LINGUISTIC ANALYSIS OF STABLE COMPOUNDS IN TOGAI MURAD'S WORK "PEOPLE WALKING ON THE MOON" (AS EXAMPLES OF PHRASEOLOGY AND PROVERBS)

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Норйигитова M., & Qobilov, M. (2023). LINGUISTIC ANALYSIS OF STABLE COMPOUNDS IN TOGAI MURAD’S WORK "PEOPLE WALKING ON THE MOON" (AS EXAMPLES OF PHRASEOLOGY AND PROVERBS). Modern Science and Research, 2(5), 60–62. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19776
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

this article gives a linguistic analysis of the phrases and proverbs presented in the work of Tog‘ay Murad “People walking in moonlight”(Oydinda yurgan odamlar).

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

60

TOG‘AY MURODNING “OYDINDA YURGAN ODAMLAR” ASARIDAGI

BARQAROR BIRIKMALARNING LINGVISTIK TAHLILI (FRAZEOLOGIZM VA

MAQOLLAR MISOLIDA)

Noryigitova Mohinur

Termiz davlat universiteti 2-kurs talabasi

Qobilov Mirziyo

Ilmiy rahbar, Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7901965

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asarida

keltirilgan iboralar va maqollarning lingvistik tahlili berib o‘tiladi.

Kalit so‘zlar

: barqaror birikmalar, frazeologizm, maqol, lingvistik tahlil, Tog‘ay Murod.

LINGUISTIC ANALYSIS OF STABLE COMPOUNDS IN TOGAI MURAD'S

WORK "PEOPLE WALKING ON THE MOON" (AS EXAMPLES OF PHRASEOLOGY

AND PROVERBS)

Abstract.

this article gives a linguistic analysis of the phrases and proverbs presented in

the work of Tog‘ay Murad “People walking in moonlight”(Oydinda yurgan odamlar).

Keywords:

stable compounds, phraseologism, proverb, linguistic analysis, Tog‘ay Murad.

ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ УСТОЙЧИВЫХ СОЕДИНЕНИЙ В

ПРОИЗВЕДЕНИИ ТОГАЯ МУРАДА «ЛЮДИ, ИДУЩИЕ ПО ЛУНЕ» (НА

ПРИМЕРАХ ФРАЗЕОЛОГИИ И ПОСЛОВИЦ)

Аннотация.

В данной статье проводится лингвистический анализ фраз и пословиц

в произведении Тогая Мурада «Люди на Луне».

Ключевые

слова:

устойчивые

сочетания,

фразеологизм,

пословица,

лингвистический анализ, дядя Мурад.


O‘zbek yozuvchisi Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asarini lingvistik tahlil

qilar ekanmiz unda qo‘llanilgan barqaror birikmalar albatta, e’tiborimizni tortadi. Yozuvchi
o‘zining bu asarida ibora va maqollardan o‘z o‘rnida va unumli foydalangan bu esa asarning
yanada badiiyligini oshirishga yordam bergan.

Til, falsafa va badiiy ijodning o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari

folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo'lgan bir janri-dir

1

[4: 1.].

Bilamizki, yolg'izlik faqat yaratgangagina xosdir. Xalqimizda azal-azaldan oila muqaddas

hisoblanadi.Tog'ay Murodning "Oydinda yurgan odamlar" asarida jamiyatning bir bo'lagi oila va
uning tayanchi farzand ekanligi haqida ko'plab ma-qollar uchraydi. Aynan kommunikativ
niyatning maqollar orqali yetkazib berili-shini ushbu asarda ko'rishimiz mumkin. Grammatik
jihatdan gap holida shakl-langan, xalq donishmandligi mahsuli bo‘lgan barqaror birikma

maqol

deyiladi. Maqollar yaxlit holda yashaydi va xalqning ma’naviy boyligi hisoblanadi. Faqat shu
jihatdan ular lisoniy imkoniyat sifatida baholanib, lisoniy birliklarga xos xususiyatlarga ega
deyiladi. Misol: To‘g‘ri o‘zadi, egri ozadi.

Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil top-gan, nutq

jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til

1

Tuzuvchilar: f.f.d, prof To'ra MIRZAYEV, f.f.d, prof Asqar MUSOQULOV, f.f.d, prof Bahodir SARIMSOQOV ’’O’ZBEK XALQ

MAQOLLARI’’«Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik korapaniyasi. Bosh tahririyati, 2005.1-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

61

birliklari barqaror birikmalar deyiladi. Barqaror birik-maning bir guruhi tarkibidagi so‘zlar ma’no
jihatdan uyg‘unlashib, mazmuniy yax-litlikni vujudga keltiradi. Ko‘pincha ma’nosi bir so‘zga teng
va ko‘chma ma’noda bo‘ladi. So‘zning bunday barqaror bog‘lanmasi ibora (frazeo-logik birlik,
frazeolo-gik birikma, frazeologizm)dir.

Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar:
1.Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kirishlik.
2.Ma’no butunligi.
3.Tuzilishi va tarkibining barqarorligi.
Barqaror birikmalardan o‘rinli foydalanish nutq go‘zalligini ta’minlaydi, shuning uchun

ular nutqimiz ko‘rki hisoblanadi. Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi
paremiologiya (lot. parema- barqaror, logos- ta’limot), barqaror birikmalar lug‘atini tuzish
muammolarini

I

o‘rganuvchi bo‘limi esa paremiografiya (lot. parema-barqaror, grapho – yozaman)

sanaladi.

Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi, tarkibiy qismlarining barqarorligi

belgisiga ko‘ra umumiylikni tashkil etsa ham, ma’no butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir.
Shunga ko‘ra barqaror birikmalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1.Frazeologizmlar.
2.Maqol va matallar.
3.Aforizmlar.
Qismlari qat’iy bir qolipga kirib, barqarorlashgan, ko‘chma ma’no anglatib, gapda

butunligicha bir bo‘lak vazifasida keladigan, obrazli, jozibali barqaror birikma, frazeologik
birikma (ibora)deyiladi:

Eshon mayizning tagiga

turna ekibdi

(“tugatmoq”).

“Oydinda yurgan odamlar” asarida keltirilgan iboralar:
1.Boshiga baxt qushi qo‘nmoq-omadi kelmoq
Eson qassobni haminqadar eladi. Keyin, maqsadga o‘tdi.
- Singlingning

boshiga baxt qushi qo‘nib

turibdi, qassob, uchirib yubormasang bo‘ldi,-

dedi.

(5-bet)
2.Mijozi xush ko‘rmoq –yaxshi munosabatda bo‘lmoq, yaxshi ko‘rmoq, yoqtirmoq
U

mijozi xush kelmish

odamlar bilan salom-alik qiladi. Bordi-keldi qiladi. Chin dildan

gapirishadi. Ochilib gurunglashadi. (5-bet)

3.Quyib qo‘yganday tortmoq-juda ham o‘xshamoq
-Esonboy otasiga tortmabdi…
-Noshukur bo‘lmang, Esonboy otasiga

quyib qo‘yganday tortadi

. (8-bet)

4.Ko‘zlari olma termoq-alanglamoq, qo‘rqmoq.
Yanga bo‘lmish qoboq uydi…
Shunda… shunda, sag‘ir nafas olmadi! Sag‘ir ko‘zlari pir-pir etdi. Sag‘ir

ko‘zlari olma

terdi

. (8-bet)

5.Qo‘li kalta –moddiy ahvoli yomon, kambag‘al

Qo‘li kalta

mo‘minlar qassobdan go‘sht oldi. Ahli mo‘minlar hayitlik kiydi. Bisotida

borlar ohorli kiyim kiydi. Bisotida yo‘qlar ko‘hna bo‘lsa-da ,ozoda kiyim kiydi. (28-bet)

6.Qildan qiyiq qidirmoq-kamchiligini topmoq.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

62

Oqibat,

qildan qiyiq qidiradi

.Qandayin yo‘l bilan bo‘lsa-da, o‘zgalar muvaffaqiyatini

kamsitadi. O‘zgalar muvaffaqiyatini yerga uradi. (69-bet)

“Oydinda yurgan odamlar”asarida keltirilgan maqollar:

1.Aslini bilmay, so‘z demaslar, naslini bilmay, qiz bermaslar.
-

Aslini bilmay, so‘z demaslar, naslini bilmay qiz bermaslar

,-dedi qassob.-Kim ekan, u?

(5-bet)

2.Bolali uy xandon, bolasiz uy zindon.

Bolali uy xandon bo‘ldi, bolasiz uy zindon bo‘ldi

!

Oymomo ko‘z qirida Qoplonga qaradi. Kipriklari pirpiradi. Ko‘z qirini olib qochdi.

(43-bet)

3.Bo‘laringda bo‘lib o‘t, bo‘z yo‘rg‘aday yelib o‘t.
-Sen qatorilar bolali bo‘ldi, - dedi otasi. - O‘g‘li borning o‘zi bor, qizi borning izi bor.
-Umr o‘tyapti.

Bo‘laringda bo‘lib o‘t, bo‘z yo‘rg‘aday yelib o‘t

. (44-bet)

4.Olisdagi palovdan yaqindagi sho‘rva yaxshi.
Yo‘l olis bo‘lsa, yana tag‘in to‘qson so‘mlik qorovullik bo‘lsa, nimasiga orzumand

bo‘lasiz, demaydimi?

Olisdagi palovdan yaqindagi sho‘rva yaxshi

, demaydimi? (45-bet)

5.Elakka borgan ayolni ellik og‘iz gapi bor.
Keyin, eshitmish-bilmish ig‘volardan gapirdi. Ta’bi xushlamovchi ayollar g‘iybatini

qildi.

Elakka bormish ayolning ellik og‘iz gapi bor

, bo‘ldi! (78-bet)

6.Balchiqqa tosh otsang, betingga sachraydi.

Balchiqqa tosh otsang, betingga sachraydi

! Qo‘ying, do‘stim, shunga teng bo‘lmagin!

-dedi.

(110-bet)

Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasidagi bir necha misollarni tahlil

qildik. Asarda ishlatilgan iboralar va maqollar bugungi kunda ham xalq tilida sermahsul
ishlatilinib kelinmoqda. Lekin bazi birlari borki, ular xalq tilida kam ishlatiladi. Masalan:

Balchiqqa tosh otsang, betingga sachraydi

maqoli bugungi kunda xalq tilida kam qo‘llaniladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ibora va maqollarni o‘z ichiga olgan badiiy

asarlarni tahlil qilish kitobxonlarni badiiy asarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi va asardagi
g‘oyani yanada yaqqol ochib berishga yordam beradi. Shuningdek, ibora va maqollarni o‘rganish
kitobxonlarning savodxonligini shu bilan birgalikda so‘z boyligini ham oshirishda muhim vazifa
bajaradi.

REFERENCES

1.

B.Mengliyev. ”Hozirgi o‘zbek adabiy tili” T:”Tafakkur bo‘stoni’’2018

2.

T.Murod. ’’Oydinda yurgan odamlar’’ T: “Nurafshon-Kitob-Ta’minot”

3.

Sh. Rahatullayev. ”O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”.

4.

Tuzuvchilar: f.f.d, prof To'ra Mirzayev, f.f.d, prof Asqar Musoqulov, f.f.d, prof Bahodir
Sarimsoqov’’O‘ZBEK XALQ MAQOLLARI’’«Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik
korapaniyasi. Bosh tahririyati, 2005.

References

B.Mengliyev. ”Hozirgi o‘zbek adabiy tili” T:”Tafakkur bo‘stoni’’2018

T.Murod. ’’Oydinda yurgan odamlar’’ T: “Nurafshon-Kitob-Ta’minot”

Sh. Rahatullayev. ”O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”.

Tuzuvchilar: f.f.d, prof To'ra Mirzayev, f.f.d, prof Asqar Musoqulov, f.f.d, prof Bahodir Sarimsoqov’’O‘ZBEK XALQ MAQOLLARI’’«Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik korapaniyasi. Bosh tahririyati, 2005.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов