O‘zbek tilida vaqt kategoriyasi salomlashuvda muhim o‘rin
tutmaydi, ya’ni

“Assalomu alaykum”

tongda ham, kechqurun ham, rasmiy ham, norasmiy

holatda ham ishlatilaveradi. Bu hol xalqning muloqotda vaqt emas, insoniy ehtiromni ustuvor
qo‘yish madaniyatini ko‘rsatadi.Ingliz tilida esa salomlashish shakllari aniq vaqt bilan
bog‘langan:

“Good

morning”

(ertalab

soat

12:00gacha),

“Good

afternoon”

(tushdan

keyin),

“Good evening”

(kechqurun),

“Good night”

(xayrlashishda). Bu iboralar so‘zlovchining

suhbatdoshga nisbatan e’tiborini, vaziyatning aniqligini va vaqtga sezgirligini ko‘rsatadi. Ingliz
tili muloqotida vaqt omili madaniy jihatdan tartib-intizom, aniqlik va shaxsiy chegaralarga
hurmatni bildiradi.


background image

174

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Pragmatik farq: o‘zbekcha

“Assalomu alaykum”

rasmiy, samimiy va diniy jihatdan

neytral bo‘lishi mumkin, inglizcha

“Hello”

esa vaqt bilan bog‘liq bo‘lmaydi, ammo pragmatik

jihatdan norasmiyroqdir. “Assalomu alaykum”da mehr, ehtirom va duolik unsuri kuchli, “Hello”
esa faqat aloqa o‘rnatish vositasi. Shu bois bu ikki shakl semantik jihatdan yaqin bo‘lsa-da,
pragmatik qiymati turlicha hisoblanadi.

Vidolashishning madaniy-semantik farqlari haqida fikr yuritilar ekan, vido so‘zi

xayrlashuv, muloqot yakunini bildirsa-da, ular orqali suhbatdoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy yaqinlik
darajasi ham ifodalanadi. O‘zbek tilida “Xayr”, “Sog‘ bo‘ling”, “Ko‘rishguncha”, “Omad sizga
yor bo‘lsin”, “Yaxshi boring” kabi shakllar keng qo‘llanadi. Ularning barchasi semantik jihatdan
ezgu tilak, duo va hurmat ma’nosini o‘zida mujassam etgan. Masalan, “Sog‘ bo‘ling” —
suhbatdoshning salomatligi uchun tilak; “Ko‘rishguncha” — kelajakdagi uchrashuvga umid
ifodasi aks etgan.

Ingliz tilida esa “Goodbye”, “See you”, “Take care”, “Have a nice day”, “Good night”

kabi iboralar ishlatiladi.

“Goodbye”

— rasmiy, neytral;

“See you (later/tomorrow)”

- samimiy,

tanishlar o‘rtasida;

“Take care”

— g‘amxo‘rlik ifodasi;

“Have a nice day”

— ijobiy kayfiyat

bildirish;

“Good night”

— faqat kechqurun yoki uyqudan oldin. Vaqt bilan bog‘liq farq

shundaki, ingliz tili vidolashuvda vaqtni aniq belgilaydi (

“See you tomorrow”

), o‘zbek tilida esa

vaqt ko‘rsatkichlari ixtiyoriy, muloqotda emotsional-tilak ohangi ustuvorligini ko’rsanadi.

Pragmatik jihatdan “Sog‘ bo‘ling” va “Take care” ma’nodosh, lekin “Sog‘ bo‘ling”

duolik (duo) xarakterida, “Take care” esa psixologik e’tibor belgisi sifatida ishlatiladi.
“Ko‘rishguncha” esa ingliz tilida to‘la ekvivalentga ega emas, chunki u umid va mehr ifodasi
bilan bog‘liq.

Qiyosiy tahlil natijasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: o‘zbek tili etik muloqotida

ehtirom, iliqlik, diniy-madaniy qadriyatlar va ijtimoiy ierarxiya asosiy omil bo‘lib xizmat
qiladi.Ingliz tili esa shaxsiy erkinlik, masofa va vaqtga asoslangan neytral muloqot modeliga
tayanadi. “Assalomu alaykum” – “Hello”, “Sog‘ bo‘ling” – “Take care”, “Uzr so‘rayman” –
“I’m sorry” kabi birliklar semantik jihatdan yaqin, ammo pragmatik qiymati turlicha hisoblanadi.

Brown va Levinsonning

Politeness Theory

asosida o‘zbek tili positive politeness

(yaqinlik orqali hurmat), ingliz tili esa negative politeness (masofa orqali hurmat) modeliga
yaqin turadi.

Nutq madaniyati – bu til birliklaridan to‘g‘ri, aniq, mantiqan izchil va madaniy tarzda

foydalanish san’atidir. Lingvopragmatik jihatdan esa bu jarayon nutqning kommunikativ
maqsadi va ijtimoiy kontekstiga mos kelishini talab etadi. Masalan, ingliz tilida

“Could you

please...”

yoki

“Would you mind...”

kabi yumshoq iltimoslar madaniyatning xushmuomalalik

me’yorini ifodalasa, o‘zbek tilida “Iltimos”, “Marhamat”, “Agar e’tirozingiz bo‘lmasa”,
”Lutfan”, ”Maylimi?” kabi shakllar qo‘llaniladi.

Yumshoq buyruq shakllari va ularning lingvopragmatik funksiyasi o‘zbek tilida

buyruqning yumshatilgan shakllari ko‘pincha so‘roq yoki taklif ko‘rinishida ifodalanadi:
masalan,“Suriling” o‘rniga → “Surilib o‘tirolmaysizmi?” “Kiring” o‘rniga → “Kirish
mumkinmi?” “Jim bo‘ling” o‘rniga → “Balki biroz tinchroq o‘tirarmiz?” Bu ifodalar buyruq
ma’nosini yumshatish, hurmat bildirish va muloqotdagi muvozanatni saqlash vazifasini bajaradi.

Ingliz tilida shunga o‘xshash holatlar

modal

va

indirect request

orqali ifodalanadi:

“Could

you please move a bit?”

— “Surilib o‘tirolmaysizmi?”

“Would you mind sitting down?”

“O‘tirsangiz bo‘ladimi?”

“Let’s keep it quiet, shall we?”

— “Keling, biroz jim bo‘lamizmi?” Bu

ifodalarda modal fe’llar (could, would, may) orqali buyruqning to‘g‘ridan-to‘g‘ri keskinligi


background image

175

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

kamaytiriladi. Shunday qilib, iltimos ohangi kuchayadi, buyruq ma’nosi esa pragmatik jihatdan
yumshatiladi.

“Mumkin” orqali ifodalangan ruxsat va iltimos modalizatsiyasi o‘zbek tilida “mumkin”

so‘zi ruxsat, imkoniyat va muloyimlik ma’nolarini bildiradi: “Qolishing mumkin.” → (Ruxsat
ma’nosida)

.

“So‘rashing mumkin.” → (Imkoniyat ma’nosida)

.

Bu o‘rinda “mumkin” so‘zi

subyektiv baho bilan bog‘lanadi: aytuvchi tinglovchiga imkon va hurmat beradi. Ingliz tilida bu
holat

“may”

yoki

“can”

bilan ifodalanadi:

“You may stay.”

— “Qolishing mumkin”.

“You can

ask”

. — “So‘rashing mumkin.”. Farqi shundaki,

may

— rasmiyroq,

can

esa kundalik muloqotda

ko‘proq ishlatiladi. Shunday qilib, “mumkin” o‘zbek tilida semantik jihatdan har ikkisini qamrab
oladi.

Taklif ohangidagi yumshoqlik: “Keling... qilaylik” shakllari o‘zbek tilida taklifni

ifodalash uchun 1-shaxs ko‘plikdagi “qilaylik” shakli ishlatiladi: “Keling, boshlaylik”.“Keling,
suhbatni davom ettiraylik”. Bu shakllar buyruqdan farqli ravishda hamkorlikni bildiradi, shuning
uchun muloqot ohangi iliq va do‘stona bo‘ladi. Ingliz tilida bu “Let’s + infinitive” shakli bilan
beriladi:

“Let’s start”

.

“Let’s continue our talk”

. Bu ham “biz birgalikda qilaylik” degan taklif

ohangini ifodalaydi, shu bilan tengdosh muloqot uslubini yaratadi.

Uzr so‘rashning madaniy-pragmatik ifodasi nutqiy xatti-harakat sifatida madaniyatning

axloqiy qadriyatlarini namoyon etadi.

O‘zbek tilida “Uzr so‘rayman”, “Kechirasiz”, “Kechiring iltimos”, “Sizni kutdirib

qo‘ydim, uzr” kabi shakllar ishlatiladi. Bu iboralar, ayniqsa, kattalarga nisbatan ishlatilganda,
nafaqat aybni tan olish, balki hurmatni bildiruvchi muomala shaklidir. O‘zbek tilida uzr so‘rash
ko‘pincha yumshoqlashtirilgan buyruqlar orqali ham ifodalanadi. Masalan: “Surilib
o‘tirmaysizmi?” — aslida buyruq

“Suriling”

ma’nosida, lekin so‘roq ohangi yordamida iltifotli

taklifga aylanadi. “Shu derazani ochib yubormaysizmi?” —

“Oching”

so‘zi yumshoq tarzda

ifodalangan. “So‘rashib olaylikmi?” — “Keling, salomlashaylik”ning yumshoqlashtirilgan
shakli.

Ingliz tilida uzr so‘rash ko‘proq

ruxsat so‘rash yoki noqulaylik uchun kechirim bildirish

ma’nosini oladi:

“I’m sorry”

— hissiy, samimiy kechirim (strong apology),

“Excuse me”

kimnidir to‘xtatish yoki e’tiborini jalb etish,

“Pardon me”

—odobli, rasmiy kechirim,

“My

apologies”

— rasmiy, yozma uslubga xos. Bu yerda pragmatik tafovut shundaki, inglizcha

“I’m

sorry”

shaxsiy mas’uliyatni bildiradi, o‘zbekcha

“Uzr so‘rayman”

esa ijtimoiy hurmat va

samimiyatni ifodalaydi. Shuningdek, o‘zbek tili madaniyatida kechirim so‘rashda tana harakati
(bosh egish, jilmayish) muhim rol o‘ynaydi, ingliz madaniyatida esa verbal ifoda yetarlidir.

Istak va orzu ifodalari: “Oh bo‘lsaydi”, “Qaniydi” shakllari o‘zbek tilida istak, armon

yoki orzu bildiruvchi ifodalar nutqqa hissiylik beradi: “Oh qaniydi, yana uchrashganimizda”.

“Qaniydi, vaqt ko‘proq bo‘lsa”. Ingliz tilida bu holatlar

“I wish”

yoki

“If only”

yordamida ifodalanadi:

“I wish we could meet again”

.

“If only I had more time”

. Bu ifodalar

nereal yoki orzuviy holatni bildiradi, lekin nutq madaniyati nuqtayi nazaridan ular muloqotda
samimiylik va emotsional yaqinlik yaratadi.

Lingvopragmatik tahlil natijalari har ikki tilda yumshoq buyruq, taklif, ruxsat, va istak

ifodalari tilning ijtimoiy vazifasi bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbek tilida hurmat, kattaga itoat,
ijtimoiy masofa muhim bo‘lsa, ingliz tilida shaxsiy erkinlik va tenglik ustuvor. Shu bois,
inglizcha

“Could you please close the door?”

bilan o‘zbekcha “Iltimos, eshikni yopasizmi?”

shaklan farqli, ammo pragmatik maqsadi bir xil — madaniyatli muomala.


background image

176

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

O‘zbek va ingliz tillarida nutq madaniyati vositalarining namunalari shuni ko‘rsatadiki,

har ikki tilda yumshoq, iltimos va modal shakllar lingvopragmatik yumshatuvchi vosita sifatida
xizmat qiladi. Ular muloqot jarayonida ijobiy munosabatni shakllantirish, ziddiyatlarni oldini
olish va madaniyatlararo kommunikatsiyani yengillashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois bu
sohani chuqur o‘rganish til o‘qitish, tarjima, hamda nutq madaniyati fanlarida amaliy ahamiyatga
ega.

O‘zbek va ingliz tillarida nutq madaniyati farqlari ko‘pincha pragmatik xatoliklarga

sabab bo‘ladi. Masalan, o‘zbek muloqotida ortiqcha samimiyat ijobiy qabul qilinsa, ingliz tilida
bu “shaxsiy hayotga aralashish” sifatida talqin qilinishi mumkin. Shu bois til o‘rganishda
madaniy kompetensiya til bilimining ajralmas qismi sifatida o‘rgatilishi zarur. O‘zbek va ingliz
tillarida nutq madaniyati va etik muloqot vositalarining lingvopragmatik tahlili shuni
ko‘rsatadiki, har ikki til o‘ziga xos madaniy qadriyatlarni aks ettiradi. Bu sohada olib borilgan
izlanishlar xorijiy tillarni o‘rganishda pragmatik moslashuvni oshirishga, o‘zaro muloqotda
madaniyatlararo tushunishni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar

:

1.

Brown, P., & Levinson, S. C. (1987).

Politeness: Some Universals in Language Usage.

Cambridge University Press.

2.

Leech, G. (2014).

The Pragmatics of Politeness.

Oxford University Press.

3.

Crystal, D. (2019).

The Cambridge Encyclopedia of the English Language.

Cambridge

University Press.

4.

G‘ulomova, M. (2020).

Nutq madaniyati asoslari.

Toshkent: Fan.

5.

Karimova, N. (2022).

Til va madaniyatning o‘zaro ta’siri.

Toshkent: O‘qituvchi.

6.

Omonov, B. (2021). “O‘zbek tilida etik muloqot shakllarining lingvopragmatik tahlili.”

Filologiya masalalari jurnali.


References

Brown, P., & Levinson, S. C. (1987). Politeness: Some Universals in Language Usage. Cambridge University Press.

Leech, G. (2014). The Pragmatics of Politeness. Oxford University Press.

Crystal, D. (2019). The Cambridge Encyclopedia of the English Language. Cambridge University Press.

G‘ulomova, M. (2020). Nutq madaniyati asoslari. Toshkent: Fan.

Karimova, N. (2022). Til va madaniyatning o‘zaro ta’siri. Toshkent: O‘qituvchi.

Omonov, B. (2021). “O‘zbek tilida etik muloqot shakllarining lingvopragmatik tahlili.” Filologiya masalalari jurnali.