FANLARARO ALOQADORLIK (INTEGRATSIYA) ASOSIDA TALABALARNING KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Abstract

Mazkur maqolada oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar ta’lim jarayoniga oʻzgartirishlar kiritish, ya’ni yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari, fanlararo aloqadorlik vositalarini kiritish orqali talabalar kompetentligini rivojlantirish, ularni kasbiy jihatdan mukammal tayyorlash haqida yoritilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Rashidova , D. (2025). FANLARARO ALOQADORLIK (INTEGRATSIYA) ASOSIDA TALABALARNING KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH. Modern Science and Research, 4(1), 9–11. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/59522
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar ta’lim jarayoniga oʻzgartirishlar kiritish, ya’ni yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari, fanlararo aloqadorlik vositalarini kiritish orqali talabalar kompetentligini rivojlantirish, ularni kasbiy jihatdan mukammal tayyorlash haqida yoritilgan.


background image


Yanvar, 2025-Yil

9

FANLARARO ALOQADORLIK (INTEGRATSIYA) ASOSIDA TALABALARNING

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Rashidova Dildora Mansur qizi

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14594471

Annotatsiya. Mazkur maqolada oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar ta’lim jarayoniga

oʻzgartirishlar kiritish, ya’ni yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari, fanlararo aloqadorlik

vositalarini kiritish orqali talabalar kompetentligini rivojlantirish, ularni kasbiy jihatdan

mukammal tayyorlash haqida yoritilgan.

Kalit so’zlar: Fanlararo aloqadorlik (integratsiya), talaba, vosita, kompetentlik,

innovatsiya, ta’lim texnologiyalari, ta’lim jarayoni.

Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida qator islohotlar amalga oshirilmoqda,

yoshlarimizni oʻqimishli boʻlib, oʻzlari qiziqqan kasb egalari boʻlishiga Oʻzbekistonda barcha

imkoniyatlar eshigi ochiqdir. Xususan, muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham ta’lim

sohasini tubdan yaxshilashga, undagi oldindan qolgan eskilik sarqitlarini yoʻqotishga bor kuch,

gʻayratlari bilan harakat qilyaptilar.

Albatta, prezidentimiz Sh.Mirziyoyev fikri bilan aytadigan boʻlsak, “Mamlakatni qudratli,

millatni buyuk qiladigan kuch bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir”.

Shu sababli ta’lim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va koʻnikmalarni puxta

egallashi uchun eng qulay sharoitlar yaratish izchil davom etmoqda. Yaqin vaqtlarda ta’lim

sohasiga fanlararo aloqadorlik degan tushuncha kirib keldi.

“Fanlararo aloqadorlik” atamasi, turli fanlar oʻrtasidagi bogʻlanish yoki oʻzaro ta’sirni

ifodalaydi. Bu soha bir nechta ilmiy yoʻnalishlar va bilim sohalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻlanishni,

bir-birini toʻldirishini yoki integratsiyasini tushuntiradi.

Misol uchun, biologiya va kimyo, fizika va matematika, iqtisodiyot va sotsiologiya kabi

fanlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlik, ular birgalikda yangi ilmiy yondashuvlarni yaratishga imkon

beradi.

Bu, zamonaviy ilmiy izlanishlarda koʻpincha muhim rol o'ynaydi, chunki murakkab

masalalar faqat bitta fan doirasida emas, balki bir nechta fanlar nuqtai nazaridan ham hal qilinishi

kerak.


background image


Yanvar, 2025-Yil

10

Fanlararo aloqadorlik (integratsiya) asosida talabalarning kompetentligini rivojlantirish —

bu ta’lim tizimida bir nechta fanlar o’rtasidagi aloqalarni o’rnatish va talabalarni bir vaqtning

o’zida bir nechta sohalarda bilim, ko'nikma va malakalarni egallashga yo’naltirishni ifodalaydi.

Bunday yondoshuv talabalarga keng qamrovli, tizimli va amaliy bilimlar berish imkonini

yaratadi. Bu jarayonning maqsadi nafaqat fanlar bo'yicha alohida bilimlarni shakllantirish, balki

ularni bir-biri bilan bogʻlab, real hayotdagi masalalarni hal etishda qoʻllanadigan umumiy

koʻnikmalarni rivojlantirishdir. Talabalarnining kasbiy kompetentligini shakllantirish

muammolarini tahlil qilish, shuningdek, kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan kasbiy

kompetentlikning alohida komponentlarini talab qiladi. Kompetensiya, kompetentlik atmalari

nima oʻzi? “Competentia” lotincha soʻzdan olingan bo’lib, “tajribaga ega boʻlgan kishi”, “yaxshi

biladigan inson” degan ma’noni bildiradi.

Ya’ni kompetentli shaxs, pedagog, bilim, koʻnikma va malakaga ega bo’lib, undan amalda

mohirona foydalanadi. Bugungi kunda talabalarimizda fanlararo aloqadorlik kompetentligi hali

toʻlaqonli shakllanmagan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, talabalar amaliyotga chiqqanida dars

jarayonida oʻquvchilarga fanlarni bir-biriga bogʻlab tushintirib bera olmagan. Masalan: fizika-

kimyo-matematika fanlari, yoki biologiya-geografiya-kimyo fanlari bir-biri bilan bogʻliq boʻlib,

birini bilmasangiz, fanni oʻquvchiga toʻliq yetkazib bera olmaysiz. Talabalarda esa shu fanlar

orasidan qaysisidadir oqsoq tomonlari kuzatilgan.

Shunday ekan bu sohada ilmiy ishlar olib borish, metodologiyalar shakllantirish bugungi

kunning dolzarb mavzularidandir.

Fanlararo aloqadorlikning

bir nechta muhim jihatlari:

1. Ko

ʻ

p yo

ʻ

nalishli yondashuvlar:

Biror masalani turli fanlar nuqtai

nazaridan o

ʻ

rganish.

3. Innovatsiyalar:

Fanlararo

aloqalar yangi g

ʻ

oyalar va

innovatsion yondashuvlarni

keltirib chiqarishi mumkin.

2. Integratsiya:

Fanlarning

o

ʻ

zaro ta'sirini hisobga

olgan holda yagona ilmiy

yondashuvni yaratish.


background image


Yanvar, 2025-Yil

11

Umuman olganda, fanlararo aloqadorlik talabalarga keng qamrovli va tizimli yondashuvni

taqdim etib, ularning umumiy kompetentliklarini oshiradi. Bu, oʻz navbatida, talabalarning real

dunyoda muvaffaqiyatli boʻlishi uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam

beradi. Integratsiya oʻqituvchilar va talabalarni faol birgalikdagi ijodiy jarayonga jalb qilish

imkonini beradi. Bu juda keng oʻylangan ta’lim va tarbiya jarayoni boʻlib, axborotni tushunish va

uni tahlil qilishga oʻrgatib, talabalarda dunyodagi barcha jarayonlarning bir butun sifatida oʻzaro

ta’siri haqidagi tushuncha va gʻoyalarni shakllantiradi.

REFERENCES

1.

Raximov Z. T. Innovatsion yondashuv asosida boʻlajak kasb ta’limi oʻqituvchilarining

oʻquv-bilish kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi, avtorefeat, (DSc),2021.

2.

Yusupova, N. V. (2020). Pedagogika oliy taʼlim muassasalarida boʼlajak oʼqituvchilarni

tayyorlashda fanlararo bogʼlanishlar muammolari. Jismoniy madaniyat va boshlang‘ich

talim samaradorligini oshirish istiqbollari, 1(1), 402-407.

3.

Zokirova.D.N. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy-innovatsion

faoliyatga tayyorlashning metodik modeli. //Ta’lim, fan va innovatsiya. Maʼnaviy-

maʼrifiy, ilmiy-uslubiy jurnal. 2-son, 2023-yil

4.

Гусарова Е.Н. “Cовременные подходы профессионального педагогического

образования, направленные на развитие творческого потенциала”, ИССН 2075-9908

Историческая и социально-образовательная мысль. 2012. № 1 (11).

References

Raximov Z. T. Innovatsion yondashuv asosida boʻlajak kasb ta’limi oʻqituvchilarining oʻquv-bilish kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi, avtorefeat, (DSc),2021.

Yusupova, N. V. (2020). Pedagogika oliy taʼlim muassasalarida boʼlajak oʼqituvchilarni tayyorlashda fanlararo bogʼlanishlar muammolari. Jismoniy madaniyat va boshlang‘ich talim samaradorligini oshirish istiqbollari, 1(1), 402-407.

Zokirova.D.N. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy-innovatsion faoliyatga tayyorlashning metodik modeli. //Ta’lim, fan va innovatsiya. Maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-uslubiy jurnal. 2-son, 2023-yil

Гусарова Е.Н. “Cовременные подходы профессионального педагогического образования, направленные на развитие творческого потенциала”, ИССН 2075-9908 Историческая и социально-образовательная мысль. 2012. № 1 (11).