THE CONCEPT OF CITIZENSHIP AND THE PROCEDURE FOR OBTAINING CITIZENSHIP

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Beknazarov, J. (2023). THE CONCEPT OF CITIZENSHIP AND THE PROCEDURE FOR OBTAINING CITIZENSHIP. Modern Science and Research, 2(5), 691–694. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20390
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the concept of citizenship and the procedure and issues of acquiring citizenship. Reasonable opinions and comments are given throughout the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

691

FUQOROLIK TUSHUNCHASI VA FUQAROLIKKA EGA BO’LISH TARTIBI

Beknazarov Jaloliddin Olimjon oʻgʻli

Oʻz Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 309-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7953630

Annotatsiya.

Mazkur maqolada fuqorolik tushunchasi va fuqarolikka ega bo’lish tartibi

hamda masalalari haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalar berib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

fuqorolik tushunchasi, fuqarolikka ega bo’lish tartibi, huquqiy holat.

THE CONCEPT OF CITIZENSHIP AND THE PROCEDURE FOR OBTAINING

CITIZENSHIP

Abstract.

This article talks about the concept of citizenship and the procedure and issues

of acquiring citizenship. Reasonable opinions and comments are given throughout the article.

Key words:

the concept of citizenship, the procedure for acquiring citizenship, legal status.

ПОНЯТИЕ ГРАЖДАНСТВА И ПОРЯДОК ПОЛУЧЕНИЯ ГРАЖДАНСТВА

Аннотация.

В данной статье говорится о понятии гражданства, а также о

порядке и вопросах приобретения гражданства. Обоснованные мнения и комментарии
даны на протяжении всей статьи.

Ключевые слова:

понятие гражданства, порядок приобретения гражданства,

правовой статус.

Shaxsning huquqiy holatini aniqlashda fuqarolik muhim omil ekanligi e’tirof etilgan qoida.

Har qanday mamlakatda, jumladan, O‘zbekistonda yashovchi aholining asosiy qismi O‘zbekiston
fuqarolaridan iborat bo‘lib, aholining ma’lum qismi O'zbekiston fuqarosi bo‘lmasligi mumkin.
Ular O‘zbekistonda turli sabablar bilan yashayotgan, ishlayotgan, o‘qiyotgan, safarga kelgan,
xorijiy mamlakatlar fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lishi mumkin. Shaxs ma’lum
davlatga mansub bo‘lsagina u fuqaro hisoblanadi. Bu tegishli hujjatlar orqali rasmiylashtiriladi.
Fuqarolik - Konstitutsiyaviy institut. Uning asoslari Konstitutsiyada belgilangan. O‘zbekiston
Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo‘lganlikdan qat’iy nazar, hamma uchun
tengdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi, ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasining
fuqarosi hisoblanadi» (Konstitutsiyaning 21-moddasi). Shu moddada fuqarolikka ega bo‘lish va
uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi, deb ko‘rsatilgan. Fuqarolik masalasi
2020-yilgacha 1992-yil 2-iyuldagi qonun bilan tartibga solingan. Bu qonun eskirib qolgani uchun
O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida «...fuqarolik
masalasiga oid qonunchilikni takomillashtirish orqali inson huquqlarini ta’minlash borasida
navbatdagi muhim qadam qo‘yish zarurligini hayotning o’zi taqozo etmoqda», deb qayd qildi va
2020-yil 13-martda «O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
Qonunning 4-moddasida fuqarolikning huquqiy tushunchasi berilgan bo‘lib, unga asosan,
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiyhuquqiy aloqasini
belgilaydi, bu aloqalar ularning o‘zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi. Demak, fuqarolik
shaxsning davlatga huquqiy mansubligi va uning natijasida fuqaro - shaxs bilan davlat o‘rtasida
ma’lum munosabat, o‘zaro huquq va burchlar vujudga keladi. O‘zbekistonda yakka fuqarolik
o‘rnatilgan, yakka fuqarolikning siyosiy ahamiyati ham katta. Fuqarolik shaxs bilan davlat
o‘rtasida siyosiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Fuqarolik natijasida shaxs ma’lum huquq va
erkinliklarga ega bo‘libgina qolmay, ma’lum burchlarga ham ega bo‘ladi. Natijada, shaxsning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

692

davlat oldidagi mas’uliyati oshadi. Ma’lum mamlakatlarda yashovchi hamma kishilar, albatta,
fuqaro deb qaralmasligi kerak, mamlakatda yashovchilar aholi bo‘lishi mumkin. Aholi tarkibiga
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolari ham kiradi. Ularning huquqiy holatida
sezilarli tafovutlar mavjud. Shaxsning ma’lum davlatda yashashining o‘zigina uni fuqaro deb
hisoblashga asos bo‘lmaydi, shaxs fuqaro bo‘lishi uchun shaxs bilan davlat o‘rtasida alohida
munosabatlar mavjud bo‘lishi kerak. Fuqarolik davlat bilan shaxs munosabatlarining alohida
tartibda amalga oshishini ta’minlaydi. Umumiy asosda davlat qonun yo‘li bilan kim shu davlatning
fuqarosi hisoblanishini, fuqarolikka ega bo‘lish, uni yo‘qotish asoslari va tartibini belgilab qo‘yadi.
Har bir shaxsning fuqaroligi alohida hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. O‘zbekistonda bunday
hujjat shaxslarning pasportidir. Fuqarolik shaxs bilan davlatning barqaror munosabatlarini
vujudga keltiradi. Fuqaro va davlat munosabatlarini belgilashda xalqaro huquq normalari ham
e’tirof etiladi. O‘zbekistonda fuqarolikni quyidagicha xarakterlash mumkin. O‘zbekistonda yakka
fuqarolik e’tirof etilgan. Konstitutsiya va qonunda bu mustahkamlangan. O‘zbekiston fuqarolari
O‘zbekiston fuqaroligidan chiqmasdan turib, boshqa mamlakatlarning fuqaroligini qabul qilishi
mumkin emas va aksincha. O‘zbekistonda fuqarolik tenglikka asoslangan, ya’ni fuqarolikka ega
bo‘lish qanday asoslarda bo’lmasin (tug‘ilish bilan bo‘ladimi, keyinchalik fuqarolikka o‘tganmi)
ular hamma sohada tengdir. O‘zbekistonda fuqarolikka ega bo‘lish ochiq va erkinlikka asoslanadi.
Ya’ni O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lish uchun ortiqcha cheklovlar o‘rnatilmagan.
Fuqarolikning ochiqligi, erkinligi, har qanday O‘zbekiston fuqarosi o‘z xohishi bilan O‘zbekiston
fuqaroligidan voz kechishi mumkinligi qonunlarda mustahkamlangan. Hech kim o‘z qarashlariga
ko‘ra fuqarolikdan majburiy ravishda chiqarilishi mumkin emasligining o‘rgatilishi fuqarolikning
muhim prinsiplaridan biridir. Fuqarolikdan qarashlari, fikrlashiga qarab majburiy chiqarish Sovet
tuzumida tez-tez qo‘llaniladigan hodisa edi. Bu xalqaro hujjatlarga mutlaqo ziddir. Chunki ularda
fuqarolikdan majburiy chiqarish ko‘zda tutilmagan. O‘zbekiston fuqarolari mamlakat tashqarisida
yashayotgan vaqtlarida ularning manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinadi. Chet
mamlakatlarda ham ular davlat homiyligida bo‘ladi. O‘zbekiston fuqarolari kelib chiqishi, ijtimoiy
va mulkiy ahvoli, irqi va millati, siyosiy va boshqa e’tiqodlari, mashg‘ulotlarining turi va sohasi
hamda boshqa holatlardan qat’iy nazar, qonun oldida tengdir. Konstitutsiyaga asosan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi, ayni vaqtda, O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. Ular
O‘zbekiston fuqaroligini olish uchun hech qanday harakat sodir etmaydi. Bulardan kelib chiqib,
O‘zbekistonda fuqarolik quyidagi prinsiplarga tayanadi, deyish mumkin: - yagona fuqarolik, ya’ni
ikki va ko‘p fuqarolik tan olinmaydi; - fuqarolikda tenglik prinsipi mavjud; - fuqarolikka ega
bo‘lish, fuqarolikdan chiqish ixtiyoriylikka asoslanadi; - fuqarolikdan majburiy chiqarishga yo‘l
qo‘yilmaydi; - O‘zbekiston fuqarolari huquqlari, erkinliklari, manfaati mamlakat tashqarisida ham
davlat tomonidan himoya qilinadi. Fuqarolik konstitutsiyaviy-huquqiy institutlardan hisoblanadi.
Konstitutsiyada fuqarolik asoslari belgilangan bo‘lib, fuqarolikka ega bo‘lish, uni yo‘qotish qonun
bilan tartibga solinishi belgilangan. Bunday qonun 2020-yil 13-martda qabul qilingan
«O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonundir. Mazkur qonun avvalgi 1992-
yil 2-iyuldagi qonunning o‘rniga qabul qilindi va unda fuqarolik masalalarini hal qilishda xalqaro
hujjatlar qoidalari e’tiborga olindi. Bu BMT tomonidan ham e’tirof etildi. Qonunning 5-moddasiga
asosan quyidagilar O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

693

a) 1992-yil 28-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet

davlat fuqarosi bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan
shaxs;

b) O‘zbekiston hududida yashagan va 1992-yil 28-iyulga qadar o‘qish uchun

O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta’lim olgan yoxud harbiy
xizmatni o‘tagan va o‘qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida O‘zbekistonga
qaytib kelgan hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy propiskadan o‘tgan shaxs, basharti uning
chet davlat fuqaroligi mavjud bo‘lmasa;

v) ushbu Qonun kuchga kirgan kunda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega

bo‘lgan shaxs;

g) ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxs.

Demak, shaxsni O‘zbekiston fuqarosi hisoblash uchun qonun kuchga kirganda shaxslar
O‘zbekiston hududida doimiy yashayotgan bo‘lishi; boshqa davlatlarning fuqarosi bo‘lmasligi;
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan bo‘lishi; ma’lum sabablar bilan shu davrda boshqa
davlatlar hududida yashayotgan bo‘lsa ham, lekin O‘zbekistonda tug‘ilgan bo‘lsa yoki doimiy
yashaganligini isbot qilsa, boshqa davlatlarning fuqarosi bo‘lmasligi asosiy shart hisoblanadi.
Qonunning 13-moddasida fuqarolikni olish asoslari belgilangan bo‘lib, unga asosan:

- tug‘ilganlik bo‘yicha;
- bola farzandlikka olinganda;
- O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash natijasida.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida
va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham olinishi mumkin. O‘zbekiston
fuqaroligiga ega bo‘lishning muhim vositalaridan biri, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yoki chet el
fuqarolarining o‘z ixtiyorlariga ko‘ra O‘zbekiston fuqaroligiga o‘tishidir. Bunda shaxs
O‘zbekiston fuqaroligiga o‘tishni ixtiyor qiladi, uning iltimosi tegishli tartibda ko‘rib chiqilib,
Respublika Prezidenti tomonidan fuqarolikka qabul qilinadi. Qonunga asosan, O‘zbekiston
fuqaroligiga qabul qilish uchun shunday istak bildirgan shaxslar oldiga ba’zi talablar qo‘yiladi.
Yangi qonunda fuqarolikka qabul qilishning uch xil tartibi belgilangan. Bular: umumiy tartibda;
soddalashtirilgan tartibda; alohida tartibda qabul qilishdir

1. Umumiy tartib quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u (shaxs):
a) chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo'lsa;
b) fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e’tiboran va 0

‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat
qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz besh yil davomida doimiy yashab
kelayotgan bo‘lsa;

v) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
g) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z

zimmasiga olsa;

d) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa. O‘zbekistonda besh yil doimiy

yashash sharti O‘zbekiston fuqarosi bilan nikohda bo‘lgan shaxsga tatbiq qilinmaydi. Fuqarolikka
qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan
shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

694

a) O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi

bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan loaqal bitta o‘zidan oldingi qarindoshga
ega bo‘lsa;

b) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
v) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z

zimmasiga olsa;

g) davlat tilini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada

bilsa. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda O‘zbekistonda ma’lum muddat yashashi kerak degan joyi yo‘q.
Shu qoidaning «а» bandida nazarda tutilgan shart ilm-fan va ilmiy faoliyat, texnika, madaniyat
hamda sport sohasida katta yutuqlarga ega bo‘lgan, shuningdek 0 ‘zbekiston Respublikasi uchun
manfaatli kasbga yoxud malakaga ega bo‘lgan vatandoshga va (yoki) uning oila a’zolariga
nisbatan hisobga olinmasligi mumkin. Fuqarolikka qabul qilishning alohida tartibida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti milliy manfaatlardan kelib chiqib, chet davlatlarning fuqarolariga va
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yuqoridagi talablar qo‘llanilmagan holda fuqarolikni berishi
mumkin. Bundan tashqari qonunning 6-moddasida 1995-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston
Respublikasi hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o‘tgan, chet davlat fuqaroligini qabul
qilmagan hamda « O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g ‘risida»gi 2020-yil 13-martdagi
Qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekistonda yashash
guvohnomasi asosida yashab turgan shaxs istak bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining
fuqarosi deb tan olinishi belgilangan. Ularning bolalari ham O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Qonun ayrim sabablar bilan fuqarolik yo‘qotilganda, fuqarolikni tiklash tartibini ham belgilaydi.

REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. T.-
0‘zbekiston», 2018. 2-tom, 142-143-betlar.

2.

Mustaqil 0‘zbekiston tarixi. Uchinchi kitob. - Т.: «Sharq*, 2000. 528-535-betlar.

3.

«Yangi 0‘zbekiston», 2020-yil 25-yanvar

4.

« 0‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g ‘risida»gi Qonun, 18-modda.

5.

«Xalq so'zi», 2020-yil 26-iyun.

6.

«Tarixiy adolatning yana bir tantanasi», «Xalq so ‘zi», № 56 (7558), 2020-yi! 17-mart.

References

Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. T.-0‘zbekiston», 2018. 2-tom, 142-143-betlar.

Mustaqil 0‘zbekiston tarixi. Uchinchi kitob. - Т.: «Sharq*, 2000. 528-535-betlar.

«Yangi 0‘zbekiston», 2020-yil 25-yanvar

« 0‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g ‘risida»gi Qonun, 18-modda.

«Xalq so'zi», 2020-yil 26-iyun.

«Tarixiy adolatning yana bir tantanasi», «Xalq so ‘zi», № 56 (7558), 2020-yi! 17-mart.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов