REFLECTION OF TEACHER PSYCHOLOGISM AND SOCIAL PROBLEMS IN MODERN LITERATURE

HAC
Google Scholar
To share
Xolmurotova , G. (2024). REFLECTION OF TEACHER PSYCHOLOGISM AND SOCIAL PROBLEMS IN MODERN LITERATURE. Modern Science and Research, 3(2), 887–891. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29500
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the story "Mysterious teacher" by the writer Luqman Borikhan. Also, attention is paid to the artistic skill of the writer in highlighting the problems of the time and people, the artistic interpretation of the image of the teacher, the processes of character formation, the expression of the reality of the artistic work, and the teacher's psychology. Opinions were also expressed about the artistic expression of the world of images.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

887

ZAMONAVIY ADABIYOTDA O‘QITUVCHI PSIXOLOGIZMI VA IJTIMOIY

MUAMMONING AKS ETISHI

Xolmurotova Gulinor Azmiddin qizi

(Luqmon Bo‘rixonning “Sirli muallim” qissasi misolida)

Termiz davlat universiteti talabasi

Email:

xolmurotovagulinor@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10684673

Annotatsiya. Ushbu maqolada yozuvchi Luqmon Bo‘rixonning “Sirli muallim” qissasi

tahlilga tortilgan. Shuningdek, yozuvchining davr va inson muammolarini yoritishdagi badiiy
mahorati, muallim obrazining badiiy talqini, xarakter shakllanish jarayonlari, badiiy asar
voqeligining ifodasi, o‘qituvchi psixologizmi masalalariga e’tibor qaratilgan. Obrazlar olamining
badiiy ifodasi xususida ham fikr-mulohazalar bildirilgan.

Kalit so‘zlar: nutqiy xarakteristika, badiiy psixologizm, muallim obrazi, davr muammosi,

ichki ruhiyat, kontrast.

REFLECTION OF TEACHER PSYCHOLOGISM AND SOCIAL PROBLEMS IN

MODERN LITERATURE

Abstract. This article analyzes the story "Mysterious teacher" by the writer Luqman

Borikhan. Also, attention is paid to the artistic skill of the writer in highlighting the problems of
the time and people, the artistic interpretation of the image of the teacher, the processes of
character formation, the expression of the reality of the artistic work, and the teacher's psychology.
Opinions were also expressed about the artistic expression of the world of images.

Key words: speech characteristics, artistic psychology, teacher's image, period problem,

inner psyche, contrast.

ОТРАЖЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ПСИХОЛОГИЗМА И СОЦИАЛЬНЫХ

ПРОБЛЕМ В СОВРЕМЕННОЙ ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация. В данной статье анализируется рассказ «Таинственный учитель»

писателя Лукмана Борихана. Также уделяется внимание художественному мастерству
писателя в освещении проблем времени и народа, художественной интерпретации образа
учителя, процессам формирования характера, выражению действительности
художественного произведения, психология учителя. Высказывались также мнения о
художественном выражении мира образов.

Ключевые слова: речевые характеристики, художественная психология, образ

учителя, проблема периода, внутренняя психика, контраст.


Kirish

Ma’lumki, zamonaviy davr adabiyotida ijtimoiy-siyosiy mavzuda yozilgan, inson va davr

muammolarini, qahramon ruhiyatini mahorat bilan aks ettirgan asarlar talaygina. Shulardan
mustaqillik davr adabiyoti vakili Luqmon Bo‘rixonning “Sirli muallim” qissasi o‘qituvchi
psixologizmi, ichki konfliktlari, kechinmalarini yoritib bera olgan eng yaxshi asarlardan biridir.

Adabiyotlar tahlili

Asar bosh qahramoni Najot G‘aybullaning muallimlik mahorati, o‘quvchilarga bo‘lgan

mehri, kasbiga muhabbati asar ichidagi kuzatuvchi jurnalistning ham, kitobxonlarning ham


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

888

qalbidan chuqur joy egallaydi. Beixtiyor Najot G‘aybulla diplomsiz bo‘lsa ham eng yaxshi
muallim ekanligini tan oladi kishi. Chunki adib adib mazkur qissasida nafaqat bosh qahramon
orqali, balki uning atrofidagi hamkasblari va faoliyat muhiti orqali barchamizning hayotimizda
o‘ziga xos o‘rin egallagan ustozlarning faoliyati, o‘y-fikrlari, hayot qiyinchiliklaridagi qoqilishlari,
o‘ksinishlarini qog‘ozga ko‘chirgan. Quyida asarda gavdalantirilgan zamona muallimlari
psixologiyasi va ijtimoiy muammoning aks etishi masalalari haqida so‘z boradi.

Tadqiqot metodologiyasi

Ushbu maqolani yozish va uning oldiga qo‘ygan muammoni yoritib berishda tahlil qilish,

qiyoslash, chog‘ishtirish kabi ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanildi.

Tahlillar va natijalar

Adabiyotshunos olim D.Quronov san’atkorona nigoh atamasini siz-u bizga ahamiyatsiz

ko‘ringan narsa unga olam-u odam mohiyatidan so‘zlovchi, chigal muammolarni yechishi uchun
kalit bo‘lib xizmat qiluvchi, voqelikdagi ahamiyatga molik narsa-hodisalarni, ularning zamiridagi
ijtimoiy-estetik mohiyatni ilg‘ab oluvchi vosita sifatida e’tirof etadi [4: 80]. Xuddi shu yo‘sinda
“Sirli muallim” qissasi mazmunida yashiringan asl badiiy mohiyatni, “sirli muallim” kimligi
yoxud “muallimning sirliligi”ni anglab olish uchun kitobxondan san’atkorona nigoh talab qilinadi.

Asarning dolzarbligi shundaki, atrofdagi kishilarning muallim zotiga mensimay muomala

qilishi yoxud arzimas kasb sifati qarash kabi jamiyatning bir illati qahramonlar nutqida aks
ettirilgan. Masalan, ilmiy mudira Norxol Xushboqova shunday deydi: “Hali o‘zimga ham
tushunuksiz, chigal turmushim, kasbi-korim haqida nima ham deyishim mumkin? Bir paytlar otam
rahmatlik pedinstitut qoshiga yetaklab borib, «Qizim, muallimchilikka o‘qiy qol, ayollar bop ish,
to‘rtta bolani aldab yuraverasan», degan edi. Afsuski, to‘rtta o‘quvchini aldash» bilan ish bitmas
ekan” [1:91]. Guvohi bo‘lganimizdek, omma orasida ustozdek sharafli hamda mas’uliyatli kasbni
“to‘rtta bolani aldab yurish”ga tenglashtirilmoqda. Adib ushbu o‘rinda jamiyatdagi o‘qituvchilik
faoliyatiga yengil qarashlar mavjudligini mohirlik bilan ifodalab bergan. Ahvol shu darajaga kelib
qolganki, o‘g‘il bolalar o‘qituvchi bo‘lib maktabda dars berishni or qilishadi. O‘qituvchilik
qilishdan uyalishadi. Hattoki, direktorning bir a’lochi o‘quvchiga sen kelajakda olim yoki
bilimdon o‘qituvchi bo‘lasan degan yaxshi tilagini kamsitish sifatida qabul qiladiganlar ham
topilar edi. Quyidagi dialog orqali bu “kamsitish”ga ularning munosabati ko‘rsatib berilgan: «O‘v,
o‘rtoq Qalqonip, nega mening bolamga muallim bo‘lasan dedingiz? O‘g‘lim bechora necha
kundan beri qahshab yig‘lab yuribdi».

Men hangu mang qotib qolgan edim. Tilim arang kalimaga aylandi.
«Nega yig‘laydi?! Nima, yomon tilak bildiribmanmi?»
«Jo‘ralari ustidan kulib yurishibdi ekan. Nega unday dedingiz? Bolam kimdan kam, nega

u muallim bo‘lar ekan?!”

Men jo‘yali bir javob topgunimcha Mohigul qarg‘ana-qarg‘ana xonamdan chiqib ketdi” [1:

80].

Insonlarning bunday fikrlashiga, erkak o‘qituvchilar kamayib ketishiga nima sababchi

bo‘layotgan ekan, deb o‘ylanib qolasan kishi. Ammo muammo o‘sha- o‘sha moddiyatga borib
taqalganda hamma jim qoladi. Asarda erkak kishi katta oilani tebratishi uchun o‘qituvchilik
maoshi yetarli emasligini maktab direktori o‘rinbosari Boymurodning so‘zlaridan bilib olish
mumkin. Uning ham chin dildan dars o‘tgisi, aql-u fikrini berib ishlagisi keladi, ammo turmush


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

889

chigalliklari, oiladagi yetishmovchilik unga yo‘l bermaydi. Noilojlikdan maktabdan bo‘sh vaqt
ustalik qilishiga ham to‘g‘ri keladi. Boymurod obrazi xayollari chigal bo‘lib, nima qilarini bilmay,
arosatda yurgan kishi sifatida tasvirlanadi: “Yo‘q, men ishdan nolimayman.

O‘qituvchilik ham jonu dilim. Yuragim, butun aqlu fikrimni berib ishlasam deyman.

Lekin... hammayoqda chigallik” [1: 103]. Bu o‘rinda Boymurodga xos nutqiy xarakteristikani
ko‘rishimiz mumkin. Adabiyotshunos olim D.Quronov nutqiy xarakteristika termini xususida so‘z
yurita turib, uni inson obrazini yaratishning muhim vositalaridan biri, epik va dramatik asarlarda
personaj xaraktetiga xos xususiyatlarni uning nutqini individuallashtirish orqali berish ekanligini
qayd etadi. Shuningdek, adabiy asarda personaj nutqini individuallashtirishni to‘laqonli badiiy
xarakter yaratishning muhim shartlaridan biri sifatida e’tirof etadi [5: 206]. Shu yo‘sinda yuqorida
keltirilgan nutqiy xarakteristika orqali Boymurod obrazining, aslini olganda, yomon inson
emasligini, chin dildan dars berishga bo‘lgan xohishini ilg‘ab olamiz. Bir yoqda oila tashvishlari,
bir yoqda ustalik charchoqlari bo‘lgan kishining maroq bilan dars o‘ta olmasligi tabiiy, albatta.

Yoxud yana bir sahnada yaxshi bilimli algebra fani o‘qituvchisi Xayrullaga shahardagi bir

tashkilotdan maoshi yuqoriroq lavozim taklif etiladi. Xayrullaning esa maktabdan ketgisi yo‘q,
ammo oyligi ham kamlik qilyapti. Oxiri rayono mudiriga zarur kadr sifatida oyligini oshirishsa,
shu yerda qolishini aytmoqchi bo‘ladi. Holbuki, bunday iltimoslarni tinglashga toqati yo‘q rayono
mudiri: “Ketsang, ketaver! Qani unaqa joyga meni ham chaqirishsayu jo‘navorsam.

Yog‘li joydan qolma, boraver!”, “Maktabda har kim ishlayolmaydi, uka! Avvalo vatan

tuyg‘usi kerak, fidoyilik zarur” [1: 103], degan so‘zlar bilan mulzam qilib qaytarib yuboradi. Shu
zayilda maktab tizimi Xayrulloga o‘xshash bilimli ustozlarni qo‘ldan boy berib, Nozima kabi
onasining yugur-yuguri bilan ishga kirganlarga qolayotgan edi.

Bir tomondan mudir Erkaboyevning ham fikrida jon bordek tuyiladi: asl muallim uchun

moddiyat birinchi o‘rinda bo‘lmasligi kerak. Ammo haqiqatda moddiyatga qiziqmaydigan,
o‘quvchilar uchun jonini beradigan Najot G‘aybulladek fidoyilarni “jinoyatchi” sifatida qoralab,
ishdan haydasa, Xayrulladek bilimli kadrlarni esa maosh masalasida qo‘llab-quvvatlamagani
uchun ular ham ishdan ketsa, maktabda qanday kishi dars beradi, axir?! Maktabdagi ustozlar
maoshiga yarasha ishlaydiganlar xilidan edi. O‘zi jonbozlik ko‘rsatib yangiliklar kiritmoqchi
bo‘lganlarni esa ko‘ra olishmas, undan ayb qidirishga harakat qilishardi. Adabiy tanqidchi Ozod
Sharafiddinov ta’kidlaganlaridek: “Odam mehnatiga yarasha maosh olmasa, maoshiga yarasha
mehnat qila boshlaydi”. Asarda ko‘tarilgan muammolardan biri ham shu, nazarimda. Ya’ni adib
Luqmon Bo‘rixon tomonidan jamiyat tomonidan mehnati qadrlanmaydigan va bu jarayonga
ko‘nikib qolgan maktab jamoasi tasvirlab berilgan.

Voqelikka boshqa tomondan nazar tashlasak, mehnati qadrlanmasligidan qat’iy nazar,

kasbini jasorat deb biladigan, o‘tayotgan kuniga rozi bo‘lgan Qalqonov, Erkaboyev kabi
o‘qituvchilar ham bor edi. Aynan direktor Qalqonov ustozlikning mashaqqatlari haqida so‘zlay
turib, maqtovga arzigulik tomonlarini ham sanab o‘tadi. Bu monolog orqali qahramonning
muallimlik kasbidan faxrlanish, ulkan sharafini his qilishiga guvoh bo‘lamiz: “Lekin quvonchli
kunlarimiz ham ko‘p. O‘qituvchi o‘z mehnatining mevasini ko‘rganda o‘n yoshga yasharadi,
balqiydi. «Mehnatning mevasi» deganda, hoynahoy, uch-to‘rt oyda arang qo‘lga yetib keladigan
maoshni o‘ylasangiz, adashasiz. Muallim mehnatining mevasi bu – tirishqoq, omadli o‘quvchilar!


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

890

O‘z o‘quvchisining kamolini, obro‘-e’tiborini ko‘rgan qaysi muallim loqayd qo‘l siltab qo‘ya
qoladi? Hech qanday” [1: 80-81].

Asarni o‘qishli qiladigan, uning badiiy ta’sir kuchini yanada oshiradigan jihatlaridan yana

biri kontrastlar asosiga qurilganligidir. Luqmon Bo‘rixon asar bosh qahramoni Najot G‘aybullani
bir tomon qo‘ysa, qolgan o‘qituvchilarni boshqa tomonga qo‘yib, qay yo‘sinda muallim bo‘lish
to‘g‘ri ekanligini uqtirgandek bo‘ladi. Masalan, Najot G‘aybullaning darsi: “Najot G‘aybullaning
ovozi sokin, sohir kezinadi. Hammayoq tinch ummoniga g‘arq bo‘lganday jim-jit… O‘quvchilar
allaqachon sinfxonadan “uchib” ketishgan. Ular ustozlariga qo‘shilib olis-olis orollarda, suv
dunyosining g‘aroyibotlari ichida sayr etib yurishibdi” [1: 97], - deb jonlantiriladi. Unga qarama-
qarshi qilib Norxol Xushboqovaning quyidagi taqqoslashi keltiriladi: “Odatda, biz o‘qituvchilar
sinfxonaga kirgach, o‘n-o‘n besh daqiqa g‘ala-g‘ovur, pichir-pichirlarni tinchitish bilan ovora
bo‘lamiz. So‘ng sinf jurnalini ochib, uzundan-uzun yo‘qlama ichida xiyla vaqt yo‘qolib ketamiz.

Keyin o‘tgan saboq yuzasidan so‘roq-tergov boshlanadi. Tayin gapki, dars tayyorlamay

kelgan o‘quvchi uncha-muncha partizandan battar miq etmay turaveradi. Xunob bo‘lib uni koyib-
jerkamiz. Ikki-uch shunaqa qaysarlar bilan olishuvdan so‘ng o‘zimizning tinkamiz qurib,
asablarimiz qaqshaydi. Buyog‘i tanaffusga yaqin. Shosha-pisha yangi darsni boshlaymiz.
O‘quvchilarning beadoq shivir-shivir, pichir-pichiriga qorishtirib konspekt qilib kelganlarimizni
amal-taqal bilan aytib beramiz” [1: 96-97].

Bu kabi qiyoslashlar vositasida o‘quvchi tegishli

xulosani chiqarishi, qay yo‘sinda muallim bo‘lish anglashi kerak bo‘ladi.

Badiiy psixologizm deb badiiy asarda to‘laqonli inson obrazini yaratishning muhim

vositalaridan biri bo‘lgan, personaj ruhiyatining ochib berilishi, xatti-harakatlari va gap-
so‘zlarining psixologik jihatdan asoslanishiga aytiladi [5: 48]. Asarda o‘qituvchilarga xos
xarakter, psixologizm ham yorqin suratlarda chizib berilgan. Masalan, maktabga yangi kelgan,
o‘quvchilar mehriga sazovor bo‘lgan Najot G‘aybullaga havas bilan qaraydigan, o‘zini, kiyinish
uslubini u kabi o‘zgartirishga harakat qilayotgan o‘qituvchilar bor edi. Bu esa ustozlardagi
rivojlanishga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘rsatadi. Ammo yana shunday ustozlar jamoasi bor ediki, Najot
G‘aybullaning har jabhada ulardan ustunligini ko‘ra olishmas edi, unga hasad qilardi. Masalan,
ilmiy mudira Norxol Xushboqova “Nahotki men o‘ksidim? Nega?! Yangi muallimday dars
berolmasligimni anglab yetdimmi?” [1: 97], - deb Najot G‘aybulla va o‘zini taqqoslab ko‘rganda
o‘ksinadi, shunday dars o‘ta olmasligidan xafa bo‘lib ketadi. Yana bir personaj – tarix fani
o‘qituvchisi Xurramovich Najot G‘aybullani asossiz bir nashafurush, jinoiy to‘da a’zosi deb
gumon qilib, tirnoq ostidan kir qidirishga kirishdi. Surishtirishlari natijasida “sirli muallim”ning
diplomi soxta ekanligini bilib qolib, uning ustidan jinoiy ish ochtirtiradi. Aynan shu hasad, o‘zidan
kuchli bo‘lganni tan olmaslik, oyog‘iga bolta urish illati tufayli maktab o‘zining NAJOT NURI
ni yo‘qotdi. Eng qiziq nuqtasi Xurramovich o‘zining bu fitnachiligidan zarracha achinmasligi,
balki bu ishini “fidoiylik”, “jasorat”, “sharafli burch” deb bilishida edi: “Ozgina nokamtarlik
qilgan o‘rinlarimiz bo‘lsa, uzr. Men o‘z burchimni o‘tadim, xolos. Bir qalloblikni fosh
qilganimdan, katta falokatlarning oldini olib qolganimdan mamnunman, albatta. To‘g‘ri,
hamkasabalar orasida birov-yarim menga g‘ijinib, o‘qrayib qarayotganlari ham uchraydi. Buning
hammasi ko‘rolmaslik, ichiqoralik oqibati. Shunday sharafli vazifani yolg‘iz uddalaganim,
mashaqqatlardan cho‘chimaganim yoqmayapti ularga. Biroq boshim baland, ko‘kragim tog‘,
g‘ayrli nigohlarni nazar-pisand qilmayman. Chunki men o‘z ishimdan faxrlanaman. Chunki men


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

891

tarix, huquq darslari, mashoyixlar ta’kidlaganidek, kelajak darslari qo‘lida bo‘lgan oliy toifali
o‘qituvchiman” [1:126]. Bu ichki monologdan so‘ng, kitobxon “ko‘rolmaslik”, “ichiqoralik” ni
kim qilgan kim edi-yu, “sharafli vazifani o‘tagan” kim edi, deb bir muddat ziddiyatli kayfiyatda
qolishi, kimga ishonish, qanday xulosa chiqarishga o‘ylanishi mumkin. Nazarimda, adib
Xurramovich obrazi orqali o‘z xatosini hech qachon tan olmaydigan, aksincha o‘zidan boshqalarni
past sanaydigan, ig‘vogar ustozlar ham uchrab turadi deganday bo‘ladi.

Xulosa

Luqmon Bo‘rixonning “Sirli muallim” qissasi davr muammolari, inson ichki ruhiyatidagi

olishuvlar, jamiyatda o‘qituvchi qadr-qimmatini o‘zida aks ettirgan hajman kichik, salmog‘i ulkan
asar hisoblanadi. Yozuvchi mazkur asari orqali barcha jabhalarga yangiliklar kiritilayotgan
bugungi kun kishilarini yangiliklardan, innovatsiyalardan cho‘chimaslikka, aksincha, ijobiy ko‘z
bilan qarashga chaqiradi.

Xulosa qilib aytganda, “Sirli muallim” qissasi orqali jamiyatda ustozning qadr-qimmati

yuqori qo‘yilishi kerakligi, har kim o‘z sevgan kasbi bilan shug‘ullanishi lozimligi, ba’zi
masalalarda diplom emas, mahorat, ishtiyoq muhimligini anglash mumkin.

REFERENCES

1.

Luqmon Bo‘rixon. Xizr ko‘rgan yigit: qissalar va hikoyalar. – Toshkent: “Sharq”
nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2007. – 255 bet.

2.

Luqmon Bo‘rixon. Sirli muallim / /

www.ziyouz.com

kutubxonasi.

3.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – 242 bet.

4.

Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.:
Akademnashr, 2013. – 406 bet.

5.

Gulnoz,

J.,

&

Bunyod,

N.

(2023).

ABSENTEIZM

IJTIMOIY

HODISA

SIFATIDA.

Research and Publication

,

1

(11), 4-10.

6.

Jiyanmuratova, G. S. (2019). ELECTORAL MOOD OF THE YOUTH ELECTORATE
OF UZBEKISTAN. In

ОСОБЕННОСТИ ИННОВАЦИОННОГО ЭТАПА РАЗВИТИЯ

МИРОВОЙ НАУКИ

(pp. 7-9).



References

Luqmon Bo‘rixon. Xizr ko‘rgan yigit: qissalar va hikoyalar. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2007. – 255 bet.

Luqmon Bo‘rixon. Sirli muallim / / www.ziyouz.com kutubxonasi.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – 242 bet.

Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: Akademnashr, 2013. – 406 bet.

Gulnoz, J., & Bunyod, N. (2023). ABSENTEIZM IJTIMOIY HODISA SIFATIDA. Research and Publication, 1(11), 4-10.

Jiyanmuratova, G. S. (2019). ELECTORAL MOOD OF THE YOUTH ELECTORATE OF UZBEKISTAN. In ОСОБЕННОСТИ ИННОВАЦИОННОГО ЭТАПА РАЗВИТИЯ МИРОВОЙ НАУКИ (pp. 7-9).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов