ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
444
OLIY TA’LIMDA KORRUPSION HOLATLARNI OLDINI OLISH MASALALARI
Rashidova Dildora Mansur qizi
Samarqand davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi.
Sattorova Gulruh Furqat qizi
Samarqand davlat pedagogika instituti 2-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17443984
Annotatsiya.
Ushbu maqolada korrupsiyaga qarshi kurashishda oliy ta’lim sohasida
amalga oshirilayotgan ishlar, korrupsiyaga qarshi kurashning nazariy masalalari va chora-
tadbirlar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilib berilgan. Shuningdek, sohada korrupsiyani oldini
olishda davlat siyosatining ahamiyati ko‘rsatib o’tilgan. Bundan tashqari, ushbu sohada
muammoning koʻplab xususiyatlari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
korrupsiya, oliy ta’lim muassasasi, poraxoʻrlik, inson, huquqiy ong, qonun.
ISSUES OF PREVENTING CORRUPTION IN HIGHER EDUCATION
Annotation.
This article provides a scientific and theoretical analysis of the work being
carried out in the field of combating corruption in higher education, theoretical issues and
measures in the fight against corruption. The importance of state policy in preventing corruption
in the field is also indicated. In addition, many features of the problem in this area are analyzed.
Keywords:
corruption, higher education institution, bribery, person, legal consciousness,
law.
ВОПРОСЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация.
В статье представлен научно-теоретический анализ работы,
проводимой в сфере противодействия коррупции в высшем образовании, теоретических
вопросов и мер борьбы с коррупцией. Обозначена важность государственной политики в
сфере профилактики коррупции. Кроме того, проанализированы многие особенности
данной проблемы.
Ключевые слова:
коррупция, высшее учебное заведение, взяточничество,
личность, правосознание, право.
Ta’lim tizimi jamiyatning rivojlanishida katta ahamiyatga ega, chunki ta’lim orqali yangi
avlodni tarbiyalash, ilmiy salohiyatni oshirish va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash mumkin.
Ammo, ta’lim tizimida korrupsiya holatlari mavjudligi bu jarayonlarni jiddiy xalaqit
beradi. Ta’limda korrupsiyaning oldini olish masalalari nafaqat ta’lim sifatini ta’minlash, balki
jamiyatda adolat, shaffoflik va ishonchni mustahkamlash uchun ham muhimdir. Bugungi kunda
oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy
hujjatlar doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda. OTMlarda talabalar uchun korrupsiya holatlari
bilan to‘qnashganligi bo‘yicha xabar qilish imkoniyatini beruvchi turli xil so’rovnomalar tashkil
etilyapti. OTMlari o‘quv jarayonlarida, talabalar bilimini tekshirish imtihonlarida va qabul
jarayonlarida
axbarot
kommunikatsion
texnologiyalar
imkoniyatlari
keng
joriy
etilmoqda. Korrupsiya haqida va uning oqibatlaridan xalqning, ayniqsa professor-o‘qituvchilar,
talabalarning koʻpchilik qismini xabardor qilish maqsadida huquqiy targ‘ibot ishlari, ma’ruzalar,
slaydlar OTMlarda keng targ‘ib qilinyapti.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
445
Shuningdek, jamoat joylarida ta’lim muassasalari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi
kurashamiz” shiori ostida bannerlar o‘rnatildi.Korrupsiyaning ma’lum bir davlatda rivojlanishi
esa shu mamlakatning tanazzuliga, rivojlanmasligiga olib keladi.
“Korrupsiya” atamasi lotincha “corruptio” so’zidan olingan bo’lib “buzish, pora evaziga
og‘dirish” degan ma’noni anglatadi. Korrupsiya bu – insonning mansab obroʻyidan shaxsiy
maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi sanalanadi.
Korrupsiya faoliyati yashirin iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda
korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish
maqsadida aholidan pora olish, qonunga zid ravishda pul daromadlarini qo‘lga kiritib tushum
qilish tushuniladi. Lekin, umuman olganda, davlat xizmatchilarigina emas, balki, davlat
tashkilotlarida ishlamaydigan insonlar ham korrupsiyaga oid ishlarning ishtirokchilari bo‘lishi,
pora pul emas, balki boshqa narsa evaziga ma’lum xizmatni amalga oshirishlari mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimizda jinoyatchilikning sabablarini aniqlash choralari
ko‘rilmoqda, korrupsiya holatini sodir etgan shaxslar qattiq jazolanmoqda, jinoyatni jazolashdan
ko‘ra, uni oldini olish singari profilaktik tadbirlar yo‘lga qo‘yilmoqda, respublikamiz ichidagi
jinoyatchilik doimo davlat tomonidan doimiy nazorat qilib tekshirilmoqda. Jinoyatchilik keng
yoyilib ketishiga va korrupsiyachilar tomonidan aldangan mansabdorlarning qilmishlariga
yo‘l qo‘ymaslik uchun bir qator uzoq muddatli chora-tadbirlar, masalalar amalga oshirilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro miqyosda hozirgi kuning eng dolzarb masalalaridan
bir bo‘lib qolmoqda. Bu oqimga qarshi kurash dunyoning ko‘plab davlatlarini qamrab olmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shib
kelmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qancha
dasturlar
joriy
etildi
va
shular
asosida keng
qamrovli
ishlar
amalga
oshirilib
kelinmoqda. Davlatimiz ta’lim tizimini tubdan yaxshilash uning sifati hamda samaradorligini
ko’tarish, ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash doirasida keng ko‘lamli
ishlar olib borilmoqda. Shuning bilan bir qatorda, oliy ta’lim muassasalariga qabul
jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olishga
ham astoydil kirishilgan. Lekin korrupsiyaga qarshi kurash maqsadida olib borilayotgan
kompleks chora-tadbirlarga qaramay yana shu illat bilan boyishni maqsad qilgan firibgarlar
haligacha uchrab turibdi. Eng avvalo, kichik yoshdan korrupsiya, uning zararlari, oqibatlari
haqidagi ilk dunyoqarash shakllantirilishi, bolalarda poraning eng oddiy shakllari haqida
tasavvur hosil qilinishi zarur. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy usullari.
1.Shaffoflikni ta’minlash. Korrupsiyaning oldini olish uchun ta’lim tizimida shaffoflikni
ta'minlash zarur. Bu, o'quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik uchun barcha jarayonlarning ochiq
boʻlishini anglatadi. Masalan: Imtihonlar va baholash jarayonlarini elektron tizimga o‘tkazish,
shu bilan birga baholashning obektivligini ta'minlash, o‘qituvchilarni ishga olishda ochiq
tanlovlar tashkil qilish va shaffof me’yorlarga asoslanish, grantlar va stipendiyalar taqsimotida
shaffof jarayonlarni ishlab chiqish.
2. Qonunlar va normalarni kuchaytirish. Ta'lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda
qonunlar va normalarning muhim roli bor. Korrupsiya bilan kurashish uchun: Ta’limda
korrupsiyaga qarshi qattiq jazolarni belgilovchi qonunlar ishlab chiqilishi kerak, oʻqituvchilar va
talabalarga korrupsiyaga qarshi madaniyatni o‘rgatish, etik qadriyatlarni targ‘ib qilish zarur,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
446
ta’lim sohasida korrupsiya holatlarini oʻrganish va tahlil qilish uchun maxsus inspektsiyalar va
kuzatuvchi organlar tashkil etilishi lozim.
3. Oʻqituvchilar va talabalar uchun ta’lim va tarbiya. Korrupsiyaning oldini olish uchun
ta'lim tizimida ta'lim va tarbiya zarur. Pedagogik kadrlar uchun korrupsiyaga qarshi maxsus
treninglar, seminarlar o‘tkazish, shuningdek, talabalarga ham kasbiy etikani o‘rgatish, ularning
huquqlarini va majburiyatlarini tushuntirish muhimdir.
4. Elektron tizimlar va texnologiyalarni joriy etish. Yangi texnologiyalarni joriy etish
orqali ta'lim tizimida korrupsiyaga qarshi samarali kurashish mumkin. Misol uchun: Imtihonlarni
onlayn tizimda o'tkazish va avtomatik baholash tizimlarini joriy etish, ta'lim tashkilotlarining
moliyaviy holatini elektron tizimlar orqali nazorat qilish, o'qituvchilar va talabalarning har bir
harakatini kuzatish uchun elektron tizimlarni joriy etish.
5. Jamiyatning faolligini oshirish. Korrupsiyaga qarshi kurashishning yana bir muhim
jihati — bu jamiyatni faollashtirishdir. Jamiyatdagi barcha qatlamlarni, shu jumladan
o‘quvchilar, ota-onalar, jamoat tashkilotlari va davlat idoralarini korrupsiyaga qarshi kurashishga
jalb qilish zarur.
Bu uchun: Jamiyatda korrupsiyaning zararlarini tushuntirish, ta'limda korrupsiyaga qarshi
jamoat kuzatuvchilarini tashkil etish, korrupsiya holatlari haqida shikoyat qilish uchun ishonchli
kanallarni yaratish.
6. Korrupsiyaning oldini olishda davlatning roli. Davlat ta’lim tizimida korrupsiyaning
oldini olishda markaziy rol o'ynaydi. Davlat tomonidan ta’lim sohasida korrupsiyaning oldini
olish uchun: Tegishli qonunlarni ishlab chiqish va ularni joriy etish, ta'lim muassasalarida audit
va tekshiruvlarni muntazam o‘tkazish, o'qituvchilar va boshqaruvchilar uchun etika kodeksini
joriy etish va unga rioya qilishni ta'minlash, jamiyatni korrupsiyaga qarshi kurashishda faol
ishtirok etishga rag'batlantirish.
Xulosa. Ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish — bu nafaqat adolatli va shaffof
ta'lim muhitini yaratish, balki jamiyatning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun samarali qonunlar, shaffof jarayonlar, zamonaviy
texnologiyalar va jamiyatning faolligi birgalikda muhim rol o'ynaydi. Korrupsiya ta’lim sifatiga
salbiy ta'sir koʻrsatishi va kelajak avlodni noto‘g‘ri yo‘naltirishiga olib kelishi mumkin, shuning
uchun bu muammoni hal qilish jamiyatning har bir a’zosining mas’uliyatidir.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi 419-son “Korrupsiyaga qarshi
kurashish to’g’risida”gi qonuni.
2.
А.В.Кузьмин (2001), Козловских Е.А. Проблемы преодоления коррупции в РФ //
Актуальные проблемы антикоррупционной политики на региональном уровне:
Материалы региональной научно-практической конференции. СПб.,. C – 165
3.
https://anticorruption.uz
4.
http://www.ombudsman.uz
5.
https://lex.uz/docs/3088008
