Authors

  • Maqsud Beshimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.22190

Keywords:

Muhammad Yusuf Munshiy

Abstract

In this article, the valuable information not found in Muhammad Yusuf Munshi's “history of Muqimkhani” and other works in it is truthful. The importance of Mir Muhammad Amin Bukhari's” Ubaydullanoma " in the study of the socio-cultural life of Bukhara at the end of the 17th century to the beginning of the 18th century is also explained.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

310

“TARIXI MUQIMXONIY”, “UBAYDULLANOMA” ASARLARI BUXORO TARIXINI

O‘RGANISHDA MUHIM MANBA

Beshimov Maqsud Komilovich

BuxDU o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8185282

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy” asari

va undagi boshqa asarlarda uchramaydigan qimmatli ma’lumotlar to’g’risda so’z boradi.
Shuningdek, Mir Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma” asarining Buxoroning XVII
asr oxiri XVIII asr boshlari ijtimoiy-madaniy hayotini o‘rganishdagi ahamiyati izohlab berilgan.

Kalit so’zlar:

Muhammad Yusuf Munshiy, “Tarixi Muqimxoniy”, A.A.Semyonov,

A.F.Negri, ingliz elchisi A.Borns, Abdulmo‘min, Dinmuhammadxon, Hazrat Mavlono Muhammad
Zohid, Mir Muhammad Amin Buxoriy, “Ubaydullanoma”, Sayyido Nasafiy, Qosimxo‘ja, Oxund
Mulla Usmon, Shahobiddin.

РАБОТЫ ”ТАРИХИ МУКИМХАНИ“, ”УБАЙДУЛЛИНОМА "ЯВЛЯЮТСЯ

ВАЖНЫМ ИСТОЧНИКОМ ПО ИЗУЧЕНИЮ ИСТОРИИ БУХАРЫ

Аннотация.

В этой статье рассматривается” история Мукимхани " Мухаммада

Юсуфа Мунши и ценная информация в ней, которой нет в других работах. Также
объясняется значение работы Мир Мухаммад Амина Бухари “Убайдулланома” в изучении
социокультурной жизни Бухары конца XVII-начала XVIII веков.

Ключевые слова:

Мухаммад Юсуф Мунши, “Тарихи мукимхани”, А.A.Семенов,

А.F.Негри, английский посол А.Борнс, Абдулмумин, Динмухаммад Хан, Хазрат Мавлана
Мухаммад Захид, Мир Мухаммад Амин Бухари, “Убайдулланома”, Сайид Насафи,
Касимходжа, Ахунд Мулла Осман, Шахабиддин.

THE WORKS "HISTORY OF MUQIMKHANI", "UBAYDULLANOMA" ARE

IMPORTANT SOURCES IN THE STUDY OF THE HISTORY OF BUKHARA

Abstract.

In this article, the valuable information not found in Muhammad Yusuf Munshi's

“history of Muqimkhani” and other works in it is truthful. The importance of Mir Muhammad
Amin Bukhari's” Ubaydullanoma " in the study of the socio-cultural life of Bukhara at the end of
the 17th century to the beginning of the 18th century is also explained.

Keywords:

Muhammad Yusuf Munshiy, "history of Muqimkhani", A.A.Semyonov,

A.F.Negri, British Ambassador A.Borns, Abdulmomin, Dinmuhammadkhan, Hazrat Mavlono
Muhammad Zahid, Mir Muhammad Amin Bukhari, "Ubaydullanoma", Sayyido Nasafi,
Kasimkhoja, Akhund Mulla Usman, Shahobiddin.

Kirish (Introduction)

Ashtarxoniylar davri xususida yorqin ma’lumotlar beruvchi tarixiy manbalardan biri

Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy”

asaridir. Asar o‘z nomiga ko‘ra, Balx

xoni Muhammad Muqimxonga (1697-1707) bag‘ishlangan. Muhammad Muqimxon davrida
muallif saroy munshiysi lavozimida xizmat qilgan. Asar 1697-1704-yillar orasida yozib
tugallangan. Uning qo‘lyozma nusxalari keng tarqalgan, shu bois Yevropa, Rossiya,
O‘zbekistonda atroflicha o‘rganilgan. Asarning A.A.Semyonov tomonidan rus tiliga qilingan
ilmiy-izohli tarjimasi 1956-yil Toshkentda nashr etildi.

Mavzuga Oid Adabiyotlarning Tahlili (Literature Review)


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

311

1820-1821-yillarda Buxoroga tashrif buyurgan rus elchisi A.F.Negri Buxoro hukmdori

amir Haydardan (1800-1826) sovg‘a tariqasida Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi
Muqimxoniy” asari qo‘lyozma nusxasini qabul qiladi va o‘zi bilan Peterburgga olib ketadi.
Shuningdek, ingliz elchisi A.Borns 1832-yil Buxoroda bo‘lib, asarning ikkinchi qo‘lyozma
nusxasini qo‘lga kiritadi va uni Angliyaga olib ketadi. Keyinchalik bu asar Buyuk Britaniya
qirolligi kutubxonasiga kelib tushadi1. Shu tariqa “Tarixi Muqimxoniy” Yevropaga ma’lum
bo‘ladi va asar ustida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.

Tadqiqot Metodologiyasi (Research Methodology)

Mazkur masalani bayon qilishda tarixiylik, ilmiy-ijodiy qiyoslash, tarixiy tanqidiylik

metodlaridan o'rinli foydalanildi. Shuningdek, mantiqiylik va tarixiy uzviylik usullariga ham
rioiya qilingan.

Tahlil va Natijalar(Analysis and Results)

“Tarixi Muqimxoniy” muqaddima va uch bobdan iborat. Muqaddimada turkiy xalqlarning

kelib chiqishi afsonaviy Alanquva bilan bog‘lanib, Chingizxonning ota-bobolari, mo‘g‘ullar
tomonidan Movarounnahr va unga yondosh hududlarning bosib olinishi muxtasar yoritiladi.
Birinchi bob shayboniylar davri tarixiga bag‘ishlangan. Ikkinchi bob Balx va qisman Buxoro
xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy hayoti, Hindiston, Eron, Turkiya va Qoshg‘ar bilan
munosabatlarini o‘z ichiga oladi. Uchinchi bobda Buxoro bilan Balx o‘rtasidagi qurolli kurash aks
etgan.

Asarda bevosita Buxoro ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotiga oid ma’lumotlar borki, aynan

shularga to‘xtalish ushbu darslikning maqsad doirasiga kiradi. Shayboniylar sulolasining inqirozi,
Abdulmo‘minning o‘ldirilishi va ashtarxoniylar hukmronligining boshlanishi asarda mayda
detallar bilan yoritib berilgan. Asarga murojaat qiladigan bo‘lsak, bularning barchasiga guvoh
bo‘lamiz.

1572-yil Abdullaxon Balxni egalladi va oradan o‘n yil o‘tgach, ya’ni 1582-yil o‘n besh

yoshli o‘g‘li Abdulmo‘minni Balx hokimi etib tayinladi. Abdulmo‘min hali yosh bo‘lganligi
uchun amir Jonkeldibiyni unga otaliq etib belgiladi. Unga qadar shahar hokimi Abdullaxonning
amakivachchasi Dinmuhammadxon edi. Abdullaxonning o‘z o‘g‘li Abdulmo‘minni Balxga
yuborishi Dinmuhammadxonni katta tashvishga soldi. Chunki Abdulmo‘min harbiy qo‘shin bilan
Balx tomonga otlangan edi. Dinmuhammadxon ruhoniy Hazrat Mavlono Muhammad Zohidga
(taxallusi Maxdumi bozorcha, vafoti 1594-yil) murojaat etib undan ikkala tomonni murosaga
keltirishni iltimos qiladi. Iltimosga muvofiq, Mavlono Muhammad Zohid Abdulmo‘min huzuriga
kelib, unga Dinmuhammadxon o‘zini Abdulmo‘minga tobe deb hisoblashini yetkazadi.

Bunga javoban Abdulmo‘min Dinmuhammadxonning gaplari rost bo‘lsa hech qanday

tashvish tortmasdan o‘z oldiga kelishini, agar u istasa Balxni unga qoldirib, o‘zi Xurosonga
ketishini va yoxud Xuroson hukmdorligiga talabgor bo‘lsa, uning bu istagini ham amalga
oshirishga tayyor ekanligini bildiradi. Abdulmo‘min Dinmuhammadxon tomonidan elchi qilib
yuborilgan shayxni, ya’ni Mavlono Muhammad Zohidni turli sovg‘alar bilan siylaydi.
Dinmuhammadxonga esa shayx orqali qimmatbaho to‘n in’om etadi. Mavlono Muhammad Zohid
boshchiligidagi elchilar guruhi Dinmuhammadxon huzuriga kelib Abdulmo‘minning so‘zlarini
yetkazgach, Dinmuhammadxon Abdulmo‘minning bu iltifotini zaiflik deb hisoblab, tezda unga
qarshi qo‘shin tortishga farmon berdi. Uning bunday yo‘l tutishi shayxning qon to‘kilishining
oldini olish uchun qilgan sa’y-harakatlarini chippakka chiqardi. G’azabga mingan Abdulmo‘min


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

312

Balxga hujum qilib, o‘n oy davom etgan qamaldan so‘ng uni zabt etishga muvaffaq bo‘ldi. Bo‘lib
o‘tgan janglarda Dinmuhammadxon halok bo‘ldi.

Balxning to‘la hukmdori bo‘lib olgan Abdulmo‘min qator obodonchilik ishlari olib bordi.

Vayron bo‘lgan Balx qal’asini o‘ta qattiqqo‘llik bilan olti oy ichida qayta tikladi. Ish davomida
dangasalik qilgan kishilar og‘ir jazolandi. Balx qal’asining old qismi, Xo‘ja Anoshi maqbarasi,
Bobo Jonboz chorsusi va boshqa binolar Abdulmo‘min buyrug‘i bilan ta’mir etildi.

Shahzoda Abdulmo‘min shialikni rasmiy din sifatida qabul qilgan Safaviylar davlati

(1502-1736) bilan boshqa shayboniyzodalar singari murosasiz kurash olib bordi. 1589-yil u
Mashhadga yurish qilib, uni qamal etdi. Qamalda qolgan mashhadliklar shaharni topshirish
shartlari to‘g‘risida Abdulmo‘min bilan kelishib olish maqsadida uning oldiga o‘z vakillarini
yuborishdi. Lekin Abdulmo‘min buyrug‘i bilan muzokaraga kelgan vakil qatl etildi. To‘rt oylik
qamaldan so‘ng Mashhad egallanib, uch kun mobaynida talandi, yondirildi. Asirga olingan kishilar
Movarounnahrga jo‘natildi. Muqaddas Ali Rizo mozori yaqinida dafn etilgan Shoh Taxmosp
(1524-1576) qabri buzib tashlanib, uning suyaklari g‘ayridinning suyaklari sifatida yondirildi.
Shahzoda Abdulmo‘min o‘z bobokaloni Muhammad Shayboniyxonning (1451-1510) safaviylar
tomonidan tahqirlangan jonsiz jasadi uchun o‘ch oldi.

Otasining vafoti haqidagi xabarni eshitgan Abdulmo‘min tezda Buxoroga yetib kelib,

taxtni egalladi. Taxtga o‘tirgach, otasining barcha yaqin amaldorlarini qirg‘in qilishga kirishdi.
Uning buyrug‘i bilan Qulbobo ko‘kaldoshning bo‘yniga kunda urilib, Hirotdan Buxoroga keltirildi
va qatl etildi. Abdulmo‘minning qattiqqo‘llik bilan yurgizgan siyosati Abdullaxon tarafdorlarini
befarq qoldirmadi va hukmronligidan olti oy o‘tgach, ya’ni 1598-yil yozida Abdulmo‘min bir
guruh fitnachilar tomonidan o‘ldirildi.

Suiqasd tayyorlanishi xususida “Tarixi Muqimxoniy”dagi ma’lumotlar e’tiborni tortadi.

Norozi shaxslar maxfiy majlisga yig‘ilib, Abdulmo‘min ustidan hukm chiqaradilar. Ular orasida
yoshi ulug‘roq biri kishi o‘rnidan turib, yig‘ilganlarning yuragiga qo‘lini bir-bir qo‘yib ko‘radi.
Ikki kishining yuragidan boshqa barchaning yuragi hayajonda ekanligi ma’lum bo‘ladi. Xonni,
ya’ni Abdulmo‘minni o‘ldirish shu ikki kishiga topshirildi. Bular Abdulsamadbiy va
Muhammadqulibiylar edi. Shundan so‘ng fitnachilar ov qilishni bahona qilib, Abdulmo‘minxonni
Zomin tomonga olib boradilar. Xon, albatta, fitnadan bexabar edi. Kechqurun fitnachilar xondan
yashirin ravishda o‘tish qiyin bo‘lgan bir tor joyni tanlab, uni suvga to‘ldiradilar va ikki tomonidan
xandaq qazib, unga yuqoridagi ikki qotilni joylashtiradilar. Erta tongda xonni otga o‘tqizib ov
bahonasida shu joyga yetib keldilar. Suvdan o‘tayotganda xonga iflos suvlarni sachratmaslikni vaj
qilib, fitnachilar ataylab xondan orqada qoldilar. Xon qatl uchun tayyorlab qo‘yilgan joyga yetib
kelgach, yashirinib yotgan Muhammadqulibiy xandaqdan chiqib, xonga kamondan o‘q otdi. O‘q
kelib xonning biqiniga sanchildi. Shunda ikkinchi qotil ham kamondan o‘q otib, xonga jarohat
yetkazdi. Xon otdan yerga qulab tushgach, ikkala qotil ham yugurib kelib, xonning kallasini
chopib tashlashdi.

Abdulmo‘minxonning o‘limi Movarounnahrda yuz yildan ortiqroq hukmronlik qilgan

Shayboniylar sulolasi inqirozining ibtidosi edi.

Yuqoridagi ma’lumotlarning boshqa tarixiy asarlarda uchramasligi “Tarixi Muqimxoniy”

ning Buxoro tarixi bo‘yicha muhim manbalardan biri ekanligini tasdiqlaydi.

Mir Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”

asari bir qarashda “Tarixi

Muqimxoniy”ning davomidek tuyulsa-da, asardagi voqealar xronologiyasi, ba’zi ibratomuz


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

313

naqllar, Ubaydullaxon faoliyatining ayrim jihatlariga tanqidiy munosabat kabilar bilan “Tarixi
Muqimxoniy” dan farq qiladi va mustaqil asar hisoblanadi. Asar muallifi Mir Muhammad Amin
Buxoriy o‘z davrining o‘qimishli, fozil kishilaridan bo‘lgan. 1645-yilda tug‘ilgan, vafoti sanasi
noma’lum. Subhonqulixon va Ubaydullaxon saroyida bosh munshiy vazifasida xizmat qilgan.

“Ubaydullanoma”

1716-yildan keyin yozib tugallangan. Asar Buxoro xonligining1702-1716-

yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotidan bahs yuritadi. Muqaddima, xotima va 80
bobdan iborat.

Asarning o‘ndan ortiq nusxalari mavjud.

“Ubaydullanoma”

sharqshunos A.A.Semyonov

tomonidan rus tiliga ilmiy-izohlar bilan to‘la tarjima qilingan.

“Ubaydullanoma”da

yer egaligi va soliq turlari, davlat tuzumi, iqtisodiy muammolar, geografik

va etnografik masalalar, turli qabilalar va ularning ijtimoiy mavqei xususidagi ma’lumotlar
jamlangan. Xotimada muallif zamondoshlari bo‘lmish buxorolik olim, shoirlar, masalan, Sayyido
Nasafiy, Qosimxo‘ja, Mulla Sarafroz, Mulham, shuningdek, qozilar haqida qisqacha ma’lumot
berilgan.

Muallif Ubaydullaxon hukmronlik yillarini ikki davrga bo‘lib talqin qiladi. Birinchi

davrdagi faoliyatiga ijobiy baho bergan holda, ikkinchi davrni tanqid va kinoyalarga o‘rab
tashlaydi. Hukmronligining dastlabki yillarida xalq tinch, farovon, xavfsiz yashaganligi, shahar va
qishloqlar gullab-yashnaganligi ta’kidlanadi. Obrazli qilib, “Ubaydullaxon podsholigining
dastlabki yillarida qo‘zichoq ona sherni emardi,”- deb tasvirlaydi, muallif.

Ikkinchi davrda xon to‘g‘ri yo‘ldan og‘ib, atrofiga qabih, razil, noqobil, diyonatsiz,

xushomadgo‘y, maddohlarni to‘pladi va aynan shundaylar Ubaydullaxonni chalg‘itishdi, deyiladi
asarda. Ko‘pchiligi o‘z maishatini o‘ylar, ko‘ngil xushlikni xush ko‘rar, ba’zilari esa hatto
muqaddas joylarda bazm-u jamshidlar qurishga moyil edi. Bunday shaxslar Ubaydullaxonga
yaqinlashib olgach, mamlakatdagi haqiqiy ahvol to‘g‘risida xonga noto‘g‘ri, yolg‘on ma’lumotlar
berdilar. Hunarmand va savdogarlar ham amalga qiziqib qolib, yuqori mansablarni egallashga
harakat qildilar. Ubaydullaxon bu yaramas shaxslar bilan yaqinlashgach, olim-u fuzalolar
suhbatidan uzoqlashdi. Amirlar va lashkarlar, vazirlar va ruhoniylar o‘rtasida nifoq paydo bo‘la
boshladi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek,

“Ubaydullanoma”da

zamon ulug‘lari ta’rifiga asarning

xotima qismida muayyan o‘rin berilgan. Shulardan biri Oxund Mulla Usmon bo‘lib, u
zamonasining e’tiborli diniy ulamolaridan edi. Ubaydullaxon tez-tez uni o‘z majlislariga chaqirib,
ma’rifiy suhbatlaridan bahra olgan.

Subhonqulixon va Ubaydullaxonning muruvvatiga sazovor bo‘lgan yana bir shaxs -

qozikalon amir Shahobiddin hisoblanadi. Subhonqulixon uni Masjidi Kalonning imomi etib
tayinlaydi. Ubaydullaxon zamonida u imomlik va qozilik vazifalarini uyg‘un holda bajarib borgan.
Adolatsizlikka yo‘l qo‘ygan mudarris va mutavalilarni vazifasidan bo‘shatish uning zimmasiga
yuklangan edi. Kishilar bilan munosabatda u juda xushmuomala bo‘lganligi ta’kidlanadi. 1710-yil
vafot etgach, Fathobod mavzesidagi Shayx ul-olam mozoriga dafn qilinadi. Shuningdek, asarda
qozi Abulbarakat, qozi Ibrohim, Mulla Sadriddin a’lam, Habibullo mufti, qozi Lutfullo, qozi
Abdulla, qozi Hamid va ularning adolat mezonlariga tayanuvchi faoliyati haqida qiziqarli
ma’lumotlar bor.

Xulosa va takliflar(Conclusion)


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

314

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yuqoridagi ma’lumotlarning boshqa tarixiy asarlarda

uchramasligi “Tarixi Muqimxoniy” ning Buxoro tarixi bo‘yicha muhim manbalardan biri
ekanligini tasdiqlasa, Buxoroning XVII asr oxiri XVIII asr boshlari ijtimoiy-madaniy hayotini
o‘rganishda

“Ubaydullanoma”ning

axborot qamrovi hamon o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

REFERENCES

1.

Мухаммад Юсуф Мунши. Муким-ханская история / Перевод с таджикского,
предисловие, примечания и указатели А.А.Семенова. – Ташкент: Изд-во. АН УзССР,
1956.

2.

Мир Мухаммад Амин-и Бухари. Убайдулла-наме / Перевод с таджикского,
предисловие, примечания А. А.Семенова. – Ташкент: Фан, 1957. – Б. 228.

3.

Аҳмедов Б.А. Ўзбекистон тарихи ёзма манбалари. – Тошкент: Ўқитувчи, 2001.

4.

Beshimov, M. (2022). ABDULVAHID MUNZIM-ENLIGHTENED POET, STATE AND
PUBLIC FIGURE.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

2

(6), 52-56.

5.

Maqsud, B. XX asr boshlari Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tarixiy adabiyotlarda
bayoni.

Buxoro tarixi masalalari mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy (onlayn)

konferensiya materiallari:–Buxoro-2021

, 258-263.

6.

Komilovich, M. B., & O’g, N. S. O. K. (2023). Abdulvahid Munzim and Young
Bukharans.

Telematique

,

22

(01), 1182-1185.

7.

Maqsud, B. (2023). MUNZIM KIM EDI?.

Innovations in Technology and Science

Education

,

2

(9), 1058-1065.

8.

Beshimov Maqsud Komilovich “Mirzo Abdulvahid Munzim-A Well-Known Educator,
Writer, Editor and Public Figure” International Journal of Development and Public Policy,
1 (7), 144–146.

9.

O‘G‘Li, U. B. B., & Temirov, F. (2023). SOURCES OF INFORMATION ON THE
SOCIO-ECONOMIC LIFE OF THE SOMANIAN DYNASTY.

International Journal of

Intellectual Cultural Heritage

,

3

(3), 35-41.

10.

Umarov, B. B. O. (2022). SCIENCE, EDUCATION AND CULTURE DURING THE
RULE OF THE SOMANIANS.

International Journal of Intellectual Cultural

Heritage

,

2

(6), 46-49.

11.

Temirov, F. (2023). SADRIDDIN AYNIY IJODIDA TURKISTON TARIXI
MASALALARI.

Farg ‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali

, (1), 71-71.

12.

Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB
AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA).

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

38

(38).

13.

Komilovich, B. M., & Temirov, F. (2023). MIRZA ABDULVAHID MUNZIM-
BUKHARA

JADIDIZM

IS

ONE

OF

THE

ACTIVISTS

OF

THE

MOVEMENT.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

3

(3), 42-49.

14.

Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic
issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev.

Telematique

,

22

(01), 1278-

1282.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

315

15.

BESHIMOV,

M.

(2022).

Amir

Said

Alimkhan

and

Young

Bukhara

residents.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 78-83.

16.

Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). БУХОРО АМИРЛИГИДА ТАШҚИ СИЁСАТ
ВА

ДИПЛОМАТИЯНИНГ

РИВОЖЛАНИШИ

ТАРИХИДАН.

Scientific

progress

,

2

(1), 1276-1282.

17.

UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID
PERIOD.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 94-100.

18.

Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ
ФИТРАТ ҲАҚИДА.

Scientific progress

,

2

(1), 1349-1354.

19.

Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). БУХОРО АМИРЛИКДА ОИЛА, НИКОҲ ВА
МЕРОС ҲУҚУҚИНИНГ АМАЛДА ҚЎЛЛАНИШИ.

Scientific progress

,

2

(1), 1201-

1207.

20.

Umedovich, T. F. (2022). SADRIDDIN AYNI-IN THE MEMOIRS OF HIS
CONTEMPORARIES.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

2

(6), 31-36.

21.

Умаров, Б. Б. (2021). НА КИСЛЯКОВ ТАДҚИҚОТЛАРИДА ЖАНУБИЙ
ТОЖИКИСТОН ЭТНИК ТАРИХИ.

Scientific progress

,

1

(6), 1005-1009.

22.

Umedovich, T. F. (2022). On The Journalistic Work of Sadriddin Ayni Concerning Issues
of Bukhara History.

Irish Interdisciplinary Journal of Science & Research (IIJSR)

,

6

(1),

12-17.

23.

BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT
EASTERN SCIENTIST.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

2

(3), 120-123.

24.

UMEDOVICH, T. F. (2021). THE PRESS ACTIVITY OF SADRIDDIN
AYNI.

International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences

,

1

(4), 57-62.

25.

Umarov,

B.

(2021).

NA

KISLYAKOV

TADQIQOTLARIDA

BUXORO

AMIRLIGIDAGI FEODAL VA QISHLOQ XO ‘JALIGI MUNOSABATLARINING
YORITILIShI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

6

(6).

26.

ogli Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA
KISLYAKOV'S RESEARCH.

Journal of Central Asian Social Studies

,

2

(02), 127-135.

27.

Umarov B. БУХОРО ВОҲАСИ ТУРАР-ЖОЙЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 22. – №. 22.

References

Мухаммад Юсуф Мунши. Муким-ханская история / Перевод с таджикского, предисловие, примечания и указатели А.А.Семенова. – Ташкент: Изд-во. АН УзССР, 1956.

Мир Мухаммад Амин-и Бухари. Убайдулла-наме / Перевод с таджикского, предисловие, примечания А. А.Семенова. – Ташкент: Фан, 1957. – Б. 228.

Аҳмедов Б.А. Ўзбекистон тарихи ёзма манбалари. – Тошкент: Ўқитувчи, 2001.

Beshimov, M. (2022). ABDULVAHID MUNZIM-ENLIGHTENED POET, STATE AND PUBLIC FIGURE. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(6), 52-56.

Maqsud, B. XX asr boshlari Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tarixiy adabiyotlarda bayoni. Buxoro tarixi masalalari mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy (onlayn) konferensiya materiallari:–Buxoro-2021, 258-263.

Komilovich, M. B., & O’g, N. S. O. K. (2023). Abdulvahid Munzim and Young Bukharans. Telematique, 22(01), 1182-1185.

Maqsud, B. (2023). MUNZIM KIM EDI?. Innovations in Technology and Science Education, 2(9), 1058-1065.

Beshimov Maqsud Komilovich “Mirzo Abdulvahid Munzim-A Well-Known Educator, Writer, Editor and Public Figure” International Journal of Development and Public Policy, 1 (7), 144–146.

O‘G‘Li, U. B. B., & Temirov, F. (2023). SOURCES OF INFORMATION ON THE SOCIO-ECONOMIC LIFE OF THE SOMANIAN DYNASTY. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(3), 35-41.

Umarov, B. B. O. (2022). SCIENCE, EDUCATION AND CULTURE DURING THE RULE OF THE SOMANIANS. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(6), 46-49.

Temirov, F. (2023). SADRIDDIN AYNIY IJODIDA TURKISTON TARIXI MASALALARI. Farg ‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali, (1), 71-71.

Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 38(38).

Komilovich, B. M., & Temirov, F. (2023). MIRZA ABDULVAHID MUNZIM-BUKHARA JADIDIZM IS ONE OF THE ACTIVISTS OF THE MOVEMENT. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(3), 42-49.

Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev. Telematique, 22(01), 1278-1282.

BESHIMOV, M. (2022). Amir Said Alimkhan and Young Bukhara residents. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 78-83.

Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). БУХОРО АМИРЛИГИДА ТАШҚИ СИЁСАТ ВА ДИПЛОМАТИЯНИНГ РИВОЖЛАНИШИ ТАРИХИДАН. Scientific progress, 2(1), 1276-1282.

UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID PERIOD. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 94-100.

Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ ФИТРАТ ҲАҚИДА. Scientific progress, 2(1), 1349-1354.

Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). БУХОРО АМИРЛИКДА ОИЛА, НИКОҲ ВА МЕРОС ҲУҚУҚИНИНГ АМАЛДА ҚЎЛЛАНИШИ. Scientific progress, 2(1), 1201-1207.

Umedovich, T. F. (2022). SADRIDDIN AYNI-IN THE MEMOIRS OF HIS CONTEMPORARIES. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(6), 31-36.

Умаров, Б. Б. (2021). НА КИСЛЯКОВ ТАДҚИҚОТЛАРИДА ЖАНУБИЙ ТОЖИКИСТОН ЭТНИК ТАРИХИ. Scientific progress, 1(6), 1005-1009.

Umedovich, T. F. (2022). On The Journalistic Work of Sadriddin Ayni Concerning Issues of Bukhara History. Irish Interdisciplinary Journal of Science & Research (IIJSR), 6(1), 12-17.

BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT EASTERN SCIENTIST. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(3), 120-123.

UMEDOVICH, T. F. (2021). THE PRESS ACTIVITY OF SADRIDDIN AYNI. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 1(4), 57-62.

Umarov, B. (2021). NA KISLYAKOV TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI FEODAL VA QISHLOQ XO ‘JALIGI MUNOSABATLARINING YORITILIShI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 6(6).

ogli Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA KISLYAKOV'S RESEARCH. Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 127-135.

Umarov B. БУХОРО ВОҲАСИ ТУРАР-ЖОЙЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 22. – №. 22.