MUHAMMAD YUSUF, THE FAVORITE POET OF THE PEOPLE OF UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Karimova, F. (2023). MUHAMMAD YUSUF, THE FAVORITE POET OF THE PEOPLE OF UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(4), 589–591. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19411
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is an article containing humble processes related to the life and work of Muhammad Yusuf, People's Poet of Uzbekistan, which shows how powerful a tool his simple poetry, which is close to folk art, is.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

589

O`ZBEKISTON XALQINING SEVIMLI SHOIRI MUHAMMAD YUSUF

Karimova Firuzaxon Baxtiyorovna

Farg'ona viloyati Dang'ara tumani 16 - umumiy o'rta ta'lim maktabi

ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7858946

Annotatsiya.

Ushbu maqola O`zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusufning xalqchil, xalq

og`zaki ijodiyotiga yaqin bo`lgan sodda she`riyatining naqadar qudratli vosita ekanligidan darak
beruvchi hayoti va ijodiga oid kamtarinlik jarayonlarni o`z ichiga olgan maqola hisoblanadi.

Kalit so`zlar:

Muhammadga maktub, Ko`klamoyim, Qobusnoma, G`omiz.

МУХАММАД ЮСУФ, ЛЮБИМЫЙ ПОЭТ НАРОДА УЗБЕКИСТАНА

Аннотация.

Данная статья представляет собой статью, содержащую скромные

процессы, связанные с жизнью и творчеством народного поэта Узбекистана Мухаммада
Юсуфа, которая показывает, насколько мощным инструментом является его простая
поэзия, близкая к народному творчеству.

Ключевые слова:

Письмо Мухаммаду, Кокламаим, Кабуснама, Гомиз.

MUHAMMAD YUSUF, THE FAVORITE POET OF THE PEOPLE OF

UZBEKISTAN

Abstract.

This article is an article containing humble processes related to the life and work

of Muhammad Yusuf, People's Poet of Uzbekistan, which shows how powerful a tool his simple
poetry, which is close to folk art, is.

Key words:

Letter to Muhammad, Ko`klamayim, Kabusnama, Gomiz.


O`zbekiston xalqining sevimli shoiri Muhammad Yusuf o`z she`rlarining xalqonaligi,

yuraklar tubida abadiy sharora misol yonib turishligi bilan e`tirofimiz markazida hisoblaanadi
uning she`rlaridan tog`-u toshlarga urilib oqayotgan shalolaning ovozini tuyasiz go`yo xalqdan
olib xalqning o`ziga adabiyotning eng xolis va samimiy, jaydari yo`llari orqali xalq qalbiga
she`rlari shu darajada tegdikiy o`zbek xalqi uning she`rlari og`ushida muhabbat, mehr va o`zligini
his etdilar , O`zlarini har jumlada topib olaverdilar shundan biz haqiyqiy she`r qanaqa bo`lishligini
chuqur angladek .

Muhammad Yusuf she`riyati samimiyatga boyligi bilan orombaxsh hisoblanadi she`rlarini

o`qigan kishi qalbida tuyqusdan “o`z boshdan kechirgan” larini topib olib oshkora muhabbati
tug`ilgan bo`lishi hech gap emas xalqimiz tilida bir gap yuradi “Ketmoni uchgan” haqiqatda
Muhammad Yusufning ketmoni uchgan edi uning kabi muhlislarga boy bo`lgan shoir kamdan kam
hisoblanadi barchasiga xalqning o`z ichida yurgan so`zlarning she`r bo`lganligi o`zbek xalqnining
yuksak me`roslari bo`lgn O`zbek xalq og`zaki ijodi namunalarining ifori uning she`rlarida ham
barq urib turgani alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo Muhammad Yusuf qisqa umr guzoronligi
ichida jaydari hamda kamtarona hayot kechirdi u hech qachon “Ketmoni uchishini “ ko`zlab she`r
yozmas faqatgina qalbiga topinib yozganlari sevimli bo`lib ketaverardi she`rlarining mavzusi Ona,
vatan va ishq mavzusida bo`lib eng kamtar jumlalalar joy olardi “Muhammadga maktub“
she`rining yakunida shunday jumlalarga tilga olingankiy yuraklar faoliyati o`zgacha tus olishiga
undaydi ushbu so`zlar:

Vatan desang o`pkang to`lib ketmasa,
She`r yozishga balo bormi, birodar.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

590

Aziz o`quvchi ushbu so`zlarga izoh bildirishga ojizman sizning qalbingizda favqulodda

nelar ro`y berganligini o`zingiz o`zingizga oshkor eting chunki kimgadir oshkor etishga sizning
ham tilingiz ojiz ekanligini anglab turibman.

Ustozning “Osmoning oxiri”

dostonida “haqiyqiy she`r” haqida quydagicha so`zlar injudek

tovlanib turadi. Ularni taqdim etsak.

Bilib turib birovga ozor berishdan yomoni yo`q. o`zing ham bilmasdan birovga yaxshilik

qilishdan ortiq yaxshilik yo`q.

She`r yozish ham o`zing bilmay birovga yaxshilik qilishdek gap.
Haqiyqiy she`riyat hamisha oyoq ostida. Misralar qulunlar kabi tuproqqa ag`anab yotishibdi.

Tur, toychoq chopamiz desang bas. Biz har zamon bir oyoq ostiga boqib she`r topamiz. Keyin
uning changini qoqamiz va qancha ko`p qoqsak -shuncha she`r yo`qotamiz …

Barcha buyuk zotlarning buyukligi ham xokisorlgidadir.
Muhammad Yusuf bilan jurnalistlar suhbat olib borganda ustoz shoir savollarga shunday

javob qaytaradi.

-

Vaqtingizni ko`proq nimalarga sarflaysiz?

-

Ko`proq kitob o`qiyman. Boburni, Mashrabni, Bedilni sevib mutolaa qilaman. Anna

Axmatova, Sergey Yesenin kabi rus shoirlarini, Hozirgi she`riyatimizdan Abdulla Oripovni ko`p
o`qiyman.

- Ijodingizdan o`zingiz rozimisiz?

-

Yo`q. Lekin men ijodni juda yuksak qilib ko`rsatishni ham xohlamayman. Negaki, bu ham

oddiy mehnat. Novvoy non yopoyotganday, cho`pon qo`yini boqayotgandek, siz qalbingizdan so`z
so`rab odamlarga tarqatasiz. Bu-shoirning kundalik vazifasiday bo`lib qolgan. U she`rga qo`l
urmasdan turolmaydi.

Yana suhbat davomida…
-She`rni nimalardan izlaysiz?

-

Men she`rni faqat ko`chadan izlab, ko`chadan topaman. Kitob o`qib she`r yozmayman.

Kitobdan nasr topish mumkindir, kitob o`qib olim bo`lish mumkindir, ammo haqiyqiy she`r -
odamlar orasida. ularni ko`ngil ko`zi bilan qog`ozga tushira bilish kerak.

-

Ijodingizda soddalik, jaydarilik yaqqol sezilib turadi. Bu ruhiyatingizga, tabiyatingizga

bog`liqmi?

-

Albatta, bog`liq. O`zi hayotda ham shundayman. jimjimador, balandparvoz so`zlarni

yomon ko`raman. So`zni borligicha ifoda etsam deyman. Uning ustidan bo`yoq surkash mutlaqo
ortiqcha. Qanday so`z bo`lmasin, o`rnida ishlatilsa, soddalik va ravonlik o`z-o`zidan paydo
bo`ladi. To`g`ri so`zlarni bezab, haddan tashqari go`zal qilish mumkin lekin uni otangiz, onangiz
tushunmasa, nima keragi bor?

Men shunday deb o`ylayman.
Muhammad Yusuf lola-qizg`aldoq, binafshalarga o`zgacha mehr bilan qo`l tekgizib

ko`zlarini uning yaproqlariga surdi gullarni, yulduzlarni singlis singari bilib misralarida maqtab
ardoqladi.

Buyuk adabiyotimiz vakili, tanqidchilik makatabining yirik ustuni Ozod Sharaffiddinov

uning she`rlari haqida shunday deydi:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

591

Muhammadning she`rlari bir qarashda juda sodda, jo`n yoziladiganga o`xshab tuyiladi.

Ammo unga o`xshab yozib ko`ringchi? qo`lingizdan kelmaydi! Uning oson yoziladiganga o`xshab
ko`ringan misralari muhlislarni yig`latdi, kuldirdi, o`z og`ushiga tortib oldi.

Odamlar uning she`rlarini hayajonsiz o`qimaydigan, kitoblarini do`konlardan qidirib

yuradigan bo`ldilar.

Muhammad Yusuf xudo bergan qobilyat egasi ekanligiga o`zim guvoh bo`lganman. Bir

davrada Cho`lponing “Ko`klam” she`ri to`grisida gap bordi. U mening ta`rifimdan ta`sirlanib
ketdimi, ichkari xonaga kirib ketdi-da, 10-15 daqiqa o`tgach chiqib qo`limga, “Ko`klamoyim”
she`rini tutqazdi. Uni menga bag`ishlaganini aytdi. She`rini o`qib ko`zimdan yosh chiqib ketgandi
o`shanda.

Keng qamrovga ega bo`lgan, barchamiz uchun tarbiyz mezonlari kitobi hisoblangan

Kaykovusning “Qobusnoma”

asari shoirlik rasmi zikriga bag`ishlangan o`ttiz beshinchi bobida

ushbu jumlalar bitiladi:

Ey farzand agar shoirlik qilmoqchi bo`lsang, harakat qil, toki so`zing oson va foydali

bo`lsun, G`omiz (tushunulmaydigan va noaniq) so`zdan parhez qilg`il va o`zing bilib, o`zgalar
uning sharhiga muhtoj bo`lg`udek so`zni aytmag`il, nedinkim, she`r aytg`on kishi xalq uchun aytur
va o`zi uchun aytmas.

Shunday ekan jimjimador so`zlarni topib so`zni ortiqcha bezashga nedarkor zero ketmon

ham doim xokisor yerdan uchadi ko`kdan emas.

REFERENCES

1.

Muhammad Yusuf “Xalq bo`l, elim” she`riy to`plami “O`zbekiston” nashiryoti. Toshkent
-2019. 170-bet

2.

Shukur Qurbon. “Muhammad Yusuf saboqlari” A. Navoiy nomidagi “O`zbekiston Milliy
kutubxonasi” nashiryoti. Toshkent-2012 .10-12-18-19 betlar.

3.

Kaykovus “Qobusnoma”, “O`qituvchi “ nashiryot-Matbaa ijodiy uyi , Toshkent -2019.
193-bet.

References

Muhammad Yusuf “Xalq bo`l, elim” she`riy to`plami “O`zbekiston” nashiryoti. Toshkent -2019. 170-bet

Shukur Qurbon. “Muhammad Yusuf saboqlari” A. Navoiy nomidagi “O`zbekiston Milliy kutubxonasi” nashiryoti. Toshkent-2012 .10-12-18-19 betlar.

Kaykovus “Qobusnoma”, “O`qituvchi “ nashiryot-Matbaa ijodiy uyi , Toshkent -2019. 193-bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов