THE ROLE OF WORDS ABOUT SPIRITUALITY IN THE PRODUCTION OF BASKETS BY PRIMARY SCHOOL STUDENTS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Sayfullayeva, F. (2023). THE ROLE OF WORDS ABOUT SPIRITUALITY IN THE PRODUCTION OF BASKETS BY PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Modern Science and Research, 2(7), 25–27. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21729
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article mentioned the role of lexemes related to spirituality in the savod release of elementary grades, ways to explain them easily to students. By perceiving the essence of concepts related to ”spirituality", its role in improving the literacy of students was revealed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

25

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING SAVOD CHIQARISHIDA

MA’NAVIYATGA OID SO‘ZLARNING O‘RNI

Sayfullayeva Fotima Baxodir qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek

tili va adabiyoti fakultet 2-bosqich talabasi

Telefon raqam: +998919205260

fotimasayfullayeva004@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8106086

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarning savod chiqarishida

ma’naviyatga oid leksemalarning o‘rni, ularni o‘quvchilarga oson tushuntirish yo‘llari aytib
o‘tildi. “Ma’naviyat”ga oid tushunchalarning mohiyatini idrok etish orqali o‘quvchilarning
savodxonligini oshirishdagi o‘rni ochib berildi.

Kalit so‘zlar:

Ma’naviyat,

boshlang‘ich sinflar, ta’lim, tarbiya, adolat, vijdon,

do‘stlik, savod chiqarish.

THE ROLE OF WORDS ABOUT SPIRITUALITY IN THE PRODUCTION OF

BASKETS BY PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Abstract.

This article mentioned the role of lexemes related to spirituality in the savod

release of elementary grades, ways to explain them easily to students. By perceiving the essence
of concepts related to ”spirituality", its role in improving the literacy of students was revealed.

Key words:

spirituality, elementary grades, education, upbringing, justice, conscience,

friendship, savoeing.

РОЛЬ СЛОВ О ДУХОВНОСТИ В ОБУЧЕНИИ ГРАМОТЕ МЛАДШИХ

ШКОЛЬНИКОВ

Аннотация.

В этой статье была описана роль лексем духовности в образовании

грамотности начальных классов, способы их легкого объяснения учащимся. Через
восприятие сущности понятий, относящихся к ”духовности", выявлялась ее роль в
повышении грамотности учащихся.

Ключевые слова:

духовность, начальные классы, образование, воспитание,

Справедливость, Совесть, дружба, выпуск грамоты.

KIRISH

Mustaqillik yillarida bizning ta’lim tizimimiz ham boshqa sohalar singari tiklandi. Uning

mohiyati va ahamiyati shakli va usullari o‘zgartirildi. Hozirda yosh avlodga katta e’tibor
qaratilmoqda. Ta’lim va ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida ko‘plab islohotlar amalga oshirildi.
Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning sa’y-harakatlari bilan ta’lim tizimi tubdan
o‘zgardi. Yevropa andozalari asosida maktablarda darslar o‘tila boshlandi. Yosh avlodga yaratib
berilgan sharoitlardan oqilona foydalanib, shu yurtga munosib farzand bo‘lish kerak. Bunga ta’lim
va tarbiya bilan erisha olamiz. Yevropacha ta’limdan foydalansak-da, biz asli kimligimizni
unutmasligimiz kerak. Sharqona mentalitet, qadriyat, eng asosiysi ma’naviyatimizni saqlab
qolishimiz zarur. Prezidentimiz “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz,
farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman, deganlarida aynan mana shularni
nazarda tutgan bo‘lsalar ajab emas.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

26

Bugungi yosh avlodni tarbiyalash uchun ularda, avvalo, ma’naviyatni shakllantirishimiz

zarur. Buning uchun faqatgina ma’naviyatshunoslik darslarimiz kamlik qilmoqda. Chunki bugungi
kunda shaxs ma’naviyati global masalalar qatorida markaziy o‘rinni egallab kelmoqda. Zero, juda
ko‘p muammolar shaxs ma’naviyati orqali ijobiy yechim topganligi va topayotganligini tushunish
qiyin emas. Shuning uchun ham tilshunosligimizda paydo bo‘lgan yangi sohalardan biri –
lingvoma’naviyatshunoslik ham aynan yosh avlodning ma’naviy salohiyatini oshirishni ko‘zda
tutgan. Avvalo, bugungi kun o‘quvchisiga ma’naviyatning mohiyatini tushuntirish, uni idrok etish
va amaliy ahamiyatini singdirish har birimizning muhim vazifamizdir.

Lingvoma’naviyatshunoslik yo‘nalishiga e’tibor va uning tadqiqi kundan kunga ijtimoiy,

siyosiy va ma’naviy jihatdan amaliy ahamiyatga ega bo‘la boshlayapti. Ta’lim yo‘nalishi esa, bir
tomondan, “ma’naviyat” lisoniy kategoriyasi unsurlari mohiyatini o‘quvchilarga singdirish,
ikkinchi tomondan, ushbu tizimga kiruvchi til ifodalarining ma’noviy mohiyati ta’limi orqali ular
shaxsiy ma’naviyatini yuksaltirish mexanizmini takomillashtirish vazifalarini o‘z zimmasiga
oladi. Bu esa biz tilshunoslarni bu sohada aniq maqsadlar qo‘yib, ma’naviyatni o‘quvchilarga keng
targ‘ib qilishga chorlaydi. Ammo bu unchalik ham oson ish emas. Chunki “ma’naviyat” konsepti
va unga oid tushunchalarni barcha birdek tushuna olmaydi. Shuning uchun ham biz
tadqiqotlarimiz davomida “ma’naviyat” konseptining yosh xususiyatlarini ishlab chiqmoqdamiz.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR.

“Ma’naviyat”ni o‘rganishni yoshlikdan boshlash lozim. Zero, “Yoshlikda olingan bilim

toshga o‘yilgan naqsh kabidir”, – deb xalqimiz bejizga aytmagan. Xususan, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga ma’naviyat va uning kategoriyalarini o‘rgatish eng katta vazifalarimizdan biri
desak, adashmaymiz. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savod chiqarishida
ma’naviyatga oid so‘zlarning o‘ni katta. Shuning uchun ham biz tilshunoslar “ma’naviyat”
konseptini boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga moslab ishlab chiqishimiz zarur. Oddiygina
boshlang‘ich sinf o‘quvchisidan ma’naviyat nima? deb so‘raganda javob berolmaydi. Bu tabiiy
hol. Ma’naviyat so‘zining mohiyatini katta yoshdagi insonlar ham zo‘rg‘a izohlashadi. Mana shu
holatlarning oldini olish maqsadida lingvoma’naviyatshunoslik sohasi vujudga keldi.

Demak, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ma’naviyatga oid tushunchlarning mohiyatini

oson usullarda o‘rgatishimiz kerak. Masalan, ma’naviyat leksemasining izohini “O‘zbek tilining
izohli lug‘ati”dan foydalanib, o‘quvchilar ongida tasavvur uyg‘otamiz. Ya’ni

ma’naviyat bu –

odob, axloq, kattalarga salom berish, kichiklarni izzat qilish, yaxshi o‘qish, toza-ozoda yurish

deb

tushuntirsak, o‘quvchilarda ma’naviyat bilan bog‘liq tasavvur uyg‘onadi. “Ma’naviyat” konseptini
o‘rgatish uchun kundalik hayotda ko‘p ishlatadigan ma’naviyatga oid so‘zlarning mohiyatini ochib
berish kerak.

Xususan,

adolat, yaxshilik, farosat, vijdon, jasurlik, mehribonlik, ezgulik, do‘stlik

leksemalarini asl mohiyatini o‘quvchi tilida tushuntirsak, keyinchalik ularning savod chiqarishi
ham oson bo‘ladi. Chunki “ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasi va uning ma’noviy guruhlari
matnlar tuzishda, o‘quvchilarning nutqini o‘stirishda katta ahamiyatga ega. Xususan, adolat
deganda

tenglik, rostgo‘ylik, to‘g‘ri qaror chiqarish;

farosat deganda

aqllilik, ziyraklik, vazifalarni

aytilmasa ham bajarish;

mehribonlik deganda

g‘amxo‘rlik, narsalarini yaqinlari bilan bo‘lishish,

yordam berish va onani

ko‘z o’ngingizda gavdalantirishingiz kerak, deya ma’naviyatga oid

tushunchalarni izohlab berishimiz lozim.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

27

O‘zbek tilida “maʻnaviyat” leksik sistemasining mohiyatini ochishda uning tarkibiy

qismlaridan biri bo‘lgan “eʻtiqod” umumiy semali atov birliklari alohida o‘rin tutadi.

“Eʻtiqod”,

“xolislik”, “maʻrifat”, “muhabbat”, “iymon”, “ishonch”, “adolat”, “axloq”, “vijdon”,
“vatanparvarlik”, “shaxsiy takomillashuv”

tushunchalari maʻnaviyatning asosini tashkil etadi.

[bu tushunchalarni o‘rganish o‘quvchilar nutqida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Bu usul
o‘quvchilarning tez va oson savod chiqarishida ham qo‘l keladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ma’naviyatning yosh avlodni tarbiyalashda, ularning komil

inson va yetuk shaxs bo‘lib yetishishida o‘rni beqiyos. Ma’naviyatni lisoniy jihatdan tahlil qilib
o‘rganuvchi ligvoma’naviyatshunoslik sohasi ham kundan kunga ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy
jihatdan rivojlanib taraqqiy etib bormoqda. Bu esa “Ma’naviyat”ga oid so‘zlarning o‘quvchilar
nutqidagi tavsifini shakllantirib, uning o‘quvchilar tarbiyasidagi o‘rni qanchalik muhim
ekanligini ko‘rsatib bermoqda.

REFERENCES

1.

https://hikmatlar.uz/quote

2.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J. II. – Toshkent:
O‘zME, 2006. – B.587.

3.

Yuldashev F. H. O‘zbek tilining “Ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasi “e’tiqod”
ma’noviy guruhi atov birliklari tizimi 10.00.01 – o‘zbek tili filologiya fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) aftoref. – B. 7



References

https://hikmatlar.uz/quote

O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J. II. – Toshkent: O‘zME, 2006. – B.587.

Yuldashev F. H. O‘zbek tilining “Ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasi “e’tiqod” ma’noviy guruhi atov birliklari tizimi 10.00.01 – o‘zbek tili filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) aftoref. – B. 7

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов