FACTORS OF APPEARANCE OF LANDSCAPE IMAGERY IN NURULLA CHORI'S WORKS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Davlatova, A. (2023). FACTORS OF APPEARANCE OF LANDSCAPE IMAGERY IN NURULLA CHORI’S WORKS. Modern Science and Research, 2(6), 228–231. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21032
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

The phenomenon of landscape in literary science and the opinions of literary experts about this phenomenon are briefly presented, and the beautiful views of landscape in the prose of Nurulla Chori are shown and analyzed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

228

NURULLA CHORI ASARLARIDA PEYZAJ TASVIRINING NAMOYON

BOʻLISH OMILLARI

Adolat Davlatova

TerDU magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8018740

Annotatsiya.

Adabiyot

ilmida

peyzaj

hodisasi

hamda

bu

hodisa

haqida

adabiyotshunoslarning fikrlari muxtasar holda keltirilib, peyzajning Nurulla Chori nasridagi
goʻzal koʻrinishlari koʻrsatilgan va tahlilga tortilgan.

Kalit soʻzlar:

peyzaj, peyzaj lirikasi, tabiat tasviri, soʻz-tasvir chizgisi, obraz.

FACTORS OF APPEARANCE OF LANDSCAPE IMAGERY IN NURULLA

CHORI'S WORKS

Abstract.

The phenomenon of landscape in literary science and the opinions of literary

experts about this phenomenon are briefly presented, and the beautiful views of landscape in the
prose of Nurulla Chori are shown and analyzed..

Key words:

landscape, landscape lyrics, nature image, word-image line, image.

ФАКТОРЫ ПОЯВЛЕНИЯ ПЕЙЗАЖНЫХ ОБРАЗОВ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ

НУРУЛЛЫ ЧОРИ

Аннотация.

Кратко представлен феномен пейзажа в литературоведении и мнения

литературоведов об этом явлении, показаны и проанализированы прекрасные виды
пейзажа в прозе Нуруллы Чори.

Ключевые слова:

пейзаж, пейзажная лирика, образ природы, словесно-образный

ряд, образ.


Adabiyotning, xususan, badiiy adabiyotning eng katta vazifalaridan biri bu – borliqning

jozibasini, goʻzalligini aks ettirish, tasvirlashdir. Adabiyot ilmida bu hodisa peyzaj deb ataladi.
Ijodkor peyzaj orqali nafaqat tabiatning goʻzalligini tasvirlaydi, balki bu tasvirlar orqasiga ramzlar,
simvollar, koʻchimlarni yashiradi. Yozuvchi tasvirlagan peyzaj orqali oʻquvchi tabiatida zavq,
hayotga muhabbat uygʻonsa, uning orqasidagi “yashirin” maʼnoni teran anglaganda esa oldingidan
ham koʻproq zavq-shavqqa toʻladi.

Badiiy asar tub zamiridagi maʼnolarni peyzaj orqali anglash har qanday oʻquvchiga ham

nasib etavermaydi. Yozuvchi demoqchi boʻlgan holat oʻquvchi uchun tushunarli boʻlishligi bir
qancha shartlarni talab qiladi. Bular:

makon va zamon yaqinligi;

oʻquvchining yoshi va saviyasi;

badiiy asar tilining murakkablik darajasi.

Badiiy asarlarda berilgan tabiat manzaralari tasviri ijodkor badiiy mahoratini namoyon

etadigan omillardan biri sanaladi. Chunki tabiat manzaralari tasvirida ijodkorning oʻzi qalamga
olayotgan makonga munosabati, u joyni qanchalik bilishi, qahramonlari dunyosi va ular


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

229

yashayotgan muhitni nechogʻlik chuqur his qilishi bilinadi. Shu bois tabiat manzaralari tasviri
badiiy asarning tarkibiy qismi hisoblanadi

1

.

Tabiat tasviri ijodkor badiiy mahoratini namoyon etuvchi muhim omillardan sanaladi.

Chunki manzaralar tasvirida ijodkorning soʻz qoʻllash mahorati, qalamga olingan makonga
munosabati yuzaga chiqadi

2

. Badiiy asarlarda tabiat tasvirlari ijodkorning badiiy mahoratini, uning

ijtimoiy-falsafiy qarashlarini koʻrsatib beradi.

Tabiat manzaralari koʻrinishi kitobxonlarning qahramonlar xarakteri, holatini his qilishga

imkon berishi jihatidan ham juda muhim ahamiyat kasb etadi. Qahramonlar yashaydigan joy ham
ularning hayoti haqida aniq tasavvurlar uygʻota oladi.

Adabiyotshunos olim D.Quronovning peyzaj haqidagi fikrlarini toʻliq va ortiqcha

izohlarsiz berib oʻtishni joiz topdik. “PEYZAJ ( fr. paysage – joy, yurt) – adabiy asarda
yaratiluvchi badiiy voqelikning muhim komponenti, voqealar kechuvchi ochiq makon (yopiq
makon – interyer) tasviri. Anʼanaga koʻra peyzaj deyilganda tabiat tasviri tushuniladi, lekin bu xil
tushunish birmuncha torroq. Chunki peyzaj nafaqat tabiatni (agar bu soʻz ostida birlamchi tabiat
tushunilsa), balki u bilan birga inson tomonidan yaratilgan narsalar tasvirini ham koʻzda tutadi.
Shu maʼnoda, masalan, biron-bir xiyobon yoki shahar koʻchasining tasviri ham peyzaj, holbuki,
ular tabiat tasviri emas, joy tasviridir. Yozuvchi peyzajni voqealar rivojini toʻxtatib qoʻygancha
mufassal tasvirlashi (statik peyzaj) yoki unga taalluqli detallarni voqealar davomida berib borishi
(dinamik peyzaj) mumkin

3

.

Shuningdek olim va boshqa adabiyotshunoslar “Аdabiyotshunoslik lugʻati”da peyzaj

lirikasining mazmun mohiyati, maqsad vazifalari haqida: “Peyzaj lirikasida tasvirlangan tabiat
manzarasida lirik subyekt qalbi suratlanadi. Lirik subyekt qalbidan oʻtkazib berilgan manzara oniy
kayfiyatning obraziga aylanadi. Shu maʼnoda peyzaj lirikasida tabiatni tasvirlash maqsad emas,
balki bir vositadir… Koʻp hollarda sheʼrda tasvirlangan manzara ramziy obrazga aylanadi. Va
mavjudlikning mangu muammolari ijtimoiy hayot, inson feʼl-atvori, hayotning mazmuni va
shakllar mohiyatini obrazli tarzda ochib berishga qaratiladi ”, -deb taʼkidlasalar, Izzat Sulton:
“Badiiy asardagi tabiat tasviri peyzaj (manzara) deb ataladi. Tabiat tasviri syujetning tarkibiy
qismlaridan biri boʻlib, asarning gʻoyaviy-estetik quvvatini oshiradi”, — deb yozadi

4

.

Adabiyotshunoslar adabiyotda peyzajning ahamiyatiga azaldan yuqori baho berishgan.

XVIII asrda peyzaj adabiyotda keng tarqalgan mavzu boʻlib, koʻpincha turli shakl va koʻrinishda
namoyon boʻlgan. Shuning uchun ham XVIII-XX asr adabiyotida gʻoya, tushuncha ifodalanishi
keng hajmni talab qilgan. Yozuvchilar oddiy jarayonni yoki holatni ham keng tasvirlar orqali
ifodalashi bunga sababdir. Masalan, adib qahramonlar ustidagi kiyim-kechakdan tortib, toki,
atrofdagi eng kichik detallargacha mufassal tasvirlaganlar. Hozirgi zamon adabiyoti esa buni
koʻtarmaydi. Hozirgi peyzaj ham purmaʼnolilikni, ham murakkablikni, ham serjilolilikni talab
qiladi. Shu jihatdan qaraydigan boʻlsak, XVIII asr va undan keyingi davrda yaratilgan asarlar

1

SHODMONOVA, Dilfuza. (2022). YASHAR KAMOL ASARLARIDA PEYZAJ TASVIRI VA UNING

TARJIMALARDA AKS ETTIRILISHI. Oriental renaissance: innovative, educational, natural and social sciences,
2(29), 253–257. https://doi.org/10.5281/zenodo.7460921

2

Хамидов X. Ўзбек қисса ва романлари турк тилида. — Тошкент: “EFFECT-D”, 2022. — Б. 86

3

Дилмурод Қуронов, Зокиржон Мамажонов, Машҳура Шералиева. Адабиётшунослик луғати /

Д.Қуроновнинг умумий таҳрири остида.- Т.: Академнашр, 2010.- Б. 92.

4

https://kh-davron.uz/ijod/adib/dilnoza-nusratulloyeva-xurshid-davron-lirikasida-peyzaj-tasviri.html


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

230

hajman katta, hozirgilari esa, juda ixchamdir. Zotan, hozirgi zamon oʻquvchisida tasavvur
uygʻotish uchun keng tasvirga hojat yoʻq.

Bundan tashqari peyzaj asar voqealarini eslab qolish uchun ham xizmat qiladi. Chunki

syujet, kompozitsiya yoki til birliklari asar voqealarini esda saqlab qolish uchun toʻliq vosita boʻla
olmaydi. Peyzaj orqali yozuvchi oʻquvchini tabiiy dunyoga jalb qilishi, bu orqali esa uning qalbida
tabiatga muhabbat uygʻotishi mumkin.

Peyzaj haqida yuqorida muxtasar maʼlumot keltirdik, endi qashqadaryolik isteʼdodli

ijodkor Nurulla Chorining “Qizgʻaldoq” hikoyasidagi peyzaj tasvirlari bilan davom ettirsak
maqsadga muvofiq boʻladi deb oʻylaymiz.

“Qizgʻaldoq – keng dara. Qishloqning kalulogʻi Turdixol, yemagi makkajoʻxori, noʻxat

boʻldi. Ogʻzi zogʻara-yu yovgʻon oshga yetib turdi. Qizini nomusi, oʻgʻlini ori bildi. Tunlarni
uzundan-uzoq ertak aytib tonglarga uladi. Ertaklarida yuragi yoldor botir yigit musofir yurtda
adashib, oʻz tuprogʻiga qayta olmay darbadar kezdi, keksaymadi”

5

. Ushbu parchada adib beva

ayolning hol-ahvolini rangin chizgilar orqali shunday tasvirlaganki, ishlatilgan peyzaj orqali
Turdixol kampirning butun xarakteri oʻquvchi koʻz oʻngida namoyon boʻladi. Turdixol kampirga
nisbatan ishlatilgan “qishloqning kalulogʻi” iborasi ham qahramonga mos tushgan. Kampir
turmush qiyinchiliklarini matonat bilan yengib oʻtdi lekin, yuragida bir kemtik bor edi. Buni
jumlaning davomida yaqqol koʻrish mumkin. Bu yerda Turdixol kampir ichki ruhiy iztiroblarini
oʻziga-oʻzi ertak aytib “tunlarni tonglarga” ulaganini koʻrishimiz mumkin. Sababi u haligacha
suyukli yorini qalbining tub-tubida saqlab kelmoqda.

“Sagʻirlarini dam-badam ilingan it qopib, eshak tepib turishi yetmaganiday toshga turtinib,

kesakka surinib ulgʻaydi. Oʻgʻli oʻgʻil boʻlib, qizi qiz boʻldi. Endi Turdixol kampirning eriga
erkalik qila olmay, boshqalar ogʻzida ermak boʻlib oʻtgan yillari unut, yaralari but”

6

. Bu oʻrinda

adib Turdixol kampirning farzand tarbiyasidagi qiyinchiliklarini, roʻzgʻor azobini qanday yengib
oʻtganligini peyzaj chizgilar orqali chiroyli tasvirlagan. Endi uning farzandlari elning oldi oʻgʻil-
qizlari boʻlib yetishdi. Bu Turdixol kampirning koʻngil yaralari bitishi uchun bir muncha sababchi
boʻldi.

Qizgʻaldoqlik yigitning bari Turdixolning qiziga oshiq, beqarorlariyam kam emas. Ular

oʻzlaricha talashib-mushtlashib yurdi. Qizi qurmagʻur qizgʻaldoqlikman deb koʻksiga urib yurgan
koʻplarga koʻngil bermay sarson-sargardon etdi. Hatto qosh qoqish nari tursin, bir bora qiyoyam
boqmadi. Eshik qoquvchilar, ostona hatlab qizni soʻrovchilar koʻpaydi…

Bu hikoyasi orqali adib oddiy bir qishloq oilasining butun bir davrini juda ixcham holda

koʻrsatib bera olgan. Asosiy qahramonlardan boʻlgan Turdixol va uning qizi Toʻlgʻonoy eʼtibor
qiladigan boʻlsak ikkisi ham baxtsiz. Xuddi onasining taqdiri qizida ham qaytarilganday goʻyo.
Qishloq nomiga asos boʻlgan voqea ham bu takror taqdirning ibtidosidek goʻyo.

REFERENCES

1.

Chori N. Boʻron tingan kecha: hikoyalar. – Toshkent: “ADIB”, 2014. 64 b.

2.

https://kh-davron.uz/ijod/adib/dilnoza-nusratulloyeva-xurshid-davron-lirikasida-peyzaj-
tasviri.html

5

Chori N. Boʻron tingan kecha: hikoyalar. – Toshkent: “ADIB”, 2014. – B. 24.

6

Chori N. Boʻron tingan kecha: hikoyalar. – Toshkent: “ADIB”, 2014. – B. 25.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

231

3.

SHODMONOVA, Dilfuza. (2022). YASHAR KAMOL ASARLARIDA PEYZAJ
TASVIRI VA UNING TARJIMALARDA AKS ETTIRILISHI. Oriental renaissance:
innovative,

educational,

natural

and

social

sciences,

2(29),

253–257.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7460921

4.

Дилмурод Қуронов, Зокиржон Мамажонов, Машҳура Шералиева. Адабиётшунослик
луғати / Д.Қуроновнинг умумий таҳрири остида.- Т.: Академнашр, 2010.- Б. 92.

5.

Хамидов X. Ўзбек қисса ва романлари турк тилида. — Тошкент: “EFFECT-D”, 2022.
— Б. 86

6.

Jamshid Buriyev, [05/06/2023 21:43]

7.

Jamshid, B. R. (2022). YOZUVCHI ERKIN AZAMNING OGZAKI NUTQQA XOS
LEKSIK VA GRAMMATIK VOSITALARDAN USLUBIY FOYDALANISH
MAHORATI. Eurasian Journal of Academic Research, 2(1), 169-174.

8.

Jamshid, B. R. (2022). YOZUVCHI ERKIN AZAMNING OGZAKI NUTQQA XOS
LEKSIK VA GRAMMATIK VOSITALARDAN USLUBIY FOYDALANISH
MAHORATI. Eurasian Journal of Academic Research, 2(1), 169-174.

9.

Jamshid, B. (2021, June). EXPRESSION OF DESCRIPTIVE ORAL UNITS IN THE
WORKS OF ERKIN AZAM. In Archive of Conferences (pp. 80-83).

10.

Farogat, N., & Jamshid, B. (2021, May). THE TRAGEDY OF FREEDOM. In Archive of
Conferences (Vol. 25, No. 1, pp. 172-174).


References

Chori N. Boʻron tingan kecha: hikoyalar. – Toshkent: “ADIB”, 2014. 64 b.

https://kh-davron.uz/ijod/adib/dilnoza-nusratulloyeva-xurshid-davron-lirikasida-peyzaj-tasviri.html

SHODMONOVA, Dilfuza. (2022). YASHAR KAMOL ASARLARIDA PEYZAJ TASVIRI VA UNING TARJIMALARDA AKS ETTIRILISHI. Oriental renaissance: innovative, educational, natural and social sciences, 2(29), 253–257. https://doi.org/10.5281/zenodo.7460921

Дилмурод Қуронов, Зокиржон Мамажонов, Машҳура Шералиева. Адабиётшунослик луғати / Д.Қуроновнинг умумий таҳрири остида.- Т.: Академнашр, 2010.- Б. 92.

Хамидов X. Ўзбек қисса ва романлари турк тилида. — Тошкент: “EFFECT-D”, 2022. — Б. 86

Jamshid Buriyev, [05/06/2023 21:43]

Jamshid, B. R. (2022). YOZUVCHI ERKIN AZAMNING OGZAKI NUTQQA XOS LEKSIK VA GRAMMATIK VOSITALARDAN USLUBIY FOYDALANISH MAHORATI. Eurasian Journal of Academic Research, 2(1), 169-174.

Jamshid, B. R. (2022). YOZUVCHI ERKIN AZAMNING OGZAKI NUTQQA XOS LEKSIK VA GRAMMATIK VOSITALARDAN USLUBIY FOYDALANISH MAHORATI. Eurasian Journal of Academic Research, 2(1), 169-174.

Jamshid, B. (2021, June). EXPRESSION OF DESCRIPTIVE ORAL UNITS IN THE WORKS OF ERKIN AZAM. In Archive of Conferences (pp. 80-83).

Farogat, N., & Jamshid, B. (2021, May). THE TRAGEDY OF FREEDOM. In Archive of Conferences (Vol. 25, No. 1, pp. 172-174).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов