2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
4
PEDAGOGIKA FANINI OʻQITISH ORQALI TALABALAR KOMPETENSIYASINI
RIVOJLANTIRISH
Rashidova Dildora Mansur qizi
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim kafedrasi assistenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14599627
Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogika fani, uning ahamiyati, bu fanni o‘qitish oraqali
talabalar kompetensiyasini rivojlantirish yo‘nalishlari, olimlar qarashlari haqida aytib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: pedagogika, talaba, kompetensiya, yo‘nalishlar, rivojlantirish, o’qitish,
pedagogik ko‘nikma, kreativlik.
Pedagogika fani — bu ta’lim va tarbiya jarayonlarini o‘rganadigan fan sifatida, insonlarni
rivojlantirish va ularga bilim berish jarayonlarini tahlil qiladi.
Pedagogika fanining asosiy maqsadi — ta’limni samarali tashkil etish va rivojlantirish,
shuningdek, shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashdir. Buyuk allomalarimizdan
bo‘lgan Abu Rayhon Beruniy ta’limotiga ko‘ra inson kamolotida 3ta narsa muhim rol o‘ynaydi.
Bular: ta’lim-tarbiya, ijtimoiy muhit va irsiyatdir. Shaxsni har tomonlama kamol topishida
muhim omil sanalgan ta’lim- tarbiya tushunchasi asosan pedagogika fanida o‘rgatiladi. Oliy ta’lim
muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir pedagog o‘z kasbini sevishi, ta’lim-tarbiya
jarayoniga mas’uliyat bilan yondashishi, yetishtirib chiqaradigan bo‘lajak o‘qituvchilarda
pedagogik mahorat, pedagogik texnika, pedagogik takt, kompetensiyalar shakllangan bo‘lishi
kerak. Albatta, bu borada talabalardan ham mehnat, mashaqqat, o‘qish ,izlanish talab qiladi.
Allomamiz Ibn Sino, bejizga “Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan
qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo‘rqog‘idir” degan
fikrni aytmagan. Shu sababli pedagogika fani o‘qitishning samaradorligini oshirish, shaxsning
rivojlanishini ta’minlash, o‘quvchilarni ijtimoiylashtirish, innovatsiyalarni tadbiq etish, yangi
bilimlar yaratish kabi qator vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi. Pedagogika fanini o‘qitish orqali
talabalar kompetensiyasini rivojlantirish muhim vazifalardan biridir. Pedagogika — ta’lim va
tarbiya jarayonlarini o‘rganadigan fan sifatida, talabalarni nafaqat nazariy bilimlar bilan
ta’minlaydi, balki ularning amaliy kompetensiyasini rivojlantiradi. Kompetensiya esa, shaxsning
o‘z bilimlarini va ko‘nikmalarini turli vaziyatlarda samarali qo‘llay olish qobiliyati sifatida
tushuniladi. Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda,
shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy
kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
5
Kompetensiya tushunchasi nisbatan yaqindan boshlab, 1960-yillarning oxiri va 1970-
yillarning boshlaridan keng qo‘llanila boshlandi. Pedagogika fanini o‘qitish jarayonida talabalar
kompetensiyasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish: Pedagogika fanini o‘qitishda talabalar
nazariy bilimlarni nafaqat yodlash, balki ularni real hayotdagi ta’lim va tarbiya jarayonlariga
tadbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirishlari lozim. Bu, o‘z navbatida, ularning pedagogik qarorlar
qabul qilish va o‘quvchilarga samarali ta’lim berish qobiliyatini shakllantiradi.
2. Kreativ fikrlash va muammolarni hal etish: Talabalar pedagogika fanidan o‘qish orqali
kreativ fikrlashni va turli ta’lim tizimlarida yuzaga keladigan muammolarni hal qilishni
o‘rganadilar. Bu, ayniqsa, o‘quv jarayonini optimallashtirish va yangi metodlarni ishlab chiqish
uchun zarurdir.
3. Jamoa bilan ishlash: Pedagogika fanini o‘qitishda talabalarni guruh ishlarida ishtirok
etishga undash, ularga jamoa bilan samarali ishlashni o‘rgatish kerak. Bu kompetensiya ta’lim va
tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan ishlashda, hamda o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashishda
muhim ahamiyatga ega.
4. Pedagogik ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash: Pedagogika fani talabalarga ta'’lim
tizimining asosiy metod va texnikalarini o‘rgatadi, bu esa ularning pedagogik ko‘nikmalarini
amaliyotda sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Masalan, sinfda dars o‘tkazish, o‘quvchilarni
rag‘batlantirish, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish kabi ko‘nikmalarni
rivojlantirish.
5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash: Zamonaviy pedagogika axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni ta’lim jarayonida muhim deb biladi. Talabalar
pedagogika fanini o‘rganishda zamonaviy o‘quv texnologiyalarini (masalan, interaktiv ta'lim
platformalari, onlayn resurslar va boshqalar) samarali qo‘llashni o‘rganadilar.
6. Ijtimoiy va madaniy kompetensiyalarni rivojlantirish: Pedagogika fanini o‘rganish orqali
talabalar ijtimoiy va madaniy kompetensiyalarini ham rivojlantiradilar. Bu, ayniqsa, turli millat va
madaniyatlarni tushunish, xilma-xil guruhlar bilan ishlashda muhimdir.
Shu tariqa, pedagogika fani ta’limning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganib, o‘qituvchi va
o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Pedagogika
fanini o‘qitish jarayonida talabalarning kompetensiyasini rivojlantirish uchun integratsiyalashgan
yondashuvlar, amaliy mashg‘ulotlar, kreativ va interaktiv metodlar qo‘llanishi zarur. Bu usullar
talabalarni nafaqat pedagogik bilimlar bilan ta’minlash, balki ularning amaliy ko‘nikmalarini,
ijtimoiy va intellektual kompetensiyalarini shakllantirishga yordam beradi.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
6
REFERENCES
1.
Mukarram Axmedova. Pedagogik kompetentlik. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent.2018.
2.
Karimova V.M., Hayitov O.E., Umarova N.SH. Boshqaruv sohasidagi professional
kompetentsiya asoslari: Monografiya. / Prof. V.M. Karimova tahriri ostida. - T.: "Fan va
texnologiya", 2008. - 120 b.
3.
Митяева А.М. Компетентностная модель многоуровневого высшего образования (на
материале формирования учебно исследовательской компетентности бакалавров и
магистров). Автореферат дисс. док. пед. наук.
4.
Himmataliyev.D.O. Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish
mexanizmi.//Современное образование(Узбекистан).2020.№7 (92).
5.
Андреев А. Знания и компетенции. //Высшее образование в России. -2005. - №2.
