SEMANTIC CHARACTERISTICS OF LEXEMAS WITH GENERAL MEANING "SIN".

HAC
Google Scholar
To share
Sayfullayeva, F., & Yuldashev, F. . (2023). SEMANTIC CHARACTERISTICS OF LEXEMAS WITH GENERAL MEANING "SIN". Modern Science and Research, 2(9), 5–9. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24242
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the semantic features of the lexical category "Spirituality", in particular, the unifying and differentiating features of lexemes in the synonymous line of "sin", "guilt", "crime" are discussed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

5

“GUNOH” UMUMIY MA’NOLI LEKSEMALARNING SEMANTIK

XUSUSIYATLARI

Sayfullayeva Fotima Baxodir qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek

tili va adabiyoti fakultet 3-bosqich talabasi

Telefon raqam: +998919205260

fotimasayfullayeva004@gmail.com

F.H Yuldashev

Ilmiy rahbar:

f.f.d

. (DSc)

https://doi.org/10.5281/zenodo.8402871

Annotatsiya.

Ushbu maqolada “Ma’naviyat” leksik kategoriyasining semantik

xususiyatlari, xususan, “gunoh”, “ayb”, “jinoyat” sinonimik qatoridagi leksemalarning
birlashtiruvchi va farqlovchi xususiyatlari haqida mulohaza yuritigan.

Kalit so‘zlar:

ma’naviyat, jinoyat, ayb, gunoh, axloq, lingvoma’naviyatshunoslik, sema,

O‘TIL.

SEMANTIC CHARACTERISTICS OF LEXEMAS WITH GENERAL MEANING

"SIN".

Abstract.

In this article, the semantic features of the lexical category "Spirituality", in

particular, the unifying and differentiating features of lexemes in the synonymous line of "sin",
"guilt", "crime" are discussed.

Key words:

spirituality, crime, guilt, sin, morality, linguo-spirituality, sema, OTIL.

СЕМАНТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ЛЕКСЕМ С ОБЩИМ

ЗНАЧЕНИЕМ «ГРЕХ».

Аннотация.

В данной статье рассматриваются семантические особенности

лексической категории «Духовность», в частности, объединяющие и дифференцирующие
признаки лексем синонимического ряда «грех», «вина», «преступление».

Ключевые слова:

духовность, преступление, вина, грех, мораль, лингводуховность,

сема, ОТИЛ.


KIRISH.

Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda shaxs ma’naviyati va uning

taraqqiyoti hamma tobora narsadan ustun bo‘lib bormoqda. Zero, moddiyat ma’naviy
qadriyatlardan ustun bo‘lmasligi uchun hammamiz mas’ulmiz. Xususan, ziyolilar oldida turgan
dolzarb muammolardan biri shaxs ma’naviyatini takomillashtirish va asrashdan iborat. Biroq
ushbu muammoni hal qilish uchun barcha soha vakillari birgalikda harakat qilsalar maqsadga oson
erishamiz. Zero, ma’naviyati yuksalsa, barcha sohadagi harakatlarimiz ham jadal rivojlanadi.

Ma’naviyat insonning ijtimoiy

-

madaniy mavjudot sifatidagi mohiyati, ya’ni mehr-

muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go‘zallikni sevish, undan
zavqlanish, “yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlari va
fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir”. [1, 13]

Milliy ma’naviyatni asrash va keyingi avlodga sof yetkazish har kunlik iqtisodiy

ehtiyojlarimiz kabi muhim va majburiy bo‘lishi fuqaroviy jamiyat qurishning muhim omillaridan
biri. Mustaqillikning ilk kunlaridan Birinchi Prezidentimiz ma’naviyatga e’tibor qaratib: “Kelajagi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

6

buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo‘lajak fuqarolarining madaniyati, ma’lumoti va
ma’naviyati haqida g‘amxo‘rlik qilmog‘i zarur. Shu sababli, men barcha vatandoshlarimizga
murojaat qilib aytaman: bugun hayot qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ma’naviyatimiz va
madaniyatimizni unutmaylik!” – deya ma’naviyatimizga va o‘z milliy e’tiqodimizga sodiq
qolishga chaqirganlar.[2, 224]

Ma’naviyat masalasiga hamma zamon va makonda katta e’tibor qaratilgan. Bu, albatta,

bejiz emas. Chunki ma’naviyat har bir soha bilan hamohangdir. Ayniqsa, tilshunoslik ma’naviyat
uchun eng yaqin soha hisoblanadi. Bugungi kunda bu ikki sohani birlashtirib turuvchi yangi bir
yo‘nalish – lingvoma’naviyatshunoslik.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Lingvoma’naviyatshunoslik yo‘nalishiga e’tibor va uning tadqiqi kundan kunga ijtimoiy,

siyosiy va ma’naviy jihatdan amaliy ahamiyatga ega bo‘la boshlayapti. “Ma’naviyat”
sistemasining mohiyati uning tarkibiy qismlarini aniqlash hamda ularning sistemaviy
munosabatlarini aniqlashtirish yo‘li bilan ochiladi. Xususan, “O‘zbekiston Milliy
ensiklopediyasi”dagi tavsif asosida “ma’naviyat” sistemasini tashkil etuvchi unsurlar sifatida
taxminan quyidagilarni ajratish mumkin:

– axloq;
– vijdon;
– e’tiqod;
– ma’rifat;
– munosabat;
– shaxsiy takomillashuv”.[3, 6]
“Ma’naviyat” sistemasidagi “axloq” kategoriyasi ham o‘z ichida yana guruhchalarga

bo‘linadi. Ushbu birliklarning semantik munosabatlari bir-biridan butunlay uzilgan hodisa emas.
Tarix fanlari nomzodi, dotsent Saodat Suleymanova haqli ravishda ta’kidlaganidek, “ma’naviyat”
so‘zining ma’nosini to‘g‘ri uqqan kishi hayotda adashmaydi. Bu esa zimmamizga “ma’naviyat”
kategoriyasini turli aspektlarda chuqur o‘rganish va natijalarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiya
jarayoniga tatbiq etish vazifasini yuklaydi. [3, 7]

“Ma’naviyat” leksik-semantik paradigmasining sinonimik qatorida o‘ziga xos semantik

bog‘lanish mavjud. Bu orqali “ma’naviyat” kategoriyasining sistemaviy munosabatini aniqlash
muhim vazifalardan. Chunki har bir leksemani o‘z o‘rnida qo‘llay olish davr talabi, qolaversa,
o‘quvchilarning so‘z tanlay olish mahoratini shakllantirish muhim vazifalardan. “Ma’naviyat”
sistemasidagi “axloq” umumiy semasiga kiruvchi

jinoyat, gunoh

va

ayb

sinonimlari orqali ushbu

vazifalarni ko‘rib o‘tamiz.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR.

Azim Hojiyevning “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”da “ayb” leksemasining

sinonimlari: AYB, GUNOH, JINOYAT, YOZIQ. Rasm-odat normalariga, qonun-qoidaga
qarama-qarshi xatti-harakat. [4, 17]

Ushbu birliklarning semalarini aniqlash uchun “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” va boshqa

qo‘shimcha lug‘atlarga murojaat qilamiz.

GUNOH [f – ayb] 1 din Shariat qonuniga, diniy aqidalarga xilof ish, xatti- harakat.

Sizning

hamma qilmishingiz gunoh.

2. Odob-axloq doirasiga sig‘maydigan ish, nojo‘ya xatti-harakat; jinoyat; ayb”. [5, 199]


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

7

AYB [ a – nuqson] 1 Tartib-qoidaga yoki odob-axloq normalariga xilof ish xatti-harakat,

gunoh.

O‘z aybiga iqror bo‘lmoq

2

Kishi uyaladigan, xijolat tortadigan xatti-harakat; uyatli ish, uyat;

So‘raganning aybi

yo‘q

3 Kamchilik, nuqson, qusur, illat”. Har to‘kisda bir ayb [5, 31]
JINOYAT [ a – ayb, gunoh; jinoiy ish] 1.

huq.

Davlat qonunlari bilan belgilangan tartibga

xilof va shu qonunlarga asosan javobgarlikka tortishni talab qiladigan ish; jamoat uchun xavfli
xatti-harakat.

2

ko‘chma

Yomon oqibatlarga olib boradigan zararli xatti-harakat, ish; gunoh” [5, 281]

2004-yilda nashr qilingan, “Falsafa qomusiy lug‘ati”da esa quyidagicha ta’rif beriladi:
JINOYAT – axloqiylik tamoyillari asosida tarkib topgan hukuqiy talablar, qonun-qoidalar

ustuvor bo‘lgan fuqarolik jamiyatida ushbu me’yorlarga mensimasdan munosabatda bo‘lish
oqibatida shaxsiy manfaatlar ustunligi hamda o‘zgalar haq-huquqlarini buzish natijasida sodir
etilgan hodisa. [6, 127]

Yuqoridagi leksemalarda bir-birini to‘ldiruvchi va bir-biridan farqlanuvchi belgilar

mavjud. ”Gunoh” leksemaning har ikkala ma’nosi ham “diniy va dunyoviy axloq” ma’nosi bilan
“ma’naviyat” leksik kategoriyasining yadro ma’nolariga birlashadi. Biroq qolgan ikki leksema
ushbu kategoriyaga turlicha yondashadi.

“Ayb” leksema tarkibidagi 1-3-ma’no kategoriyaning markaziy tushunchalaridan joy olsa,

2-ma’no

huquq

pometali bo‘lganligi bois “huquqshunoslik” termini va 4-ma’nosi esa narsa va

texnikalarga (ko‘chma ma’noda insonga) qo‘llanganligi bois (masalan, mol sotsang aybini aytib
sotgin) “ma’naviyat” kategoriyasining chekka qismidan joy oladi.

“Jinoyat” leksemasining O‘TIL dagi 1-ma’nosi “huquqshunoslik” termini va 2-ma’nosi

“ayb” hamda “gunoh” leksemalari bilan

birlashtiruvchi

semaga ega.

“Gunoh” leksemasida

diniy

sema mavjud. Uning sinonimlari bo‘lgan “ayb” va “jinoyat”

leksemalarida ushbu sema mavjud emas. “Ayb” va “jinoyat” leksemalarida

huquq

pometasi bor.

Har uchchala leksemani birlashtiruvchi semasi

Odob-axloq qoidalariga zid harakat

semasining

mavjudligi.

“Ayb” leksemasi uchchala birlik orasida leksik ma’no hajmi va mundarijasiga ko‘ra eng

kattasi hisoblanadi.

XULOSA.

“Ma’naviyat” leksik kategoriyasi ko‘plab tarkibiy qismlarga ega qism va guruhchalar o‘z

navbatida leksema, semema va semalardan iborat va bulingvoma’naviyatshunoslikni oson usulda
o‘rganish imkonini beradi. “Ma’naviyat” leksik kategoriyasidagi har bir ma’noviy guruhlarni
shunday tahlil qilsak, kelgusida mukammal bir lug‘at yarata olamiz.

REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.
– Toshkent: O‘zbekiston, 2016. – B. 56

2.

Karimov I. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. J.2. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – B. 224.

3.

Mengliyev B. Taraqqiyot va ma’naviyat // “Ma’rifat” gazetasi, 2018 yil, 8 yanvar

4.

Yuldashev F.H. “Ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasining iyerarxik manzarasi. //
Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. – Urganch, 2022. 12-4-son. – B. 188-193


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

8

5.

Ҳожиев А. 1974. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати / Ўқитувчи, Тошкент, –
Б. 308

6.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2 томли. 2-том. – М.: Русский язык, 1981. – Б. 632

7.

Фалсафа қомусий луғат. – Тошкент: “Шарқ” НМАК, 2004. – Б. 491.


References

Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. – B. 56

Karimov I. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. J.2. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – B. 224.

Mengliyev B. Taraqqiyot va ma’naviyat // “Ma’rifat” gazetasi, 2018 yil, 8 yanvar

Yuldashev F.H. “Ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasining iyerarxik manzarasi. // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. – Urganch, 2022. 12-4-son. – B. 188-193

Ҳожиев А. 1974. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати / Ўқитувчи, Тошкент, – Б. 308

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2 томли. 2-том. – М.: Русский язык, 1981. – Б. 632

Фалсафа қомусий луғат. – Тошкент: “Шарқ” НМАК, 2004. – Б. 491.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов