Authors

  • Kalniyaz Dauletov
  • Mehriban Rametullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79096

Keywords:

O’qitish metodi og’zaki metod ko’rgazmali metod amaliy metod konchilik sohasi pedagogik mahorat.

Abstract

Ushbu maqolada konchilik sohasiga tegishli fanlarni o’qitishda zamonaviy pedagogik usullardan foydalanish haqida so’z boradi. Shuningdek pedagogik usullar nazariy bilimlarni berish orqali amaliy ko’nlikmalarni ham rivojlantirish, o’quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuv bilan birgalikda talabalarning foalligini oshirish yo’llari yoritib berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

815

KONCHILIK SOHASIGA TEGISHLI FANLARNI O’QITISHDA ZAMONAVIY

PEDAGOGIK USULLARNING AHAMIYATI

Dauletov Kalniyaz Abatbaevich

Nukus davlat texnika universiteti “Konchilik va metallurgiya” kafedrasi boshlig’i, ilmiy rahbar

Rametullayeva Mehriban Polatbek qizi

Nukus davlat texnika universiteti “Konchilik va metallurgiya” kafedrasi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15210125

Annotatsiya

. Ushbu maqolada konchilik sohasiga tegishli fanlarni o’qitishda zamonaviy

pedagogik usullardan foydalanish haqida so’z boradi. Shuningdek pedagogik usullar nazariy

bilimlarni berish orqali amaliy ko’nlikmalarni ham rivojlantirish, o’quvchilarda mustaqil

fikrlash va ijodiy yondashuv bilan birgalikda talabalarning foalligini oshirish yo’llari yoritib

berilgan.

Kalit so’zlar

: O’qitish metodi, og’zaki metod, ko’rgazmali metod, amaliy metod,

konchilik sohasi, pedagogik mahorat.

THE IMPORTANCE OF MODERN PEDAGOGICAL METHODS IN TEACHING

MINING-RELATED SUBJECTS

Abstract.

This article talks about the use of modern pedagogical methods in teaching

subjects related to the field of mining. Also, the ways of pedagogical methods to develop

practical skills by imparting theoretical knowledge, to increase the activity of students in

combination with independent thinking and a creative approach are highlighted.

Key words:

teaching method, oral method, demonstration method, practical method,

mining field, pedagogical skills.

ЗНАЧЕНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ МЕТОДОВ В

ПРЕПОДАВАНИИ ПРЕДМЕТОВ ГОРНОГО ДЕЛА

Аннотация.

В данной статье говорится об использовании современных

педагогических методов в преподавании предметов, связанных с горным делом. Также

освещены способы педагогических методов развития практических навыков путем

привития теоретических знаний, повышения активности учащихся в сочетании с

самостоятельным мышлением и творческим подходом.

Ключевые слова:

метод обучения, устный метод, демонстрационный метод,

практический метод, горное дело, педагогическое мастерство.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

816

KIRISH

Hozirgi kunda texnika va konchilik sohasiga tegishli fanlarni o’qitishning bir qancha

samarali yo’llari mavjud. Ilmiy-texnik tafakkurning borgan sari o’sishi va yoshlarning fan

texnikaning jo’shqin rivojlanishida faol ishtirok etishlari faqat ta’lim mazmunini emas, balki

o’qitish jarayonining usul va shaklini to’g’ri tashkil etilishini, o’qishga qiziqishni, ijodiy

qobiliyatni, egallangan bilimlarni amalda ijodiy qo’llay bilishni rivojlantirish maqsadlarida

yanada takomillashtirishni ham talab qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Talabalarga konchilik sohasiga tegishli bo’lgan fanlarni o’qitishda boshqa fanlarni

o’qitish da bo’lganidek, o’qitishning xilma-xil metodlari qo’llanilib talabalarning texnika va

konchilik sohasiga tegishli bo’lgan qiziquvchanligini va ziyrakligini oshirib boradi. Ma’lum

mavzu doirasadagi bilimlarini amalga qo’llay olish usullarini o’rgatadi. O’qitish metodi qisqa

vaqt mobaynida o’quvchilarga ko’proq bilim berishni o’ziga maqsad qilib oladi.

Har bir metodni o’z o’rnida qo’llay olish lozim, bu albatta pedagogik mahoratni talab

qiladi. Bilimlarni tinglovchilarga tushinarli va qiziqarli tarizda yetkazish uchun og’zaki bayon

qilish metodlari, ko’rgazmali metodlar, amaliy metodlari juda kata yordam beradi.

Og’zaki metod

: Ta’lim metodlari tizimida muhim o’rin tutadigan metod bo’lib, o’zi ham

quyidagi turlarga bo’linadi:

• hikoya

• suhbat

•tushuntirish

• ma’ruza

Hikoya qilish - programmada nazarda tutilgan barcha o’quv materialini aniq va to’liq

qamrab olishi kerak. Material qiziqarli va o’quvchilarning fikrini aktivlashtiradigan, diqqatini

yangilikning asosiy elementlariga jalb qiladigan bo’lishi lozim. Hikoya uchun o’qituvchi

konchilik sohasiga tegishli bo’lgan qiziqarli ma’lumotlarni foydalaniladi.

Suhbat. Didaktik vazifalardan kelib chiqqan holda suhbat ikki turga: oldindan

o‘tkaziladigan suhbatlar va yakuniy suhbatlarga bo‘linadi. Oldindan o‘tkaziladigan

suhbatlarni o’qituvchi yangi mavzu oldidan qo’llaydi. Bunday suhbatning maqsadi — bo‘lajak

kuzatishlar bilan mavjud bilimlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish maqsadida talabalarning bilimini

aniqlashdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

817

Yakuniy suhbat bilan olingan faktlarni sistemalashtirish va konkretlashtirishga,

mustahkamlash va aniqlashga yo‘llanadi. Yakuniy suhbat orqali talabalarning mavzuni qanchalli

darajada yaxshi o’zlashtirganini bilib olish mumkin.

Ko’rgazmali metod

: samarali metodlardan biri hisoblanib, zamonaviy ta’limning asosini

tashkil etadi.

• Namoyish

• Tasvirlash

Biz doimo mavzuda o’tilgan yangi predmetlarni misol uchun ekskavator yoki boshqa da

ishlab chiqarish uskunalarini borib ko’rishimiz mumkin emas. Shunday ekan oldin ko’rmagan

narsamiz haqida bilimlarga ega bo’lishimizdan oldin u haqida tassavurga ega bo’lishimiz lozim.

Bu mavzuda ko’rgazmali metod qo’l keladi. Aytaylik, foydali qazilmalarni tashish uchun

ishlatiladigan transport turlaridan biri avtosamasval haqida maruza vaqtida talabalarda tassavur

paydo qilish uchun maketlardan foydalaniladi. Uning ishlash prinsipi, detallari va natiyjaliligini

ko’rsatish uchun video materiallardan foydalaniladi. Ta’limning bunday metodlaridan

foydalanilganda talabalarning bilish faoliyati ko’gazmali vositalar yordamida shakllanadigan

tassavurlarga bog’liq bo’ladi. Ko’rgazmali qurollar bilimlarni tartibka solish va boyitishga,

shuningdek, talabalarning fikr yuritish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi.

Ta’limning ko’rgazmali metodlari talabalarning bilim faoliyatida obrazli va mantiqiy,

aniq va mavhum, hissiy va aqliy jihatlar nisbatini chuqur tushunishni talab etadi.

Amaliy ishlar metodi:

Nazariy bilimlarimizni amalda tatbiq etish uchun eng zarur metod

hisoblanadi.

• Mashq

• Laboratoriya

• Amaliy ishlar

Amaliy ishlar o’quvchilarga egallagan bilimlarini amalda qo’llashni o’rgatishda yordam

beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini o’quvchilarning o’zlari mustaqil tuzishlari katta ta’limiy-

tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ko’rgazmali qurollarning o’quvchilar tomonidan bajarilishini ham

amaliy ishlarga kiritish mumkin, bu egallangan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.

Laboratoriya ishlarining o’tkazilishi egallangan bilimlarning ishonarlilik kuchini oshiradi,

bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi, ularni amalda qo’llashga o’rgatish uchun xizmat

qiladi. Laboratoriya ishlari o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol va turli texnikaviy


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

818

qoliplardan foydalangan holda tajribalar o’tkazish metodi hisoblanadi. Konchilik sohasida

laboratoriya ishlari laboratoriya xonalarida yoki keng maydonlarda amalga oshiriladi.

Mustaqil ishlar – bu o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq uning topshirig`i bilan

maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlardir. Bu o’rinda talabalar o’zlarining intilishlarini

qo’llab hamda aqliy va jismoniy harakatlarining natijalarini u yoki bu formada ifodalab,

topshiriqda qo’yilgan maqsadga ongli ravishda erishishga harakat qiladilar. Agarda o’qituvchi

topshiriqqa kuzatilayotgan faktlarni kuzatuvchining qo’lidan keladigan tahlil va

umumlashtirishlarni kiritsa, kuzatishlarning samaradorligi yanada ortadi.

XULOSA

Dars o’tishda “Aqliy hujm”, “BBB”, “Bingo”, “Claster”, “Toj”, “Zinama-zina“, “Marra

sari olg’a”, “Shar” va boshqa usullardan foydalanish tavsiya etiladi, ammo tavsiya etilayotgan

metod va shakllar bilan cheklanib qolishi kerak emas. Talabalarning konchilik sohasiga tegishli

fanlarga qiziqishini shakllantirish va rivojlantirish har bir darsning qanday saviyada tashkil

qilinishiga bog’liq.

REFERENCES

1.

Беспалько, В.П. Слагаемые педагогических технологий. - М: 1989. - 192 с.

2.

Babanskiy Yu. O'qitish samaradorligini oshirishning didaktik asoslari haqida. M.:

Pedagogika - 2006 yil

3.

Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish

yo`llari. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2009.

4.

Interactive teaching methods at the university as a pedagogical innovation/Gulakova M.

V., Kharchenko G. I. // Concept, No. 11. 2013. P.1-1.

5.

Matlab Tilavova “Texnologiya va uni o’qitish metodikasi”. Toshkent “Muharrir

nashriyoti”. 2019

6.

Sanoqulov X.R, Xodieva D.P. Satbaeva “Mehnat va uni o’qitish metodikasi” Darslik.

T.;TDPU.2015-yil.

7.

Tilavova M. Texnologiya va uni o`qitish metodikasi: o`quv qo`llanma / M.

8.

Tilavova. - Buxoro: ООО "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona, 2021. - 312 b.

9.

Umumiy pedagogik a. - Т .: « Fan va texnologiya», 2018, 528 bet

10.

Q.H. Azizov "Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi". O'quv qo'llanma. TAYLQEI.

Toshkent2019 y

References

Беспалько, В.П. Слагаемые педагогических технологий. - М: 1989. - 192 с.

Babanskiy Yu. O'qitish samaradorligini oshirishning didaktik asoslari haqida. M.: Pedagogika - 2006 yil

Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo`llari. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2009.

Interactive teaching methods at the university as a pedagogical innovation/Gulakova M. V., Kharchenko G. I. // Concept, No. 11. 2013. P.1-1.

Matlab Tilavova “Texnologiya va uni o’qitish metodikasi”. Toshkent “Muharrir nashriyoti”. 2019

Sanoqulov X.R, Xodieva D.P. Satbaeva “Mehnat va uni o’qitish metodikasi” Darslik. T.;TDPU.2015-yil.

Tilavova M. Texnologiya va uni o`qitish metodikasi: o`quv qo`llanma / M.

Tilavova. - Buxoro: ООО "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona, 2021. - 312 b.

Umumiy pedagogik a. - Т .: « Fan va texnologiya», 2018, 528 bet

Q.H. Azizov "Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi". O'quv qo'llanma. TAYLQEI. Toshkent2019 y