THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF ABDULLA AVLONI IN EDUCATION

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Otaqulova, I. . (2023). THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF ABDULLA AVLONI IN EDUCATION. Modern Science and Research, 2(4), 573–575. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19397
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the textbooks and reading books created by Abdulla Avloni. In the textbooks created by him, special attention is paid to conveying knowledge and concepts to the minds of children in a simple and understandable way.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

573

ABDULLA AVLONIYNING TA’LIM BORASIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI

Otaqulova Iroda Abdurashid qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti fizika va matematika fakulteti

fizika va astronomiya yo’nalishi 2-bosqich talaba

https://doi.org/10.5281/zenodo.7854521

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Abdulla Avloniy yaratgan darsliklar va o’qish kitoblari

to’g’risida so’z boradi. U yaratgan darsliklar savod chiqarishda bilim va tushunchalarni bolalar
ongiga sodda va tushunarli yetkazishga alohida e’tibor berilgan.

Kalit so’zlar:

Ta’lim, tarbiya, axloq, badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, pedagogika, darslik,

usuli jadid.

МЕСТО И ЗНАЧЕНИЕ АБДУЛЛЫ АВЛОНИ В ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация.

В этой статье рассказывается об учебниках и книгах для чтения,

созданных Абдуллой Авлони. В созданных им учебниках особое внимание уделяется
донесению знаний и понятий до сознания детей в простой и понятной форме.

Ключевые слова:

Воспитание, воспитание, нравственность, физическое воспитание,

интеллектуальное воспитание, педагогика, учебник, современная методика.

THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF ABDULLA AVLONI IN EDUCATION

Abstract.

This article talks about the textbooks and reading books created by Abdulla Avloni.

In the textbooks created by him, special attention is paid to conveying knowledge and concepts to
the minds of children in a simple and understandable way.

Key words:

Education, education, morals, physical education, intellectual education,

pedagogy, textbook, modern method.


Bugungi kunda Abdulla Avloniy yozgan asarlarining bolalar adabiyoyotida tutgan o'rni,

o'ziga xos xususiyatlari, muallifning darslik yaratishdagi harakatlari, uning ta`lim-tarbiya
sohasidagi qarashlari o'zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan
chambarchas bog'langanligi, adibning boy pedagogik merosi milliy maktab, milliy pedagogikani
rivojlantirishda qimmatbaho manba bo'lib xizmat qilganini o‟rganib chiqish davr talabiga
aylanmoqda.

Abdulla Avloniyning ta'lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o’zbek xalqining ruhiyati, turmush

tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog’langan. Uning boy pedagogik merosi milliy
maktab, milliy pedagogikani rivojlantirishda qimmatbaho manba bo’lib xizmat qiladi. Shu
ma'noda Avloniyning siymosi, faoliyati biz uchun qadrlidir.

Taniqli ma'rifatparvar adib Abdulla Avloniy pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa

qo’shgan, o’z asarlarida o’zbek xalqining eng yaxshi an'analarini, ta'lim-tarbiyaga oid muhim
hayotiy masalani aks ettirgan pedagog, olimdir. Abdulla Avloniy xalq orasida ilg’or fikrlarni
tarqatishda, ilm va ma'rifatni tashviq qilishda gazeta, jurnallarning roli g’oyat katta ekanligini
yaxshi bilar edi. U 1907 yili “Shuhrat”, “Osiyo” nomli gazetalar chiqarib unga muharrirlik qiladi.
Gazetaning birinchi sonida matbuotning roli, gazetaning vazifasi haqida fikr yuritib, ‘Matbuot har
insonga o’z holini ko’rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong’i kunlarni yorituvchi, xalq
orasida ilm, ittifoq, himmatg’oyalari’ni yoyuvchidir deb, baliqning suvsiz yashamog’i mumkin
bo’lmagani kabi insonning ham ilmsiz yashamog’i mumkin emasligini uqtiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

574

XX asr boshlarida O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida pedagogik fikrlarning rivojida

Abdulla Avloniy alohida o’rin egalladi, butun faoliyati davrida u o’z xalqiga xizmat qiladigan
komil insonni yetishtirish, uning ma'naviyatini shakllantirishga alohida e'tibor berdi.

Abdulla Avloniy “Usuli jaded” maktablari uchun to’rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud

milliy she'rlar” hamda “Birinchi muallim” (1912), “Turkiy guliston yoxud axloq” (1913),
“Ikkinchi muallim” (1915), “Maktab gulistoni” (1917) kabi darslik va o’qish kitoblari yaratdi. Bu
asarlarida hamda publitsistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va
maorifni ulug’lab, o’z xalqini ilmli, madaniyatli bo’lishga chaqiradi. XX asr boshlarida yangi
maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi. Shular orasida Avloniyning ‘Birinchi muallim’i
ham o’ziga xos o’ringa ega; “Birinchi muallim” 1917 yil to’ntarishiga qadar 4 marta nashr etilgan.
Avloniy uni yozishda mavjud darsliklarga, birinchi navbatda Saidrasul Aziziyning “Ustozi
avval”iga suyanadi (dars berish jarayonida orttirgan tajribalaridan samarali foydalanadi).
Avloniyning “Ikkinchi muallim” kitobi “Birinchi muallim” kitobining uzviy davomidir. Biz
birinchi kitobini, shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobini xrestomatiya deb atasak joiz bo’lar,
desak xato bo’lmas. Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida “Turkiy guliston yoxud
axloq” asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o’rganish sohasida katta
ahamiyatga molikdir. “Turkiy guliston yoxud axloq” asari axloqiy va ta'limiy tarbiyaviy asardir.
Asarda insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan qaytaruvchi” bir ilm- axloq haqida fikr
yuritiladi. Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib “Agar bir
kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan
yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo’l uzatmak kabidur”, - deydi. Uning fikricha,
bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning
atrofidagi kishilar g’oyat katta ahamiyatga ega. O’zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy
birinchi marta pedagogikaga “Pedagogiya”, ya'ni bola tarbiyasining fanidir, deb ta'rif berdi. Tabiiy
bunday ta'rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi.

Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to’rt bo’limga ajratadi:
1. “Tarbiyaning zamoni”.
2. “Badan tarbiyasi”.
3. “Fikr tarbiyasi”.
4. “Axloq tarbiyasi” haqida hamda uning ahamiyati to’g’risida fikr yuritadi. “Tarbiyaning

zamoni” bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim,
hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta'kidlaydi.

“Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat

masalasidur” deb uqtiradi, Avloniy. Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir
xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq,
deb hisoblaydi adib. Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom
etadi. U bir qancha bosqichdan - uy, bog’cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan.
Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma'noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab
qo’ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog’ligi haqida g’amxo’rlik qilishi lozimligini uqtiradi.
Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma'rifatga ega bo’lish uchun badanni tarbiya
qilish zarur. ‘Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadur. Chunki
o’qumoq, o’qutmoq, o’rganmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir’.
Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog’lom qilib o’stirishda ota- onalarga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

575

murojaat qilsa, bolani fikr tomondan tarbiyalashda o’qituvchilarning faoliyatlariga alohida e'tibor
beradi. “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobi ma'rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qiladi. Abdulla
Avloniy kitobda ilm to’g’risida bunday deydi: Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm
inson uchun g’oyat oliy, muqaddat bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni
oyina kabi ko’rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkur qilmoq, Ilmsiz inson mevasiz daraxt
kabidur. Avloniy ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarini aytib, “Bizlarni
jaholat, qorong’ulikdan qutqarur”. Madaniyat insoniyatni ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon
fe'llardan, buzug’ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur... Alhosil butun hayotimiz,
salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g’ayratimiz, dunyo va oxiratimiz
ilma bog’liqdur.

Adibning obrazli ifodasiga ko’ra, ilm bamisoli bodomning ichidagi mag’iz. Uni qo’lga

kiritish uchun mehnat qilish, ya'ni chaqib uni po’chog’idan ajratib olish kerak.

Abdulla Avloniyning pеdagogik qarashlari bugungi kunda ham o’zbеk milliy maktabini

yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois uning ijodiy mеrosini chuqur o‟rganishga
qiziqish ortib bormoqda. Abdulla Avloniy butun vujudi bilan muallim edi. Uning o'zi ham yuqori
sinf talabalariga jo'g'rofiya va tarixdan ham boshlang‟ich sinflarga o’qish , ona tilidan saboq berar
edi. Misr, Turkiya, Qozon va boshqa joylardan olib kelgan turli yangiyangi kitoblarini yuqori sinf
o'quvchilariga hamda eng yaxshi o'qiganlarga va muallimlarga tortiq qilardi. U ne qilsa ulug'
Turkiston uchun va uning kelajagi bo'lgan yoshlar uchun qilardi. Millat bolasi savodini chiqarish,
ularning dunyo ilmlaridan xabardor bo’lishi uchun butun vujudi bilan harakat qildi. Bu ulug’
otabobolarimiz bugungi kun yoshlari uchun, shubhasiz, o’rnak va ibratdir!


REFERENCES

1.

Mirziyayev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko’taramiz. Toshkent - 2017, "O’zbekiston”

2.

Abdulla Avloniy. “Tanlangan asarlar” 1- jild Toshkent “Manaviyat” 2006.

3.

Abdulla Avloniy. “Tanlangan asarlar” 2- jild Toshkent “Manaviyat” 2009.

References

Mirziyayev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Toshkent - 2017, "O’zbekiston”

Abdulla Avloniy. “Tanlangan asarlar” 1- jild Toshkent “Manaviyat” 2006.

Abdulla Avloniy. “Tanlangan asarlar” 2- jild Toshkent “Manaviyat” 2009.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов