2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
191
TARBIYAGA TA’SIR ETUVCHI FAKTORLAR VA TARBIYANI SHAKLLANTIRISH
BOSQICHLARI
Turemuratova Aziza Begibaevna
Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti.
azizaturemuratova85@gmail.com
Turgʻanbaev Elmurat Minbay uli
Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.
Talasbaev Jenis Erpolatovich
Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17449512
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqotda tarbiyaning zamonaviy metodlari, tarbiyani shakllantirish
va yoshlarga tarbiya berish bosqichlari haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Buyuk
mutafakkirlarimizning tarbiya haqidagi fikrlari shuningdek tarbiyani shakllantirishning metodlari
haqida sharhlar keltirib o’tilgan. Shaxsni tarbiyalash orqali uning dunyoqarashini rivojlantirish,
ma’naviy yetuk, komil inson sifatida ta’riflab berilgan. Tarbiyaning zamonaviy modellarida
o’qituvchi va o’quvchining, farzand tarbiya olgan oila davrasiga uzviy bog’liq hisoblanadi.
Kalit so’zlar:
Tarbiya, tarbiya metodlari, oila, ta’lim, ma’naviy yetuklik, komil inson,
tarbiya faktorlari.
FACTORS INFLUENCING UPBRINGING AND STAGES OF UPBRINGING
FORMATION
Abstract.
This study provides information about modern methods of upbringing, the stages
of upbringing and the upbringing of young people. The thoughts of our great thinkers about
upbringing, as well as comments on the methods of upbringing, are given. The development of a
person's worldview through upbringing is described as a spiritually mature, perfect person. In
modern models of upbringing, the relationship between the teacher and the student is inextricably
linked to the family circle in which the child is raised.
Keywords:
Upbringing, methods of upbringing, family, education, spiritual maturity,
perfect person, upbringing factors.
ФАКТОРЫ ВЛИЯЮЩИЕ НА ВОСПИТАНИЕ И ЭТАПЫ ФОРМИРОВАНИЯ
ВОСПИТАНИЯ
Аннотация.
В данном исследовании представлена информация о современных
методах воспитания, этапах воспитания и воспитании молодёжи. Приводятся
размышления наших великих мыслителей о воспитании, а также комментарии к методам
воспитания. Развитие мировоззрения человека через воспитание описывается как
формирование духовно зрелой, совершенной личности. В современных моделях воспитания
отношения между учителем и учеником неразрывно связаны с семейным кругом, в
котором воспитывается ребёнок.
Ключевые слова:
Воспитание, методы воспитания, семья, образование, духовная
зрелость, совершенный человек, факторы воспитания.
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
192
Kirish
Insoniyat tarixining barcha davrlarida tarbiya masalasi jamiyat hayotida muhim o‘rin
egallab kelgan. Har bir xalq o‘zining milliy qadriyatlari, urf-odatlari va tarixiy tajribasi asosida
yosh avlodni tarbiyalashning o‘ziga xos tizimini yaratgan. Tarbiya – bu shaxsning ma’naviy,
aqliy, jismoniy va estetik jihatdan shakllanishiga xizmat qiluvchi uzluksiz jarayondir. Buyuk
mutafakkirlar, allomalar va pedagoglar bu jarayonning mohiyatini chuqur o‘rganib, inson
kamoloti uchun tarbiyaning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tganlar.
Tarbiya — bu insonning ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan holda shakllanishini
ta’minlovchi ijtimoiy jarayon bo‘lib, u jamiyat ehtiyojlari, maqsad va g‘oyalari asosida amalga
oshiriladi. Tarbiya jarayoni shaxsning xulq-atvori, dunyoqarashi, axloqiy me’yorlarga amal qilish
darajasini belgilaydi. Abu Nasr Forobiy “Fozil shahar aholisining fikrlari” asarida shunday degan
edi: “Agar inson o‘z tabiati va fe’l-atvori jihatidan yaxshi fazilatlarga ega bo‘lsa, ammo tarbiya
topmasa, unda bu fazilatlar rivojlanmaydi.” Buyuk mutafakkirlar – Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino,
Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Abdulla Avloniylar ham tarbiyani inson kamolotining poydevori
sifatida talqin etgan. Avloniy esa “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot masalasidir” deya
tarbiyaning millat hayotidagi o‘rnini chuqur ifodalagan. Bu fikr tarbiyaning inson shaxsini
kamolga yetkazishdagi o‘rni naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi. Tarbiya jarayoniga ko‘plab
omillar, ya’ni faktorlar ta’sir etadi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Oila – insonning
birinchi tarbiya maskanidir. Farzand ilk bor mehr, g‘amxo‘rlik va odobni oilada o‘rganadi. Ota-
ona shaxsiy namunasi, muomala madaniyati va axloqiy qadriyatlari bolaning ruhiy olamiga
chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Hadisi sharifda aytilganidek: “Har bir bola fitratda tug‘iladi, uni yahudiy,
nasroniy yoki majusiy qiluvchi ota-onasidir.” Bu hadis oilaning tarbiyadagi asosiy rolini aniq
ifodalaydi. Maktab, kollej, litsey va oliy ta’lim muassasalari tarbiya jarayonining keyingi
bosqichini tashkil etadi. Bu bosqichda bola shaxs sifatida shakllana boshlaydi, unda
mehnatsevarlik, javobgarlik, do‘stlik, vatanga sadoqat kabi fazilatlar rivojlanadi. Pedagogik
faoliyatning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiga, uning kasbiy mahorati va
insoniy fazilatlariga bog‘liq. Jamiyatdagi madaniy muhit, ommaviy axborot vositalari, internet,
do‘stlar davrasi va ijtimoiy tarmoqlar ham yoshlar tarbiyasiga bevosita ta’sir etadi. Agar ijtimoiy
muhit sog‘lom g‘oyalar, milliy qadriyatlar va ezgulik ruhida bo‘lsa, shaxsning ma’naviy yetukligi
shakllanadi. Aks holda esa, bu omillar salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tarbiya tizimi xalqning
tarixiy an’analari, urf-odatlari va diniy e’tiqodlari bilan chambarchas bog‘liq. Imom G‘azzoliy
shunday yozgan: “Yosh bolani tarbiya qilmaslik – uni buzishga tengdir.” Shu bois, diniy
qadriyatlar asosida bolalarga halollik, sabr, hayo, ota-onaga hurmat, Vatanga muhabbat singari
tuyg‘ularni singdirish muhim ahamiyatga ega. Shaxs tarbiyasiga tabiiy omillar – iqlim, salomatlik
holati, jismoniy imkoniyatlar ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli tarbiya jarayoni
insonning individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda olib borilishi lozim. Tarbiyani
shakllantirish uzluksiz jarayon bo‘lib, u inson hayotining barcha davrlarini qamrab oladi. Tarbiya
metodlari – bu tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan usullar majmui bo‘lib, ular shaxsni
shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Eng samarali metodlarga quyidagilar kiradi: Suhbat va
tushuntirish metodi. Tarbiyaviy suhbat orqali bolalarda axloqiy qarashlar, ma’naviy qadriyatlar
shakllanadi. Rag‘batlantirish va jazolash metodi. To‘g‘ri va o‘rinli tarzda qo‘llanilganda, bu metod
shaxsda mas’uliyat va intizomni kuchaytiradi. Shaxsiy namuna.
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
193
Tarbiyachi o‘zi o‘rnak bo‘lmasa, so‘zining ta’siri bo‘lmaydi. Konfutsiy shunday degan edi:
“Yaxshi tarbiya berish uchun avvalo o‘zingni tarbiya qil.” Jamoa orqali tarbiya. Guruh yoki jamoa
doirasida olib borilgan tarbiya shaxsda ijtimoiy faollik va hamkorlikni rivojlantiradi.
Mehnat orqali tarbiya. Mehnat insonni tarbiyalaydi, sabr, matonat va javobgarlikni
singdiradi.
Tarixiy manbalarda tarbiya masalasi ko‘plab allomalar tomonidan chuqur o‘rganilgan.
Masalan: Abu Ali Ibn Sino ta’lim va tarbiyani bir-biridan ajratib bo‘lmasligini ta’kidlab,
“Tarbiyasiz ta’lim – egasiz xazina kabidir”, degan. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarida
inson kamolotini halollik, adolat, bilim va sabr bilan bog‘lagan. Ahmad Donish esa yoshlarni
ilmga, mehnatsevarlikka va Vatanga sadoqatga undagan. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud
axloq” asarida tarbiyani “hayot-mamot masalasi” deb atab, millat kelajagi tarbiyaga bog‘liqligini
ta’kidlagan. Ma’naviy yetuklik – bu insonning axloqiy, ruhiy va intellektual barkamollikka
erishganlik darajasidir. Tarbiya bu jarayonning asosi hisoblanadi. Ma’naviy barkamol inson
jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar keltirib chiqaradi, boshqalarga o‘rnak bo‘ladi. Tarbiya orqali inson
nafaqat bilim oladi, balki o‘zini anglash, boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni o‘rganadi.
Bugungi globallashuv davrida tarbiya jarayoniga yangicha yondashuvlar talab etiladi.
Internet, raqamli texnologiyalar va axborot oqimi yoshlar dunyoqarashiga kuchli ta’sir
ko‘rsatmoqda. Shu bois, zamonaviy tarbiya tizimi: axborot madaniyatini shakllantirish; milliy
g‘oyalar asosida vatanparvarlikni kuchaytirish; oila va maktab hamkorligini mustahkamlash;
shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik metodlarni qo‘llash kabi yo‘nalishlarda takomillashtirilmoqda.
Zamonaviy pedagogika kompetensiyaviy yondashuvni tarbiya jarayonining asosiy modeli sifatida
qabul qilmoqda. Bu yondashuvda bilim emas, balki amaliy ko‘nikma, qadriyat va munosabatlar
markaziy o‘rinda turadi. Kompetensiyaviy yondashuvga ko‘ra, tarbiya natijasi shaxsning hayotda
muvaffaqiyatli faoliyat yurita olishi bilan o‘lchanadi. Tarbiyaning mazmuni, maqsadi va
shakllanish bosqichlari asrlar davomida insoniyatni o‘ylantirib kelgan eng muhim ijtimoiy-
madaniy jarayonlardan biridir. Hozirgi kunda tarbiya nafaqat an’anaviy axloqiy qadriyatlarni
uzatish vositasi, balki shaxsning ijodiy, intellektual va ma’naviy rivojlanishini ta’minlovchi
strategik jarayon sifatida qaraladi. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar tarbiyani inson shaxsini
shakllantiruvchi dinamik tizim sifatida o‘rganmoqda. Bu tizimda biologik, psixologik, ijtimoiy,
madaniy va ma’naviy omillar o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.Tarbiyaning samaradorligi uni amalda to‘g‘ri
tashkil etish, metodlarni sharoit va yosh xususiyatlariga moslashtirish bilan belgilanadi.
Yoshlarning dunyoqarashi shakllanishida metodlarning amaliy qo‘llanilishi – nazariy
bilimlarni hayotiy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, ma’naviy qadriyatlarni kundalik faoliyatda
mustahkamlashga yordam beradi. Shunday qilib, yoshlarni dunyoqarashini kengaytirishda tarbiya
metodlarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki tarbiya insonni nafaqat bilimli, balki ma’naviy
barkamol, axloqan toza, ijtimoiy faol shaxs sifatida voyaga yetkazadi. Tarbiya metodlarining
ilmiy, milliy va ma’naviy asoslarda uyg‘unlashtirilgan holda qo‘llanilishi esa yosh avlodni har
tomonlama komil inson darajasiga olib chiqadi. Bu esa o‘z navbatida, yurt taraqqiyotining eng
muhim omili hisoblanadi.
Tarbiyaviy muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sirlar
tushuniladi. Shu nuqtayi nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga
moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
194
Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. So‘ngra bolani qurshab
turgan hamma narsa ham uning rivojlanishida haqiqiy muhit hisoblanavermaydi. Har bir bola
uchun rivojlanishning betakror va mutlaqo individual vaziyati vujudga keladiki, biz uni yaqin
atrof-muhiti deb ataymiz. Ayni chog‘da u nisbatan mustaqillikni bildiradi. Mikromuhit ham
ijtimoiy muhitning bir qismi bo‘lib, oila, maktab, do‘stlar, tengqurlar, yaqin kishilar va shu kabi
elementlardan tashkil topadi. Bolani qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy hodisalar mavjud
bo‘ladi. Shaxs atrof-muhit ta’sirini o‘ziga singdiribgina emas, balki unga qarshilik ko‘rsatib ham
shakllanadi. Rivojlanishning shart-sharoitlari bolaning o‘zi ularga nisbatan qay yo‘sinda turgani
va uning bu sharoitlarda qay tarzda tarkib topishiga bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsning
shakllanishiga ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Masalan, shu narsa ayon bo‘ladiki, agar bola o‘rtoqlari orasida hurmatga ega bo‘lsa, agar
unga mas’uliyatli topshiriqlar ishonib topshiriladigan bo‘lsa, bu holda unda unga ishonchning,
faollikning, til topishib ketishining rivojlanib ketishiga yordam beradi, yoki aksincha bo‘ladi,
kishilar va shu kabi elementlardan tashkil topadi. Bolani qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy
hodisalar mavjud bo‘ladi. Shaxs atrof–muhit ta’sirini o‘ziga singdiribgina emas, balki unga
qarshilik ko‘rsatib ham shakllanadi. Rivojlanishning shart-sharoitlari bolaning o‘zi ularga nisbatan
qay yo‘sinda turgani va uning bu sharoitlarda qay tarzda tarkib topishiga bog‘liq bo‘lmagan holda
shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Bolani o‘rab turgan muhit mehnat va til oqibati
natijasida tarbiya vositasiga aylanadi. Bunda muhitning ta’siri stixiyali ekanligini hisobga olmoq
lozim. Shu sababli inson kamolotida ta’lim va tarbiyaning yetakchilik qilishiga imkon berish
kerak.
Xulosa
Tarbiya inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, uning mohiyati jamiyatning ma’naviy,
madaniy va iqtisodiy taraqqiyotiga bevosita bog‘liqdir. Har bir avlodni komil inson sifatida
voyaga yetkazish – ota-ona, pedagog va butun jamiyatning burchidir. Buyuk mutafakkirlarning
asarlarida tarbiya insonni inson qiluvchi, jamiyatni esa barkamol etuvchi kuch sifatida ta’riflanadi.
Shunday ekan, har bir pedagog, ota-ona va jamiyat a’zosi yosh avlodning tarbiyasiga
mas’uliyat bilan yondashmog‘i, ma’naviy yetuk, vatanparvar va komil insonni shakllantirishga
intilmog‘i zarur. Chunki tarbiya – bu kelajak poydevoridir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL
TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK
PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322.
2.
Jarilkapovich, Matjanov Aman. "Program Technology for Choosing an Effective
Educational Methodology Based on Modern Pedagogical Research in The Educational
System." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 6.02 (2025): 30-33.
3.
Jarilkapovich, Matjanov Aman. "USE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON THE
MODERN EDUCATIONAL PROGRAM TO INCREASE THE EFFECTIVENESS OF
EDUCATION." European International Journal of Pedagogics 4.06 (2024): 26-33.
4.
Turemuratova, Aziza, Amina Turganbayeva, and Kundiz Allambergenova. "PSIXOLOG
TRENERNING KASBIY KO’NIKMALARI VA PSIXOLOGIK SALOHIYATINI
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
195
OSHIRUVCHI AMALIY TRENINGLAR." Modern Science and Research 4.4 (2025):
884-890.
5.
Turemuratova,
A. B. "TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA
O’QUVCHIYOSHLARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
MEXANIZMLARI."
Inter education & global study 3.4 (2025): 242-250.
6.
Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kenjayeva Marhabo Ahmatjonovna, and Jumaniyozova
Nigora Baxtiyorovna. "Formation of Students' Collaborative Skills Through Group
Training Based on Multi-Vector Pedagogical and Psychological Approaches in Higher
Education." International Journal of Pedagogics 5.04 (2025): 24-27.
7.
Turemuratova, A., and I. Ostonakulov. "USING PROVERBS AS A WAY OF FOLK
PEDAGOGY TO IMPROVE THE KNOWLEDGE OF YOUTH." International Journal of
Intellectual Cultural Heritage 2.6 (2022): 60-63.
8.
Begibaevna, T. A. "USE OF EDUCATIONAL TRADITIONS OF FOLK PEDAGOGY IN
FORMING YOUTH WORLD VIEW." EPRA International Journal of Research and
Development (IJRD) 8.6 (2023): 266-268.
9.
Туремуратова,
А.
Б.
"ИСПОЛЬЗОВАНИЕ
ВОСПИТАТЕЛЬНЫХ
ТРАДИЦИЙНАРОДНОЙ ПЕДАГОГИКИ В ФОРМИРОВАНИИ МИРОВОЗЗРЕНИЯ
МОЛОДЕЖИ." Мировая наука 6 (75) (2023): 125-129.
10.
Jarilkapovich, Matjanov Aman. "The Role of Modern Education and The Teacher's
Pedagogical Skills in The Application of Pedagogical Teaching Methods." International
Journal of Pedagogics 5.04 (2025): 266-268.
11.
Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK
TARBIYANI
SHAKLLANTIRISH
JARAYONIDA
O'QUVCHILARNING
AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global
study 9 (2024): 114-121.
12.
Jarasovna, Kurbanova Rita. "The Role of National Values in Shaping the Aesthetic
Worldview of Schoolchildren." International Journal of Pedagogics 5.03 (2025): 55-58.
13.
Muratbayevna, Dauletova Gozal, and Madaminova Nargiza Qurbanbayevna.
"BOLANING
RIVOJLANISH DAVRI PSIXOLOGIYASI."
Scientific Impulse 1 (2022): 33-35.
14.
Ilyasova, Gulnaz, Arman Sipatdinov, and Venera Mambetiyarova. "OILA SHAXS
IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI MUHIM OMIL SIFATIDA."
Modern Science and Research 3.12 (2024): 601-604.
15.
Turumbetova, Zamira, and Dinara Abdiraxmanova. "INFLUENCE OF THE SOCIAL
ENVIRONMENT ON THE BEHAVIOR OF PRESCHOOL CHILDREN." Modern
Science and Research 3.5 (2024): 1196-1199.
16.
Turemuratova, Aziza, Elvira Sultanova, and Benezera Orazova.
"THE ROLE OF
PEDAGOGICAL SKILLS IN EDUCATION AND USE OF NEW METHODS IN TEACHING
PRINCIPLES."
Models and methods in modern science 2.11 (2023): 134-140.
17.
Jubatqan, Sagindikov. "QUESTIONS OF SPIRITUAL COMMUNICATION OF RURAL
WORKERS." Special Education 2.43 (2022).
