Authors

  • Zarina Yusupova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137191

Keywords:

nutq akti lingvopragmatika muloqot illokutiv akt madaniyat nutq etiketi til strategiyasi.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida muloqot jarayonida qo‘llaniladigan nutq aktlarining lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda J. L. Austin va J. R. Searle tomonidan ilgari surilgan nutq aktlari nazariyasi asosida ikki tilga xos illokutiv, perlokutiv va lokutiv aktlarning o‘xshash va farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, madaniy omillar nutq aktlarining qo‘llanishiga qanday ta’sir etishi, xususan, “iltimos”, “rad etish”, “maqtov”, “ogohlantirish” kabi nutq harakatlarining milliy-pragmatik talqinlari tahlil etiladi. Ishda illokutiv aktlarning madaniy, ijtimoiy, yosh, makon va vaziyat omillariga bog‘liqligi ochib beriladi. “Rahmat”, “iltimos”, “kechirasiz” kabi etik birliklar ingliz tilidagi “thank you”, “please”, “sorry” shakllari bilan qiyoslanadi. J. L. Austin, J. R. Searle, G. Yule, Sh. Rahmatullayev va N. Mahmudov kabi olimlarning tadqiqotlariga tayanilgan holda, nutq aktlarining madaniyatlararo o‘zgaruvchan tabiati ilmiy asosda yoritiladi.

background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

37

NUTQ AKTLARI NAZARIYASI ASOSIDA MULOQOTNING LINGVOPRAGMATIK

XUSUSIYATLARI O’ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA

Yusupova Zarina Tuxtamurodovna

Webster universiteti magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.17316730

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida muloqot jarayonida

qo‘llaniladigan nutq aktlarining lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda J. L.
Austin va J. R. Searle tomonidan ilgari surilgan nutq aktlari nazariyasi asosida ikki tilga xos
illokutiv, perlokutiv va lokutiv aktlarning o‘xshash va farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,
madaniy omillar nutq aktlarining qo‘llanishiga qanday ta’sir etishi, xususan, “iltimos”, “rad
etish”, “maqtov”, “ogohlantirish” kabi nutq harakatlarining milliy-pragmatik talqinlari tahlil
etiladi. Ishda illokutiv aktlarning madaniy, ijtimoiy, yosh, makon va vaziyat omillariga bog‘liqligi
ochib beriladi. “Rahmat”, “iltimos”, “kechirasiz” kabi etik birliklar ingliz tilidagi “thank you”,
“please”, “sorry” shakllari bilan qiyoslanadi. J. L. Austin, J. R. Searle, G. Yule, Sh.
Rahmatullayev va N. Mahmudov kabi olimlarning tadqiqotlariga tayanilgan holda, nutq
aktlarining madaniyatlararo o‘zgaruvchan tabiati ilmiy asosda yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

nutq akti, lingvopragmatika, muloqot, illokutiv akt, madaniyat, nutq etiketi,

til strategiyasi.

Abstract.

This article analyzes the linguo-pragmatic features of speech acts used in

communication in Uzbek and English. Based on the Speech Act Theory proposed by J. L. Austin
and J. R. Searle, the study examines the similarities and differences between illocutionary,
perlocutionary, and locutionary acts in both languages. It also explores how cultural factors
influence the use of speech acts, particularly the national-pragmatic interpretations of
communicative actions such as requests, refusals, compliments, and warnings. The research
reveals the dependence of illocutionary acts on cultural, social, age-related, spatial, and
situational factors. Politeness expressions such as “rahmat,” “iltimos,” and “kechirasiz” in
Uzbek are compared with their English equivalents “thank you,” “please,” and “sorry.” Drawing
on the works of J. L. Austin, J. R. Searle, G. Yule, Sh. Rahmatullayev, and N. Mahmudov, the
article scientifically substantiates the cross-cultural variability of speech acts.

Keywords:

speech act, linguo-pragmatics, communication, illocutionary act, culture,

speech etiquette, language strategy.


Nutq aktlari nazariyasi pragmalingvistika yo‘nalishining markaziy tushunchalaridan

biridir. J. L. Austin tomonidan ilgari surilgan bu nazariya shundan iboratki, har bir nutq birligi
nafaqat ma’no ifodalaydi, balki ma’lum bir amalni bajaradi. Masalan, “Men seni ogohlantiraman”
degan ibora nafaqat xabar beradi, balki real muloqot jarayonida ogohlantirish aktini ham bajaradi.
J. L. Austin (1962) “How to Do Things with Words” asarida nutq orqali bajariladigan amal
g‘oyasini ilgari surgan. U lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlarni farqlaydi. Keyinchalik J. R.
Searle (1969) bu nazariyani rivojlantirib, nutq aktlari turlarini buyruq, iltimos, va’da, rad etish,
ogohlantirish

kabi

matniy

ma’nolariga

ko’ra

tizimlashtirgan.

Masalan, illokutiv akt – bu so‘zlovchining maqsadini bildiruvchi ichki harakatdir. “Men seni


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

38

ogohlantiraman” yoki “Please, don’t touch it” deganda so‘zlovchi ogohlantirish maqsadini
bildiradi. Shu tarzda so‘zlovchining niyati lingvopragmatik tahlil markazida turadi.

O‘zbek va ingliz tillaridagi nutq aktlarining qo‘llanishida madaniy farqlar muhim o‘rin

tutadi. Masalan, o‘zbek tilida “iltimos” shaklidagi so‘zlar ko‘proq ijtimoiy hurmatni bildirsa,
ingliz tilida bu funksiya odatda “please”, “would you mind” kabi shakllar orqali yumshoqlik va
xushmuomalalik bilan ifodalanadi. Shuningdek, “rad etish” akti o‘zbek tilida ko‘pincha yumshoq,
bilvosita shaklda (“hozircha imkonim yo‘q”, “keyinroq ko‘ramiz”) berilsa, ingliz tilida esa
aniqroq, lekin odob bilan (“I’m afraid I can’t”) ifodalanadi.Shu tariqa, ikki tilda nutq aktlari
nafaqat lingvistik, balki madaniy va pragmatik kontekstda ham o‘ziga xos tarzda namoyon
bo‘ladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, nutq aktlarini to‘g‘ri tahlil qilish va ularni madaniyatlararo
muloqotda to‘g‘ri qo‘llay bilish til o‘rganuvchilar uchun muhim kommunikativ kompetensiya
sanaladi.

O‘zbek va ingliz tillarida nutq aktlarining lingvopragmatik talqini bir-biridan farqlanishi

matnda bevosita kuzatiladi.O‘zbek tilida nutq aktlari madaniy odob me’yorlari bilan chambarchas
bog‘langan. So‘zlovchi yoshi, maqomi, suhbatdoshi bilan ijtimoiy masofa nutqning shaklini
belgilaydi.

Masalan: Yosh bola katta kishiga: “Iltimos, opa, kitobni bering.” Katta kishi bolaga: “Ol,

bolam, kitobni o‘qigin”. Bu misolda akt turi bir xil (iltimos,buyruq) bo‘lsa-da, lingvopragmatik
ohang ijtimoiy asimmetriyaga moslashgan. Ingliz tilida esa muloqotda indirect speech act
(bilvosita nutq akti) keng qo‘llanadi. Masalan:“Could you open the window, please?”Bu
grammatik jihatdan savol shaklida, lekin illokutiv jihatdan iltimos aktini ifodalaydi. Tilshunos
olim Searle bunday holatni “indirect illocutionary act” deb ataydi. Bu hol nutqdagi
xushmuomalalik strategiyasini mustahkamlaydi.

Etiket birliklar — muloqotning ijtimoiy “yumshatkichlari”. Ular yosh, makon va vaziyatga

bog‘liq holda turlicha ishlatiladi.Masalan: O‘zbekchada: “Kechirasiz, domla, bir narsa so‘rasam
bo‘ladimi?” Inglizchada: “Excuse me, sir, may I ask you something?” Ikkala holatda ham etiket
birligi (“kechirasiz” / “excuse me”) muloqotni boshlashdan oldin ijtimoiy to‘siqni kamaytirish
uchun xizmat qiladi.

Ammo o‘zbek tilida hurmatni ko‘rsatish uchun unvon (“domla”, “opa”, “aka”) zarur

bo‘lsa, ingliz tilida bu intonatsiya va polite form (“sir”, “madam”, “please”) orqali beriladi. Makon
va vaziyat ham nutq aktining ohangiga ta’sir qiladi:Rasmiy holatda: “Sizning fikringizni inobatga
olaman.” / “I appreciate your opinion”. Norasmiy holatda: “Ha, to‘g‘ri aytding”. / “Yeah, you’re
right”. Demak, pragmatik kontekst so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi ijtimoiy masofa, joy, vaqt
va kayfiyat bilan belgilanadi.

Tilshunos G. Yule “Pragmatics” asarida illokutiv aktlarni “communicative intention” deb

ataydi va har bir so‘zlovchi o‘zining nutq harakati orqali maqsadga erishishini ta’kidlaydi. O‘zbek
tilshunosi N. Mahmudov esa (2005) “Pragmatik tahlil” asarida nutqdagi niyat, maqsad va shaxsiy
munosabatni nutq etiketi tizimi orqali ko‘rsatadi. Masalan:“Sizga rahmat!” – illokutiv akt
(minnatdorchilik).“Thank you very much!” – illokutiv akt (minnatdorchilik), lekin ingliz tilida
“very much” komponenti emotsional kuchaytiruv vazifasini bajaradi. Shu tarzda, har bir til
madaniy tafakkur va ijtimoiy axloq me’yorlarini lingvopragmatik darajada aks ettiradi.


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

39

O‘zbek va ingliz tillaridagi nutq aktlari lingvopragmatik jihatdan o‘xshash bo‘lsa-da,

ularning qo‘llanishi madaniyat, yosh, makon va vaziyatga qarab farqlanadi. Ingliz tilida bilvosita
aktlar orqali yumshoqlik ifodalansa, o‘zbek tilida bu hurmat, unvon va ijtimoiy maqom orqali
amalga oshadi. Illokutiv aktning mohiyati so‘zlovchining ichki niyatida, uni ifodalash esa
madaniy “prizma” orqali shakllanadi. Shu bois, nutq aktlari nazariyasi madaniyatlararo
kommunikatsiyani chuqur tushunish uchun asosiy lingvistik vosita hisoblanadi.

Inglizcha etik birliklarning o‘zbek nutqidagi lingvopragmatik moslashuvi so‘nggi yillarda

o‘zbek tilining kommunikativ tizimida inglizcha etik birliklarning faol qo‘llanilishi tilshunoslikda
yangi kuzatuv maydonini yaratdi. Bu hodisa, avvalo, bilingv muhit, global axborot makoni, hamda
yoshlar nutqining ijtimoiy dinamizmi bilan bevosita bog‘liqdir.Tilshunos J. L. Austin va J. R.
Searle tomonidan ilgari surilgan nutq aktlari nazariyasiga ko‘ra, har bir so‘zlovchi muayyan nutq
birligi orqali kommunikativ amalni bajaradi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, inglizcha etik
birliklar (“sorry”, “thanks”, “hi”, “okey”, “bye”) o‘zbek tilida ham illokutiv maqsadli nutq akti
sifatida faol ishlay boshlagan. Bu birliklar o‘zbek tilining ichki semantik tizimiga singish
jarayonida madaniy-pragmatik adaptatsiyadan o‘tmoqda. Masalan, o‘zbekcha “kechirasiz” so‘zi
ijtimoiy masofa va hurmat munosabatini bildirsa, inglizcha “sorry” esa ko‘proq shaxsiy samimiyat
va psixologik yaqinlik ifodasini beradi. Shunga o‘xshash tarzda, “rahmat” so‘zi odobning rasmiy
shakli sifatida qo‘llanadi, “thanks” esa muloqotning norasmiy, soddaroq kontekstida ishlatiladi.
Natijada, so‘zlovchining yoshi, ijtimoiy maqomi va kommunikativ vaziyati ushbu birliklarning
tanlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Bugungi kunda o‘zbek nutqida quyidagi hodisalar kuzatilmoqda:yoshlar nutqida “hi”,

“bye”, “sorry” kabi so‘zlar kod-almashuv (code-switching) holatida qo‘llanadi: “Hi, opa,
qayerdasan?”, “Sorry, kechikdim”. Ijtimoiy tarmoqlarda “okey”, “thanks”, “great” kabi birliklar
emotsional illokutiv akt sifatida ishlatiladi.Xizmat sohalarida (“Welcome!”, “Thank you!”)
inglizcha formulalar professional etikett sifatida rasmiy tus olgan.

Sh. Rahmatullayev ta’kidlaganidek, nutq madaniyati me’yorlari doimo ijtimoiy ehtiyoj va

madaniy ta’sir bilan yangilanib boradi. Xuddi shunday, N. Mahmudov ham pragmatik tahlilning
asosiy omili sifatida ijtimoiy kontekst va tilning madaniyatga moslashuvchanligini ko‘rsatadi.
Demak, inglizcha etik birliklarning o‘zbek tilida faol ishlatilishi — bu tasodifiy jarayon emas,
balki til tizimining ochiqligidan dalolat beradi.Ilmiy jihatdan qaraganda, bunday o‘zlashmalar
tilning ijtimoiy-pragmatik kengayishini bildiradi. Ya’ni, o‘zbek tili yangi etik birliklarni qabul
qilayotgan paytda ularni milliy madaniyat me’yorlariga moslab “qayta kodlaydi”. Natijada “sorry”
so‘zi o‘zbek tilida nafaqat inglizcha ohangda, balki “kechirasiz”ning yumshoq, samimiy variantiga
aylangan.Bunday leksik-pragmatik integratsiya jarayoni tilshunoslikda “madaniy filtr orqali
o‘zlashuv” (cultural filtering) deb yuritiladi. Bu hodisada o‘zlashgan so‘z shaklan xorijiy bo‘lsa
ham, semantik jihatdan mahalliy madaniyat bilan uyg‘unlashadi.Shunday qilib, inglizcha etik
birliklarning o‘zbek tiliga kirib kelishi bu tilning buzilishi emas, balki ko‘p tillilik sharoitida tabiiy
evolyutsion jarayondir. Ular o‘zbek nutqining lingvopragmatik tizimini boyitib, yangi
kommunikativ ohang va xulqiy modellarni shakllantirmoqda.

Inglizcha etik birliklar o‘zbek nutqida illokutiv funktsiyaga ega bo‘lgan pragmatik

vositalar sifatida faol ishlay boshlagan.Ularning qo‘llanishi yosh, makon, sharoit va ijtimoiy
maqom bilan bevosita bog‘liq.Til madaniy kontekstdan ajralmaganligi sababli, bunday birliklar


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

40

madaniy-filtrlangan o‘zlashma ko‘rinishida milliy nutqqa singmoqda. Bu jarayon o‘zbek tilining
global kommunikativ moslashuvchanligini ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Austin, J. L.

How to Do Things with Words.

Oxford: Clarendon Press, 1962.

2.

Searle, J. R.

Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language.

Cambridge University

Press, 1969.

3.

Yule, G.

Pragmatics.

Oxford University Press, 1996.

4.

Mahmudov, N.

Pragmatik tahlil asoslari.

Toshkent: Fan, 2005.

5.

Rahmatullayev, Sh.

Til va nutq madaniyati.

Toshkent, 2003.






References

Austin, J. L. How to Do Things with Words. Oxford: Clarendon Press, 1962.

Searle, J. R. Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. Cambridge University Press, 1969.

Yule, G. Pragmatics. Oxford University Press, 1996.

Mahmudov, N. Pragmatik tahlil asoslari. Toshkent: Fan, 2005.

Rahmatullayev, Sh. Til va nutq madaniyati. Toshkent, 2003.