2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
230
SUD TIZIMIDA KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Ergashev Aziz Adilovich
Fargʻona yuridik texnikum direktori.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17450041
Аннотация.
Ушбу тезисда муаллиф томонидан Ўзбекистон Республикаси одил
судлов тизимини ривожланган демократик давлат қаторига олиб чиқиш борасида амалга
оширилаётган ислоҳотлар, малакали кадрлар тайёрлаш тизимини такомиллаштириш
мақсадида қабул қилинаётган норматив ҳуқуқий ҳужжатлар хусусида фикрлар
юритилган.
Kalit so‘zlar:
одил судлов, малакали кадрлар, суд тизими, профессионал судялар, Odil
sudlov akademiyasi, ilmiy-tadqiqot muassasasi, interfaol oʻqitish uslublari.
Аннотация.
В данном тезисе автор рассуждает о реформах, осуществляемых для
вывода системы правосудия Республики Узбекистан в ряд развитых демократических
государств, нормативно-правовых актах, принимаемых в целях совершенствования
системы подготовки квалифицированных кадров.
Ключевые слова:
правосудие, квалифицированные кадры, судебная система,
профессиональные судьи, Академия правосудия, научно-исследовательское учреждение,
интерактивные методы обучения.
Abstract.
In this thesis, the author discusses the reforms being carried out to bring the
justice system of the Republic of Uzbekistan into the ranks of developed democratic states, as well
as the legal acts adopted to improve the system of training qualified personnel.
Key concepts:
justice, qualified personnel, judicial system, professional judges, Academy
of Justice, research institution, and interactive teaching methods.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 130-moddasida Oʻzbekiston
Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshirilishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan.
Albatta, mazkur qoida demokartik davlatga xos boʻlgan muhim jihatlardan biri
hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida hokimiyatlar boʻlinish prinsipiga amal qilingan holda,
sud hokimiyati hokimiyatning mustaqil tarmogʻi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu borada
mamlakatimizda xalqaro huquq talablariga javob beradigan huquqiy mexanizm ham, qonunchilik
bazasi ham yaratildi. Mustaqillikdan keyin Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyatining nufuzi
va obroʻsini oshirish, mustaqilligini taʼminlash borasida tizimli va izchil islohotlar amalga oshirib
kelinmoqda. Shu oʻrinda Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-son “Odil
sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi
1
, 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada
kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi
2
qabul qilingan farmonlarni yodga olish maqsadga muvofiqdir.
1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga
oshirishni
samarali
tashkil
etish
boʻyicha
qoʻshimcha
chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi
Farmoni.
2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini
yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoni. https://lex.uz/docs/6358976.
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
231
Mazkur farmonlar mazmunida sud tizimida yuz beradigan islohotlar mustahkamlab qoʻyildi.
Sud-huquq tizimining jadal isloh qilinishini taʼminlash, shuningdek, odil sudlovga erishish
darajasini yanada oshirish uchun 2023-2026-yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi
bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha
harakatlar dasturi ham tasdiqlandi.
Strategiyaning ahamiyatli jihati shundaki, unda odil sudlovni taʼminlashning ustuvor vazifasi
etib “Inson qadri uchun” gʻoyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish, adolatli sud
qarorlarini qabul qilishga erishish orqali yurtdoshlarimizning sud tizimiga boʻlgan ishonchini
mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Endilikda fuqarolar shu jumladan, tadbirkorlarga
oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qilishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilib, sud
ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tenglik tamoyillarini toʻlaqonli amalga oshirish, sudlar
faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatini
kengaytirish ham muhim vazifa sifatida belgilab olindi.
3
Tabiiyki, bunday oʻzgarish va
yangilanishlar adolatli davlat barpo etilayotgan yurtimizda insonlarning sud tizimini oʻzining eng
ishonchli himoyachisi sifatida his qilishiga mustahkam zamin yaratadi.
Bu jarayonlarda sudlar faoliyatining huquqiy hamda moddiy texnik bazasini rivojlantirish
bilan bir qatorda sud tizimi uchun yuqori malakali huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini
xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish, taʼlim, ilm-fan va amaliyot uzviyligini
taʼminlash orqali professional sudyalar korpusini shakllantirish bilan bogʻliq masalalar ham
alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 21-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
PF-141-sonli “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni
4
qabul qilindi. Ushbu farmon bilan
quyidagilar sud-huquq sohasida malakali kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etishdagi
ustuvor maqsadlar sifatida eʼtirof etildi: jumladan, sud tizimi uchun har tomonlama yetuk,
zamonaviy bilim va zarur kasbiy koʻnikmalarga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini
tashkil etish; sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudya va sud apparati xodimlarining
malakasini oshirish, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada boʻlgan sudyalarni qayta
tayyorlash, taʼlim oluvchilarda sudyalik kasbiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan
dasturlarni joriy etish; boʻlajak sudyalarda mustaqil, xolis, begʻaraz, faqat qonunga tayangan holda
va adolat bilan ish yuritishning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol oʻqitish
uslublarini taʼlim jarayoniga tatbiq etish; tinglovchi va talabalarda yuksak maʼnaviy va axloqiy
fazilatlarni shakllantirish, taʼlim jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni
taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini joriy qilish; sudyalik lavozimlariga nomzodlar, sudya va
sud apparati xodimlarida zamonaviy axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan
amaliyotda foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish; sud faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan
taʼminlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek, sud-huquq
sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
3
O.Karimov.
Odil sudlov – insonparvarlik va adolat ustuni. https://uza.uz/uz/posts/odil-sudlov-insonparvarlik-va-
adolat-ustuni_447134.
4
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov sohasida yuqori malakali
kadrlar
tayyorlash
tizimini
tubdan
takomillashtirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”
Farmoni.
https://lex.uz/ru/docs/7696594.
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
232
oʻquv jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan idoralararo tajriba almashish, shuningdek, sud tizimi
uchun huquqshunos kadrlar tayyorlovchi, shu jumladan, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni
tayyorlash va sudyalar malakasini oshirishga ixtisoslashgan xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot
tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Ushbu farmon doirasida amalga oshirilayotgan sud tizimida malakali kadrlar tayyorlash
takomillashtirganga qaratilgan muhim islohotlardan biri sifatida Sudyalar oliy maktabi faoliyatini
tubdan isloh qilish, yaʼni Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida
Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasini tashkil etilganligini taʼkidlash joiz. Endi
ushbu Akademiya Sudyalar oliy kengashi huzurida faoliyat yurituvchi, yuridik shaxs maqomiga
ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida faoliyat yuritadi,
kasbiy qayta tayyorlash kurslarida sud majlislarini real vaqt rejimida kuzatish va sudyaning
protsessual harakatlarini tahlil qilish imkonini beruvchi “virtual sud” mashgʻulotlari joriy etiladi,
shuningdek, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha oʻquv darslari tashkil etiladi,
kasbiy qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega
boʻlgan shaxslar arizasiga asosan boʻsh sudyalik lavozimlariga oʻtkaziladigan tanlovlarda ishtirok
etadilar.
Bundan tashqari ushbu farmon bilan sudyalarni qayta tayyorlash tizimini tubdan
takomillashtirish, akademiyada malaka oshirishning yangicha uslublarini tatbiq etish,
akademiyada oʻqitishni tashkil etish, akademiya faoliyatini samarali tashkil etish bilan bogʻliq bir
qator ustuvor vazifalar ham belgilab berildi.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan farmonlarda
koʻrsatib berilgan ustuvor yoʻnalish hamda vazifalar sudyalarning chinakam mustaqilligi
taʼminlanishi, ularning ishiga har qanday aralashuv qatʼiy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz
ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi belgilangani ham sud-huquq
islohotlarini yangi va sifatli bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Eng asosiysi, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlari yanada kuchaytirilib, ish boʻyicha
barcha holatlar sud tomonidan har tomonlama va toʻliq tekshirilishi, dalillarga xolisona baho
berilishi, huquq-tartibot idoralarining tamomila yangicha ishlashi va xalqimizning sudlarga
boʻlgan qatʼiy ishonchini oshirishda muhim oʻrin tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov
faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358913.
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga
erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga
doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358976.
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov
sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/7696594.
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
233
5.
O.Karimov.
Odil sudlov – insonparvarlik va adolat ustuni. https://uza.uz/uz/posts/odil-
sudlov-insonparvarlik-va-adolat-ustuni_447134.
6.
B.Toshev. Odil sudlovni taʼminlashning institutsional asoslari.
7.
https://uzmarkaz.uz/uz/news/odil-sudlovni-taminlashning-institutsional-asoslari.
