ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE IMAGES OF MYSTICS IN UZBEK PROSE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Almanov, R. (2023). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE IMAGES OF MYSTICS IN UZBEK PROSE. Modern Science and Research, 2(5), 435–437. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20243
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes some of the religious and educational works created in Uzbek literature, especially prose, during the years of independence. Attention will be paid to the novel by Sadulla Siyoyev "Ahmad Yassavi" and the instructive story by Abdumutal Abdullayev "Khazrati Attar".

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

435

O'ZBEK NASRIDA TASAVVUF ALLOMALARI OBRAZINING BADIIY TALQINLARI

Almanov Ro'zimuhammad

Termiz davlat universiteti adabiyotshunoslik mutaxassisligi

2-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7941844

Annotatsiya.

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida o'zbek adabiyotida, xususan, nasrida

vujudga kelgan diniy-ma'rifiy yo'nalishda yaratilgan asarlarning ba'zilari haqida so'z boradi.
Sa`dulla Siyoyev qalamiga mansub “Ahmad Yassaviy” romani hamda Abdumutal Abdullayev
tomonidan yaratilgan “Hazrati Attor” ma`rifiy qissasiga e'tibor qaratiladi.

Kalit so'zlar:

diniy-ma'rifiy yo'nalish, tasavvuf allomalari, Ahmad Yassaviy, Farididdin

Attor, ma'rifiy qissa.

ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE IMAGES OF MYSTICS IN UZBEK

PROSE

Abstract.

This article describes some of the religious and educational works created in

Uzbek literature, especially prose, during the years of independence. Attention will be paid to the
novel by Sadulla Siyoyev "Ahmad Yassavi" and the instructive story by Abdumutal Abdullayev
"Khazrati Attar".

Keywords:

Religious-educational direction, Allamas of Sufism, Ahmed Yassavi, Fariduddin

Attar, Educational story

ХУДОЖЕСТВЕННЫЕ ИНТЕРПРЕТАЦИИ ОБРАЗОВ МИСТИКОВ В

УЗБЕКСКОЙ ПРОЗЕ

Аннотация.

В данной статье рассказывается о некоторых религиозно-

просветительских произведениях, созданных в узбекской литературе, особенно прозе, за
годы независимости. Будет уделено внимание роману Саъдуллы Сиёева «Ахмад Яссави» и
поучительному рассказу Абдумутал Абдуллаева «Хазрати Аттар».

Ключевые слова:

Религиозно-просветительское направление, Алламы суфизм, Ахмед

Яссави, Фаридуддин Аттар, Образовательная история


Barchamizga ma`lumki, tasavvuf adabiyoti o`zida islom ruhi, uning qonun-qoidalarini

targ`ib qiluvchi alohida yo`nalish sanaladi. Tarixan uzoq davrlardan adabiyotda bo`y ko`rsata
boshlagan tasavvuf adabiyoti insonni haq yo`lga chorlashga, dunyoning asl haqiqatini anglashga
ko`maklashadi. Ta`kidlash lozimki, tasavvuf adabiyotining o`ziga xos yo`l-yo`rig`i, atamalari
mavjud bo`lib, ularning har biri majoziy ma`no kasb etadi. Tasavvuf adabiyotida ko`plab
ijodkorlar qalam tebratgan bo`lib, xususan, Ahmad Yasavviy, Sulaymon Boqirg'oniy, Huvaydo,
Haziniy kabi yetuk ijodkorlar asarlari bugungi kunda ham o`zining dolzarb ahamiyatiga ega
ekanligi bilan qimmatlidir.

Mustaqillik yillariga kelib badiiy adabiyotga bo`lgan qiziqish, unga bo`lgan e`tibor tubdan

o`zgardi. "Mustaqillik epkinlari esa boshlagan ilk davrlardan boshlab, mumtoz ma’naviy
me’rosimizga e’tibor orta boshladi. Badiiy adabiyotda ochiq-oshkora so’z aytish imkoniyati paydo
bo’ldi"[1,46]. Mustabid tuzum davrlarida nomlari qoralanagan qator ijodkorlar, tasavvuf vakillari
oqlanib, ismlari tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Ayniqsa, tasavvuf adabiyotining yetuk
namoyandalari haqida qator asarlar yaratilib, ular adabiyotimizning eng go`zal namunalariga
aylandi. Xususan, Sa`dulla Siyoyev qalamiga mansub “Ahmad Yassaviy” romanini olaylik.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

436

"...inson kamolotini ta’minlashda o’tmishdgi valiy zotlarimiz yo’llarini tutish, yurgan yo’llariga
ergashish, hikmatlariga suyanib ish tutishning ahamiyati ham nisbatan tezroq anglab etildi. Bu hol
ham sulton ul orifin Xoja Ahmad Yassaviy shaxsiyati va merosi sa’dulla Siyoyevning e’tiborini
tortishi, uning to’laqonli baddiy siymosini yaratishga intilishining sabablaridan biridir"[2,16].

Ushbu asarda Ahmad Yassaviyning tariqat kishisi sifatida turli jihatlari yoritilib, romanga

Alisher Navoiyning Yassaviy haqidagi quyidagi fikrlari epigraf sifatida tanlab olinadi: “Xoja
Ahmad Yassaviy Turkiston mulkining shayx-ul mashoyixidur. Maqomoti oliy va mashhur,
karomoti mutavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g`oyatsiz va shohu gado aning irodot va
ixlos ostonida nihoyatsiz ermish”[3,5]. Asar syujetidan joy olgan voqeliklar Ahmad Yassaviy
siymosining adolatsevar shaxs ekanligi, nohaqliklarga bo`lgan ochiqdan ochiq munosabati
bevosita Ahmad Yassaviyning asl siymosi bilan hamohanglik hosil qiladi. "Roman-dilogiyaning
ilk kitobi voqealari shayx hazratlarining Ka'ba ziyoratini ixtiyor etganlari xabari bilan boshlanib,
Marvdan Turkiston tomon yuzlanishlari bilan tugaydi. Ikkinchi kitob shayx karvonining
otamakonga qaytishi voqealari bilan boshlanib, oltmish uchga yetgach, yer ostida hujra yasatib,
"chillaga kirishi bilan tugaydi. Demak, romanda Yassaviyning oltmish ikki va oltmish uch
yasharlik davri - ikki yillik hayot yo'li yoritilgan"[4,92]. Darhaqiqat, Ahmad Yassaviy tasavvuf
adabiyotining yirik vakili bo`lib, asarlarida ilohiy ishqni ilgari surgan. Asl ishqqa loyiq zot Alloh
ekanligini ta`kidlagan ijodkor ishq dardining davosi yo`q ekanligini, ishqqa tushgan odam o`tga
tushgan bilan barobar ekanligini asarlari orqali aks ettiradi:

Ishqqa tushding, o`tga tushding , kuyib o`lding,
Parvonadek jondan kechib axgar bo`lding.
Dardga to`lding, g`amga to`lding, telba bo`lding,
Ishq dardini so`rsang, hargiz darmoni yo`q.[3]

Bundan tashqari, Ahmad Yassaviy hikmatlarida aks etgan tasavvufiy g`oyalar , jumladan, uning :

Nafs yo`liga kirgan kishi rasvo bo`lur,
Yo`ldan ozib, toyib, to`zib gumroh bo`lur.
Yetsa, qo`psa shayton bilan hamroh bo`lur,

Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor

,[4]- satri mazmuni bevosita Sa`dulla

Siyoyevning “Ahmad Yassaviy” romanidagi obrazning asl jihatlariga hamohang tarzda
shakllangan.

“Mantiq ut-tayr”, “Pandnoma” asarlari bilan ellararo mashhur bo`lgan Farididdin Attor esa

yaxshilik va yomonlikning bir-biridan farqi, ilmli bo`lishning samarali va shu kabi axloqiy
mavzularni asarlari orqali ilgari suradi. Istiqlol yillarida ushbu muborak zot haqida turfa asarlar –
roman, qissa, badia va hokazolar – yaratildi. Ularning har biri ma`no-mazmun jihatidan bir-birini
takrorlamas, bir-biriga o`xshamas. Xususan, mustaqillik yillarida Abdumutal Abdullayev
tomonidan yaratilgan “Hazrati Attor” ma`rifiy qissasida Attor hayotining betakror jihatlarini ochib
berishga, uni tasavvuf kishisi sifatida gavdalantirishga harakat qilingan[9]. Ayniqsa, Farididdin
Attorning nafsga qarshi chorlovi ushbu asarda yaqqol aks etgan, o`z shogirdiga qarata quyidagi
keltirilgan fikrlarida Attorning asl tasavvuf kishisi ekanligini anglashimiz qiyin emas:

“Payg`ambarimiz rasululloh(s.a.v) marhamatiga ko`ra, mo`min kishida bitta chuchvaraga
loyiq ortiqcha et qolmasligi kerak”, “Goho ojiz banda bilib-bilmay, nafsning aldoviga
ko`naman. Holbuki, Saxl Tustariydek buyuk zot nafsni hamisha xumda qamaganday saqlagan,
lekin uning yetoviga yurmagan, dod-faryodiga quloq solmagan edi”…


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

437

Ha, Farididdin Attor – ulug` tasavvufiy aloma. Abdumutal Abdullayevning “Hazrati Attor”

ma`rifiy qissasida uning ana shunday ulug`vor jihatlariga e`tibor berilganligi, Farididdin Attor
badiiy obrazi orqali Attorning asl qiyofasini ochib berishga harakat qilganligi yozuvchining buyuk
mahoratidan dalolat beradi.

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, mustaqillik davri adabiyoti o`z bag`rida hozirgi

kunga qadar yaratilgan badiiy adabiy yo`nalishlarning barchasini jo aylagan adabiyot hisoblanadi.
Badiiy obrazlar genezisining asl holatini ochib berishga harakat qilgan qator adiblar o`z asarlari
bilan nafaqat ijodkorlarning badiiy holatini, balki ularning ijodiy tafakkurini, ijodiy g`oyalarini
ham yoritishga harakat qilganlar.


REFERENCES

1.

Raimova S. Mustaqillik davri o'zbek she'riyatida diniy-ma'rifiy mavzuning badiiy talqini.
Филол. фан. б. фалс. док. дисс... . – Toshkent, 2021.

2.

Omanova M. Istiqlol davri o'zbek romanlarida shayx valiylar obrazining badiiy talqinlari.
Филол. фан. б. фалс. док. дисс... автореф. – Jizzax, 2022.

3.

Omanova M. Sa'dulla Siyoyevning "Ahmad Yassaviy" romani haqida // O'zbek tili va
adabiyoti. – Тошкент, 2021. - №2.

4.

Xoja Ahmad Yassaviy Devoni hikmat. (Yangi topilgan namunalar). Toshkent, 2005. 188
bet.

5.

Xoja Ahmad Yassaviy: hayoti, ijodi va an’analari. Toshkent, 2001.336 bet.

6.

Ibrohim Haqqul. Tasavvuf va she’riyat. Toshkent, 1991.184 b.

7.

Ibrohim Haqqul. Tasavvuf saboqdari. Buxoro, 2000. 78 bet.

8.

Ibrohim Haqqul. Ahmad Yassaviy. Toshkent, 2001. 64 bet.

9.

Ibrohim Haqqul. Taqdir va tafakkur. Toshkent, 2007. 228 bet.

10.

Ibrohim Haqqul. Navoiyga qaytish. Toshkent, 2008.224 bet.

11.

Ibrohim Haqqul. Ijod iqlimi. Toshkent, 2009. 388 bet.

12.

Hasan Komil Yilmaz. Turkiyada yassaviyshunoslik. Toshkent, 1999. 68 bet.

13.

Sa`dulla Siyoyev. Ahmad Yassaviy. Toshkent, 2012 y.

14.

Abdumutal Abdullayev. “Hazrati Attor” ma`rifiy qissa. “Sharq yulduzi” jurnali,5-6-
sonlar. 2011 y.

References

Raimova S. Mustaqillik davri o'zbek she'riyatida diniy-ma'rifiy mavzuning badiiy talqini. Филол. фан. б. фалс. док. дисс... . – Toshkent, 2021.

Omanova M. Istiqlol davri o'zbek romanlarida shayx valiylar obrazining badiiy talqinlari. Филол. фан. б. фалс. док. дисс... автореф. – Jizzax, 2022.

Omanova M. Sa'dulla Siyoyevning "Ahmad Yassaviy" romani haqida // O'zbek tili va adabiyoti. – Тошкент, 2021. - №2.

Xoja Ahmad Yassaviy Devoni hikmat. (Yangi topilgan namunalar). Toshkent, 2005. 188 bet.

Xoja Ahmad Yassaviy: hayoti, ijodi va an’analari. Toshkent, 2001.336 bet.

Ibrohim Haqqul. Tasavvuf va she’riyat. Toshkent, 1991.184 b.

Ibrohim Haqqul. Tasavvuf saboqdari. Buxoro, 2000. 78 bet.

Ibrohim Haqqul. Ahmad Yassaviy. Toshkent, 2001. 64 bet.

Ibrohim Haqqul. Taqdir va tafakkur. Toshkent, 2007. 228 bet.

Ibrohim Haqqul. Navoiyga qaytish. Toshkent, 2008.224 bet.

Ibrohim Haqqul. Ijod iqlimi. Toshkent, 2009. 388 bet.

Hasan Komil Yilmaz. Turkiyada yassaviyshunoslik. Toshkent, 1999. 68 bet.

Sa`dulla Siyoyev. Ahmad Yassaviy. Toshkent, 2012 y.

Abdumutal Abdullayev. “Hazrati Attor” ma`rifiy qissa. “Sharq yulduzi” jurnali,5-6-sonlar. 2011 y.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов