TRAINING OF STUDENTS ON THE BASIS OF NATIONAL CULTURAL HERITAGE AND NATIONAL VALUES AS A PEDAGOGICAL PROBLEM

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Boyqo‘ziyeva , R. (2023). TRAINING OF STUDENTS ON THE BASIS OF NATIONAL CULTURAL HERITAGE AND NATIONAL VALUES AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. Modern Science and Research, 2(6), 568–575. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21112
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article examines the importance of methodological approaches to preparing students on the basis of national cultural heritage and national values as a pedagogical problem.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

568

TALABALARNI MILLIY MADANIY MEROS VA MILLIY QADRIYATLAR

ASOSIDA TAYYORLASH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Boyqo‘ziyeva Ra’no Karimovna

FarPi “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8030092

Annotatsiya.

Ushbu maqolada talabalarni milliy madaniy meros va milliy qadriyatlar

asosida tayyorlash pedagogik muammo sifatida ko’rib chiqishda metodologik yondashuvlarini
ahamiyati ko’rib chiqilgan.

Kalit so’zilar:

ta’limiy qadriyatlar va boy ma’naviy meros, boy milliy ma’naviy

merosimizni avlodlarga yetkazish, bobolarimiz e’tiqodini bilish, tajribasini qunt bilan egallash.

TRAINING OF STUDENTS ON THE BASIS OF NATIONAL CULTURAL

HERITAGE AND NATIONAL VALUES AS A PEDAGOGICAL PROBLEM

Abstract.

This article examines the importance of methodological approaches to preparing

students on the basis of national cultural heritage and national values as a pedagogical problem.

Key words:

educational values and rich spiritual heritage, the transmission of our rich

national spiritual heritage to generations, knowledge of the faith of our ancestors, diligent
acquisition of experience.

ПОДГОТОВКА СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ НАЦИОНАЛЬНОГО

КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ И НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ КАК

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА

Аннотация.

В данной статье рассматривается значение методических подходов к

рассмотрению студентов как педагогической проблемы подготовки на основе
национального культурного наследия и национальных ценностей.

Ключевые слова:

воспитательные ценности и богатое духовное наследие, передача

нашего богатого национального духовного наследия потомкам, знание верований наших
предков, усердное владение опытом.


Har bir pedagog yoshlar tarbiyasining naqadar murakkabligi va mas’uliyatli ekanligini his

etmoqda. Shuning uchun ularni tarbiyalashda ta’limiy qadriyatlar va boy ma’naviy
meroslarimizdan foydalanish zaruriyatini davr taqozo etmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar va
o‘tkazilgan anketa so‘rovlari natijasida hozirgi kunda ota-onalar o‘z farzandlarini quyidagi yo‘llar
bilan tarbiyalashga harakat qilayotganliklari aniqlandi:

- ibrat bo‘la oladigan shaxslar namunasida tarbiyalash uchun ularga biriktirib qo‘yish;
- donolar fikrlari, o‘gitlari, asarlarini o‘rganishga da’vat etib, kundalik hayotda ularni

qo‘llashga o‘rgatish orqali;

- jamiyat hayotida ro‘y berayotgan voqealar, insonlar xatti-harakatlarini kuzatib, tegishli

xulosalar chiqarish orqali;

- insonning o‘zini tutishini o‘rganish, uni qiyoslash, taqqoslash va xulosa chiqarishga

o‘rgatish orqali. Ushbu tarbiyalash ta’sirida bo‘lgan yoshlar jamiyat hurmatiga sazovor bo‘lishi,
o‘z vataniga foyda keltirishi mumkin.

Bugungi kun talabi ham inson bolasi eng qudratli kuchga - o‘z tafakkuriga ega bo‘lishi

lozimligi ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy masalalar xalqimiz hayotida muhim rol o‘ynaganligi sababli ham
u Konstitutisiyamizning 39-moddasida quyidagicha o‘z aksini topgan: «Har kim qariganda,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

569

mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda
nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega». Pensiyalar, nafaqalar,
ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur
eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas»[7].

Bu hozirgi kun qonuni. O‘tmishda bunday ta’minot bo‘lganmi? Bunday ijtimoiy

masalalarni talabalarga tushuntirish muhim masala hisoblanadi. Islom olamining qomusi bo‘lgan
«Hadis» larda ham aholining himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish keng
targ‘ibot qilingan. Shu bilan kishilarning dinni, iymonini poklikka, g‘ururini yuksaklikka undagan.
Milliy qadriyatlardan, Muhammad alayhissalomning hadislaridan misollar keltirish mumkin.
Hadisi sharifda «Men yetimning kafilligini olgan odam bilan jannatga birga boraman»; «Qarovsiz
qolgan mo‘minlarga xolisona kechayu - kunduz moddiy yordam ko‘rsatib yuruvchi odamning
gunohlarini tangrim kechirib yuboradi»- deyilgan .

Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» butun dunyo ilmli kishilarini azaldan o‘ziga

chorlab turgan. Bundagi ta’limotda, yurtga muhabbat, o‘z qadrini bilish, qariyalarning purhikmat
o‘gitlaridan oqilona foydalanish, yurtni qo‘riqlaydigan yoshlarga g‘amxo‘rlik, kuchdan qolganlar
hamda betob, muhtojlarga ko‘mak berish masalalari keng yoritilgan . Amir Temur o‘gitlarida esa
bunday deyilgan: «Agar kasbu-hunar va ma’rifat ahllaridan bo‘lsa, bundaylarga saltanat
korxonalaridan yumush berilsin, bulardan boshqa bilagida kuchi bor faqir miskinlar esa o‘z ahvoli
va kasbu – koriga qarab ish tutsinlar…. Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik
qilishiga qurbi yetmay qolgan bo‘lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug‘ va asbob tayyorlab
berilsin. Agar fuqarodan birining uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, unga yordam
berilsin» [16].

Ijtimoiy muhofazalash qoidalariga ota-bobolarimiz juda katta e’tibor berib yashaganlar.

Mahallalarda biron bir nochor oila bo‘lsa, hashar yo‘li bilan yumushlarini bitkazish, ro‘za kunlari
«pitri» berib, bir oz bo‘lsada moddiy yordam ko‘rsatganlar. Bu borada ulug‘ shoir va mutafakkir
Alishyer Navoiyning quyidagi o‘gitlari fikrlarimizga dalil bo‘la oladi: «Qariyalar muhtojlikka
tushib qolsa, kasbhunar qila olmasa ularga rahm-shafqat qilishga shoshil va qo‘lingdan kelgancha
ehson qil. Lekin kambag‘al yigit ketmon chopa olsa, o‘tin tashimoqni uddalasa, unga ehson qilmoq
- isrof qilmoqdir» [13]. Alishyer Navoiy bu o‘giti orqali qariyalarga yordam berish savob ishligini,
lekin bilagida kuchi bor yigitning, o‘z oilasini tilanchilik bilan boqishi isnod, uyat ekanligini va
kishi halol mehnatda toblanishi lozimligini ko‘rsatadi. Xalqimiz yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor
bergan, ularni o‘zlarining duo-yu, olqishlari orqali mehr-oqibatli bo‘lishga undagan. «Oltin olma
duo ol, duo oltin emasmi», «Boshing tosh, ostonang oltin bo‘lsin», «Bizni hurmat qilgan bo‘lsang,
xudo seni yorlaqasin», «Boshing to‘ydan chiqmasin», «Oy borib, omon qayt» kabi mana shunday
o‘gitu- duolar insonlarni bir-biriga mehrli, oqibatli bo‘lishlariga zamin yaratib berganlar.

Milliy qadriyatlarni o‘rganish chog‘ida «tabiat va jamiyat» mavzusiga ham ko‘proq urg‘u

berishga to‘g‘ri keladi, chunki ota - bobolarimiz bizlarga beqiyos tabiatni o‘zligicha tuhfa etganlar.
Ular tabiatning har bir giyohini behudaga ishlatmaganlar. Agar ishlatish zaruriyati tug‘ilsa eng
avvalo ularning o‘sishiga, ko‘payishiga shart-sharoit yaratib, so‘ngra ulardan foydalanganlar. Bu
borada Sohibqiron Amir Temur ham o‘z «Tuzuklar»ida «Bitta ko‘chat kestirsam o‘nta ko‘chat
o‘tqazdim»,-dyeb ta’kidlaydilar. Hozirgi kun muammolaridan Orol dengizining qurib borishi,
Haydarko‘lning kengayib ketishi nimadan dalolat beradi? Ana uning yechimi mustabid tuzum
davrida milliy qadriyatlarga e’tibor berilmaganligigadir. Bu kabi muammolarni to‘g‘ri tahlil va


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

570

talqin qilib borish, darslarda foydalanish yoshlar ongiga milliy ong, milliy g‘ururni singdirib
borishning yo‘llaridan biridir. Tabiat va jamiyat mavzusi yuzasidan xulosa qilishda talabalar
o‘zlari quyidagi fikrga kelishlari nazarda tutiladi: go‘zal tabiat payhon bo‘lmasligi uchun
otabobolarimizdek biz ulardan oqilona foydalanishimiz kerak. Bunday muammolar talabalar
o‘rtasida o‘rganilib, tegishli xulosalar chiqariladi.

Bizni qurshab turgan olamni asrab – avaylash, boy milliy ma’naviy merosimizni avlodlarga

yetkazish uchun ota - bobolarimiz e’tiqodini bilish, tajribasini qunt bilan egallash kerak bo‘ladi.
Bu esa talabalardan chuqur bilim va mahoratni talab etadi. Shuning uchun ham biz ta’lim-tarbiya
jarayonlarining ajralmasligiga tayanib, ulug‘ allomalarimiz hayoti va faoliyatini, milliy
qadriyatlarning bebaho qirralari sifatida o‘rganish orqali talabalarni yuksak madaniyatli, o‘z
Vataniga, kasbiga sadoqatli inson qilib tarbiyalash zaruriyati tug‘iladi. Bunga bugungi kunda
ijtimoiy asoslarimiz to‘laligicha yetadi va bu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishiga
Respublikamiz hukumati tomonidan keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, o‘tmishimiz qanday
bo‘lsa, o‘shanday o‘rganish imkoniyati yaratildi, oldin taqiqlangan yozma manbalardan bugun
bemalol foydalanish imkoniyati bor, ommaviy, diniy va umumxalq marosimlarini o‘tkazishga va
ulardan yoshlar tarbiyasida foydalanishga imkoniyat yaratildi. Shu sababli ham mazkur tadqiqot
ishimizning keyingi qismlarida ular haqida to‘xtalamiz. Milliy qadriyatlarni o‘rganishning
bugungi kundagi ijtimoiy asoslari: - Respublika Ma’naviyat – Marifat markazi; - Respublika
Milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ibot qilish markazi; - Faylasuflar jamiyati; - «Iste’dod» jamg‘armasi;
- «Amir Temur» jamg‘armasi; - «Ulug‘bek» jamg‘armasi; - «Navro‘z» jamg‘armasi; - «Oltin
meros» fondi va shu kabilarning hammasi bugungi kunda milliy qadriyatlarni o‘rganishning
ijtimoiy asoslarini belgilaydi.

Taniqli faylasuf olim J.Tulyenov fikricha «Qadriyatlar deyilganda inson va insoniyat

uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat
qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmui tushunilmog‘i lozim» . Qadriyatlar amal qilish
doirasiga ko‘ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Milliy qadriyatlar
murakkab ijtimoiy - ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari,
an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy hayotining
barcha tomonlarini qamrab oladi. Bu sohada olib borilgan ko‘p yillik ilmiy izlanishlarimiz milliy
qadriyatlar o‘zbek xalqining ma’naviy sifatlari, moddiy boyliklarini hamda ijtimoiy- siyosiy
an’analarini qamrab oladi deb xulosa chiqarishimizga imkon berdi (1.1.1 – shakl).

Milliy qadriyatlar – muayyan bir millat, elat va xalq hayoti, turmush tarzi, ularning

o‘tmishi, kelajagi va yashayotgan ijtimoiy muhiti bilan bog‘liqdir deb falsafa bo‘yicha qomusiy
lug‘atda ta’rif berib o‘tilgan [26]. Bu chiqarilgan xulosa milliy qadriyatlarni o‘rganishda
talabalarda milliy g‘oya, milliy ong, milliy g‘urur tushunchalari ketma-ketligini shakllantirish
lozimligini ko‘rsatdi. Chunki milliy g‘ururi bo‘lmagan inson hech qachon Vatan boyliklari qadriga
yetmaydi, uni asrashni xayoliga ham keltirmaydi, ya’ni vatanparvar, fidoyi inson bo‘lib etisha
olmaydi. Kun sayin yoshlarimizda milliy ong, milliy g‘urur kabi tuyg‘ular shakllanib, rivojlanib
bormoqda. Biroq, milliy ong, milliy g‘ururning kundan- kunga o‘sib, yuksalib borishi, bu sohadagi
muammolar to‘laligicha hal etildi, degani emas. Hali o‘qituvchilar, mutaxassis – olimlar, ota -
onalar oldida ko‘plab hal qilinishi lozim bo‘lgun ma’suliyatli vazifalar turibdi. Davlatimiz yuksak
darajada taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarilishi uchun, yurtimizning har bir vakili «Men-
O‘zbek farzandiman» degan milliy tuyg‘uni o‘zida aks ettirishi lozim. Har bir millatning qiyofasi,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

571

uning katta va kichikligidan qat’iy nazar, eng avvalo o‘zining milliy ongi va ruhiyatida namoyon
bo‘ladi . «Milliy ong ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lgan etnik ongning asosiy shaklidir.
Ijtimoiy ong - obyektiv olam va ijtimoiy borliqning kishilar ongida aks ettirilishidir. Etnik ong -
urug‘, qabila, elat, millatlarning ijtimoiy hayoti, madaniyati, urf - odat va an’analari, tarixiy
ijtimoiy psixologiyasi, dunyoqarashidir» [26]. Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda shunday
xulosa qilish mumkinki, milliy ong har bir, millatning o‘zligidir. Mana shu tushunchalarni yoshlar
qalbida uyg‘otish, ularni g‘urur, iftixor darajasiga ko‘tarish bugungi kunning eng asosiy
talablaridan biridir. Inson ongini shakllantirishning muhim vositasi mafkuradir.

Har qanday mafkura qanchalik jozibali bo‘lmasin, agar u xalqning ruhiyati va tajribasiga

mos kelmasa, unga tayanmasa, uning qiziqishlarini o‘zida aks ettirmasa, u kishilar ongida uzoq
vaqt saqlanib qolmaydi. Insoniyat o‘z taraqqiyoti davrida hamma vaqt milliy qadriyatlarga tayanib
kyelgan. Shuning uchun xalq orasida ota-bobolarimizning buyuk ma’naviyati o‘lmas bo‘lib
kyelmoqda. Shunday ekan, yosh avlodni komil inson darajasida tarbiyalash ularni hozirgi kunning
eng ilg‘or, zamonaviy fan – texnika bo‘yicha bilimlar bilan qurollantirish bugungi kunning dolzarb
vazifasi hisoblanadi. Bunday dolzarb muammoni hal qilishni milliy ma’naviy qadriyatlarsiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu borada Sharqni nafosat va dinning beshigi deb bejiz aytishmagan.
Zero, Sharqning buyuk allomalari, mutafakkirlari o‘zlarining ilmiy, adabiy - badiiy asarlarida
milliy qadriyatlarning ahamiyati, ularning muqaddasligini ulug‘lab bizlarga meros qilib
qoldirganlar. Bularga dalil sifatida Zardushtiylarning «Avyesto» kitobini, muqaddas kitoblarimiz
(Quroni Karim, Hadis Sharif)ni va AlXorazmiy, Al-Farg‘oniy, Al-Buxoriy, , Abu Nasr Farobiy,
Al-Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, At- Termiziy, Ahmad Yassaviy, G‘ijduvoniy,
Sulaymon Boqirg‘oniy, Najmiddin Kubro, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy,
Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Bobur, Nodira, Munis Ogahiy va boshqa ko‘plab
allomalar asarlarini hamda ulardagi komil inson tarbiyasiga katta e’tibor 17 qaratganliklarini
keltirib o‘tishimiz mumkin. Komil inson tarbiyasida Imon Buxoriy, At - Termiziy, Beruniy, Abu
Nasr Farobiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, A. Navoiylarning hayoti va At-Termiziyning «Al
Jomye’» (Ishonchli to‘plam), «Sunan at-Termiziy» (Termiziy sunnatlari), Beruniyning «O‘tmish
ajdodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Minerologiya», «Xorazmning ajoyib kishilari»,
A.Navoiyning «Hamsa»si, g‘azallari, A.Temir o‘gitlari, Ulug‘bekning «Zij»i, «To‘rt ulus tarixi»
kabi asarlarda boy-ma’naviy myerosimiz bilan dunyo ilm ahlini ham lol qoldirgan va ilg‘or ilmiy
asarlar orasida yuqori o‘rin egallagan.

Milliy pedagogikamiz asoschilaridan biri A.Avloniy «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo

mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir»- deb bejiz ta’kidlamagan [23].
Bola tarbiyasida aql-zakovat, zukkolik, bilimdonlik yuqori pog‘onani egallashi zarur. Shuning
uchun ham qomusiy va diniy ilm sohiblari Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Beruniy, Yusuf
Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Imom al-Buxoriy, At- 15 Termiziy, az-Zamaxshariy, al-
Marg‘inoniy, al-Motrudiy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Naqshband va boshqalarlarning
ilmiy meroslari yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim omildir. Milliy
faxrimizga aylangan shoiru - fuzalolar Abu Nasr Forobiy, A.Jomiy, A. Navoiy, Bobur, Nodira,
Uvaysiy va boshqalar o‘z asarlarida komil inson tarbiyasi muammolariga katta e’tibor bergan.
Milliy tarbiyamizning yana bir istiqbolli qirrasi kattalar o‘gitiga quloq solishdir. Bularni e’tiborga
olgan holda biz o‘z izlanishlarimizda milliy qadriyatlarning ta’lim - tarbiyada tutgan o‘rnining
alohida ko‘rsatilishi va uning bugungi kundagi ahamiyatini yoritishni maqsad qilib oldik. Shu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

572

kunga qadar milliy qadriyatlar yo‘nalishida ko‘plab olimlar ish olib borganlar va shu bugungi
kunda ham shu mavzuni yoritib kelmoqdalar. Bularning ilmiy tahlili «Bugungi kunga qadar milliy
qadriyatlar mavzusida olimlarimiz tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilgan», degan xulosani
chiqarishga asos bo‘ldi.

Ta’limdagi yangi qadriyatlar shaxsning “ta’lim va mutaxassislik yo‘nalishlarini” tanlab va

pedagogik faoliyatida ijodiy imkoniyatlarini faollashtiruvchi, “Men” konsepsiyasi negizida
qadrlash munosabatida bo‘lishi bilan rivojlangan shaxsni shakllantirishga haratilgan innovatsion
o‘qitishni talab etadi:

• o‘quvchilarning xususiyatlari va qobiliyatlarini, ularning ichki imkoniyatlarini ochib

berishga qaratilganlik;

• milliy va umuminsoniy qadriyatlarni pedagogglar ongiga singdirsh;
• shaxs, jamiyat va atrof- muqitning munosabatlarini uyg‘unlashtirish;
• munosabatlardagi qadriyatni an’analar asosida o‘quvchi va o‘qituvchining bir-birini

hurmat qilishi;

• o‘quvchilarda estetik boy dunyoqarashni, yuqori ma’naviylikni, madaniyatlilik va ijodiy

fikrlashni shakllantirish;

• ijodiy fikrlash, bashorat qila olish, muqobil fikrlanga imkon beruvchi shakl, metod va

vositalaridan foydalanib, ijtimoiy ahamiyatli qarorlar qabul qilishga o‘rgatish. O‘qituvchilarni, eng
avvalo, pedagogika oliy yurtlarida kerakli darajada tayyorlashning pedagogik, ijodkorlik
muammolarini yechish uchun metodologik, nazariy va amaliy asoslarini aniqlash zarur.

Talabalarni tayyorlash jarayonida muammoning mavjud holatini o‘rganish va taqlil qilish

quyidagi xulosalarga kelishga imkon beradi:

• ta’limiy qadriyatlar pedagog kadrlarni tayyorlash xamda ularning kasbiy malakalarini

takomil lashtirish maksadida pedagogika oliy o‘quv yurtlarida aloqida mavzu sifatida
o‘rganilmaydi;

• pedagogika oliy o‘quv yurtlari ta’limiy qadriyatlar asosida pedagog kadrlar tayyorlashga

oid tavsiyalarga muhtojdirlar. Quyida muhim ta’limiy qadriyatlar, ularning psixologik —
pedagogik jihatlari ochib beriladi:

• zamonaviy ta’lim mazmuni, uni takomillashtirishning metodologik va nazariy

yo‘nalishlari;

• bo‘lajak o‘qituvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasiga quyiladigan talablar,

malakali pedagog kadrlarni sifatli tayyorlashga imkon beruvchi omillar va ushbu holatni
yorituvchi ko‘rsatkichlar;

• shaxsiy — kasbiy sababiylik omili;
• didaktik tamoyillar;
• zamonaviy ta’lim shakli, metod, vositalari, tizimi, texnologiyasi va asosiy elementlari;

zamonaviy pedagogik texnologiyalarning turlari, interfaol metodlar;

• ta’limning zamonaviy metodologiyasi, xususan, O‘zbekistan Respublikasining «Kadrlar

tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida yaratilgan oliy pedagogik ta’lim konsyepsiyalari, davlat
ta’lim standartlari, professiogrammalar;

• jamiyat ijtimoiy — iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishi, ilmiy —texnik taraqqiyot

yutuqlari, jamiyat ijtimoiy hayoti;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

573

• ilm —fan va ishlab chiqarish yutuqlarining ta’lim mazmunida aks etishi; ta’lim, fan va

amaliyot birligi;

• kasbiy — pedagogik vazifalarining takomillashtirilganligi;
• fan, shu jumladan, pedagogika fanining taraqqiyoti;
• Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasi g‘oyalarining ustuvorligi;
• milliy va xorijiy mamlakatlar pedagogikasi erishgan yutuqlar;
• ta’lim va tarbiya jarayoniga majmuaviy, tizimli, mantiqiy — psixologik yondashuv,

shuningdek, talabalar idrok etish, intellektual — ijodiy va tadqiqotchilik faoliyatining tashkil
etilishiga aloqida e’tibor berish;

• ta’lim jarayonida bilim olish, rivojlanish va tarbiya jihatlarining o‘zaro aloqadorini

kuchaytirish, ta’lim jarayonida tarbiyaning ustuvorligi;

• zamonaviy ta’lim mazmunining yirik axborotlar hajmiga egaligi;
• ta’lim mazmunining bo‘lajak mutaxassis tomonidan tashkil etiluvchi faoliyati mazmuni

va tuzilishiga mos kelishi;

• o‘quvchining ta’lim jarayonining eng yetakchi obyekti va subyekti ekanligi;
Mavjud shart — sharoitlarga muvofiq pedagogik harakatlarni bajarishda o‘ziga xos

mahorat talab etiladi. Xususan:

• ko‘nikmalar;
• o‘quv materiallarining mazmuni bilan tanishib chiqish, eslash yoki bevosita qayta

tiklashga yo‘naltirilgan harakatni faollashtirish;

• munosabatlar va faoliyat davomida (tabiiy va maqsadga muvofiq ravishda) amalga

oshiriladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayoni va «Men» konsepsiyasining dolzarblashtirilishi;

• pedagogik jarayonda o‘quvchi (boshqaruvchi) xulqining namoyon bo‘lishi.
Bugungi kunda talabalarni ta’limiy qadriyatlarga o‘rgatish orqali o‘sibulg‘ayib kelayotgan

yosh avlodni ma’nan yetuk barkamol shaxs qilib tarbiyalash yo‘lga qo‘yiladi.

REFERENCES

1. Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics. Academicia

Globe: Inderscience Research, 3(2), 1-3.

2. Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH

ОBYЕKTI SIFАTIDА. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY
JURNALI, 2(11), 176-182.

3. Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGVISTIKA VA UNING TAHLILIY

SHAKLLANISH TARIXI. Science and innovation, 1(B8), 99-105.

4. Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS

ANALYTICAL DEVELOPMENT. Science and Innovation, 1(8), 99-105.

5. Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE

EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES. International journal of advanced research
in education, technology and management, 2(2).

6. KHALIMBOYEVA, F., & VOSILJONOV, A. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLALAR

DIQQATINI

RIVOJLANTIRISH

MUAMMOSINI

NAZARIY

OʻRGANILISHI. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(5), 94-98.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

574

7. Soxibov, S. (2023). THE FIGHT AGAINST CORRUPTION IS A HUGE TASK.

Modern Science and Research, 2(5), 1037-1041.

8. Soxibov, S. (2023). MEASURES TO FIGHT AGAINST CORRUPTION. Modern

Science and Research, 2(5), 1031-1036.

9. Anvar o‘g‘li, S. S. (2023). PHILOSOPHICAL-ANALYTICAL ANALYSIS OF

CONFLICT OF INTEREST AND PREVENTION OF CORRUPT RELATIONS.
International journal of advanced research in education, technology and management,
2(3).

10. Anvar o’g’li, S. S. (2021, April). THE ROLE OF RELIGIOUS AND MORAL

EDUCATION IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION, ALONG WITH THE USE
OF ECONOMIC AND LEGAL FACTORS. In E-Conference Globe (pp. 55-57).

11. Нажмиддинов, Э., & Мухамедиев, М. (2023). FISH HELMINTHS IN FISH

RESERVOIRS OF FERGANA VALLEY. International journal of advanced research in
education, technology and management, 2(3).

12. Нажмиддинов, Э. Х., & Муҳаммадиев, М. А. (2022). ФАРҒОНА ВОДИЙСИ СУВ

ҲАВЗАЛАРИ

БАЛИҚЛАРИ

ГЕЛЬМИНТЛАРИНИНГ

ТУР

ТАРКИБИ.

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION, 1(12), 60-68.

13. Нажмиддинов, Э. Х. (2022). ФАРҒОНА ВОДИЙСИ СУВ ҲАВЗАЛАРИ

БАЛИҚЛАРИ ГЕЛЬМИНТЛАРИ. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA
ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 189-194.

14. Najmiddinov, E. (2022). THE SIGNIFICANCE OF NATURE IN THE FORMATION

OF PRESCHOOL CHILDREN IN THE IDEAL GENERATION. Science and
Innovation, 1(8), 149-154.

15. Najmiddinov, E. (2022). " ICHTHYOLOGY AND HYDROBIOLOGY" PROSPECTS

FOR THE DEVELOPMENT OF DIRECTIONS IN UZBEKISTAN. Science and
Innovation, 1(8), 152-160.

16. Abidjanovich, A. A. (2022). THE NEED TO IMPROVE HUMAN'S NOOSPHERICAL

RELATIONSHIP TO NATURE. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL
SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor:
7.429, 11(11), 23-30.

17. Abidjanovich, A. A. (2022). THE ROLE OF CONTINUOUS EDUCATION SYSTEM

IN IMPROVING PERSONAL ECOLOGICAL CULTURE. INTERNATIONAL
JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN:
2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(11), 5-12.

18. Абдумаликов, А. (2022). АТРОФ-МУҲИТНИ АСРАШ БЎЙИЧА МИЛЛИЙ

СТРАТЕГИК РЕЖА ВА УНИНГ АҲАМИЯТИ. Central Asian Academic Journal of
Scientific Research, 2(2), 251-258.

19. Абдумаликов, А. (2022). ЯНГИ ТАРАҚҚИЁТ БОСҚИЧИДА ЭКОЛОГИК

МОДЕРНИЗАЦИЯЛАШ ДАСТУРИ. Scientific progress, 3(2), 1179-1186.

20. Абдумаликов, А. А. (2019). Human and Natural Harmony in the Historical Process.

Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(5), 205-209.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

575

21. Abidzhanovich, A. A. (2020). Issues Of Formation Of Rationality In Relations Of Nature

With Society. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08),
301-304.

22. Abdumalikov, A. A. (2019). Environmental Ecological Policy in Uzbekistan and

Necessity Of Formation Of Rational Communication To Nature. Scientific and Technical
Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(9), 94-101.

23. Мирзабоев, Й. А. (2022). Тур Ўзгариш Чизиқлари Учта Бўлган, Гиперболик

Қисмларининг Ҳаммаси Характеристик Учбурчаклардан Иборат Бўлган
Бешбурчакли Соҳада Учинчи Тартибли Кўринишдаги Параболик-Гиперболик
Тенглама Учун Битта Чегаравий Масала Ҳақида. Theory And Analytical Aspects Of
Recent Research, 1(5), 363-366.

24. MIRZABOYEV,

Y.

BOSHLANG’ICH

SINF

O’QITUVCHILARINING

MATEMATIKA O ‘QITISH METODIKASI. O ‘RTA UMUMTA’LIM
MAKTABLARIDA MATEMATIKA O ‘QITISHNING MAQSADI. ЭКОНОМИКА,
169-172.

25. Iminov, B. B. (2020). INNOVATIVE CULTURAL LINKS ARE AN IMPORTANT

FACTOR IN SOCIAL DEVELOPMENT. Scientific and Technical Journal of Namangan
Institute of Engineering and Technology, 2(3), 263-270.

26. Iminov, B. B. (2019). A PHILOSOPHICAL APPROACH TO INNOVATIVA AND

CULTURAL-RELATIONS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT. Scientific and
Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(5), 157-162.


References

Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(2), 1-3.

Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH ОBYЕKTI SIFАTIDА. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 176-182.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGVISTIKA VA UNING TAHLILIY SHAKLLANISH TARIXI. Science and innovation, 1(B8), 99-105.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS ANALYTICAL DEVELOPMENT. Science and Innovation, 1(8), 99-105.

Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов