COVERAGE OF SOCIO-POLITICAL LIFE IN BUKHARA IN SOURCES DATING BACK TO THE BEGINNING OF THE 20TH CENTURY

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge

Abstract

This article reveals some aspects of the socio-political life of Bukhara in the sources of the early XX century, including the work of Mirzo Salimbek “Tarikh Salimi". The article also describes the visit of Emir Alimkhan for negotiations with V. Provides information about the fate of representatives of the Bolsheviks led by Utkin.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

300

XX ASR BOSHLARIGA OID MANBALARDA BUXORODAGI

IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTINING YORITILISHI

Beshimov Maqsud Komilovich

BuxDU o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8185254

Annotatsiya.

Mazkur maqolada XX asr boshlariga oid manbalarda, jumaldan, Mirzo

Salimbekning “Ta’rixi Salimiy” asarida Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy hayotning ayrim jihatlari
ochib berilgan. Shuningdek, maqolada amir Olimxon huzuriga muzokaralar uchun kelgan V.Utkin
boshchiligidagi Bolshevik vakillarining taqdiri haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Mirzo Salimbek, Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo, Muhammad Ali Baljuvoniy,

“Jome’ ul-gulzor”, “Ta’rixi Salimiy”, Amir Olimxon, jadidchilik harakati, bolsheviklar, Mirzo
Nasrullo, V.Utkin, Xo‘ja Zikriyo, Buxoro Arki.

ОСВЕЩЕНИЕ ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ ЖИЗНИ БУХАРЫ В

ИСТОЧНИКАХ НАЧАЛА XX ВЕКА

Аннотация.

В данной статье раскрываются некоторые аспекты общественно-

политической жизни Бухары в источниках начала XX века, в том числе в произведении
Мирзо Салимбека “Тарихи Салими”. Также в статье описывается визит эмира Олимхана
для переговоров с В.Приводятся сведения о судьбе представителей большевиков во главе с
Уткиным.

Ключевые слова:

Мирза салимбек, Шарифджон Махдум Садр Зия, Мухаммед Али

бальджувани, “Джоме уль-Гульзар”, “Тарихи Салими”, Амир Олимхан, джадидистское
движение, большевики, Мирза Насрулла, В.Уткин, Ходжа Зикрия, Бухарская Арка.

COVERAGE OF SOCIO-POLITICAL LIFE IN BUKHARA IN SOURCES

DATING BACK TO THE BEGINNING OF THE 20TH CENTURY

Abstract.

This article reveals some aspects of the socio-political life of Bukhara in the

sources of the early XX century, including the work of Mirzo Salimbek “Tarikh Salimi". The article
also describes the visit of Emir Alimkhan for negotiations with V. Provides information about the
fate of representatives of the Bolsheviks led by Utkin.

Keywords:

Mirza salimbek, Sharifjon Makhdoom Sadr Zia, Muhammad Ali baljuvani,

"Jome ul-Gulzar", “Tarikhi Salimi", Amir Olimkhan, Jadidist movement, Bolsheviks, Mirza
Nasrullah, V.Utkin, Khoja Zikria, Bukhara Arch.

Kirish (Introduction)

XX asr boshlarida ijod qilgan tarixnavislardan Mirzo Salimbek, Sharifjon Maxdum Sadr

Ziyo, Muhammad Ali Baljuvoniy o‘z asarlarida Buxoroning mang‘itlar davri ijtimoiy-siyosiy va
madaniy hayotiga doir ma’lumotlarni taqdim etib, o‘zlaridan oldingi mualliflarning ilmiy
an’analarini davom ettirdilar hamda mang‘itlar sulolasi tarixining o‘ziga xos jihatlarini yoritib
berdilar.

Mirzo Salimbek 1850/51-yilda Buxoroning badavlat va nufuzli xonadonida tavallud topdi.

U hayoti va faoliyati davomida amirlikning yuqori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. Masalan,
1884-1885-yillari Turkiston general-gubernatorligida Buxoroning vakili sifatida faoliyat olib
bordi. Tuman amlokdori, shahar mirshabi, bir qancha viloyatlar hokimi, bosh zakotchi kabi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

301

mansablar Mirzo Salimbekning ijtimoiy hayotda faolligidan dalolat beradi. Vafot etgan yili aniq
emas. Avlodlari hozirda Buxoroda istiqomat qiladi.

Mavzuga Oid Adabiyotlarning Tahlili (Literature Review)

Mirzo Salimbek bir qancha tarixiy va adabiy asarlar muallifi. “Kashkuli Salimiy”, “Jome’

ul-gulzor”, “Ta’rixi Salimiy” shular jumlasidandir. “Ta’rixi Salimiy” 1917-1920-yillarda
yozilgan. Asar qo‘lyozmasi ustida sharqshunos N.Norqulov chuqur tadqiqot olib borib, uni
nomzodlik dissertasiyasi darajasida himoya qilgan. “Ta’rixi Salimiy”ning N.Norqulov tomonidan
rus tiliga qilingan ilmiy-izohli tarjimasi 2009-yil Toshkentda chop etildi. Asarning Chingizxon
tarixidan amir Muzaffar davrigacha bo‘lgan qismi kompliyativ bo‘lib, mustaqil ahamiyat kasb
etmaydi. 1860-1920-yillar voqealarini o‘z ichiga olgan asosiy qismi originalligi, shu davrda
yozilgan boshqa tarixiy asarlarda uchramaydigan ma’lumotlarga boyligi bilan ajralib turadi.

Tadqiqot Metodologiyasi (Research Methodology)

Mazkur masalani bayon qilishda tarixiylik, ilmiy-ijodiy qiyoslash, tarixiy tanqidiylik

metodlaridan o'rinli foydalanildi. Shuningdek, mantiqiylik va tarixiy uzviylik usullariga ham
rioiya qilingan.

Tahlil va Natijalar(Analysis and Results)

Amir Muzaffar davrida sodir bo‘lgan voqea-hodisalar, Buxoro-Qo‘qon, Buxoro-Rossiya

munosabatlari, amirlikning ma’muriy tuzilishi, umumiy ahvoli haqida qimmatli ma’lumotlar
mavjud. Tarixiy voqealar bayoni davomida ayrim hikoyatlar ham keltiriladi. Jo‘yboriylar
to‘g‘risidagi shunday hikoyatlar asardan joy olgan. Amir Abdulahad, Amir Olimxon hukmronlik
davri, Mirzo Nasrullo qushbegi, jadidchilik harakati, bolsheviklar xuruji to‘g‘risidagi ma’lumotlar
o‘ziga xos tarixiy-badiiy uslubda yoritib beriladi.

Mirzo Salimbek Mirzo Nasrullo qushbegi faoliyatiga baho berganda, uning salbiy

jihatlarini ba’zan oshirib yuboradi. Mirzo Nasrullo qushbegi amirlikda katta vakolatlarga ega
bo‘lganligi sabab, biron-bir masala uning maslahatisiz hal etilmaganini muallif tanqid ostiga oladi.
Uning jadidlarni maxfiy qo‘llab-quvvatlagani, jadidlar g‘oyasiga ergashgani, amirni ham
chalg‘itgani salbiy holat sifatida talqin qilinadi. Muallif amir Olimxonga bo‘lgan xayrixohligi va
sadoqatini yashirmagan holda Fayzulla Xo‘jayevning jadidlik faoliyatiga salbiy munosabatda
bo‘ladi va uni fitnachilikda ayblaydi.

1918-yil mart oyida bolsheviklar bilan amir Olimxon qo‘shinlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan

jang harakatlari, amir bilan muzokara olib borish uchun Kogondan Arkka yuborilgan Kogon
shahar soveti raisi V.Utkin boshchiligidagi yigirma ikki bolshevik vakili va ular bilan Arkda bo‘lib
o‘tgan otishmalar xususida batafsil hikoya qilinadi. 1918-yil mart voqealari boshlanishidan oldin
bolshevik F.Kolesov sakkiz banddan iborat talabnomani amir Olimxonga yuborgani to‘g‘risida
so‘z yuritib, “talabnomada ko‘rsatilgan shartlar amir tomonidan qabul qilingan taqdirda, na
shariatdan, na Buxoro hukumatidan nom-nishon qolmasdi. [Alloh] o‘z panohida asraguvchi
Buxoro jadidlar qo‘liga o‘tib ketgan bo‘lardi”, - deb yozadi, muallif.

Amir Olimxon mahramlaridan biri, tilmoch Xo‘ja Zikriyo to‘g‘risida asarda keltirilgan

ma’lumotlar e’tiborni tortadi. Mirzo Salimbekning bu amaldorga nisbatan ham munosabati salbiy
va uni ham bolsheviklarga sotilganlikda ayblaydi. Xo‘ja Zikriyo doim amir oldida yurib davlatning
barcha sir-asrorlaridan xabardor bo‘lgan. Asarda yozilishicha, 1918-yil bahorida, Kolesov
voqealari davrida bir muddat Sitorai Mohixosada turgan amir Olimxonni saroy xizmatchilari
Arkka borishga da’vat etadilar. Bundan voqif bo‘lgan Xo‘ja Zikriyo amirni yo‘ldan urib, boshqa


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

302

narsani maslahat beradi. Ya’ni, yarim tunda avtomobilga o‘tirib, go‘yo Buxoroga borayotgandek
bo‘lib, to‘g‘ri Qarshi viloyatiga yo‘l olishni va u yerdan Afg‘onistonga o‘tib, afg‘on qo‘shinlarini
yordamga olib kelishni maslahat beradi. Chunki, Buxoro qo‘shinlariga ishonch yo‘qligini uqtiradi.
Amir safar tayyorgarligini ko‘rib, yo‘lga chiqay deb turganda, saroy xizmatchilaridan biri bundan
ogoh bo‘lib, uni o‘z niyatidan qaytarishga muvaffaq bo‘ladi va amir Olimxonni Arkka kelib
joylashib olishga ko‘maklashadilar.

Kogon shahar soveti raisi bolshevik V.Utkin boshchiligida amir Olimxon bilan

muzokaraga kelgan yigirma ikki vakilning Arkda qatl qilinishiga doir barcha ma’lumotlar asardan
joy olgan. Muallif bu voqealarni barcha tafsilotlari bilan yoritib beradi va amir tomonidan qabul
qilingan bunday keskin qarorni oqlaydi. Asardagi ma’lumotlarning ahamiyati shundaki, muallif
barcha detallarga e’tibor berib, bolshevik vakillar va ularga ergashgan Buxoro jadidlarining
maqsadi 1918-yildayoq hokimiyatni osongina qo‘lga olish va amirlikni tugatish ekanligini o‘z
pozisiyasidan turib bayon etadi. V.Utkin boshchiligidagi yigirma ikki bolshevik vakillarni kutib
olish uchun amir tomonidan tayinlangan amaldorlar Arkda saf bo‘lib turishadi. Vakillarning
barchasi beshotar miltiq va to‘pponcha bilan qurollangan edi. Ular to‘g‘ri amir qabuliga
bormoqchi bo‘lganda, saroy xizmatchilari yo‘lini to‘sib, dastlab ziyofat taklif qilishadi va shu
maqsadda Arkdagi qushbegi hovlisiga olib kiradilar. Faqat V.Utkin amir qabulida chorak soat
bo‘ladi va tezda qaytib chiqadi. U ham o‘zi olib kelgan vakillar oldiga, qushbegi hovlisiga
joylashtiriladi. V.Utkin qushbegi hovlisida o‘rnatilgan telefon orqali Kogonga qo‘ng‘iroq qilib,
vakillarning sog‘-salomat yetib kelganini bildiradi. Muallifning yozishicha, V.Utkin telefonda
arman tilida so‘zlashgan.

Muallifning ko‘rsatishicha, V.Utkin aslida ellikta qurollangan kishi bilan kelgan bo‘ladi.

Ulardan yigirma sakkiztasi Arkdan tashqarida qoladi. Reja bo‘yicha, shu ellik kishi bilan Buxoroni
egallamoqchi va amirni ag‘darmoqchi bo‘lishgan. Arkdan V.Utkin tomonidan otilgan o‘q ovozi
eshilishi bilan, tashqaridagi yigirma sakkiz kishi hujumga o‘tishi kerak bo‘lgan. Lekin asarda
voqealar rivoji boshqacha tus olganligi ifoda etiladi.

Arkdagi bolshevik vakillarga qurollarni topshirish taklif qilinadi. Chunki, Arkdan

tashqarida xalq g‘alayon boshlab, bolshevik vakillarni berishni talab qilayotgani uqtiriladi.
Shuningdek, yarim tunda ularga musulmoncha to‘n va salla kiydirilib, qurollari qaytarilgan holda
Arkdan chiqarib yuborish va Kogonga yetkazib qo‘yish va’da qilinadi. Taklif ular tomonidan
ma’qullanib, qurollarini topshirmoqchi bo‘lib turishganda, Xo‘ja Zikriyo ularga ko‘z qisish bilan
qurollarni topshirmaslik to‘g‘risida ishora beradi.

Qurollarini topshirmagan bolshevik vakillar boloxonaga taklif qilinib, bu yerda ularga

taom tortiladi. So‘ng amir devonxonasiga olib boradigan yerto‘laga tushish taklif qilinadi. Ularga
qarata iliq so‘zlar aytilayotganiga qaramay, bolsheviklardan uchtasi [mezbonlarning asl niyatini
sezib], yerto‘laga kirmasdan tomga chiqib oladi va yarim tungacha davom etgan otishmada
ulardan biri halok bo‘ladi, ikkitasi Kogonga qochishga ulguradi. Yerto‘laga tushgan zahotiyoq,
ularni kuzatib kelgan amir mulozimlari yerto‘ladan tashqariga chiqib olishadi, yerto‘la atrofini esa
amir sarbozlari qurshab oladi. Yerto‘la atrofini amir askarlari o‘rab olgan bo‘lishiga qaramay,
uning eshigiga yaqinlashish va berkitishning iloji yo‘q edi. Ichkaridagi bolsheviklar o‘q uzib,
bunga xalaqit berardi. Shunda, yigirma gaz uzunlikdagi gilamlarga ip bog‘lab, iplar yordamida
gilamlar uzoqdan turib yerto‘la eshigi tomon tortiladi va eshik berkitiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

303

Amir sarbozlari yerto‘la shiftini supa ustidan o‘yib, bolshevik vakillar ustiga 300 mesh

sovuq suv va o‘n pud tezob quyishadi.To‘qqiz kundan so‘ng yerto‘la eshigi ochilganda,
vakillarning uchtasidan tashqari barchasi halok bo‘lgan edi. Hali tiriklardan biri miltiq qo‘ndog‘i
bilan urib o‘ldiriladi, chalajon ikkitasi esa, otib tashlanadi. Jasadlar shahar tashqarisidagi mozorga
chiqarib tashlanadi. Xoinlikda ayblangan Xo‘ja Zikriyo Arkning o‘zida burdalab tashlanadi.
Muallif voqeaga umumiy baho berib,

“[Bolsheviklar] musulmonlarga choh qazidilar, lekin

o‘zlari unga quladilar”

- deydi.

Xulosa va takliflar(Conclusion)

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, XX asr boshlaridagi Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy

jarayonlarva ularning tafsilotlari Mirzo Salimbek, Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo, Muhammad Ali
Baljuvoniyning asarlarida atroflicha yoritib berilgan bo’lib, Mirzo Salimbekning “Ta’rixi Salimiy”
asaridagi o’rganilayotgan davrning ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotiga oid bo’lgan
ma’lumotlar, ayniqsa, qimmatlidir.


REFERENCES

1.

Мирза Салимбек. Тарих-и Салими (источник по истории Бухарского эмирати) /
Перевод с персидского, вводная статья и примечания: к.и.н. Н.К.Норкулов. Редактор
перевода: д.ф.н. А.К.Арендс. Предисловие, редактор введения и примечаний: д.и.н.
А.С.Сагдуллаев. – Ташкент: Akademiya, 2009. – Б.139

2.

Аҳмедов Б.А. Ўзбекистон халқлари тарихи манбалари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1991.
– Б.210-211.

3.

Шодмон Вохидов, Зоир Чориев. Садр-и Зия и его библиотека. – Ташкент: Янги аср
авлоди, 2007.

4.

Beshimov, M. (2022). ABDULVAHID MUNZIM-ENLIGHTENED POET, STATE AND
PUBLIC FIGURE.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

2

(6), 52-56.

5.

O‘G‘Li, U. B. B., & Temirov, F. (2023). SOURCES OF INFORMATION ON THE
SOCIO-ECONOMIC LIFE OF THE SOMANIAN DYNASTY.

International Journal of

Intellectual Cultural Heritage

,

3

(3), 35-41.

6.

Umarov, B. B. O. (2022). SCIENCE, EDUCATION AND CULTURE DURING THE
RULE OF THE SOMANIANS.

International Journal of Intellectual Cultural

Heritage

,

2

(6), 46-49.

7.

Temirov, F. (2023). SADRIDDIN AYNIY IJODIDA TURKISTON TARIXI
MASALALARI.

Farg ‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali

, (1), 71-71.

8.

Maqsud, B. XX asr boshlari Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tarixiy adabiyotlarda
bayoni.

Buxoro tarixi masalalari mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy (onlayn)

konferensiya materiallari:–Buxoro-2021

, 258-263.

9.

Komilovich, M. B., & O’g, N. S. O. K. (2023). Abdulvahid Munzim and Young
Bukharans.

Telematique

,

22

(01), 1182-1185.

10.

Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB
AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA).

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

38

(38).


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

304

11.

Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). БУХОРО АМИРЛИГИДА ТАШҚИ СИЁСАТ
ВА

ДИПЛОМАТИЯНИНГ

РИВОЖЛАНИШИ

ТАРИХИДАН.

Scientific

progress

,

2

(1), 1276-1282.

12.

UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID
PERIOD.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 94-100.

13.

Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ
ФИТРАТ ҲАҚИДА.

Scientific progress

,

2

(1), 1349-1354.

14.

Maqsud, B. (2023). MUNZIM KIM EDI?.

Innovations in Technology and Science

Education

,

2

(9), 1058-1065.

15.

Beshimov Maqsud Komilovich “Mirzo Abdulvahid Munzim-A Well-Known Educator,
Writer, Editor and Public Figure” International Journal of Development and Public Policy,
1 (7), 144–146.

16.

Komilovich, B. M., & Temirov, F. (2023). MIRZA ABDULVAHID MUNZIM-
BUKHARA

JADIDIZM

IS

ONE

OF

THE

ACTIVISTS

OF

THE

MOVEMENT.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

3

(3), 42-49.

17.

Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic
issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev.

Telematique

,

22

(01), 1278-

1282.

18.

BESHIMOV,

M.

(2022).

Amir

Said

Alimkhan

and

Young

Bukhara

residents.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 78-83.

19.

Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). БУХОРО АМИРЛИКДА ОИЛА, НИКОҲ ВА
МЕРОС ҲУҚУҚИНИНГ АМАЛДА ҚЎЛЛАНИШИ.

Scientific progress

,

2

(1), 1201-

1207.

20.

Umedovich, T. F. (2022). SADRIDDIN AYNI-IN THE MEMOIRS OF HIS
CONTEMPORARIES.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

2

(6), 31-36.

21.

Умаров, Б. Б. (2021). НА КИСЛЯКОВ ТАДҚИҚОТЛАРИДА ЖАНУБИЙ
ТОЖИКИСТОН ЭТНИК ТАРИХИ.

Scientific progress

,

1

(6), 1005-1009.

22.

Umedovich, T. F. (2022). On The Journalistic Work of Sadriddin Ayni Concerning Issues
of Bukhara History.

Irish Interdisciplinary Journal of Science & Research (IIJSR)

,

6

(1),

12-17.

23.

BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT
EASTERN SCIENTIST.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

2

(3), 120-123.

24.

UMEDOVICH, T. F. (2021). THE PRESS ACTIVITY OF SADRIDDIN
AYNI.

International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences

,

1

(4), 57-62.

25.

Umarov,

B.

(2021).

NA

KISLYAKOV

TADQIQOTLARIDA

BUXORO

AMIRLIGIDAGI FEODAL VA QISHLOQ XO ‘JALIGI MUNOSABATLARINING
YORITILIShI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

6

(6).

26.

ogli Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA
KISLYAKOV'S RESEARCH.

Journal of Central Asian Social Studies

,

2

(02), 127-135.

27.

Umarov B. БУХОРО ВОҲАСИ ТУРАР-ЖОЙЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 22. – №. 22.

References

Мирза Салимбек. Тарих-и Салими (источник по истории Бухарского эмирати) / Перевод с персидского, вводная статья и примечания: к.и.н. Н.К.Норкулов. Редактор перевода: д.ф.н. А.К.Арендс. Предисловие, редактор введения и примечаний: д.и.н. А.С.Сагдуллаев. – Ташкент: Akademiya, 2009. – Б.139

Аҳмедов Б.А. Ўзбекистон халқлари тарихи манбалари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1991. – Б.210-211.

Шодмон Вохидов, Зоир Чориев. Садр-и Зия и его библиотека. – Ташкент: Янги аср авлоди, 2007.

Beshimov, M. (2022). ABDULVAHID MUNZIM-ENLIGHTENED POET, STATE AND PUBLIC FIGURE. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(6), 52-56.

O‘G‘Li, U. B. B., & Temirov, F. (2023). SOURCES OF INFORMATION ON THE SOCIO-ECONOMIC LIFE OF THE SOMANIAN DYNASTY. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(3), 35-41.

Umarov, B. B. O. (2022). SCIENCE, EDUCATION AND CULTURE DURING THE RULE OF THE SOMANIANS. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(6), 46-49.

Temirov, F. (2023). SADRIDDIN AYNIY IJODIDA TURKISTON TARIXI MASALALARI. Farg ‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali, (1), 71-71.

Maqsud, B. XX asr boshlari Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tarixiy adabiyotlarda bayoni. Buxoro tarixi masalalari mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy (onlayn) konferensiya materiallari:–Buxoro-2021, 258-263.

Komilovich, M. B., & O’g, N. S. O. K. (2023). Abdulvahid Munzim and Young Bukharans. Telematique, 22(01), 1182-1185.

Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 38(38).

Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). БУХОРО АМИРЛИГИДА ТАШҚИ СИЁСАТ ВА ДИПЛОМАТИЯНИНГ РИВОЖЛАНИШИ ТАРИХИДАН. Scientific progress, 2(1), 1276-1282.

UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID PERIOD. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 94-100.

Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ ФИТРАТ ҲАҚИДА. Scientific progress, 2(1), 1349-1354.

Maqsud, B. (2023). MUNZIM KIM EDI?. Innovations in Technology and Science Education, 2(9), 1058-1065.

Beshimov Maqsud Komilovich “Mirzo Abdulvahid Munzim-A Well-Known Educator, Writer, Editor and Public Figure” International Journal of Development and Public Policy, 1 (7), 144–146.

Komilovich, B. M., & Temirov, F. (2023). MIRZA ABDULVAHID MUNZIM-BUKHARA JADIDIZM IS ONE OF THE ACTIVISTS OF THE MOVEMENT. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(3), 42-49.

Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev. Telematique, 22(01), 1278-1282.

BESHIMOV, M. (2022). Amir Said Alimkhan and Young Bukhara residents. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 78-83.

Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). БУХОРО АМИРЛИКДА ОИЛА, НИКОҲ ВА МЕРОС ҲУҚУҚИНИНГ АМАЛДА ҚЎЛЛАНИШИ. Scientific progress, 2(1), 1201-1207.

Umedovich, T. F. (2022). SADRIDDIN AYNI-IN THE MEMOIRS OF HIS CONTEMPORARIES. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(6), 31-36.

Умаров, Б. Б. (2021). НА КИСЛЯКОВ ТАДҚИҚОТЛАРИДА ЖАНУБИЙ ТОЖИКИСТОН ЭТНИК ТАРИХИ. Scientific progress, 1(6), 1005-1009.

Umedovich, T. F. (2022). On The Journalistic Work of Sadriddin Ayni Concerning Issues of Bukhara History. Irish Interdisciplinary Journal of Science & Research (IIJSR), 6(1), 12-17.

BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT EASTERN SCIENTIST. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(3), 120-123.

UMEDOVICH, T. F. (2021). THE PRESS ACTIVITY OF SADRIDDIN AYNI. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 1(4), 57-62.

Umarov, B. (2021). NA KISLYAKOV TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI FEODAL VA QISHLOQ XO ‘JALIGI MUNOSABATLARINING YORITILIShI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 6(6).

ogli Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA KISLYAKOV'S RESEARCH. Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 127-135.

Umarov B. БУХОРО ВОҲАСИ ТУРАР-ЖОЙЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). –

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов