570
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
SUHBAT MADANIYATIDA RIVOJLANISH VA TANQIDNING O‘RNI
Normurodova Zarifa Ruziqulovna
Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi
Mamasoatova Xolida Fahriddin qizi
Termiz davlat universiteti 3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17477210
Annotatsiya.
Maqolada suhbat madaniyatining lingvopragmatik asoslari, uning
shaxslararo kommunikatsiya jarayonidagi o‘rni hamda suhbatni rivojlantirishda tanqidning
funksional xususiyatlari tahlil etiladi. Suhbatning mazmuniy va shakliy tuzilmasi, muloqot
ishtirokchilarining nutqiy xulq-atvori, shuningdek, tanqidning konstruktiv hamda destruktiv
turlari o‘rtasidagi farqlar ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada suhbatni samarali tashkil etish,
tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va muloqot etikasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib beriladi.
Shuningdek, suhbat madaniyatini rivojlantirishda nutq madaniyati, ijtimoiy ong va
shaxsiy mas’uliyat omillarining ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar:
suhbat madaniyati, tanqid, muloqot, kommunikativ kompetensiya, nutq
etikasi, konstruktiv tanqid.
THE PLACE OF DEVELOPMENT AND CRITICISM IN A CULTURE OF
CONVERSATION
Abstract.
The article analyzes the linguo-pragmatic foundations of conversational
culture, its role in the process of interpersonal communication, and the functional features of
criticism in the development of conversation. The substantive and formal structure of the
conversation, the speech behavior of the participants in the conversation, as well as the
differences between constructive and destructive types of criticism are scientifically covered. The
article reveals the interrelationship between the effective organization of the conversation, the
development of critical thinking, and the ethics of communication. The importance of speech
culture, social consciousness, and personal responsibility factors in the development of
conversational culture is also indicated.
Key words:
conversation culture, criticism, communication, communicative competence,
speech ethics, constructive criticism.
МЕСТО РАЗВИТИЯ И КРИТИКЕ В КУЛЬТУРЕ РАЗГОВОР
Aннотация.
В статье анализируются лингвопрагматические основы культуры
речевого общения, её роль в процессе межличностного общения, а также
функциональные особенности критики в развитии речевого общения. Научно освещаются
содержательная и формальная структура речевого общения, речевое поведение
участников речевого общения, а также различия между конструктивной и
деструктивной критикой. Раскрывается взаимосвязь между эффективной организацией
речевого общения, развитием критического мышления и этикой общения. Также
указывается на значение факторов культуры речевого общения, общественного сознания
и личной ответственности в развитии культуры речевого общения.
Ключевые слова:
культура общения, критика, коммуникация, коммуникативная
компетентность, речевая этика, конструктивная критика.
Bugungi globallashuv va texnologiya jadallik bilan rivojlanayotgan davrda shaxslararo
muloqot madaniyatining ahamiyati yanada ortib bormoqda. Har qanday jamiyatning ijtimoiy va
ma’naviy rivojlanishi insonlar o‘rtasidagi samarali muloqot, o‘zaro hurmat va fikr almashuv
571
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
darajasi bilan bevosita aloqadordir. Shu nuqtai nazardan, suhbat madaniyati nafaqat nutq
madaniyatining, balki umumiy insoniy madaniyatning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sanaladi.
Suhbat madaniyati deganda, muloqot jarayonida fikrni aniq, lo‘nda, asosli va odob
doirasida ifodalash, shuningdek, suhbatdoshni diqqat bilan tinglash, hurmat bilan munosabatda
bo‘lish, bahs-munozarada murosaga kelish kabi jihatlar tushuniladi. Zamonaviy kommunikativ
muhitda bu madaniyatni rivojlantirish insonlarning ijtimoiy faolligi, hamkorlikda ishlash
qobiliyati va tanqidiy fikrlash darajasini belgilovchi omillardan biridir.
Suhbatni rivojlantirish jarayonida tanqid alohida o‘rin tutadi. Chunki tanqid faqat
kamchilikni ko‘rsatish emas, balki mavjud holatni yaxshilashga xizmat qiluvchi tahliliy fikr
bildirish jarayonidir. Konstruktiv tanqid shaxsni rivojlanishga undaydi, fikr almashinuvni
mazmunan boyitadi va muloqotning mazmunini kengaytiradi. Aksincha, destruktiv tanqid esa
suhbat muvozanatini buzib, salbiy munosabatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois tanqid
madaniyatini shakllantirish suhbatni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. F.Engels fikricha,
tanqidsiz bir-birini anglash bo‘lmaydi, binobarin, birlik ham bo‘lmaydi. Demak, bu fikr muloqot
jarayonida tanqidning ijobiy ahamiyatini ko‘rsatadi. Tanqid insonlar o‘rtasida tushunishni, fikrlar
to‘qnashuvi orqali haqiqatni topishni ta’minlaydi. Tanqidsiz suhbat biryoqlama va samarasiz
bo‘lib qoladi, chunki u o‘zaro fikr almashish va o‘sish imkonini bermaydi. Shu bois, tanqid
muloqotda ziddiyat emas, balki o‘zaro fikr bildirish va samimiy muloqotni shakllantiruvchi kuch
sifatida namoyon bo‘ladi.
Tanqidning maqsadi kamsitish yoki qarshi chiqish emas, balki fikrni to‘g‘rilash,
muammoni aniqlash va takomillashtirishga xizmat qilishdir. Shu boisdan konstruktiv tanqid –
ya’ni asosli, mulohazali va hurmat bilan, o‘rinli bildirilgan tanqid – madaniy nutq belgisi
hisoblanadi. Tanqidning bu ko‘rinishi quyidagi xususiyatlarni aks ettiradi :
suhbatdoshga nisbatan hurmatni saqlaydi;
dalil va mantiqqa tayangan holda fikr bildiradi;
hissiyotga berilmasdan, muammoni hal etishga yo‘naltiriladi;
shaxsni emas, fikrni tahlil qiladi.
Deyl Karnegi uzoq kuzatishlardan so‘ng shunday xulosaga kelgan: “Nutqda uchta narsa
muhim: Kim gapiryapti, qanday gapiryapti, nimani gapiryapti. Eng hayratlanarlisi, bularning
ichidagi eng kam ahamiyatlisi nimaning gapirilayotganidir!”. Moddiyat ko‘p hollarda asosiy
o‘ringa chiqishi insoniyat psixologiyasiga xos jihat.
Karnegi shunday degan edi: “Tanqid pochtachi kabutarga o‘xshaydi. Qachondir albatta
qaytib keladi!”. Kimnidir ayovsiz tanqid qilishdan oldin shu fikrni eslab qo‘ysak, zarar qilmaydi.
Hozirgi vaqtda ko‘plab uslubiy yangiliklar kognitiv intellektni, mustaqil ijodiy va
professional fikrlash qobiliyatini rag‘batlantiradigan va rivojlantiradigan interfaol o‘qitish
usullaridan foydalanish bilan bog‘liq
1
.
Inson hayotida axloqiy me’yorlarning ahamiyati katta. Faylasuf olim Abdulla Sher
«Axloqshunoslik” kitobida m uhim axloqiy me’yorlarni ko‘rsatib, ular axloqiy tamoyillarga
nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli ekanligini, axloqiy m e’yorlarni kundalik
hayotimizda m a’lum axloqiy tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkinligi,
ular axloqiy talablarning eng oddiy shakli sifatida ro‘yobga chiqishini ta ’kidlaydi
2
. Axloqiy
me’yorlarga rioya qilinmagan tanqid kamsitish, haqorat yoki salbiy munosabat tusini olishi
mumkin. Aksincha, madaniyatli, asosli va muloyim tanqid suhbatdoshni fikr yuritishga, o‘zini
1
Волков Е.В.// Развитие критического мышления.// М., - 2004.
2
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Т.: Yangi asr avlodi, 2004. 168 b.
572
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
tahlil qilishga va o‘z ustida ishlashga undaydi. Shunday tanqid insonlar o‘rtasida o‘zaro ishonch
va hurmat muhitini shakllantiradi. Tanqidiy fikrlash ko‘plab olimlar (M. Veksler, A. I. Lipkina,
L. A. Rybak, U. M. Mungal, A. S. Bayramov) tomonidan fikrlashning boshqa turlari bilan o‘zaro
bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi (samarali, mantiqiy, ijodiy, muammoli). Shaxsiy sifat shaxsning
mentalitetini aks ettiradi. “Fikrlash - bu nutq bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shaxsning kognitiv
faoliyati jarayoni bo‘lib, u atrofdagi voqelikni maqsadli, umumlashtirilgan va vositachilik bilan
aks ettirish, yangi narsani topish va kashf etishga qaratilgan.
3
”
Qisqa qilib aytganda, suhbat madaniyati – insonlar o‘rtasidagi muloqotni madaniyatli,
mazmunli va samarali tarzda olib borish san’atidir. Bu jarayonda tanqid va rivojlanish bir-birini
to‘ldiruvchi tushunchalardir. Tanqid inson tafakkurini faollashtiradi, fikrni tahlil qilish, xatolarni
o‘rganish va to‘g‘rilash imkonini beradi. Rivojlanish esa ana shu tanqidiy tahlil asosida ro‘yobga
chiqadi. Shunday ekan, madaniyatli tanqid – bu nizoga sabab bo‘luvchi emas, balki o‘zaro
samimiy muloqot, fikr almashinuvi va o‘sishga olib boruvchi vosita hisoblanadi. Suhbat
madaniyatida tanqidning o‘rni insonlar o‘rtasida hurmat, adolat va haqiqatga intilish ruhini
mustahkamlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
Волков Е.В.// Развитие критического мышления.// М., - 2004.
2.
Орлова, В. А. Психология в вопросах и ответах: учебное пособие [Текст] / Б.А.
Орексова. - М.: КНОРУС, 2009. - 200 с.
3.
Raupova L.Nutq madaniyati:Darslik.-Toshkant:INNOVATSIYA_ZIYO,2019. -140 b.
4.
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Т.: Yangi asr avlodi, 2004. 168 b.
5.
Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. -
Toshkent: “O‘qituvchi”, 1992.
6.
Qilichev E., Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. - Buxoro, 2003.
3
Орлова, В. А. Психология в вопросах и ответах: учебное пособие [Текст] / Б.А. Орексова. - М.: КНОРУС,
2009. - 200 с.
