HISTORY OF THE MAUSOLEUM OF SULTAN MIR HAYDAR OTA

HAC
Google Scholar
To share
Oripov, S., & Tongatarov, M. (2023). HISTORY OF THE MAUSOLEUM OF SULTAN MIR HAYDAR OTA. Modern Science and Research, 2(10), 610–614. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25654
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the history of the origin of the mausoleum of Sultan Mir Haydar, located in Kashkadarya region, is revealed, and the history of Sultan Mir Haydar is also covered. In particular, information is provided about the cisterns there, as well as the mausoleum, the shrine, and the minaret.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

610

SULTON MIR HAYDAR OTA MAQBARASI TARIXI

Oripov Shohjahon Furqat oʻgʻli

Qarshi Davlat Universiteti Tarix fakulteti

Tarix yunalishi, 2-bosqich talabasi

Tongatarov Mirjalol Shermurod oʻgʻli

Qarshi Davlat Universiteti Tarix fakulteti

Tarix yunalishi, 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10140862

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida, joylashgan Sulton Mir Haydar ota

maqbarasi kelib chiqish tarixi ochib berilgan va Sulton Mir Haydar ota tarixi ham yoritilgan.
Jumladan u yerdagi sardobalar hamda maqbara, chillaxona, minora haqida ham maʼlumotlar
berilgan.

Kalit soʻzlar:

Qashqadaryo

,

Kasbi, Sulton Mir Haydar, maqbara, masjid, chillaxona,

Buyuk ipak yoʻli, Qurʼon, Balx, shajara, “Oli Imron”, imom, fiqh, ijmo, hadis.

HISTORY OF THE MAUSOLEUM OF SULTAN MIR HAYDAR OTA

Abstract.

In this article, the history of the origin of the mausoleum of Sultan Mir Haydar,

located in Kashkadarya region, is revealed, and the history of Sultan Mir Haydar is also covered.
In particular, information is provided about the cisterns there, as well as the mausoleum, the
shrine, and the minaret.

Keywords:

Kashqadarya, Kasbi, Sultan Mir Haydar, mausoleum, mosque, chillahona,

Great Silk Road, Qur'an, Balkh, family tree, «Oli Imran», imam, fiqh, ijma, hadiths.

ИСТОРИЯ МАВЗОЛЕЯ СУЛТАНА МИР ХАЙДАРА

Аннотация.

В данной статье раскрыта история происхождения мавзолея Султана

Мир Хайдара, расположенного в Кашкадарьинской области, а также освещена история
Султана Мир Хайдара. В частности, представлена информация о находящихся там
цистернах, а также мавзолее, святыне и минарете.

Ключевое слово:

Кашкадарья, Касби, Султан Мир Хайдар, мавзолей, мечеть,

Чиллахона, Великий шелковый путь, Коран, Балх, родословная, «Оли Имран», имам, фикх,
иджма, хадисы.


Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (15—16-asrlar).

Yodgorlik majmuasi Sulton Mir Haydar maqbarasi, uch gumbazli qilib qurilgan mavzoley,
chillaxona, Said Mir Moʻmin Samarqandiy maqbarasi, ayvon, minora, qishki va yozgi masjidlar
shaxs bilan bogʻliq. Sulton Mir Haydar majmuasi Kasbi shahristoni xarobalarining gʻarbiy qismida
joylashgan. U janubdan shimolga qarab 100-120 metr uzunlikka choʻzilgan maydonni egallab
olgan. Majmua ikki tomondan qabristonlar bilan oʻralgan. Shu sababli atrofi devor bilan oʻrab
olingan. Majmua ikki qismdan tarkib topgan. Sulton Mirhaydar majmuasi Kasbi shahristoni
harobalarining gʻarbiy qismida joylashgan. U janubdan shimolga qarab 100-120 metr uzunlikka
choʻzilgan maydonni egallab olgan. Majmua ikki tomondan qabristonlar bilan oʻralgan. Shu
sababli atrofi devor bilan oʻrab olingan. Majmua ikki qismdan tarkib topgan. [1]


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

611

Sulton Mir Haydar maqbarasi Amir Temur tomonidan barpo etilgan. Majmua (maydoni 90

x 40 metr) yopiq va yarim ochiq binolar, 3 hovlidan iborat. Keng sahnli janubiy hovlidan qator
ustunli masjidga (16-asrda bunyod etilgan) kirib, undan oʻrtadagi hovliga oʻtiladi. Hovlining
shimoliy va sharqiy tomonidan qadimiy maqbaralar, janubiy va gʻarbiy tomonida ayvon (16-asr)
joylashgan. Ayvon (maydoni 11,6 x 6,6 metr) ning gʻarbiy devori yoqalab oʻtgan yoʻl shimoliy
hovliga olib boradi. Hovlida 14—16-asrlarga oid marmar sagʻanalar mavjud. Maqbara jami 3 ta
xonadan iborat. Xonalar chor qirrali taxmon va ravoqlarga ajratilgan. Devorlaridagi kichik
mehrobi 3 tokcha oraligʻida chiroqlar uchun tutun yoʻli ishlangan. Ravoqlarning burchak
bagʻallari mayda muqarnaslar bilan bezatilgan. Birinchi maqbara (maydoni 3,3 x 3,3 metr) da Said
amir Shamsiddinbek alhoji Haydar sagʻanasi saqlangan. Sagʻana toʻq kulrang tusli marmardan
ishlangan. Unda hijriy 897-yil (milodiy 1491-yil) sanasi qayd etilgan. Ikkinchi maqbara (maydoni
5 x 5 metr) da shaxsi nomaʼlum boʻlgan insonlarga tegishli 3 ta sagʻana bor.[2]

Bu sagʻanalardan birinchisi Amir Temur davrida, ikkinchisi Shayboniyxon avlodi

Abdullaxon II davrida qoʻyilgan. Maqbara gumbazli, burchaklariga 5 qirrali gʻishtin muqarnaslar
terilgan. Oʻrtadagi hovlining sharqiy tomonida alohida qurilgan Axliboy maqbarasi (maydoni 4,4
x 4,4 metr) ham 14-asrga oid deb taxminan qilinadi. Masjidda namozgoh (maydoni 20 x 9,6 metr)
janubdan maqbara bostirmasiga tutashgan. Undagi bezaklar 13—19-asrlarga oiddir. Masjidning
oʻrta qismi keng qator ustunli, bosh tarzi yassi peshtoqli, pastak gumbazli qalqonsimon bagʻallarga
tayangan. Devoridagi tokcha burchaklari ravoqli, qirrali qilib bezatilgan. Masjid oldidagi minora
(balandligi 8,5 metr) eski binolari gʻishtidan qurilgan (19 asr oxiri — 20-asr boshlari), koʻrinishi
pastdan yuqoriga qarab ingichkalashib borgan, tepasi mezanali qilib bunyod etilgan. [3]

Lekin unga ishlatilgan gʻishtlar 13-asrga tegishli boʻlib, Kasbi shahristonidagi boshqa

inshootdan olingan. Pastki qismi bir necha bor taʼmirlangan. Sulton Mirhaydar majmuasi
Qashqadaryo viloyati madniy meros boshqarmasi tasarrufiga olingan. Sulton Mir Haydar
yodgorlik majmuasining yonidagi katta tepalikning oʻrnida boʻlgan. Shahar hududidan Buyuk
ipak yoʻli oʻtgan. Shuning uchun tarixning shahodat berishicha Kasbi shahri eng obod va boy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

612

shahar boʻlib “Shahri Misr” deb atalgan. Shaharda ilm-fan bilan birgalikda xalq milliy
hunarmandchiligi rivojlangan va hozirgi kunga qadar bu anʼana saqlanib qolgan. Hozirgi kunda
ham Kasbi qishlogʻida kulollar, qandolatchilar, holvapazlar, chilangarlar, temirchilar, kashtadoʻz
va zardoʻzlar yashab mehnat qilib kelmoqdalar. [4]

Buyuk ipak yoʻli ustida joylashgan shahar boʻlganligi uchun bu yerda oʻnlab

karvonsaroylar, sardobalar boʻlgan. Majmuada Sulton Mir Haydar hamda Said Mir Moʻmin
Samarqandiy maqbarasi, chillaxona, ayvon, minora, qishki va yozgi masjidlar hamda 2 ta sardoba
bor. Bu yerdagi Temuriylar davriga xos, mohir sangtaroshlar tomonidan ishlov berilgan va
mashhur xattotlarning jimjimador yozuvlari chekilgan, boʻyi 1 metr, eni 89 santimetr, sandiqqa
oʻxshash kulrang marmar qabrtoshi mutaxassislarni qiziqtirib kelgan. Qabrtoshning qimmatli
ekanidan ushbu qabrning nufuzli odamga tegishli ekanini bilish qiyinmas. Asrlar davomida xoki-
poyi ziyorat qilinib kelinayotgan zot, ulugʻ avliyo Sulton Mir Haydar ota boʻlib, asl ismi Xoja
Shamsiddin ibn Shayx Jamoliddindir. [5]

Akmal Saidovning «Amir Temur va Sulton Mirhaydar ota» risolasida yozilishicha, Sulton

Mirhaydar otaga atab tarixda uchta qabrtosh qoʻyilgan ekan. Birinchi qabrtoshni Amir Temur
qoʻydirgan. Meʼmoriy majmuaning shimol tarafdagi qabr toshiga Qurʼoni karimdagi “Oli Imron”
surasining 18-oyati va quyidagi taʼriflar hamda shajara arab tilida bayon etilgan. Uning tarjimasi
quyidagicha:

«Bu qabr ulugʻ, faxrli imom, shayx, Allohga ibodat qiluvchi, vaʼz mulkining sultoni, nozik

ilmlarni yechuvchi, haqiqat ilmini aytuvchi, notiq, ulugʻ zot, fiqh ilmining olimi, insonlarni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

613

hidoyatga boshlovchi, oʻta taqvodor, ahli sunna val-jamoa imomlaridan, dunyoga mashhur olim,
shayxlar qutbi, avliyolar faxri, ulugʻ hoji, yer yuzidagi eng saodatmand insonlardan biriga mansub.

Paygʻambarimiz (s.a.v.)ning qizlari Bibi Fotima va kuyovlari Hazrat Ali (r.a.) avlodidan

boʻlgan Sulton Mir Haydarning shajaralari quyidagicha: Amir Shamsiddin Haydar amirul kabirul
karim ibn Jamoliddin ibn Shamsiddin amirul-kabir Haydar al-Husayn Nasafiy ibn amir Ahmad ibn
Said amir Husayn ibn amir Abdulloh ibn amir Jaʼfar ibn Ibrohim Murtazo ibn amir Muso al-Qozim
ibn amir Imom Jaʼfar Sodiq ibn Imom Boqir Imom Zaynul Obid Imom Husayn Hazrati Ali
Murtazo raziallohu taolo (ramazon oyi, sana 766 hijriy)».[6]

Qabr toshidagi bitiklarning oʻziyoq Amir Temur Sulton Mirhaydar otaga nisbatan qanday

munosabatda boʻlganini va uni qanday ulugʻlaganini koʻrsatib turibdi. «Manoqibi al xosa al xoja
Mir Haydar Sulton» kitobida yozilishicha, Xoja Shamsiddinning dunyoga kelishi Hakim ota
tomonidan bashorat qilingan. Yaʼni Sulaymon Boqirgʻoniy Shayx Jamoliddin xonadonida avliyo
dunyoga kelishini ul zotning amakisi Hazrat Sayyid Muhammad Abdullohga aytgan. Sulton Mir
Haydar ota 1275 yilda Xurosonning Qoyim shahrida dunyoga kelgan. Oilada toʻrtinchi farzand
boʻlgan. Otasi Shayx Jamoliddin madrasada talabalarga dars bergan. Shu bois Mir Haydarni asosan
amakisi Sayyid Muhammad Abdulloh tarbiya qilgan. 4 yoshida madrasaga borib, besh yoshida
alifbo va yozuvni oʻrgangan, 6-7 yoshligida hadisni yod olib, qorilarga shogird tushgan.[7]

U Shayx Jaloliddin Koʻhakiy, Abdullo Zamaxshariy, ustoz Olovuddovla va Shayx

Xurosoniydan Qurʼon, hadis, fiqh, masala, ijmo, qiroat ilmi va tavjid qoidasini oʻrganadi. Toʻqqiz
yoshligida Qurʼoni karimni yetti xil qiroat qiladigan darajaga yetgan. Oʻn yoshida amakisi bilan
hajga borgan. U yerdagi madrasada Makkai mukarrama amirining oʻgʻli Ramziddin bilan
doʻstlashadi. Naql qilishlaricha, Xoja Shamsiddin duo bilan Ramziddinning dardiga shifo
topilishiga sababchi boʻlib, amirning nazariga tushgan. Bundan xursand boʻlgan Makka amiri
oʻgʻli va Sulton Mir Haydarni tahsil olish uchun Misrga joʻnatadi. Makkaga qaytgandan soʻng,
amir saroyida yetuk shayxlar tomonidan imtihondan oʻtkaziladi. [8]

Sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan Xoja Shamsiddin 14 yoshida Makka va Madinaga imom

hamda ikki Haram toliblariga ustoz deb eʼlon qilinadi. Balogʻatga yetganida shariat, tariqat,
maʼrifat, haqiqatdan amru-maʼruf qilib, oʻz ilmi bilan yetuk olim sifatida tanilgan. Hattoki, Misr
madrasa ahli, Bagʻdod va Istambul toliblari yecha olmagan savollarga ahli sunna val-jamoa va
Imom Buxoriy hadislaridan javob topib bergani yoziladi. Bu esa uning «Valiulloh Mir Haydar»
deb ulugʻlanishiga sabab boʻladi. Maqomatlarda qayd etilganidek, «Ul azizning maqsadi oxir
zamon paygʻambari (s.a.v.) ning sunnat va yoʻllarini hamda islom dinini elga yetkazib,
shogirdlariga ustozlik qilib, ilm daryosidan bir qatra boʻlsa ham oʻrgatib, oʻzlaridan ibratli iz
qoldirish edi». Albatta Sulton Mir Haydar oʻz maqsadi yoʻlida qatʼiy harakat qildi.[9]

Maqomatda yozilishicha, Xoja Shamsiddin yigirma toʻqqiz yoshida tush koʻradi. Tushida

Hazrat Ali (r.a.), Ahmad Yassaviy, Hakim Ota va Oyxoja Valiy unga Xorazmga borib, ilm ahli
hamda islom himoyachisi boʻlishni buyurishadi. Yaʼni bu bilan Xoja Shamsiddinning tariqatda
pirlik darajasiga va sulton maqomiga yetganligi haqida aziz-avliyolar gʻoyibdan xabar berishgani
maʼlum boʻladi. Shunga koʻra, oʻttiz yoshida Balxdan Qunduzga, soʻng Chorjoʻyga kelgan. Hubbi
Xoja, Hasan Xoja va Polvoni Ahmad uni kutib olib, Urganchga Hakim ota marqadiga olib
borishgan. Xoja Shamsiddin marqadda qirq kun xatmi Qurʼon bilan mashgʻul boʻlgan. Oʻttiz ikki
yoshida esa Qarshi choʻlining Kasbi qoʻrgʻoniga kelgan. Sulton Mir Haydar ota 1366 yilda 92


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

614

yoshida vafot etgan. [10] U qazo qilish oldidan soʻfiylik hirqasi va hassasini Abu Turob
Naxshabiyga topshiradi va deydi: «Bu tariqat Ahmad Yassaviydan Hakim otaga, soʻngra
Zangiotaga va keyin menga tegdi. Men ham ularning oʻgit va hikmatlariga amal qilib, yoʻlini
bekamu koʻst oxiriga yetkazdim, hech bir oʻzgarishsiz oʻrgatdim, kishining ushoq nonini
yemadim, mehnatim ortidan oʻz nonimni topdim. Alloh suvidan va rizqidan rizqlandim. Biror
kishidan taʼma yoki hadya olmadim. Topganlarimni elga, yetim-esirga berdim, ilm yoʻliga sarf
ayladim. Allohdan boshqaga sigʻinmadim, bosh egmadim, shariat olimlari ilmini kamoliga
yetkazdim. Muhammad alayhissalom yoʻlidan chetga chiqmadim. Adab yoʻlida sizga ibrat
boʻldim». Mir Haydar ota bu vasiyati bilan shogirdlarini uning yoʻlini davom ettirishga daʼvat
etgan.

XULOSA

Xulosa shundan iboratki Bu ulugʻ zot haqidagi baʼzi rivoyatlarda yozilishicha, u Gʻoʻzorda

yashagan, uni oʻzlariga amir etib saylagan janda kiyimli darveshlar Kasbiga tobut koʻtarib kelib,
Mir Haydar ota jasadini olib ketgan va Mirijanda qadamjosiga dafn qilgan. Yana Ahmad Xorazmiy
ham Sulton Mir Haydar ota xokini Xorazmga olib borib, Hakim Ota marqadiga dafn etgan. Biroq
bu ulugʻ zotning avlodlari har gal mayitni Kasbiga qaytarib kelishgan. Shunday qilib, boshqa
avliyolar singari uch yerda Sulton Mir Haydar ota maqbarasi paydo boʻlgan. Ulugʻ avliyo Sulton
Mir Haydar ota maqbarasiga bugun mahalliy va xorijlik sayyohlar koʻp borishadi. Shunga monand
tarixiy yodgorlik atrofi obodonlashtirilgan.

REFERENCES

1.

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi: 5-jild (Konimex – Mirzoqush). Toshkent:
O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2003 704 bet.

2.

«Qashqadaryo viloyati» . uzbekistan.travel. Qaraldi: 08-2023.

3.

«Республикадаги ислом дини билан боғлиқ зиёратгоҳ ва қадамжолар» .
religious.uz. Qaraldi: 08-2023.

4.

«Sulton Mir Haydar ota ziyoratgoh majmuasi». Qashqadaryo Madaniy meros (8-
iyun 2022-yil). Qaraldi: 08-2023.

5.

«Sulton Mirhaydar majmuasi» O'zME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

6.

«Sulton Mirhaydar ota ansambli». Uzheritage. Qaraldi: 08-2023.
понимом комплекса С. М. Х. Амир Шамс ад-дин Хайдар, сын «Благородного
ал-Кабира» (ал-кабир ал-карим) умер в месяце рамадан 766/ июнь 1364 г.
Здесь же похоронен ещё один потомок с именем саййид Амир Хайдар, сын
саййида Барака. Судя по тексту памятника, он умер 20 шаввала 877 / 19
марта 1473 г.
ит-ра: Махмуд б. Вали. Море тайн относительно Доблестей благородных
(география) / Введ., пер., примеч., указатели Б.А.Ахмедова. Таш., 1977, 80;
Хафиз-и Таныш. Шараф-нама-йи шахи, 143-145, 149-151;

9.

В.В. Бартольд. Туркестан в эпоху монгольского нашествия // Бартольд. Соч.,
1, 190; С.Б.Лунина. Города Южного Согда в VІІІ-ХІІ вв. Таш., 1984, 23;

10.

A.Muminov, B.Babadzhanov. Amir Temur and Sayyid Baraka // Central Asiatic
Journal. 2001, vol. 45, no. 1, 28-62.

References

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi: 5-jild (Konimex – Mirzoqush). Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2003 704 bet.

«Qashqadaryo viloyati» . uzbekistan.travel. Qaraldi: 08-2023.

«Республикадаги ислом дини билан боғлиқ зиёратгоҳ ва қадамжолар» . religious.uz. Qaraldi: 08-2023.

«Sulton Mir Haydar ota ziyoratgoh majmuasi». Qashqadaryo Madaniy meros (8-iyun 2022-yil). Qaraldi: 08-2023.

«Sulton Mirhaydar majmuasi» O'zME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

«Sulton Mirhaydar ota ansambli». Uzheritage. Qaraldi: 08-2023.

эпонимом комплекса С. М. Х. Амир Шамс ад-дин Хайдар, сын «Благородного ал-Кабира» (ал-кабир ал-карим) умер в месяце рамадан 766/ июнь 1364 г. Здесь же похоронен ещё один потомок с именем саййид Амир Хайдар, сын саййида Барака. Судя по тексту памятника, он умер 20 шаввала 877 / 19 марта 1473 г.

Лит-ра: Махмуд б. Вали. Море тайн относительно Доблестей благородных (география) / Введ., пер., примеч., указатели Б.А.Ахмедова. Таш., 1977, 80; Хафиз-и Таныш. Шараф-нама-йи шахи, 143-145, 149-151;

В.В. Бартольд. Туркестан в эпоху монгольского нашествия // Бартольд. Соч., 1, 190; С.Б.Лунина. Города Южного Согда в VІІІ-ХІІ вв. Таш., 1984, 23;

A.Muminov, B.Babadzhanov. Amir Temur and Sayyid Baraka // Central Asiatic Journal. 2001, vol. 45, no. 1, 28-62.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов