"SPIRITUALITY" IS THE ROLE OF WORD-MAKING SUFFIXES IN THE FORMATION OF COMMON SEMAL LEXEMES

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Sayfullayeva, F. (2023). "SPIRITUALITY" IS THE ROLE OF WORD-MAKING SUFFIXES IN THE FORMATION OF COMMON SEMAL LEXEMES. Modern Science and Research, 2(7), 18–20. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21725
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the linguistic features of the lexical-semantic category “spirituality”, its internal structure, the role of word processors in the formation of noun units with the general meaning “spirituality” have been revealed.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

18

“MA’NAVIYAT” UMUMIY SEMALI LEKSEMALARNING SHAKLLANISHIDA

SO‘Z YASOVCHI QO‘SHIMCHALARNING O‘RNI

Sayfullayeva Fotima Baxodir qizi

Navoiy davlat pedagogika institute O‘zbek

tili va adabiyoti fakultet 2 - bosqich talabasi

Telefon raqam: +998919205260

fotimasayfullayeva004@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8105571

Annotatsiya.

Ushbu maqolada “ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasining lingistik

xususiyatlari, uning ichki tuzilishi, “ma’naviyat” umumiy semali atov birliklarning shakllanishida
so‘z yasovchilarning o‘rni ochiqlandi.

Kalit so‘zlar:

lingvoma’naviyatshunoslik, ma’naviyat, so‘z yasovchi qo‘shimchalar,

leksema, makroguruh,

e’tiqod, affiks, lingvistik xususiyat.

"SPIRITUALITY" IS THE ROLE OF WORD-MAKING SUFFIXES IN THE

FORMATION OF COMMON SEMAL LEXEMES

Abstract.

In this article, the linguistic features of the lexical-semantic category

“spirituality”, its internal structure, the role of word processors in the formation of noun units
with the general meaning “spirituality” have been revealed.

Key words:

linguistics and spirituality, spirituality, word-forming affixes, lexeme,

macrogroup, belief, affix, linguistic feature.

РОЛЬ СЛОВООБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ СУФФИКСОВ В ОБРАЗОВАНИИ

ОБЩИХ СЕМАНТИЧЕСКИХ ЛЕКСЕМ " ДУХОВНОСТЬ

Аннотация.

В данной статье раскрыты лингвистические особенности лексико-

семантической

категории”

духовность“,

ее

внутреннее

строение,

роль

словообразователей в образовании общих семантических единиц” духовность".

Ключевые слова:

лингводуховность, духовность, словообразовательные суффиксы,

лексема, макрогруппа, убеждение, аффикс, лингвистический признак.


KIRISH

Dunyo tilshunosligida lingvokulturologiya yo‘nalishidagi muammolardan biri shaxs

ma’naviy sifatlari va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni masalasini tadqiq qilish muhimligicha
qolmoqda. Har bir millat milliy o‘zligini saqlab qolishga jiddiy eʻtibor qaratayotgan bugungi
globallashuv davrida “maʻnaviyat” mavzusiga qiziqishning ortib borayotgani ushbu konseptning
semantik tarkibi, til tizimidagi o‘rnini belgilash orqali shaxs ma’naviy sifatlarining lisoniy tabiatini
o‘rganish ilmiy jihatdan dolzarblik kasb etadi. [1, 5]

Shuning uchun ham til va ma’naviyat kesishmasida yangi soha vujudga keldi.

Tilshunoslikdagi yangi soha bo‘lmish lingvoma’naviyatshunoslikning asosiy maqsadi ma‘naviyat
va til o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishdir. Ma’naviyatning tilshunoslikda o‘ganilishi o‘quvchiga
bir qadar qulaylik yaratadi. Chunki tilshunoslikda ma’naviyat konseptining ichki bo‘linishlari,
semalari, uning matn bilan aloqadorligi o‘rganiladi. Biroq hozirga qadar tilshunosligimizda
“maʻnaviyat” semantik maydoninig kategoriyalarini ifodalovchi til ifodalarining tizimli tadqiq
etilmaganligi, ularning lisoniy qiymati ochilmaganligi tilshunoslar oldida turgan dolzarb
muammolardan biridir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

19

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir, – dedi

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. – Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz,
ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli
iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli
ma’naviyat. [2, 1] Darhaqiqat, biz har bir sohada ma’naviyatga e’tibor qaratishimiz zarur.
Aholining ziyoli bo‘lmagan qatlami ham ma’naviyat haqida tushunchaga ega bo‘lishi kerak.
“Ma’naviyat” semantik maydonining kategoriya va ma’noviy guruhlarini o‘rganib, lug‘at bazasini
yaratish zamonaviy tilshunosligimizning asosiy maqsadlaridan biridir.

Ma’naviyatga oid atov birliklarni aniqlashda “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan

foydalanamiz. O‘TILda

“ma’naviyat” umumiy semali leksemalar turli xil shaklda berilgan. Ya’ni

ular tuzilishiga ko‘ra tub va yasamaga bo‘linadi. Yasama “ma’naviyat” umumiy semali
leksemalarning shakllanishida so‘z yasovchi qo‘shimchalarning o‘rni katta. Xususan, “-

lik

sifat va

ravishlarga (belgi bildiruvchi so‘zlarga) qo‘shilib belgi oti yasaydi”. [3, 97] “Ma’naviyat” umumiy
semali leksemalarning ko‘pchiligi –lik affiksi bilan yasaladi. Leksemalar ijobiy xususiyatiga ko‘ra

xolislik, uddaburonlik, bag‘rikenglik, fidokorlik, ezgulik, kamtarlik, saxiylik, mehnatsevarlik,
xushmuomalalik, vatanparvarlik, rahmdillik, rostgo‘ylik;

salbiy xususiyatga ega birliklar

“xudbinlik”

uyasi orqali

manqurtlik, yovuzlik, kibrlik, xoinlik, yolg‘onchilik, hasadgo‘ylik,

axloqsizlik, firibgarlik irodasizlik, munofiqlik, farosatsizlik

guruhlarini hosil qiladi.

Sifat so‘z turkumiga qo‘shilgan

-

lik

affiksi

fidokor

leksemasiga “shug‘ullanmoq” semasini

yuklab, “ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasining e’tiqod makroguruhidagi

fidokorlik

semasini hosil qiladi. Farosat leksemasi mavhum ot va u ma’naviyat kategoriyasiga kirsa-da, –lik
affiksi qo‘shilgach jarayon otiga aylanib, “e’tiqod” makroguruhiga kiradi.

“Ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasini hosil qiladigan leksemalardan biri

mehnatsevarlik

, mehnatsevarga xos xislat, xatti-harakat ma’nolariga ega

.

[4, 587] Biroq “e’tiqod” umumiy semali atov birliklarining shakllanishida asos bo‘ladigan
“jonkuyarlik”

uyasi orqali “mehnatsevarlik”

guruhi shakllangan. Aslida

mehnat

so‘zining

e’tiqodga bevosita aloqasi yo‘q. Ammo mehnat so‘ziga -

sevar,

ya’ni tarkibida “sevmoq”, “mehr

qo‘ymoq”, ”shug‘ullanmoq”, “e’tibor” semasi bo‘lgan, sintaktik usulda yasalish uni markaz
leksema sifatida shakllantirgan. Bu so‘zning chekka qismlarining shakllanishiga yana bir omil -

furush

affiksi turadi. Ushbu so‘z yasovchi asli tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar tarkibida bo‘lib,

“sotmoq” ma’noli

furo‘xtan

fe’lining hozirgi zamon sifatdoshi shaklidir. [3, 74]

- frush

affiksning

“e’tiqod” umumiy semali atov birliklarini shakllantirishida ikkita asosiy xususiyati mavjud:

1) -

furush

affiksi e’tiqod atov birliklariga bevosita ham, bilvosita ham kirmaydigan

so‘zlarga qo‘shilib ularning ba’zilarini bevosita guruhga kirishiga xoslaydi. Bunday so‘zlar ijobiy
va salbiy atov guruhlarini hosil qilishi mumkin. Ijobiy “e’tiqod” umumiy semali atov birliklarining
makro guruhiga kiruvchi “mehnatsevarlik” mikroguruhiga chekka birlik sifatida o‘ziga tegishli
leksemalar bilan kabilarni kiritish mumkin. -

furush

tarkibidagi “shug‘ullanmoq” semasi

“mehnatsevar” mikroguruhini shaklantirgan;

2) -

furush

affiksi bilvosita “e’tiqod” umumiy semali atov birliklari guruhiga kiruvchi

so‘zlarga qo‘shilib ularning bevosita ushbu guruhga kirishini ta’minlaydi.

-furush

affiksi salbiy “e’tiqod” umumiy semali atov birliklarining “xudbinlik” uyasiga

kiruvchi “yovuzlik”, “manqurtlik”, “firibgarlik” mikroguruhini shakllantiradi. [ 1, 13-14]


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

20

Demak, -lik affiksi, asosan, sifatlarga ba’zan mavhum otlarga qo‘shilib “ma’naviyat”

umumiy semali atov birliklarni hosil qiladi.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR.

“Ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasiga kiruvchi yana bir leksema

xushmuomalalik

bo‘lib birovga yaxshi muomalada bo‘lish [4, 432] ma’nosi bilan “samimiyat” uyasi orqali
“e’tiqod” leksemasiga bog‘lanadi

.

Ushbu leksema

xush-

va

–lik

affikslari orqali yasalgan.

“E’tiqod”

umumiy semali atov birliklarining “farosat”

uyasiga xos bo‘lgan

farosatli

sifatining

markaziy qatorlarini

fahmli, aqlli, didli

ma’nolari tashkil etib, yadro atrofidan joy olgan.

-

li

yasovchisi otlarga qo‘shilib

mavjudlik, egalik

ma’nosini yuzaga keltirgan.

O‘zi juda

farosatli

,

dono, dostonchi chol.

Bahrombek oilada ko‘proq otasiga tortgan, xayolchan, kamgap, ishni pishiq

qiladigan, farosatli o‘g‘il edi.

[4, 331]

-chan

affiksi uyat leksemasiga qo‘shilib so‘zga

mavjudlik, xoslik

ma’nolarini yuklaydi va

“e’tiqod” atov birligi makroguruhining “vijdon” mikroguruhiga kiradi.

XULOSA.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, lingvoma’naviyatshunoslikning taraqqiy

etishida yasalmalar ham ishtirok etadi. Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda ta’kidlash lozimki,
“ma’naviyat” konseptining ichki guruhlarga bo‘linib kengayishida so‘z yasaovchi qo‘shimchalar
alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa faol so‘z yasovchilar, ya’ni

-lik, -li, -chan

qo‘shimchlari diqqatga

sazovor. Ma’naviyatga oid leksemalarning ko‘pchiligi ushbu qo‘shimchlar orqali yasalgan.
Lingvoma’naviyatshunoslik bir xalqqa xos bo‘lgan shaxs ma’naviy sifatlari bilan bog‘liq
tushunchalarni aks ettiradi. “Ma’naviyat” leksik kategoriya sifatida shaxs ma’naviy sifatlarini
ifodalovchi leksemalarining lingvistik xususiyatlarini yoritadi


REFERENCES

1.

Yuldashev Farrux Haqberdiyevich o‘zbek tilining “Ma’naviyat” leksik-semantik
kategoriyasi “e’tiqod” ma’noviy guruhi atov birliklari tizimi 10.00.01 – o‘zbek tili
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) aftoref.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni
ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat
tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi

3.

Ҳожиев A. Ўзбек тилида сўз ясалиши тизими. – Tошкент, 2007. – Б. 168

4.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. II. –
Тошкент: ЎзMЭ, 2006. – Б.587.



References

Yuldashev Farrux Haqberdiyevich o‘zbek tilining “Ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasi “e’tiqod” ma’noviy guruhi atov birliklari tizimi 10.00.01 – o‘zbek tili filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) aftoref.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi

Ҳожиев A. Ўзбек тилида сўз ясалиши тизими. – Tошкент, 2007. – Б. 168

Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. II. – Тошкент: ЎзMЭ, 2006. – Б.587.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов