Oktabr, 2025-Yil
401
KONCHILIK SOHASIGA TEGISHLI FANLARNI INTERFAOL METODLARIDAN
FOYDALANIB O’QITISH
Dauletov Kalniyaz Abatbaevich
Nukus davlat texnika universiteti
“Konchilik va metallurgiya” kafedrasi boshlig’i, ilmiy rahbar.
Rametullayeva Mehriban Polatbek qizi
Nukus davlat texnika universiteti magistranti.
rametullayevamehriban@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17486813
Annotatsiya.
Mazkur tezisda konchilik sohasiga tegishli fanlarni o’qitishda interfaol
usullardan foydalanish va ularning ta’lim berishda samarali yo’llari haqida va shu bilan
birgalikda nafaqat konchilik sohasidagi balki texnika va metallurgiya sohasidagi fanlarni
o’qitishda qo’llash mumkinligi haqida yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
Dars, Interfoal metod, interfaol usul, mahorat, SWOT metodi.
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta`limning
samaradorligini ko`tarishga bo`lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda.
Zamonaviy texnologiyalar qo`llanilgan mashg`ulotlar o`quvchilar egallayotgan bilimlarni
o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o`zlari
keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O’qituvchi bu usulni dars mobaynida qo’llash davomida
boshqaruvchilik va yo`naltiruvchilik kabi vazifalarga diqqat etadi. Interfaol usullarni qo‘llash
natijasida talabalarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish,
uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari
shakllanib, rivojlanib boradi.
Interfaol metod
– ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni
oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini
rivojlantirishga xizmat qiladi.
“
Interaktiv
” (interfaol)-inglizcha so‘z bo‘lib, “
interac
t”- “
inter
”-bu o‘zaro, “
act
”-bu
“harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi. Umumlashtirganda esa “
Interaktiv
” (interfaol) –“o‘zaro
harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi.
Interfaol metod bir qancha xususiyatlardan iborat bo’lib, shu xususiyatlarga tayangan
holda fanlarni o’qitish ta’limning na’tiyjaliligini oshirishga yordam beradi.
Individualizatsiya
-talaba shaxsining individual xususiyatlari va qobilyatlari nuqtai
nazaridan ta’lim olish jarayoni tashkil qilinadi. Talabalarning qiziqishi va berilgan mavzuni
qiyinlik darajasi ham shunga bog’liq.
Tadqiq qilishga o’rgatish
-mazkur talabning bajarilishi talabada umrbod kerak bo’ladigan
birlamchi ko’nikma va malakalarning shakllanishiga olib keladi hamda talabani tahlil qilish,
umumlashtirish, xulosa qilish, o’z bilim va malakalarini zarur xollarda ishlatishga o’rgatadi.
Motivatsiya
-individual va jamoaviy faollik uchun motivatsiya bo’lishi kerak. O’qituvchi
motivatsiyasi uchun: Professionalizm, ijodiylik, doimiy raqobatning mavjudligi, darsning o’yinga
aloqadorligi, emotsional qoniqish, o’qituvchi faoliyati natiyjasida vujudga keladigan ijobiy
emotsiyalar uni yanada kengroq va chuqurroq ish olib borishga undash.
Oktabr, 2025-Yil
402
Texnika, metallurgiya va konchilik sohasiga tegishli fanlarni o’qitishning boshlang`ich
ta`limida talabalarning, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko`ra didaktik o`yinlar orqali,
evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo`llanilmoqda. Ushbu metodlardan
biri SWOT –universal tahlil qilish metodi bo’lib bu metod jamoaviy va yakka tartibda ham ishlash
bilan birgalikda tez o’ylashni talab qiladi.
SWOT- universal tahlil qilish metodi
Ushbu metod maqsadlarda qo‘llaniladigan
metodlardan biri hisoblanadi. Uning nomi inglizcha so‘zlarning birinchi harfidan olingan bo‘lib,
Strengths
– kuchli tomonlar,
Wearnesses
– kuchsiz tomonlar yoki muammolar,
Opportunetiss
–tashqi imkoniyatlar,
Threats
-tashqi muhitda mavjud xavf-xatarlar.
Masalan: bu metodni “Burg’ilash va portlatish ishlari’ fanidan “Portlovchi modda va
portlash ishining ish bajarish qobilyatini aniqlash” mavzusini o’qitish uchun foydalanish mumkin.
S
Portlovchi moddalardan
foydalanishning kuchli
tomonlari
1. Mexanik qazish usullariga nisbatan tezroq va
tejamkorrroq bo‘ladi.
2. Katta hajmdagi ishni kam ishchi kuchi bilan
amalga oshiradi.
W
Portlovchi moddalardan
foydalanishning kuchsiz
tomonlari
1. Portlash natijasida chang, tutun, gaz va shovqin
ko‘tariladi.
2. Yer osti suvlari yo‘nalishini o‘zgartirib yuborishi
mumkin.
O
Portlovchi moddalardan
foydalanishda mavjud
imkoniyatlar (ichki
imkoniyatlar)
A. Tajribali va bilimli kadrlar mavjudligi.
B. Zamonaviy portlovchi moddalar va detonatsiya
tizimlari.
T
Portlovchi moddalardan
foydalanishga nisbatan mavjud
bo‘lgan tashqi xavf-xatarlar
A. Aholi punktlariga salbiy ta’sir.
B. Ekologiyaga salbiy ta’siri.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Bеspаlhkо V.P. Slаgаеmые pеdаgоgichеskоy tехnоlоgii. M: «Pеdаgоgikа», 1999,
2.
Ishmuhamedov R., Abduqolirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsiln tehnologiyalar.
Toshkent, 2008.
3.
Ishmаtоv Q. O’qitishning intеrfаоl mеtоdi. Nаmаngаn, NаmMPI, 2004
4.
Gulyamоv S.S., Mibаrtоvа L. I., Аbdullаеv. Nоvые pеdаgоgichеskiе tехnоlоgii.
5.
Klаrin M. V. Pеdаgоgichеskаya tехnоlоgiya v uchеbnоm prоtsеssе. M.: Znаniе, 1989.
6.
Matlab Tilavova “Texnologiya va uni o’qitish metodikasi”. Toshkent “Muharrir
nashriyoti”. 2019
7.
Rеkоmеndаtsii pо оrgаnizаtsii distаntsiоnnоgо оbuchеniya. (Pоd rеd. аkаd. Gulyamоvа S.
S.). Tаshkеnt, 2002
