721
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
DINIY MATNLAR KORPUSI UCHUN IZOHTALAB SO‘ZLARNI SEMANTIK
TAVSIFLASH USULLARI
Manzura Abjalova Abdurashetovna
Filologiya fanlari doktori (DSc), professor v/b.
+99891-333-86-55
ORCID:
0000-0002-1927-2669
Fayiza Tursunboyeva Abdurahmat qizi
Tadqiqotchi
+99890-303-13-99
ORCID: 0009-0003-4266-0541
https://doi.org/10.5281/zenodo.17497264
Annotatsiya.
Diniy matnlar korpusi qayta ishlangan diniy matnlardan iborat tizim
hisoblanib, uning yaratilishi diniy matn mazmunini tushunish, avtomatik semantik tahlil,
mashina tarjimasini amalga oshirish kabi masalalar ishini takomillashtirishga omil boʻladi.
Shuningdek, qidiruv tizimlari va tarjimon tizimlarida diniy matnlar bilan bogʻliq soʻrov
va tarjima sifatining oshirilishi, katta ma’lumotlar bazasining takomillashuviga erishiladi.
Leksikografiya, ontologiya kabi tadqiqotlarning samarali bo‘lishiga obyekt bo‘la oladi.
Maqolada diniy matnlar korpusi uchun islomshunos olim Muhammad Sodiq Muhammad
Yusufning “Sahihul Buxoriy” 1-juz (2019) nashri asosida o‘rganilgan 428 ta lug’aviy birlik
tadqiqining orasidan semantik maydon, semantik guruhlar ko‘rsatilib, mazkur lug’aviy
birliklarning semantik teglanishi ochib berilgan. Shuningdek, maqolada diniy matnlarda eng
ko‘p uchraydigan so‘zlardan “Kitob” va “Hadis” lug’aviy birliklari korpus lingvistikasining
mavzuiy guurhlashtirish, semantik teglash, kalit so‘zlar va so‘z birikmlari asosida tahlil qilish
metodlariga tayangan holda tadqiq qilindi. Tadqiqot natijasida jami jami 17 ta mavzuiy guruhlar
shakllantirildi. Ushbu tadqiqotda tahlil qilingan semantik muammolar va semantik tavsiflash
metodlari korpus linvistikasiga doir tahlill va metodlogiyalarda muhim omil hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
Korpus lingvistikasi, semantika, semantik tavsif, semantik tavsiflash
metodlari, chastota, teglash, diniy matnlar, semantik munosabat, funksionimiya, hadis, kitob
Abstract
. A corpus of religious texts is a system of processed religious texts, and its
creation will be a factor in improving the work on issues such as understanding the content of
religious texts, automatic semantic analysis, and machine translation. It will also improve the
quality of queries and translations related to religious texts in search engines and translation
systems and improve the large database. It can be an object for effective research such as
lexicography and ontology. The article shows the semantic field and semantic groups among the
428 lexical units studied for the corpus of religious texts based on the publication of the Islamic
scholar Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf's "Sakhihul Bukhari" 1-juz (2019) and reveals the
semantic labeling of these lexical units. Also, the article studies the lexical units “Book” and
“Hadith”, which are the most frequently occurring words in religious texts, based on thematic
grouping, semantic tagging, and analysis based on keywords and word combinations. As a result
of the study, a total of 17 thematic groups were formed. The semantic problems and semantic
description methods analyzed in this study are the most important factor in corpus linguistics
analysis and methodologies.
Key words
: Corpus linguistics, semantics, semantic description, semantic description
methods, frequency, tagging, religious texts, semantic relation, functoriality
I. Kirish
722
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Tilning shakllanishi va rivojlanishida jamiyatning o‘rni beqiyos, xususan, insoniyat bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lgan dinning ta’sirini alohida e’tirof etmasdan iloj yo‘q. Tabiiy tillarning
aksarining negizida bu ta’sirni topish mumkin. Jumladan, o‘zbek tili ham bundan mustasno
emas.
Yurtimizda yetishib chiqqan islom dinining eng yirik olimlari Imom Buxoriy, Imom
Termiziy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy [1] kabi islomiy bilimlar
ulamolarining asarlari tilimiz rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda.
Til korpuslari semantik tahlillar uchun boy ma’lumotlar manbai sanalib, shu sababdan
ham bugungi kunda semantik nazariyaning chuqur va keng tadqiq qilinishi boshlandi [2].
Semantik tavsiflash ayni to‘rtinchi sanoat inqilobi davrida [3] juda muhim elementlardan
hisoblanadi. Bu orqali qidiruv tizimlari, web xizmatlardan foydalanishni avtomatik tahlil qilgan
holda integratsiyani osonlashtirish mumkin [4].
Shuningdek, til korpuslari mashina tarjimasi, til muhandisligi, axborot qidirish, leksik
tahlil, leksikografiya kabi lingvistik tadqiqotlarga ham boy manba bo‘lib xizmat qiladi [5].
Aynan semantik tadqiqotlar jamlangan maqsadli til korpuslari esa raqamli lingvistika rivojida
alohida qiymatga ega (masalan: SemOntoCor, Alisher Navoiy g‘azallarining semantik bazasi).
Har bir tilning leksik-semantik tizimida u yoki bu denotat (voqelikdagi aynan bir narsa)
nomining alohida-alohida lug‘aviy birliklar yordamida ifodalanishi mazkur so‘zlar ifodalab
kelgan denotatlarning shu xalqning hayoti, turmush tarzi, xo‘jaligi, ijtimoiy ishlab chiqarishda
qanday ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi [6]. Xuddi shuningdek, diniy matnlarda
uchraydigan o‘ziga xos denotatlar ham lug‘aviy ma’nosidan tashqari turli kontekstlarda turli
mazmunga ega bo‘ladi. Va bu mazmunlarda nafaqat xalqning, balki shu mazmunga asos bo‘lgan
dinning ta’sirini ham chuqur ifodalaydi.
Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, O‘zbekistonda islom dini qariyb 15 asrlik tarixga ega
bo‘lib, arab tilining o‘troq aholi leksikasidagi o‘rni juda katta. Yer yuzida islom dini keng
tarqalganligiga qaramasdan, arab tili dunyosida korpus lingvistikasi ingliz tili korpus
lingvistikasi darajasida taraqqiy etmayapti. Buning sabablari sifatida lingvist olim O. Ismoil arab
tilining o‘ziga xos tomonlari – flektivligi, bosh harflarning mavjud emasligi, unlilarning harf
bilan ifoda etilmasligi, tilning morfologik xususiyatlari kabilarni qayd etadi [7].
Shuningdek, diniy matnlarda uchraydigan izohtalab lug‘aviy birliklarni semantik
tavsiflash ehtiyoji ushbu so‘zlarning asrlar davomida iste’moldan chiqishi, xos doiralarda
o‘rganilishi, shuningdek, manbalar bilan birgalikda lingvistik tadqiqotlar yetishmasligi ham
rivojlanishni ortga surmoqda.
Mazkur bo‘shliqni to‘ldirish uchun bugungi kunda diniy matnlardagi izohtalab
so‘zlarning kontekstual-semantik izohini hech bir lug‘atsiz joriy vaqtda, tezkor (interaktiv
tarzda) bilish va shunday so‘zning diniy matndagi ma’nosini anglashi uchun diniy matnlar
korpusi va uning semantik tavsiflar bazasi muhim sanaladi. Diniy matnlarda, xususan, hadislarda
shunday so‘zlar borki, ularni bugungi kun o‘quvchisi maxsus lug‘atlarsiz tushunishga qiynaladi.
Ular tadqiqotimizda izohtalab so‘z birikmali termini bilan ifodalandi. Ushbu maqola
diniy matnlardagi izohtalab lug‘aviy birliklarga semantik tavsif berish metodlarini ochib berishga
qaratilgan.
Maqola mohiyatini ochishda islomiy bilimlar olimi shayx Muhammad Sodiq Muhammad
Yusufning “Sahihul Buxoriy”, 1-juz asari asos qilib olindi.
Shuningdek maqolada kalit so‘zlar va so‘z birikmalar tahlili, mavzuiy modellashtirish,
semantik teglash kabi metodlardan foydalangan holda natijalar taqdim qilindi.
723
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
II. Adabiyotlar tahlili
Korpus lingvistikasida semantik tadqiqotlar endi rivojlanayotganligi bois bu doirada
manbalar kamyob hisoblanadi. Ammo bu yo‘q degani emas. Jumladan kognitiv lingvistika
nazariyasini o‘rgangan professor Glynn D. semantik tadqiqotlarda til korpuslardan
foydalanishning ahamiyati va texnikalarini tahlil qilgan bo‘lib, korpusga asoslangan holda
semantik tadqiqotlar uchun metodologik yonashuv va texnikalar ishlab chiqdi. Glyann D
korpusda semantik metodologik yondashuvning 2 xil turini taqdim etadi.
Shuningdek, bu borada tilshunos olimlar Stefanowitsch and Griesning har ikki turning
alohida xususiyatlarini saqlab qolgan holda umumlashtirish mumkinligi nazariyasini qo`shimcha
qilib o‘tish lozim.
Korpus lingvistikasida teologik matnlardagi izohtalab so‘zlarni semantik tavsiflash uchun
kontekstning zamoni va makoniga, matnga singib ketgan qadriyatlarga asoslanish o‘rinlidir. Bu
borada tilshunos olimlardan Muhammad Alqarni aynan diniy matnlarda kalit so‘zlar yoki so‘z
birikmalari asosida semantik izoh berishni amaliy tadqiq qilgan bo‘lib, u o‘z maqolasida ushbu
metodni Qur’oni karim matnlarida qo‘llash borasidagi qiyinchiliklariga to‘xtalib o‘tgan.
Olimning ta’kidlachicha, Qur’oni karimning 6236 oyatida kelgan so‘zlar va so‘z
birikmalari har biri alohida semantik tavsiflashni talab qiladi. Ayniqsa, bu jarayon kompyuter
lingvistikasida alohida qiymatga ega [8].
Shuningdek, Altmeyer, S., Klein, C kabi olimlar diniy so‘zlar orasidagi nozik semantik va
grammatik farqlarni o‘rgangan holda so‘zlarni semantik maydon va shakl jihatidan tavsiflash
metodini o‘z ilmiy nazariyalarida ifodalagan [9].
Lingvistik matnlarda, xususan, diniy manbalarda mavzulashtirish uslubi ko‘plab ilmiy
muammolarga amaliy yechim bo‘la oladi. Bu borada
Mahit Nandan A.D, Ishan Godbole, Pranav
M Kapparad, and Shrutilipi Bhattacharjee
kabi olimlar Qur’oni karim, Bibliya va Gita kabi
ilohiy kitoblar doirasida qiyosiy tahlildan foydalangan holda mavzuiy modellashtirish uslubini
muvaffaqiyatli isbotgan [10].
Bundan tashqari, diniy matnlar doirasida semantik tadqiqot olib borish jarayonida
semantik annotatsiya va semantik teglash eng muhim usullardan biri sanaladi. Alohida ta’kidlash
lozimki, bir dinning turli makonlardagi zohiriy o‘xshash so‘z yoki so‘z birikmalari turli
hududlarda boshqa-boshqa mazmunga ega bo‘lishi mumkin.
Xuddi shu nazariyani ilgari surgan olimlar Altmeyer, S., Klein, C. Amerika va Germaniya
xalqlarining leksikasidagi bir so‘zning ikki hududga xos nozik semantik ma’nolarini tadqiq
qilgan [11].
Ayni shu metodni islomiy matnlarda ham qo‘llash mumkin. Islomiy lug‘aviy birliklar
zamon va makonda shu jamiyatga xos bo‘lgan o‘ziga xos urf-odatlar, qadriyatlar, zamonlar osha
duch kelgan leksik va semantik o‘zgarishlar tufayli alohida semantik tavsifni talab qiladi.
Shu o‘rinda, arab tilining tarixiy semantikasi uchun korpus lingvistik vositalar mavzusi
doirasida ilmiy ishlar olib borgan olim Ismail. O. arab tilining ayrim so‘zlari semantikasi davrlar
mobaynida semantik o‘zgarishga uchragani va ayni zamonda taqazo qilayotgan ma’nolarini
korpus lingvistikasida ifodalash uslublarini tadqiq qilgan. [12]. Quyidagi 1-chizmada olimlar
tadqiq qilgan semantik tavsiflash metodlari interaktiv tarzda taqim etildi.
724
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
1-chizma.
Korpus lingvistikasida matnlarni semantik tavsiflash metodlari
III. Metodlar
Ushbu tadqiqotda semantik tavsiflash metodlaridan kalit so‘zlar va so‘z birikmalar tahlili,
mavzuiy modellashtirish, semantik teglash usullariga tayangan holda korpus lingvistikasida diniy
matnlarni semantik tavsiflashning usullari tadqiq qilindi. Tahlil qilingan lug’aviy birliklarning
semantik maydoni, chastotasi aniqlandi. Izohtalab lug’aviy birliklarga konteksual semantik izoh
taqdim qilindi.
IV. Muhokama va natijalar
Diniy matnlarni o‘qib tushunish, notanish lug’aviy birliklarni kontekstga ko‘ra mohiyatan
to‘g‘ri tushunishda filologik korpuslarni yaratish muhimdir. Bu yo‘lda eng muhim diniy
manbalardan biri “Sahihul Buxoriy” va undagi izohtalab so‘zlarni semantik teglash va tavsiflash
muhim vazifalardan sanaladi. Tadqiqot davomida asarda aniqlangan 428 ta izohtalab lug’aviy
birliklar semantik guruhga ajratilib, maxsus kodlar bilan teglandi.
725
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
1-jadval.
Izohtalab so‘zlarning semantik teglanishi
Teglash davomida “Sahihul Buxoriy” 1-juzida o‘rganilgan izohtalab lug’aviy birliklar
orasidan 10 ta leksik-semantik guruh ajratilib, teglandi. 1-jadvalda ilova qilinganidek,
t:namesofAllah
tegida 428 ta lug’aviy birlik orasidan aniqlangan Alloh so‘zining 7 ta
ma’nodoshlari o‘z ifodasini topdi. Islom dinining muqaddas kitobi – Qur’onning turli nomlari
esa
t:namesofHolyQuran
tegiga joylandi. Shuningdek, asarning o‘rganilgan qismida Qur’oni
karimning 5 ta suralari nomlari ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, bu nomlar:
Nahl, Niso, Hashr,
Najm, Nur
kabi sura nomlari
t:surahs
tegiga birlashtirildi.
Nabiy, Rasul, Rasulloh
kabi Islom
dinining so’nggi payg’ambarini ifodalagan lug’aviy birliklar
t:namesofprophecy
tegiga
belgilandi. Shuningdek, islom dinida so’nggi payg’ambarga salavot aytish ibodat darajasida
bo’lib, salavotning turli 3 nomi ham bir guruhga jamlanib
t:salavah
tegiga jamlandi. Diniy
matnlarda uchraydigan o’ziga xosliklardan biri dinning yirik ulamolari va obro’li shaxslarining
ismlariga duo qo’shilishidir. Roziyallohu anhu (m), rohimahulloh kabi ismga qo’shiluvchi duolar
t:duo
tarzida teglandi. Izohtalab so‘zlar o‘rganilishi davomida arabiy lug’aviy birliklar bilan
ifoda etilgan asar nomlariga ham duch kelindi. Bu kabi lug’aviy birliklar 10 tani tashkil qilib
t:booknames
tegi ostida shakllantirildi. Qo’shimcha tarzda shuni aytish lozimki, dinning bir
qancha sohalarida va ko’nikmalarda mutaxassis va bilim va tajribasi yuqori insonlar ham alohida
nomlar bilan atalgan. Bu kabi nomlar ba’zi o‘rinlarda Daraja, ba’zi kontekstlarda mutaxassislikni
ham bildirishi mumkin.
Imom, muftiy, muhaddis, hofiz
kabi lug’aviy birliklar ham
t:proficents
tegiga birlashtirildi. O’rganilgan izohtalab lug’aviy birliklar orasidan
harom, vojib
kabi amal
turlari
t:typesofamal
tegiga joylandi. Islom dining muqaddas kitobi – Qur’oni karimning
bo’limlari, qismlarini ifodalashda ishlatilgan
Basmala, oyat, sura
kabi lug’aviy birliklar
t:partsofQuran
tegi ostida birlashtirildi.
Glynn D. fikricha, korpus lingvsistikasida kalit so‘zlar, so‘z birikmalarini aniqlash
metodi lug’aviy birikmalarning kontekstual ma’nosini tadqiq qilishni osonlashtiradi. Kalit so‘z
sifatida quyidagi 1-jadvalda ko‘rsatilganidek, “Kitob” denotati tanlab olindi. “Sahihul Buxoriy”,
1-juzida ushbu “kitob” so‘zi bilan aloqador 52 ta lug‘aviy birikmalar kelib chiqdi. Tahlilga ko‘ra,
“Kitob” lug‘aviy birligi 7 xil o‘rinda turli kontekstual semantik ma’no ifoda kasb etishi
aniqlandi. “Sahihul Buxoriy” 1-juzida tartib bilan mavzulashtirilgan bo‘limlar nomi “kitob” deya
ifodalangan. Masalan, quyidagi 2-chizmada “Kitob” so‘ning kontekstual ma‘nosi va ushbu
so‘znong semantik tavsiflanishi interaktiv ko‘rsatildi.
2-chizma. “
Kitob” lug‘aviy birligining kontekstga ko‘ra interaktiv tarzda semantik
tavsiflanishi
Quyidagi jadvalda esa “Kitob” so‘zining aynan hadis matni va izohlaridagi ma’nolarining
6 o‘rinda kelishi kontekstual tahlil qilinib, semantik tavsif berildi. Shuningdek, “Kitob” so‘zining
chastotasi ham tadqiq qilindi.
726
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
2-jadval.
“Sahihul Buxoriy” asari asosida “Kitob” lug‘aviy birligining turli kontekstual
ma’nolari va metodlar tahlili natijasi
.
Endi asarda eng ko‘p uchraydigan so‘zlardan biri “hadis” so‘zini olib tahlil qilib ko‘rsak.
1-juzda “Hadis” denotati 761 o‘rinda ishlatilgan bo‘lib, ushbu lug’aviy birlikni kontekstga ko‘ra
semantik maydonlarini aniqlab, mavzuyimizning asl maqsadi bo‘lgan semantik tavsiflashning
ahamiyatini tahlil qilanadi. Quyida esa ayni shu birlikni mavzuiy modellashtirish metodi ostida
tadqiq qilib, ilmiy muammo yechimi ifodalanadi. Asarda “hadis” so‘zining ma’nodoshlari (xabar,
rivoyat, sunnat, asar) ham o‘rin olgan. Bu so‘zlar zohiran izohtalab so‘zdek tuyulmasa-da, ammo
arab tilining nozik jihatlari sabab mazkur ma’nodoshlikni kontekstual ochib berishning
ahamiyati muhim. Quyidagi chizma orqali bu ma’nodoshlik interaktiv tarzda ochib berilgan.
727
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
3-chizma.
Izohtalab soʻzlarning interaktiv tarzda semantik tavsiflanishi
Ma’lumki, denotatlarning faoliyatidagi bir xillik yoki o‘zaro o‘xshashlik ularning
nomlarini ifodalovchi so‘zlar orasidagi leksik-semantik aloqadorlikka asos bo‘ladi [13]. Mazkur
aloqadorlikni diniy manbalarda, xususan, islomiy manbalarda ifodalash nihoyatda diqqatli ish
bo‘lib, birgina no‘to‘gri yondashuv mazmunning o‘zgarib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayni
lug‘aviy birlik “hadis”ni semantik maydon va munosabatini o‘rgangan holda mavzuiy
guruhlashtirish metodidan olingan natijalar quyidagi 2-jadvalda ifodasini topdi.
“Sahihul Buxoriy” 1-juz, 2019-yilgi nashrida [14] qo‘llanilgan “hadis” denotatini 761
o‘rinda kontekstga ko‘ra foydalanishi tadqiq qilinib, “hadis” so‘zi doirasida olib borilgan
mavzuiy guruhlashtirish 7 xil semantik maydon teglari asosida kiritildi, leksemalararo
munosabat o‘rganildi.
3-jadval.
Semantik tavsiflashning mavzuiy guruhlashtirish, semantik teglash metodi va
leksim-semantik guruh idodalangan interaktiv jadval
Semantik teg bir xil semantik guruhga mansub so‘z va so‘z birikmalarini birlashtiradi.
Foydalanuvchi yoki tadqiqotchining qidiruvda samaradorlikka erishishi uchun ham qidirish
filtrida semantik maydon ko‘rsatiladi, jarayon esa semantik teglar asosida amalga oshiriladi.
Ushbu tadqiqotda “Hadis” lug’aviy birligi doirasida kelgan so‘zlar 7 ta semantik maydonga
ajratildi:
t:education
– “Hadis” so‘zi doirasidagi ta’limga aloqador so‘zlar (3 ta so‘z),
t:places
–
ushbu lug’aviy birlik doirasidagi joy nomlari (2 ta so‘z),
t:grades
– hadis darajalari (7 ta so‘z),
t:components
– hadisning qismlari,
t:booknames
– hadisga doir kitoblar nomlari, miqdorlari,
t:practice
– hadis ilmiga doir amaliy faoliyatlar,
t:experts
– hadis ilmi mutaxasisslari. Diniy
matnlarni raqamli texnologiyalar vositasida o‘qishli tarzda taqdim etish uchun grammatik va
semantik teglashni o‘rganish va undan amaliyotda foydalamish muhim.
V. Xulosa
Xulosa qilib aytganda, ushbu maqolada diniy matnlarni semantik tavsiflash metodlari
aniqlanib, matnni tushunishni osonlashtiruvchi semantik tavsiflar kontekstual tarzda tadqiq
qilinganligi, semantik munosabatlar tahlili va semantik teglash metodi natijalari tadqiq qilindi.
Ushbu tadqiqot natijalari orqali qidiruv tizimlari va tarjimon tizimlarida diniy matnlar bilan
bogʻliq soʻrov va tarjima sifatining oshirilishi, katta ma’lumotlar bazasining takomillashuviga
erishiladi. Leksikografiya, ontologiya doirasidagi tadqiqotlarning samarali bo‘lishiga xizmat
qiladi.
728
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
“Sahihul Buxoriy” 1-juz asarida 428 ta izohtalab so‘z o‘rganildi. Shu lug’aviy birliklar
orasidan 10 ta semantik maydon ajratilib, teglandi. 52 o‘rinda kelgan “Kitob” va 761 o‘rinda
kelgan “Hadis” lug`aviy birliklari doirasida izohtalab so‘zlar tahlil qilinib, konteksual tarzda
qisqa semantik tavsiflar berildi. Natijada bu tavsiflar orqali korpusda diniy matnlarni tushunish
osonlashdi. Semantik tavsiflashning ahamiyati ochib berildi.
“Hadis” lug‘aviy birligini tadqiq qilish davomida obyektda kelgan ma’nodoshlari -
“xabar”. “rivoyat” denotatlari ham semantik tadqiq qilindi. Denotatlar orasida vujudga kelgan
semantik munosabatlar o‘rganildi. Ushbu tadqiqot lingvistik va semantik tadqiqotlar uchun
ahamiyatli bo‘lib, diniy matnlarda uchrashi mumkin bo‘lgan funksionimiya, graduonimiya,
partonomiya, iyerarxik munosabat, komponent kabi semantik munosabatlar tahlilli interaktiv
tarzda taqdim qilindi. Xulosada bu tahlillar diniy matnlarni semantik o‘rganishning ahamiyati
misollar bilan aniqlandi.
Tanlab olingan kalit so‘zlar asosida “Kitob” lug’aviy birligining kontekstga ko‘ra 7 xil
ma’nosi o‘rganildi. Birliklarning chastotasi aniqlandi, semantik izoh kiritildi. “Sahihul Buxoriy”
1-juzida kelgan “Hadis” so‘zi doirasida kelgan birikmalar 7 xil semantik guruhlarga ajratildi.
Teglandi. Semantik munosabat aniqlandi. Natijada foydalanuvchi yoki tadqiqotchining qidiruvda
samaradorlikka erishishi uchun ham qidirish filtrida semantik maydon ko‘rsatildi. Ushbu
tadqiqot tahlillari ontologiya, leksikografiya va semantika doirasidagi ilmiy muammolar
yechimiga muhim lingvistik asos bo‘lishi aniqlandi. Diniy matnlarda uchraydigan so‘zlarni
sharxlash yoki xulosa chiqarib olishdan avval uning ma‘nolarini yaxshilab o‘rganish zarurati va
diniy matnlar tarjimasi jarayonida bularga ahamiyat berish zaruriyati ochiqlab berildi.
To‘rtinchi sanoat inqilobi davri korpus lingvistikasini yanada taraqqiy etishini talab
qilmoqda. Ushbu maqolada amaliy tadqiq qilingan korpus lingvistikasida diniy matnlardagi
izohtalab so‘zlarni semantik tavsiflashning tahlil qilingan 3 xil metodlari kelgusi semantik,
lingvistik, ontologik tadqiqotlar uchun qiymatli manba bo‘la oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
THE ROLE OF CENTRAL ASIAN SCHOLARS IN ISLAMIC CIVILIZATION, Thе
Light of Islam, 2022, GANIYEV AVAZBEK OYBEKOVICH
2.
Techniques and tools. Corpus methods and statistics for semantics Publisher: John
Benjamins Editors: Dylan Glynn, Justyna Robinson
3.
The Fourth Industrial Revolution: A Historical and Conceptual Review
July 2024
of Economics and Administrative Sciences
4.
SDWS: Semantic Description of Web Services. Maricela Claudia Bravo, José Rodríguez,
Jorge Pascual International Journal of Web Services Research 2014
5.
Al-Sulaiti, Latifa, and Eric Atwell. (2006). ‘The design of a corpus of contemporary
Arabic’. International Journal of Corpus Linguistics, 11(2), 135-171.
6.
R. Safarova. Leksik-semantik munosabatning turlari. Toshkent “O‘qituvchi” 1996. 10-b
7.
Corpus Linguistic Tools for Historical Semantics in Arabic
Ismail O. International
Journal of Arabic-English Studies (2014)
8.
Embedding Search for Quranic Texts based on Large Language Models Mohammed
Alqarni, 2024
9.
Altmeyer, S., Klein, C. (2016). “Spirituality” and “Religion”—Corpus Analysis of
Subjective Definitions in the Questionnaire. In: Streib, H., Hood, Jr., R. (eds) Semantics
729
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
and Psychology of Spirituality. Springer, Cham.
https://doi.org/10.1007/978-3-319-
10.
Mahit Nandan A D, Ishan Godbole, Pranav M Kapparad, and Shrutilipi Bhattacharjee.
Comparative Analysis of Religious Texts: NLP Approaches to the Bible, Quran,
. In
Proceedings of the New Horizons in Computational Linguistics
for Religious Texts
, pages 1–10, Abu Dhabi, UAE. Association for Computational
Linguistics.
11.
Comparative Analysis of Religious Texts: NLP Approaches to the Bible, Quran, and
Bhagavad Gita ADMahitNandan, Ishan Godbole, Pranav Kapparad, Dr. Shrutilipi
Bhattacharje
12.
Corpus Linguistic Tools for Historical Semantics in Arabic, Omaima Ismail, Sane Yagi
and Bassam Hammo, 2014
13.
R. Safarova. Leksik-semantik munosabatning turlari. Toshkent “O‘qituvchi” 1996. 10-b
14.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Sahihul Buxoriy, 1-juz, – Toshkent: Hilol-
nashr, 2019
