Mualliflar

  • Aziza Bozorova
  • Iroda Xidirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.20181

Kalit so‘zlar:

kasallik nomalari At-tuhfat Devoni lug‘oti-t-turk”

Annotasiya

Ushbu maqola orqali qadimgi turkiy asarlarda keltirilgan kasallik nomlari va ularning qanday ma'nolar anglatishi shu asarlardan yig'ilgan so'zliklardan misollar keltirish bilan aniqlandi.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

398

QADIMGI TURKIY LUG‘ATLARDA QO‘LLANILGAN KASALLIK NOMLARINING

LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI

Bozorova Aziza Shuhrat qizi

TerDU talabasi

Iroda Xidirova

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.7938401

Annotatsiya.

Ushbu maqola orqali qadimgi turkiy asarlarda keltirilgan kasallik nomlari

va ularning qanday ma'nolar anglatishi shu asarlardan yig'ilgan so'zliklardan misollar keltirish
bilan aniqlandi.

Kalit so'zlar:

kasallik nomalari, "At-tuhfat", “Devoni lug‘oti-t-turk”, "Muhokamat ul-

lug'atayn", Ibn Sino, meditsina, tabobat, qusmoq, isitmalamoq, jinnilik, tumov, bezgak.

LEXICAL-SEMANTIC ANALYSIS OF DISEASE NAMES USED IN ANCIENT

TURKISH DICTIONARIES

Abstract.

Through this article, the names of diseases mentioned in ancient Turkish works

and their meanings were determined by giving examples of words collected from these works.

Key words:

names of diseases, "At-tuhfat", "Devoni lug'oti-t-turk", "Muhokamat ul-

lughatayn", Ibn Sina, medicine, medicine, vomiting, fever, insanity, flu, malaria .

ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НАЗВАНИЙ БОЛЕЗНЕЙ,

ИСПОЛЬЗУЕМЫХ В ДРЕВНЕТЮРКСКИХ СЛОВАРЯХ

Аннотация.

Посредством данной статьи были определены названия болезней,

упоминаемые в древнетюркских произведениях, и их значения путем приведения примеров
слов, собранных из этих произведений.

Ключевые слова:

названия болезней, «Ат-тухфат», «Девони лугъоти-т-тюрк»,

«Мухокамат ул-лугхатайн», Ибн Сина, лекарство, лекарство, рвота, лихорадка,
помешательство, грипп, малярия.


Tibbiyot sohasi inson hayotining eng asosiy qismidir. Bu soha endigina paydo bo‘lib

qolgan emas, balki, inson faoliyatining muhim bir sohasi sifatida bosha ko‘p sohalardan ilgari
paydo bo‘lgan. Tibbiyot yana meditsina, tabobat kabi atamalar bilan ham ataladi. Meditsina
so‘zining o‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, “medicina” – vrachlik fani, dori-darmon degan
ma‘nolarni anglatib, kishilar sog’ligini saqlash va mustahkamlash kasalliklarning oldini olish,
davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmuyi degan tushunchani
ifodalaydi. Meditsina sohasidagi terminlarning barchasi faqat shu soha vakillarigagina tanishdir.
Tabobat ilmining butun dunyodagi buyuk siymosi, vatandoshimiz, o‘rta asr buyuk ensiklopedist
olimi va mutafakkiri Abu ali Ibn Sinodir.

Kasallik, betoblik, xastalik – organizmning tashqi yoki ichki muhitining zararli omillari

ta’sir etganda ro‘y beradigan patologik jarayon. Bu nom, balki umuman tibbiyotga oid terminlar
qadimgi turkiy asarlarda ham keltirilgan. Masalan, IX asrga tegishli bo‘lgan Mahmud
Koshg‘ariyning “Devoni lug ‘oti-t-turk” va muallifi noma‘lim bo‘lgan “At-tuhfatuz zakiyatu fil-
lug‘atit turkiya”, Alisher Navoiyning “Muhokamat-ul lug’atayn” kabi asarlari misol bo‘la oladi.
Demak, bundan anglashiladiki, tibbiyot va kasalliklarga oid nomlar tilshunosligimizning ham
ancha avvallardan beri bir qismi bo‘lib kelgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

399

Kasallik so‘zining o‘zining qadimgi turkiy asarlarda qanday nomlanganidan boshlasak, bu

nom “Devoni lug ‘oti-t-turk” asarida bir necha so’zlar bilan atalib kelingan: ig – kasal (1-t.82-b),
cӧгӓl – kasal (1-t.375-b), birikma tarzida ham kelgan: jaмaн iг – yomon kasallik (3-t. 36-b), мyн—
kasal (3-t.154-b), туғa –kasal (3-t.244-b), kӭмлagi – kasallandi (3-t.315-b) kaмlaнgi – kasallandi
(2-t.296-b) bo‘lsa, “At-tuhfat”da esa aгрїлї – kasallik (164-b), jiглӓндi—kasallandi kabi.

Lug‘atlarda keltirilgan kasallik nomlarini statistik tahlil metodi asosida tahlil qilib

ko‘radigan bo‘lsak, quyidagicha ko‘rsatgichlarni ko‘rishimiz mumkin: “Devoni lug ‘oti-t-turk”
asarining 1-tomida 57 ta, 2-tomida 12 ta, 3-tomida esa 19 ta, jami esa 88 ta kasallik nomlari keltirib
o‘tilgan ekan. “At-tuhfatuz zakiyatu fil-lug‘atit turkiya” asarida 38 ta. Navoiyning “Muhokamat-
ul lug’atayn” kabi asarlarida esa 9 ta kasallik nomlari keltirilgan.

Qiyosiy tahlil metodi bilan tahlil qilsak, yuqorida keltirilgan kasallik so‘zining hamma

asarlarda va birgina "Devoni lug ‘oti-t-turk” asarida turlicha so‘zlar bilan atalgani misol bo‘la
oladi, bunday so‘zlarimizdan yana kòrib o'tadigan bo'lsak: үяғүқ – tumov, shamollash (1-t.124-
b), түмағү – tumov (1t.418b); qusiǵ – qusiq, qayt (1-t.357-b), Қycgї—qusdi(2-t.18-b); jaʜgї—
qusdi (3-t.21-b), yқїgi—qusdi (3-t271-b); kэзik—bezgak, titrab turadigan isitma(1-t.372-b),
бӭзгȁĸ—bezgak (2-t.334-b); jaбaқyлaқ—isitma, titrash(2-t.64-b), jilїттї—isitmaladi(1-t.367-b),
"At-tuhfat"asarida esa tumov so'zi тамав—tumov (64-b) shaklida uchraydi.

Kasalliklar ikki turga bo‘linadi: yuqumli kasalliklar va yuqumsiz kasalliklardir. Yuqumli

kasalliklar bir odamdan ikkinchi odamga turli xil yo'llar bilan yuqadi, yuqumsiz esa, bir odamdan
ikkinchi odamga o'tmaydi. Bunday kasalliklar biz ko'rib o'tayotgan ushu turkiy lug'atlarimizda
ham keltirib o'tilgan. Misollar orqali ko'rib o'tsak: "Devoni lug ‘oti-t-turk” asaridagi yuqumli
kasalliklar: учғүқ—tumov, shamollash(1-t.124-b), iciрсанgi—qizilcha toshdi(1-t.266-b), cöгäл
kyozik—sariq kasalligi(1-t.372-b), қїзлaмyĸ—qizamiq va shunga o’xshash toshib chiqadigan
toshmalar(1t.460-b), ĸӭрilgi—kishi esnadi, kerishdi(2-t.80-b); "At-tuhfat"da esa, bir шэ

́шäк-

chechak kasal (39-b), котурлï болдï- qo'tirlanmoq (42-b), тамав-tumov (64-b). Endi yuqumsiz
kasalliklarni ko'rib o'tsak, "Devoni lug‘oti-t-turk" asarida:um—me’da buzuqligi(1-t.83-b), ӭʜӱr—
ko’zga tushgan parda(1-t.86-b), yotilgan—otlarda bo’ladigan bez kasalligi (173); irlandi—dard
tutdi(1-t.259-b), axsatti—oqsatdi(1-t.261-b), talғaʜ iq—tutqanoq kasalligi(1-t.411-b), тaʜyрgї—
kishining burni qonashi(2-t.89-b), jaлgї—yallig’landi(3-t.71-b), jaʜgї—qusdi (3-t.73-b); "At-
tuhfat"da: кïлчïр-g'ilay (12-b), iнiш-ko'z qovogʻi ichidagi yara (45-); Alisher Navoiy "Muhokamat
ul-lug'atayn"da: Жунун- jinnilik(34-b), Залолат- ko'rlik (35-b), За'ф- kuchsizlik( 35-
b),Шикасталик-siniqlik, duduqlik(51-b).

Xulosa qiladigan bo'lsak, kasallik nomlari bir davrning o'zida va vaqt o'tgan saying boshqa

davrlarda ham har xil nomlar bilan atalganini ko'rishimiz mumkin. Hozirgi kunimizda ham e'tibor
qilsak, bir kasallik tabobatda boshqa nom bilan atalsa, xalq orasida bir emas, bir qancha nomlar
bilan atalishini ko'ramiz. Mana shunday turli atalishlarni yuqorida nomlarini keltirib o'tgan turkiy
asalarimiz va boshqa manbalar orqali aniqlash, o'rganish va solishtirish faqat meditsina ilmining
emas, balki tilshunosligimizning ham vazifasi hamda yutug'i hamdir.






background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

400

REFERENCES

1.

Alisher Navoiy "Muhokamat ul-lug'atayn"

2.

Mahmud Koshgʻariy "Devoni lugʻoti-t-turk" I tom Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi
nashriyoti Toshkent -1960

3.

"Devoni lug'oti-t-turk" II tom Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi nashriyoti Toshkent-
1963

4.

"Devoni lug'oti-t-turk" III tom Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi nashriyoti Toshkent -
1963

5.

"Attuhfatuz zakiyatu fillug'atit turkiya" O'zbekiston SSR "Fan" nashriyoti Toshkent 1968

6.

Khidirova, I. (2023). PEYORATIVE, DEGORATIVE VOCABULARY IN FAMILY
SPEECH (EXAMPLE OF THE KHIDIROV AND SHAYMATOV FAMILIES).

Modern

Science and Research

,

2

(3).

7.

Xidirova, I., & Xidirova, N. (2021). Gender Characteristics of Family Speech Speech (On
the Example of the Uzbek Family).

EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN

NONFORMAL EDUCATION

,

1

(2), 196-199.

8.

Raxmonjonova, G., & Xidirova, I. (2022). CHORTOQ SO ‘ZINING KELIB
CHIQISHIGA OID ILMIY QARASHLAR.

Eurasian Journal of Academic

Research

,

2

(11), 188-189.

9.

Jo’rayeva, M., & Xidirova, I. (2023). QOYALAR HAM YIG’LAYDI” ASARIDA
QO’LLANILGAN

DIALEKTIZMLARNING

LEKSIK-SEMANTIK

TAHLILI.

Development of pedagogical technologies in modern sciences

,

2

(2), 42-48.

10.

qizi Jo‘rayeva, M. S., & Xidirova, I. X. (2023, January). “TEMIR XOTIN”
DRAMASINING

FONETIK-FONOLOGIK

TAHLILI.

In

INTERNATIONAL

CONFERENCES

(Vol. 1, No. 1, pp. 492-496).

11.

qizi Jo‘rayeva, M. S., & Xidirova, I. X. (2023, January). SHOYIM BO ‘TAYEVNING
“SHO ‘RODAN QOLGAN ODAMLAR” ASARIDA NOADABIY QATLAM SO
‘ZLARINING QO ‘LLANILISHI. In

INTERNATIONAL CONFERENCES

(Vol. 1, No. 1,

pp. 487-491).

12.

Xidirova, I. ., & Jo‘rayeva, M. (2023). LEXICAL-SEMANTIC ANALYSIS OF
DIALECTISMS USED IN THE WORK OF ART (IN THE EXAMPLE OF THE WORK
"ROCKS ALSO CRY").

Modern Science and Research

,

2

(3), 142–144.

13.

Xidirova, I. ., & Dobilova, M. (2023). IMLO MUAMMOLARI VA YECHIM.

Modern

Science and Research

,

2

(3), 138–141.









Bibliografik manbalar

"Devoni lug'oti-t-turk"

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Iroda Xidirova, OILA NUTQIDA PEYORATIV, DEGORATIV LEKSIKA (XIDIROV VA SHAYMATOVLAR OILASI MISOLIDA) , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 2 № 3 (2023): Modern science and research

Mehriniso To’laganova, Iroda Xidirova, SO’Z TURKUMLARINING O’ZBEK TILSHUNOS OLIMLARI TOMONIDAN TURLICHA TASNIFI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 2 № 5 (2023): Modern science and research

Iroda Xidirova, Mehriniso Jo‘rayeva , QADIMGI TURKIY LUG‘ATLARDA QO‘LLANILGAN QARINDOSHLIK NOMLARININNG LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 2 № 4 (2023): Modern science and research

Iroda Xidirova, Gulorom Abdurahmonova, Goʻzal Rabbimqulova, TURKIY LUG‘ATLARDA KELTIRILGAN OZIQ-OVQAT NOMLARINING FONETIK-FONOLOGIK TAHLILI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 2 № 5 (2023): Modern science and research

Dilafro’z Abdurahmonova, Iroda Xidirova, TABIAT HODISALARIGA MANSUB SO’Z VA BIRIKMALARNING LEKSIK, MORFOLOGIK TAHLILI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 2 № 5 (2023): Modern science and research

Iroda Xidirova, Laziza Choriyeva , HAYVON NOMLARI VA UNGA OID SO’ZLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 2 № 5 (2023): Modern science and research

Iroda Xidirova, Sevara Boyqulova, Gulbahor G'affarova , O‘SIMLIK VA UNGA OID NOMLARNING LEKSIK VA MORFOLOGIK TAHLILI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 2 № 5 (2023): Modern science and research

Muattar To’rayeva, Iroda Xidirova , TURKIY LUG‘ATLARDA KELTIRILGAN HAYVON NOMLARINI NOMLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 2 № 5 (2023): Modern science and research

Sarvara Abduraxmonova, Iroda Xidirova, XUDOYBERDI TO'XTABOYEV ASARLARIDA UNDALMANING IFODALANISHI , Zamonaviy fan va tadqiqotlar: Jild 2 № 5 (2023): Modern science and research

<< < 1 2