UNIQUENESS IN THE STORIES OF SHOYIM BOTAYEV

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Soqiyeva, Z. . (2023). UNIQUENESS IN THE STORIES OF SHOYIM BOTAYEV. Modern Science and Research, 2(5), 1070–1072. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20519
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In Shoyim Botayev's work, his unique talent, skills, experience, and style are clearly visible. Over time, significant changes and updates took place in the writer's work. This is definitely the result of Shoyim Botayev's hard work.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1070

SHOYIM BO’TAYEV HIKOYALARIDA O`ZIGA XOSLIK

Soqiyeva Zarnigor Shokirovna

Termiz davlat universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7971012

Annotatsiya.

Shoyim Bo`tayev ijodida batakror iste`dodi, mahorati, tajribasi, uslubidagi

o’ziga xosliklar yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Vaqt o`tgan sayin yozuvchining ijodida sezimli
darajada katta o`zgarishlar va yangilanishlar sodir bo`ldi. Bu albatta Shoyim Bo`tayevning
sermashaqqat mehnati samarasidir.

Kalit so`zlar:

Hikoya, bosh qahramon, obraz, umr, hayot, chol, qadimgi zamon odami,

avliyoning yo`li, qahramonlar, maktab qorovuli.

UNIQUENESS IN THE STORIES OF SHOYIM BOTAYEV

Abstract.

In Shoyim Botayev's work, his unique talent, skills, experience, and style are

clearly visible. Over time, significant changes and updates took place in the writer's work. This is
definitely the result of Shoyim Botayev's hard work.

Key words:

story, main character, image, life, life, old man, ancient man, saint's path,

heroes, school guard.

УНИКАЛЬНОСТЬ В РАССКАЗАХ ШОИМА БОТАЕВА

Аннотация.

Творчество Шоима Ботаева характеризуется его уникальным

талантом, мастерством, опытом и стилем. Шло время, в творчестве писателя
происходили значительные изменения и обновления. Это, безусловно, результат
кропотливой работы Шоима Ботаева.

Ключевые слова:

повесть, главный герой, образ, жизнь, жизнь, старец, старец, путь

святой, герои, школьная стража.

Istedodli yozuvchilardan biri Shoyim Bo`tayev ham o`z uslubiga ega ijodkordir. Uning

“Qo’rg‘onlangan oy”, “Shox”, “Yettinchi tong” nomli romanlari, “Dunyoning sarhisobi bor”
(qissalar to’plami), “Endi bari boshqacha” (hikoyalar to’plami), “Shamol o’yini”, “Hayot”,
“Ko’chada qolgan ovoz” (qissa va hikoyalar to’plami) kabi ijod namunalari o`zbek nasri rivojida
mustahkam o`rin tutuvchi asarlar hisoblanadi. Shoyim bo`tayev ma`naviyatni yuksaltirish
yo`lidagi say harakatlari uchun 2002 yilda “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Adabiyotshunos

Bahodir Karim

shunday fikr bildiradi; “Shoyim Boʻtayev uslubida koʻp soʻzlilik, piching, kinoya,

yumor va jiddiyat uygʻunligi bor; ko`pso`zlik – batafsillik ustuvor.”

Turli yozuvchilar aynan bir

davr, qahramon yoxud voqea-hodisalar haqida yozsalarda, ularning olamini anglashi, badiiy
talqini va ifoda tarzi xilma-xil bo’lishi tabiiy. Shoyim Bo`tayev ijodida ham batakror iste`dodi,
mahorati, tajribasi, uslubidagi o’ziga xosliklar yaqqol ko’zga tashlanib turadi.

Shoyim Bo`tayevning “Avliyoning yo`li” kitobida turli yillarda yozilgan hikoyalari ma`lum

qismi jamlangan. Kitobchada 1980-yillarda yozilgan “Qahramonlar” hikoyasini yozuvchi yoshlik
xotiralariga asoslanib yozgan bo`lishi mumkin. Ya`ni bir yigitning otasi bilan bo`lgan yoshlik
xotiralari tasvirlanadi. “Maktab qorovuli” hikoyasida esa maktab davri bilan bog`liq xotiralar bilan
o`rtoqlashadi ya`ni maktab qarovuli haqidagi tasvirlar o`rin oladi. Bu asarlarda nuroniy kimsalar
obrazi orqali voqealar mazmuni ochib beriladi. Tarbiyaviy jihatlarining borligi bilan ahamiyatlidir.
“Qahramonlar”, “Maktab qorovuli” hikoyalarida Xidir buva, Isabek Odilov (ota), Eshniyoz chol
singari qahramonlar urushda qatnashgan, urush xotiralari bilan yashaydigan obrazlar misolida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1071

gavdalantiradi. Shoyim Bo’tayev “Qahramonlar” hikoyasini 20 yoshida yozadi. Bunda aynan yosh
yigit otasining qalbini ya`ni botiniy dunyosini tushunish, anglash hissini gavdalantiradi. Qishning
uzun kechalarida urushdagi qahramonliklari haqida to’lib toshib gapiradigan Xidir buvani va
jimgina eshituvchi otasini xotirlaydi. Ismsiz so’zlovchi Xidir buvaning suhbatlarini eshitib
shunday hulosa qiladi: “Xidir buvaning hikoyasi meni ohanrabodek o’ziga jalb etadi. Nazarimda,
otamdan ko’ra Xidir buva ancha ulug’vordek.

Allaqanday o’kinchni his etaman.
Tashqarida ayoz.
Tancha muzdek.
Otam jim.”
Xidir polvon izoh bergan o’sha davr kimsalari aynan o’zining harakterini ochib berishga

xizmat qilgan, yozuvchi uslubining bir qirrasi shu yerda seziladi. Bola yoshligida otasini o’z
qahramoni deb bilmaydi. Vaqt o’tib otasi nomiga kelgan xat orqali qishning uzun kechalarida
uxlamay Xidir buvaning gaplariga javoban - Obbo, Xidir polvon-ey! degan jumladan nariga
o’tmaydigan, o’zi bilan o’zi so’zlashadigan, ko’zlari mungli ota asl qahramoni ekanligini anglaydi.
Har bir bolaning birinchi qahramoni bu albatta otasidir, yozuvchi ham aynan shu tushunchani
oddiy bola tilidan so’zlatadi. Bu hikoya o’zbek otalarga bag’ishlangan desak bo’ladi. Yozuvchi
hikoya so’ngida xulosani ya`ni otaning qanday inson ekanligi va botiniy dunyosiga bo’lgan
munosabatini kitobxonning o’ziga topshiradi. Hikoyada keltirilgan voqealar qisqa, sodda ammo
ibratli asar bo’lib, bir otaning tabiati xususida boradi.

“Qadimgi zamon odami”, “Umr hikoyalaridagi bosh qahramonlar tinib tinchimaydigan,

mehnatda diydasi qotgan chollardir. Umrlari oxirlab qolgan bo`lsa ham yotib qolishmaydi, hayot
tashvishlari bilan charchamaydigan mehnatkash kimsalardir. Bundan tashqari “Qadimgi zamon
odami” hikoyasiida insonlar o`rtasidagi mehr-oqibat, inson qadri singari tuyg`ularning mohiyati
turli obrazlar orqali yoritiladi. Masalan: “Noinsof! Uchta gulday bolasi bor-a, qadrini bilmagan…
Sochi supurgi, qo`li kosov bo`lib xizmatini qiladi, shundayam urush-janjal… Qanaqa odam-a?
Qanaqa odamlar o`zi? Ilgarigidek qadr qani? Mehr qani? Qanaqa odamlar-a?”. Yoshlarning
erinchoqliklari, hayotga yengil qarashlari, turmush qiyinchiliklariga bardosh beraolmasligi hamda
insonlar o`rtasidagi mehr oqibatning ko`tarilib boryotganligiga kuyunadi.

Badiiy adabiyot san‘at turi bo’lganligi uchun undagi tasvirga san‘atkorona yondoshiladi.

Tabiat tasviri bo’ladimi, holat yoki qahramon tasvirimi, albatta, kitobxon ko’z o’ngida
gavdalanishi kerak. Shoyim Bo’tayevning “Umr” hikoyasida bosh qahramon ko’rinishini
tasvirlamaydi, balki uning atrofida sodir bo’lgan voqealar tasviri bilan qahramon haqida
tasavvurlar paydo bo’ladi. Masalan, asar sarlavhasidan va hikoya boshida: “Xotini o’lib, yolg’iz
qizi uzatilib ketgach……”. deb keltirilgan jumla bosh qahramon umrining so’ngi davri haqida
ekanligi va asar mazmunidan anglashiladi. Hikoyada qarilik davrini yolg’izlikda o’tkazgan
tandirchining zohiriy dunyosi batafsil yoritiladi. Umri davomida qilib kelgan tandirchilik kasbini
qariligi sabab to’xtatishga majbur bo’ladi. U gilvatadan vos kechmay, Yengilroq ish bolalar
o’yinchog’i bo’lgan hushtak yasashda davom etdi. O’limi oldidan gilvatani bag’riga bosib yotdi,
shu kasbigina umrining so’ngigacha hamroh bo’ladi.

Shoyim Bo’tayev dastlab yozgan hikoyalarida milliylikni aks ettiruvchi maqollardan juda

kam foydalanadi, ammo vaqt o’tib yangidan yangi bo’y ko’rsatib kelyotgan hikoyalarida keng
miqiyosda foydalanganligini ko’rishimiz mumkin, bu uslub hikoya ta`sirchanligini oshirishda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1072

xizmat qiladi. Shoyim Bo’tayev hikoyalarida xalq tili unsurlari juda jonli, o’rnida ishlatilganligini
ko’rishimiz mumkin. Bundan ma`lumki adibning material ko’lami qanchalik keng bo’lsa uning
asarlarida aks etmay qolmaydi.

“Uxlayotganlar”, “Xolbo`ta Qo`rboshi”, bu hikoyalari esa yuqoridagilariga nisbatan biroz

murakkabroq yozilgan. Yozuvchining vaqt o`tib fikrlarining teranlashkanligi seziladi ya`ni kishini
o`ylashga undaydi. “Uxlayotganlar” hikoyasini oladigan bo`lsak nega yozuvchi hikoyani bunday
nomladi? Hikoyada aslida uxlayotganlar bosh qahramonning uydagilari, ular deyarli hikoyada
qatnashishmaydi. Balki, hikoyada yozuvchi o`z davrida sodir bo`lyotgan vaziyatlarni hech bir
ishdan xabari yo`q, hech narsa bilan qiziqmaydigan, o`zini dunyo ishlaridan chetga oladigan boqi-
beg`am kimsalar misolida kelgandir. Asar ayni shunday kimsalarga bag`ishlangan bo`lishi
mumkin. Hikoyani o`qiganizda aslida bir yigitning aybsiz aybdor bo`lib qolganligi
gavdalantiriladi.

“Dard” hikoyasida davning achchiq haqiqatlari yoritilgan. Hikoyada Suyunqulning qudasi

obrazi jamiyatda uchraydigan zarracha ko`nglida rahm-shavqat tuyg`ulari bo`lmagan, uning uchun
bu hislar begona bo`lgan, xudbin shaxslar timsolida gavdalanadi.

“O`tkinchi dunyo”, “Faqir” hikoyalarida esa inson o`zligini anglash, odamzot yaralishining

asl mohiyatini tushunish kabi falsafiy qarashlar bilan bog`liq voqealar tasvirlanadi. “Faqir”
hikoyasining asosiy mazmuni asar oxirgi jumlasida anglashiladi, ya`ni yozuvchi urg`uni
hikoyadagi so`ngi jumlasiga beradi.

“Eshqulning ko`zlariga jiqqa yosh to`ldi.
Shundan so`ng… Anzirat ketib qolmadi, qamatmadiyam.
Eshqul hayron edi. Keyin tushundi: ayoli uchun
uning “faqirgina”ligidan ortiq haqorat yo`q ekan.”
Yuqoridagi “Qahramonlar”, “Umr” hikoyalari 80-yillarda yozilgan bo`lib, keyingi “Qarz”,

“Qora sovuq” hikoyalari esa 2000-yillarga mansub. Tadqiqotimiz jarayonida shu ma`lum bo`ldiki
vaqt o`tgan sayin yozuvchining ijodida sezimli darajada katta o`zgarishlar va yangilanishlar sodir
bo`ldi. Bu albatta Shoyim Bo`tayevning sermashaqqat mehnati samarasidir. So`ngi yillarda
yozgan asarlarida insonning botiniy dunyosini yoritishga va obrazlar qalbiga nigoh tashlaydi.


REFERENCES

1.

Normatov U. Ijodkorning haroratli so`zi. –T.: “Turon zami ziyo”,2005

2.

Quronov D. Mutolaa va idrok mashqlari. –T.: Akademnashr, 2013. 15. Quronov S. Ifoda
va ifodaviylik –T.: 2012.

3.

Rahmat R. Adabiyotdan chiqish. –T.: Akademnashr, 2015

4.

Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. –T.: ”Sharq “. 2007

5.

Yo`ldoshev Q. Yoniq so`z. –T., 2006.

6.

Zunnunov A, Hotamov N. Adabiyot nazariyasi. –T., ”O‟qituvchi”. 1978.

7.

Shoyim Bo`tayev “Avliyoning yo`li” hikoyalar Toshkent. “O`zbekiston” 2018



References

Normatov U. Ijodkorning haroratli so`zi. –T.: “Turon zami ziyo”,2005

Quronov D. Mutolaa va idrok mashqlari. –T.: Akademnashr, 2013. 15. Quronov S. Ifoda va ifodaviylik –T.: 2012.

Rahmat R. Adabiyotdan chiqish. –T.: Akademnashr, 2015

Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. –T.: ”Sharq “. 2007

Yo`ldoshev Q. Yoniq so`z. –T., 2006.

Zunnunov A, Hotamov N. Adabiyot nazariyasi. –T., ”O‟qituvchi”. 1978.

Shoyim Bo`tayev “Avliyoning yo`li” hikoyalar Toshkent. “O`zbekiston” 2018

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов