2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
221
YOSHLARNI OILA TURMUSHIGA VA OTA-ONA BO’LISH JARAYONIDA
EMOTSIONAL KOMPETENSIYA, EMPATIYA TRENINGLARNI O’RNI
Turemuratova Aziza Begibaevna
Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti.
Bekturg'anova Nursuliw Barlıqbaevna
Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.
Tlewmuratova Gulzira Qutlımuratovna
Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17449981
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqotda yoshlarni oila turmushiga tayyorlash va ota-ona bo’lish
jarayonida emotsional kompetensiyaga oid treninglarni ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirib
o’tiladi. Shuningdek, emotsional kompetensiya va empatiya treninglarni amalga oshirish
bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Oilada turli psixologik muammolar vujudga
kelsa yoshlarni psixologik treninglar orqali bir-birini tushinishiga yordam berish mumkin.
Yoshlarga oila muqaddasligini tushintirish, ularning oilaviy muhitini yaxshilashga yordam
berish, ularni oilaviy turmushdagi ko’nikmalarini oshirish bo’yicha mulohazalar tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
Oila, turmush, nikoh, emotsional kompetensiya, empatiya treninglar, konflikt
vaziyatlar, psixologik tadqiqotlar, tarbiya, psixologik muloqot.
Kirish
Yosh avlodning oila turmushiga tayyorligi, ota-onalik mas’uliyatini chuqur anglash,
emotsional barqarorlik va empatiya ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oila jamiyatning eng kichik asosi bo’lib, unda insonning shaxs sifatida shakllanishi,
ma’naviy yetukligi, ijtimoiy moslashuvi amalga oshadi. Shu sababdan yoshlarni oila hayotiga
puxta tayyorlash, ularni ota-ona bo‘lish jarayoniga mas’uliyat bilan yondashishga o‘rgatish
zamonaviy ta’lim va tarbiya tizimining eng dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Zamonaviy
psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oila mustahkamligi va farzand tarbiyasidagi
muvaffaqiyat asosan shaxsning emotsional kompetensiyasi va empatiya darajasiga bevosita
bog‘liq. Emotsional kompetensiya bu insonning o‘z hissiyotlarini anglash, boshqarish va
boshqalar hissiyotlarini tushunish qobiliyatidir.
Empatiya esa boshqalarning kechinmalarini his etish, ularni tushunish va ularga samimiy
munosabat bildirish ko‘nikmasidir. Ana shu ikki psixologik jihat yosh oilalarning barqaror hayot
kechirishi, nizolarga to‘g‘ri yondashishi, bolalar bilan sog‘lom psixologik aloqa o‘rnatishida hal
qiluvchi o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash,
ularni ma’naviy barkamol inson sifatida shakllantirish davlat siyosati darajasida e’tiborga olingan.
“Oila konsepsiyasi” hamda “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash strategiyasi”da yoshlarning
psixologik tayyorgarligini kuchaytirish, empatiya va emotsional ma’daniyatni rivojlantirish asosiy
maqsad sifatida belgilangan. Shu sababli mazkur tadqiqot ilmiy, amaliy va ijtimoiy jihatdan g‘oyat
muhimdir.
Oila inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanib, u shaxsning ijtimoiy muhitga
moslashishi, hissiy va axloqiy shakllanishining asosiy markazi hisoblanadi.
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
222
Ota-onalik mas’uliyati bu nafaqat bolani dunyoga keltirish, balki uni ma’naviy, axloqiy va
jismoniy jihatdan yetuk inson qilib tarbiyalash majburiyati bu umumiy g’oya sifatida qaralishi
kerak. Yoshlarni bu jarayonga tayyorlash ularning psixologik tayyorgarligi, hayotiy tajribalarga
asoslangan qadriyatlari, emotsional yetukligi va ijtimoiy rollarni anglash darajasi bilan
chambarchas bog‘liq hisoblanadi.
Yosh oilalarda emotsional kompetensiya psixologik trening tashkil qilish orqali ularning
turmush o‘rtoqlar o‘rtasidagi muloqot sifati yaxshilanishiga yordam beradi.
Shuningdek, konflikt vaziyatlar psixologik muloqotda treninglar tarzida hal qilinadi.
Ota-onalar har doim farzandlar bilan sog‘lom psixologik muloqot o‘rnatishi oilada sog’lom
muhit shakllanishiga yordam beradi. Oila muhitida tinchlik va mehr-oqibat mustahkamlanadi
degan fikrdamiz. O‘zbekistonlik tajribali pedagog-psixologlar ta’kidlashicha, yoshlar orasida
emotsional kompetensiyani rivojlantirishning eng samarali usuli psixologik treninglar, oilaviy
muloqot mashg‘ulotlari orqali ularni hayotiy vaziyatlarga tayyorlash eng yaxshi usul sifatida tan
olingan. Empatiya treninglar orqali insonning boshqa kishining hissiyotlarini tushunish, ularni his
etish va shunga mos javob berish qobiliyatini oshirishda asosiy vosita sifatida qaraladi. Bu sifat
yoshlarning oila hayotida bag‘rikeng, sabrli va mehribon bo‘lishini ta’minlaydigan psixologik
jarayon hisoblangan. Empatiya treninglari orqali shaxsda hayotiy ko‘nikmani shakllantirishda va
oilaviy muhit mustahkamlashiga xizmat qiladi. Empatiya treninglarining asosiy maqsadi va
vazifalari boshqa insonlarning hissiyotlarini to‘g‘ri talqin qilishdan iborat degan mulohazaga
kelishimiz mumkin. Yoshlarni turmushga tayyorlashda o‘z hissiyotlarini boshqarish va ifoda etish
ma’daniyatini rivojlantirish zarur bo’ladi. Oilada vujudga keladigan konflikt holatlarda
konstruktiv psixologik muloqot olib borish maqsadga muvofiqdir.
Ota-ona sifatida bolaga nisbatan mehr, e’tibor va tushunishni oshirish muhim ahamiyatga
ega. Oila turmushida emotsional kompetensiya va empatiya bir-birini to‘ldiruvchi psixologik
hodisalar hisoblanadi. Emotsional kompetensiya o‘z hissiyotini boshqarish imkonini bersa,
empatiya boshqalar hissiyotini tushunishga yordam beradi. Bu ikki psixologik jihatlarni
uyg‘unlashgan taqdirdagina oila ichida sog‘lom muloqot vujudga keladi, bir-birlariga o‘zaro
hurmat va ishonch muhitini yaratishda asosiy vosita sanaladi. Pedagogik amaliyotda yoshlarni
oilaviy hayotga tayyorlashda emotsional-intellektual mashg‘ulotlar, psixologik treninglar,
psixodrama va psixologik muloqot treninglar keng qo‘llanilmoqda. Empatiya va emotsional
kompetensiyani rivojlantirish orqali yoshlar o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqalarni tushunish,
hayotiy muammolarni ijobiy hal qilish ko‘nikmalarini oshirish mumkin bo’ladi. Bu esa komil
insonni shakllantirish va mustahkam oila barpo etishning asosi hisoblanadi. Bugungi kunda
O‘zbekiston yoshlariga emotsional-empatik tayyorgarlikni kuchaytirish orqali ularning nafaqat
shaxsiy, balki ijtimoiy barqarorligini ham ta’minlash mumkin bo’ladi. Bu borada ta’lim tizimida
psixologik treninglarni kengaytirish, oilaviy hayotga tayyorlovchi dasturlarni joriy etish,
psixologlar malakasini oshirish zarur. Bu kabi psixologik treninglar orqali yoshlar o‘z his-
tuyg‘ularini nazorat qilishni, boshqalarga nisbatan samimiylik bilan yondashishni o‘rganadilar.
Ayniqsa, bo‘lajak ota-onalar uchun bu ko‘nikmalar farzand tarbiyasida hal qiluvchi muhim
ahamiyatga ega. Ta’lim tizimida psixologik mashg‘ulotlar sifatida bunday treninglarni joriy etish
o‘quvchilar va talabalarda bag‘rikenglik, mehr, muloqot madaniyatini kuchaytiradi.
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
223
Oilaviy hayotga tayyorlashda dastlab yoshlarda oilaviy turmush to‘g‘risidagi
tasavvurlarinin aniqlash va ularni to‘g‘ri shakllantirish ta’lim-tarbiyaning muhim tomoni bo‘lib,
yoshlarning ota-onalik roliga psixologik tayyorgarlik ko‘rishni shakllantirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Yoshlarning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lishga intilishi, psixologik holatlari, oilaviy
munosabatlari, o‘zga shaxsga nisbatan moyillikning kuchaygan davri psixologiyasini chuqur
anglab yetib, kelgusi hayotlarini muammo qilmasliklari uchun tarbiyaviy tomonlariga ham e’tibor
qaratilishi kerak. Yoshlar oilaviy muhitda ota-ona roli, ota-onalik burchi, mas’uliyati hislarini his
qila olishi uchun ularda ma’lum darajada amaliy tajribalar, ilmiy tushunchalar bo’lishi lozim.
Uning uchun yoshlarda nikoh qurishga munosabati, nikohga tayyorgarligi va nikoh qurish
motivlari, oila haqidagi tasavvurlari, qarashlarini to‘g‘ri shakllantirishga yordam ko‘rsatish lozim.
Oilaga psixologik tayyorlash kurslarida yoshlar oiladagi ota-ona roliga hurmat bilan
qarashini ta’minlaydi va er-xotin bir-birlarini yaxshi tushunishiga imkon yaratadi, bir-biriga
ishonchi oshirishda oiladagi asosiy qadriyatlarni anglashga yordam beradi. Chunki, bugungi
yoshlarning fikrlashlari o‘tkir, keng va kreativ shaklda rivojlanib bormoqda. Zamonaviy jamiyatda
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash jarayoni muhim ijtimoiy –psixologik vazifalarni o’z ichiga
oladi.
Yoshlarning oilaviy hayotga tayyorlanish jarayonida ular ko’pincha o’z oilaviy
an’analarini, ota-onalarning munosabatlari va oila a’zolarining ijtimoiy roli haqida taassurotga ega
bo’lishlari zarur. Yoshlarning oilaviy hayotga tayyorlanishiga ta’sir etuvchi omillar orasida oilaviy
muhit, maktab, do’stlar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy ma’daniyat alohida ahamiyat kasib etadi.
zamonaviy yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash ijtimoiy-psixologik jihatdan murakkab jarayon
bo’lib, bu jarayon yoshlarning o’zaro munosabatlari, psixologik tayyorligi va oilaviy qa’diriyatlar
haqida to’g’ri tasavvurlarni shakllantirish talab qiladi. Ko'pchilik yoshlarimiz, ayniqsa
muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yoshlar, oila qurish arafasida bo'lar ekanlar aksariyat
hollarda o'zlarining bo'lajak oilaviy hayotlari uchun o'z ota-onasi oilasini ideal qilib oladilar.
Chunki ular shu oilada tarbiyalanar ekanlar, «eslarini taniganlaridan buyon» otaonasining
nizolashib tortishganlarini, bir-birlarini hurmatsiz qilganlarini eslay olmaydilar.
Bunday oilalarda ota-onalar ham o'zlarining o'zaro munosabatlaridagi noxush jihatlarini
farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Yoki ularning o'zaro munosabatlarida ro'y berishi
mumkin bo'lgan nizoli damlar, bir-birlariga moslashish jarayonlari nikohning boshida, hali
farzandlari dunyoga kelmaslaridan old in bo'lib o'tib ketgan. Bolalar esa ular turmushining faqat
yaxshi, tinch-totuv, ahil-inoqlik, bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli, ibratli jihatlaridangina
xabardor bo'ladilar. Shunday oila qurishni tasavvur qilgan yoshlarimiz, oila qurganlaridan so’ng
o'zlari kutgandek turmush kechira olmasalar, nikohning dastlabki eng nozik, murakkab, qiyin,
yangi ijtimoiy vaziyatlar, sharoitlar, bir-birlariga moslashish jarayonlarida yuzaga kelgan
qiyinchiliklar, to'siqlar, muammolarga duch kelishi mumkin.
Xulosa
Yoshlar oilaviy hayotga tayyor bo’lishlari uchun nafaqat dunyoqarashi, balki emotsional,
psixologik va ijtimoiy ko’nikmalarga ham ega bo’lishi zarur. Ya’ni yoshlarning oila va oilaviy
hayotga qarashlari, ularga oilada vujudga kelgan hodisalarga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik
omillar, oilaviy hayotga tayyorlashda ta’lim muassasalarining o’rni va o’zini anglashi jamiyatda
o’z o’rnini topishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
224
Albatta bu jarayonlarning barchasida faqat yoshlar emas, balki, oila, mahalla, ta’lim
muassasalari va umuman jamiyatda barcha mutaxasislarning birgalikdagi, bir maqsaddagi faoliyati
natiyjasida samarali amalga oshadi. Bu o’z navbatida, jamiyatda sog’lom oilaviy
munosabatlarning shakillanishiga yordam beradi va yoshlarning kelajakda barqaror oila
qurishlarida asos bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL
TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK
PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322.
2.
Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI
SHAKLLANTIRISH
JARAYONIDA
O'QUVCHILARNING
AKSIOLOGIK
DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024):
114-121.
3.
Aziza, Turemuratova. "KONFLIKT VA UNING KELIB CHIQISH SABABLARI."
Новости образования: исследование в XXI веке 3.32 (2025): 465-467.
4.
Turemuratova, A. "Har bir xalqning o'z qadriyati bor." (2021).
5.
Turemuratova, Aziza, Dilafruz Saparniyazova, and Aynura Tajimuratova. "PSIXOLOG-
TRENERNING KASBIY KO ‘NIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR."
Modern Science and Research 4.4 (2025): 234-238.
6.
Turemuratova,
Aziza,
Muqaddas
Abdullayeva,
and
Ro'zahon
Kutimova.
"PSIXOLOGIYADA TARBIYA QONUNLARINING ASOSIY TUSHUNCHALARI
HAQIDA MAʼLUMOTLAR." Modern Science and Research 4.4 (2025): 220-223.
7.
Turemuratova, Aziza, et al. "PSIXODRAMA TUSHUNCHASI HAQIDA UMUMIY
MA’LUMOTLAR." Modern Science and Research 4.4 (2025): 1186-1192.
8.
Turemuratova, Aziza, Kutlıbıke Abdurasulıyeva, and Gu'lnur Musayeva. "GENERAL
INFORMATION AND PSYCHOLOGICAL ANALYSIS OF FAIRY TALE THERAPY."
Modern Science and Research 4.4 (2025): 1205-1210.
9.
Turemuratova,
Aziza,
Lazzat
Jubatqanova,
and
Nasiba
Joldasbaeva.
"PSIXOTERAPIVTIK TOVARLAR BILAN ISHLASHNING ASOSIY QOIDALARI
HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOTLAR." Modern Science and Research 4.4 (2025): 251-
254.
10.
Turemuratova, A. "EDUCATIONAL TRADITIONS IN THE FORMATION OF YOUNG
PEOPLE'S WORLD VIEW IN FOLK PEDAGOGY." (2023).
11.
Turemuratova,
A. B. "TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA
O’QUVCHIYOSHLARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
MEXANIZMLARI."
Inter education & global study 3.4 (2025): 242-250.
12.
Muratbayevna,
Dauletova
Gozal,
and
Madaminova
Nargiza
Qurbanbayevna.
"BOLANING RIVOJLANISH DAVRI PSIXOLOGIYASI." Scientific Impulse 1 (2022):
33-35.
13.
Jubatqan, Sagindikov. "QUESTIONS OF SPIRITUAL COMMUNICATION OF RURAL
WORKERS." Special Education 2.43 (2022).
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
225
14.
Reyimbaevna, Mambetiyarova Venera, and Jumabayeva Marupa. "OTA-ONA VA
FARZANDLAR MUNOSABATINING XUSUSIYATLARI." TADQIQOTLAR. UZ 51
(2024): 20-23.
15.
Turemuratova,
Aziza,
Sanavar
Saparbaeva,
and
Zinaida
Esemuratova.
"PSIXOLOGIYALIQ TRENIN’SHÓLKEMLESTIRIWDIŃ QAǴIYDALARI HÁM
TRENIN’NIZAMLARI." Modern Science and Research 4.4 (2025): 266-272.
