Abstract

This article will talk about the qushbegi archive of the emirate of Bukhara, the manuscripts in it and their scientific significance. Valuable information is also provided about the foundation documents that make up a large part of the Qushbegi archive.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

305

QUSHBEGI ARXIVI HUJJATLARINING BUXORO TARIXINI

O‘RGANISHDAGI AHAMIYATI

Beshimov Maqsud Komilovich

BuxDU o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8185270

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Buxoro amirligi qushbegi arxivi, undagi qo’lyozmalar va

ularning ilmiy ahamiyati haqida so’z boradi. Shuningdek, Qushbegi arxivi katta qismini tashkil
qiluvchi vaqf hujjatlari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Qushbegi arxivi, V.V.Bartold, A.A.Semenov, Muso Saidjonov, Buxoro

muzeyi, amir Muzaffar, Sayyid Mirak yasovul, Hazrat Xo‘ja Muhammad Vose’, Xo‘ja Abduvali.

ИСТОРИЯ БУХАРЫ ИЗ ДОКУМЕНТОВ АРХИВА КУШБЕГИ

ВАЖНОСТЬ В ОБУЧЕНИИ

Аннотация.

В этой статье рассказывается об архиве кушбеги Бухарского

эмирата, содержащихся в нем рукописях и их научном значении. Также представлена
ценная информация о документах фонда, составляющих большую часть архива Кушбеги.

Ключевые слова:

архив Кушбеги, В.V.Бартольд, А.A.Семенов, Муса Сайджонов,

Бухарский музей, Амир Музаффар, Сайид Мирак ясаул, хазрат Ходжа Мухаммад Восе,
Ходжа Абдували.

THE HISTORY OF BUKHARA OF THE DOCUMENTS OF THE QUSHBEGI

ARCHIVE IMPORTANCE IN LEARNING

Abstract.

This article will talk about the qushbegi archive of the emirate of Bukhara, the

manuscripts in it and their scientific significance. Valuable information is also provided about the
foundation documents that make up a large part of the Qushbegi archive.

Keywords:

Qushbegi archive, V.V.Bartold, A.A.Semenov, Moses Saidjonov, Bukhara

Museum, amir Muzaffar, Sayyid Mirak yasovul, Hazrat Khoja Muhammad Vose', Khoja Abduwali.

Kirish (Introduction)

Buxoro amirligi hayotining barcha sohalarini qamrab olgan hujjatlar qushbegi

mahkamasida saqlangani va shu yerdan turib ijroga yo‘naltirilgani tufayli bu hujjatlar to‘plami
fanda qushbegi arxivi nomi bilan ma’lum. Qushbegi arxivi hozirda O‘zbekiston Milliy arxivida
saqlanmoqda.

Qushbegi arxiv hujjatlari qo‘lyozma usulda, arab yozuvida yozilgan. XIX asrning 60-

yillaridan XX asr 20-yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarga qaraganda, arxiv
hujjatlarining umumiy soni 100 mingdan oshadi.

Mavzuga Oid Adabiyotlarning Tahlili (Literature Review)

Qushbegi arxiv hujjatlari Buxoroda sovet hokimiyati o‘rnatilgan keyin Arkdagi

yerto‘lalardan birida topiladi. Hujjatlar maxsus sandiqlarda saqlangan. Lekin bu hali arxiv
hujjatlarining hammasi emas edi. O‘sha yillari Buxoroga tashrif buyurgan V.V.Bartold,
A.A.Semenov oldida turgan muhim vazifa me’moriy obidalar, qo‘lyozma kitoblar va tarixiy
hujjatlarni o‘rganish, ular muhofazasi bo‘yicha maslahatlar berish edi. Qushbegi arxivi hujjatlarini
ilmiy ro‘yxatga olishga birinchilardan bo‘lib qo‘l urgan, ularning katta ilmiy, tarixiy ahamiyatga
ega ekanligiga e’tibor qaratgan hamda e’tirof etgan shaxs mahalliy manbashunos Muso Saidjonov
(1893-1938) hisoblanadi. 1920-yildan 1924-yilgacha Buxoro Xalq Respublikasi Nozirlar Sho‘rosi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

306

omborxonasida ro‘yxatsiz yotgan ushbu hujjatlar Muso Saidjonov tashabbusi va bevosita ishtiroki
bilan Buxoro shahar kutubxonasiga topshiriladi. Muso Saidjonov shaxsan o‘zi kutubxonaga 50
nusxa qo‘lyozma kitob, 69 ta vaqf hujjatini topshirgan.

Tadqiqot Metodologiyasi (Research Methodology)

Mazkur masalani bayon qilishda tarixiylik, ilmiy-ijodiy qiyoslash, tarixiy tanqidiylik

metodlaridan o'rinli foydalanildi. Shuningdek, mantiqiylik va tarixiy uzviylik usullariga ham
rioiya qilingan.

Tahlil va Natijalar(Analysis and Results)

Arxivning ikkinchi katta qismi 1931-yil yana Ark binosidan topildi. 1933-yil barcha

hujjatlar Buxoro muzeyi ixtiyoriga o‘tkaziladi. Bu yerda ular muzey xodimlari tomonidan tartibga
solinib, dastlabki ilmiy ishlovga tortildi. Xodimlar tuzgan ro‘yxatga asosan mavjud hujjatlarning
soni 77 ming 761 nusxani tashkil qilgan. Buxoro muzeyida saqlanayotgan qushbegi arxivi
hujjatlari 1937-yil O‘zbekiston SSR Markaziy tarixiy arxivi (hozirgi O‘zbekiston Milliy arxivi)
ixtiyoriga berildi. Lekin uning unchalik katta miqdorni tashkil etmagan qismi muzey ixtiyorida
qoldirildi.

Qushbegi arxivi mavzu jihatdan keng qamrovli, unda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy,

xo‘jalik, harbiy masalalarga oid hujjatlar mavjud. Jumladan, yer-suv, soliq, vaqf mulklari,
tumanlar ro‘yxati va hokazolar. Shu o‘rinda amir Muzaffarning o‘z amaldori Sayyid Mirak
yasovul bilan qilgan yozishmalar to‘plami diqqatga sazovor. To‘plam aslida qushbegi arxivida
saqlangan. Buxoroda sovet hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng, yangi kutubxona tashkil etiladi va
amir saroyidagi kitoblar, foliant (juda va qalin kitob) ichidagi hujjatlar to‘plami ham shu
kutubxona ixtiyoriga o‘tkaziladi. Buxoro viloyat kutubxonasi sharq qo‘lyozmalari 1938-yil
Toshkentdagi Xalq kutubxonasiga (hozirgi Milliy kutubxona) beriladi. 1943-yil O‘zbekiston
Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti tashkil topgandan so‘ng, bu kutubxonadagi sharq
qo‘lyozmalari shu institut tasarrufiga o‘tadi. Bular ichida yuqorida tilga olingan hujjatlar to‘plami
ham bor edi.

To‘plamdagi 2 mingdan ortiq hujjatning 898 tasi amir Muzaffar bilan Sayyid Mirak

yasovul o‘rtasidagi yozishmalardir. Xronologik jihatdan ular 1860-1885-yillarni qamrab oladi.
Amir Muzaffar tomonidan berilgan topshiriqlarning Sayyid Mirak yasovul tarafidan ijrosi yozma
hisobot tarzida taqdim etilgan. Hujjatlar amirlik ijtimoiy-iqtisodiy, xo‘jalik, madaniy hayotining
turli qirralarini o‘z ichiga oladi. Masalan, Qur’on, Haftiyak, Hidoya, Sharhi Hidoya kitoblarini
sotib olish uchun ayrim davlat mulozimlariga xazinadan mablag‘ ajratish, ba’zi shaxslarga o‘z
buyumlarini Samarqand, Qo‘qon, Kitob shaharlariga olib borish uchun arava ajratish, madrasa
daromadlarini taqsimlash, madrasa mudarrislari va masjid muazzinlarining daromad miqdori, vaqf
ob’yektlari ro‘yxati, ayrim masjidlarning vaqf daromadi miqdori, (masalan, Mehtar Anbar masjidi
yillik vaqf daromadi 700 tangani tashkil etgan), doimiy va vaqtinchalik yashash uchun hujra
ajratish, harbiy qurollar – qilich, qalqon, pichoq berish, vayron bo‘lgan ko‘priklarni ta’mirlash va
hokazolar.

Amir Muzaffarning yozma topshiriqlari ichida quyidagilar amirlik ijtimoiy hayotini

o‘rganish uchun ahamiyatli. Ba’zi joylarning Buxorodan necha chaqirim masofada joylashganini
otda yurib soat millari asosida vaqt bilan o‘lchash, amir tabiatga sayohatga chiqqanda tunash
uchun asqotadigan mulkdor shaxslarning katta va keng hovlilari joylashgan qishloqlarni aniqlash
kabilar. Sayyid Mirak yasovul amirga bergan yozma hisobotlarida joylarning tarixiy geografiyasi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

307

to‘g‘risida to‘xtalib o‘tadi. Nurota atrofidagi aholi punktlari va quduqlar, ya’ni korizlar ro‘yxatini
keltiradi. Ularning aholi punktidan va bir-biridan necha chaqirim masofada joylashgani qayd
etiladi. Shuningdek, ba’zi tarixiy obidalarga olib boradigan yo‘llar va ularning holati haqida ham
ma’lumot bor. Yozishmalarda ko‘rsatilishicha, Buxorodan shimoli-sharqda, cho‘l etagida
joylashgan Hazrati Xo‘ja Qo‘shka’b mozoriga uchta yo‘l olib borgan. Ulardan biri Hazrati Amir
Kulol, ikkinchisi Qishloq Husayn Xo‘ja, uchinchisi Kalobod degan joydan o‘tgan. Bulardan eng
yaxshisi alohida ko‘rsatilgan.

Bizgacha yetib kelmagan me’moriy majmua to‘g‘risida ma’lumot beruvchi bir hujjat

diqqatni tortadi. Bu me’moriy majmua Hazrat Xo‘ja Muhammad Vose’ qabri atrofida joylashgan
masjid, xonaqoh va madrasadan iborat bo‘lgan. Uning joylashgan joyi hozirgi Qiziltepa tumani
Zarmetan aholi punkti yaqinidagi hududga to‘g‘ri keladi. Hujjatga ko‘ra, me’moriy majmua atrofi
obod bo‘lib, bog‘ bilan o‘ralgan. Masjid, xonaqoh, madrasa foydasiga 253 tanob yer vaqf qilingan
va yillik daromad 800 tangani tashkil etgan. Bog‘ ichida joylashgan xonaqoh pishiq g‘ishtdan
qurilgan bo‘lib, to‘rt ustunga tayanib turgan. Ustunlar orasida Hazrat Xo‘ja Muhammad Vose’ning
qabri joylashgan. Xonaqohning uzunligi 14 gaz, eni 12 gaz bo‘lgan. Xonaqohdan 50 metr g‘arbda
45 bolordan iborat jome’ masjidi joy olgan. Masjid olti eshikli va bir necha naqshinkor ustunga
ega. Masjidning g‘arb tomonida esa o‘n hujradan iborat madrasa qad rostlab turgan. Madrasa
hujralaridan biri yetti bolorli bo‘lib, ichkarisi ganj bilan ishlangan. Yoz oylari madrasada talabalar
yig‘ilib, mutolaa bilan mashg‘ul bo‘lishgan.

Qo‘lyozma hujjat – yozishmada Buxoro shahridagi Mavlono Miskin, Xiyobon, Poyanda,

Jo‘ybor, Muhammad Nazar parvonachi, Ja’farxo‘ja, Xo‘ja Nihol, Xo‘ja Davlat, Oypochchabibi
madrasalari ham tilga olinadi.

Qushbegi arxivi katta qismini vaqf hujjatlari tashkil qiladi. Vaqf hujjatlarining muayyan

qismi tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa-da, hali ilmiy muomalaga kiritilmagan ko‘plab
hujjatlar borligini ta’kidlash o‘rinli. Shundaylardan ayrimlari to‘g‘risida ma’lumot bermoqchimiz.

1679-yilda Xo‘ja Abduvali degan shaxs tarafidan Somjin tumanidagi 80 tanob yer Buxoro

shahridagi Zargaron guzarida joylashgan Xo‘ja Azizon masjidi foydasiga vaqf qilinadi. Vaqf
shartlariga binoan, mutavalli ta’sischining o‘zi. Uning vafotidan so‘ng bu vakolat uning qizi
Xonimjon begimga o‘tishi kerak. Xonimjon begim vafotidan so‘ng mutavallilik uning avlodiga
tegadi. Ta’sischining avlodidan hech kim qolmagan taqdirda, Buxoro qozisi o‘zi munosib ko‘rgan
biror kishini mutavalli etib tayinlashi mumkin. Hujjatda Xo‘ja Azizon masjidi Zargaron guzarida
joylashgani, g‘arb tomondan Niyoz bin Abdullo degan shaxsning hovlisi va qisman yo‘l bilan,
shimol tarafdan Mullo Shoh Husayn bin Mullo Nazar hovlisi, sharq va janub tomondan asosiy yo‘l
bilan tutashligi aytiladi. Vaqf daromadidan imom va muazzinga beriladigan ulush vaqf shartlarida
ko‘rsatilgan.

Qushbegi arxivi hujjatlari asosida Buxoro amirligi tarixining kam o‘rganilgan tomonlarini

tadqiq qilish, ayrim jihatlariga aniqlik kiritish imkoniga ega bo‘lamiz.

Xulosa va takliflar(Conclusion)

Buxoro tarixini o‘rganishda narrativ adabiyotlarning ahamiyati yuqoriligini e’tirof etgan

holda, qo‘lyozma hujjatlarning alohida qimmatini nazardan qochirmaslik kerak. Ular kundalik
hayotdagi muammolarni aks ettirish barobarida, ularning yechimi to‘g‘risidagi masalalarni ham
qamrab olgan. Qo‘lyozma hujjat turlarining xilma-xilligi har bir soha bo‘yicha maxsus hujjatlar
tuzilganidan dalolat beradi. O‘rta asr ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy jarayonlari ko‘proq vaqf


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

308

hujjatlarida aks etganki, bu hujjatlar vaqf munosabatlarini alohida iqtisodiy kategoriya deb
hisoblashga asos bo‘ladi. Buxoro ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy jarayonlarini rekonstruksiya qilishda
qushbegi arxiv hujjatlari birlamchi manbalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Аҳмедов Б.А. Ўзбекистон тарихи ёзма манбалари. – Тошкент: Ўқитувчи, 2001.

2.

Аҳмедов Б.А. Тарихдан сабоқлар. -Т.: Ўқитувчи.1994.

3.

Анке фон Кюгельген. Легимитация среднеазиатских династии мангитов в
произведениях их историков (XVIII-XIX вв). – Алматы: Институт Востока
Германского Восточного общества, 2004.

4.

Beshimov, M. (2022). ABDULVAHID MUNZIM-ENLIGHTENED POET, STATE
AND PUBLIC FIGURE.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

2

(6), 52-56.

5.

Maqsud, B. XX asr boshlari Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tarixiy
adabiyotlarda bayoni.

Buxoro tarixi masalalari mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy

(onlayn) konferensiya materiallari:–Buxoro-2021

, 258-263.

6.

Komilovich, M. B., & O’g, N. S. O. K. (2023). Abdulvahid Munzim and Young
Bukharans.

Telematique

,

22

(01), 1182-1185.

7.

Maqsud, B. (2023). MUNZIM KIM EDI?.

Innovations in Technology and Science

Education

,

2

(9), 1058-1065.

8.

O‘G‘Li, U. B. B., & Temirov, F. (2023). SOURCES OF INFORMATION ON THE
SOCIO-ECONOMIC LIFE OF THE SOMANIAN DYNASTY.

International Journal

of Intellectual Cultural Heritage

,

3

(3), 35-41.

9.

Umarov, B. B. O. (2022). SCIENCE, EDUCATION AND CULTURE DURING THE
RULE OF THE SOMANIANS.

International Journal of Intellectual Cultural

Heritage

,

2

(6), 46-49.

10.

Temirov, F. (2023). SADRIDDIN AYNIY IJODIDA TURKISTON TARIXI
MASALALARI.

Farg ‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali

, (1), 71-71.

11.

Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI
(“KITOB AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA).

ЦЕНТР НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

38

(38).

12.

Beshimov Maqsud Komilovich “Mirzo Abdulvahid Munzim-A Well-Known Educator,
Writer, Editor and Public Figure” International Journal of Development and Public
Policy, 1 (7), 144–146.

13.

Komilovich, B. M., & Temirov, F. (2023). MIRZA ABDULVAHID MUNZIM-
BUKHARA

JADIDIZM

IS

ONE

OF

THE

ACTIVISTS

OF

THE

MOVEMENT.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

3

(3), 42-49.

14.

Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic
issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev.

Telematique

,

22

(01), 1278-

1282.

15.

BESHIMOV,

M.

(2022).

Amir

Said

Alimkhan

and

Young

Bukhara

residents.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 78-83.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

309

16.

Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). БУХОРО АМИРЛИГИДА ТАШҚИ
СИЁСАТ

ВА

ДИПЛОМАТИЯНИНГ

РИВОЖЛАНИШИ

ТАРИХИДАН.

Scientific progress

,

2

(1), 1276-1282.

17.

UMAROV,

B.

(2022).

ARCHITECTURE

OF

BUKHARA

IN

THE

ASHTARKHANID PERIOD.

International Journal of Intellectual Cultural

Heritage

,

2

(2), 94-100.

18.

Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ
ФИТРАТ ҲАҚИДА.

Scientific progress

,

2

(1), 1349-1354.

19.

Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). БУХОРО АМИРЛИКДА ОИЛА, НИКОҲ ВА
МЕРОС ҲУҚУҚИНИНГ АМАЛДА ҚЎЛЛАНИШИ.

Scientific progress

,

2

(1),

1201-1207.

20.

Umedovich, T. F. (2022). SADRIDDIN AYNI-IN THE MEMOIRS OF HIS
CONTEMPORARIES.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

2

(6), 31-36.

21.

Умаров, Б. Б. (2021). НА КИСЛЯКОВ ТАДҚИҚОТЛАРИДА ЖАНУБИЙ
ТОЖИКИСТОН ЭТНИК ТАРИХИ.

Scientific progress

,

1

(6), 1005-1009.

22.

Umedovich, T. F. (2022). On The Journalistic Work of Sadriddin Ayni Concerning
Issues of Bukhara History.

Irish Interdisciplinary Journal of Science & Research

(IIJSR)

,

6

(1), 12-17.

23.

BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT
EASTERN SCIENTIST.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

2

(3), 120-123.

24.

UMEDOVICH, T. F. (2021). THE PRESS ACTIVITY OF SADRIDDIN
AYNI.

International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences

,

1

(4), 57-

62.

25.

Umarov, B. (2021). NA KISLYAKOV TADQIQOTLARIDA BUXORO
AMIRLIGIDAGI FEODAL VA QISHLOQ XO ‘JALIGI MUNOSABATLARINING
YORITILIShI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

6

(6).

26.

ogli Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA
KISLYAKOV'S RESEARCH.

Journal of Central Asian Social Studies

,

2

(02), 127-

135.

27.

Umarov B. БУХОРО ВОҲАСИ ТУРАР-ЖОЙЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 22. – №. 22.

References

Аҳмедов Б.А. Ўзбекистон тарихи ёзма манбалари. – Тошкент: Ўқитувчи, 2001.

Аҳмедов Б.А. Тарихдан сабоқлар. -Т.: Ўқитувчи.1994.

Анке фон Кюгельген. Легимитация среднеазиатских династии мангитов в произведениях их историков (XVIII-XIX вв). – Алматы: Институт Востока Германского Восточного общества, 2004.

Beshimov, M. (2022). ABDULVAHID MUNZIM-ENLIGHTENED POET, STATE AND PUBLIC FIGURE. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(6), 52-56.

Maqsud, B. XX asr boshlari Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tarixiy adabiyotlarda bayoni. Buxoro tarixi masalalari mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy (onlayn) konferensiya materiallari:–Buxoro-2021, 258-263.

Komilovich, M. B., & O’g, N. S. O. K. (2023). Abdulvahid Munzim and Young Bukharans. Telematique, 22(01), 1182-1185.

Maqsud, B. (2023). MUNZIM KIM EDI?. Innovations in Technology and Science Education, 2(9), 1058-1065.

O‘G‘Li, U. B. B., & Temirov, F. (2023). SOURCES OF INFORMATION ON THE SOCIO-ECONOMIC LIFE OF THE SOMANIAN DYNASTY. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(3), 35-41.

Umarov, B. B. O. (2022). SCIENCE, EDUCATION AND CULTURE DURING THE RULE OF THE SOMANIANS. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(6), 46-49.

Temirov, F. (2023). SADRIDDIN AYNIY IJODIDA TURKISTON TARIXI MASALALARI. Farg ‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali, (1), 71-71.

Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 38(38).

Beshimov Maqsud Komilovich “Mirzo Abdulvahid Munzim-A Well-Known Educator, Writer, Editor and Public Figure” International Journal of Development and Public Policy, 1 (7), 144–146.

Komilovich, B. M., & Temirov, F. (2023). MIRZA ABDULVAHID MUNZIM- BUKHARA JADIDIZM IS ONE OF THE ACTIVISTS OF THE MOVEMENT. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(3), 42-49.

Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev. Telematique, 22(01), 1278- 1282.

BESHIMOV, M. (2022). Amir Said Alimkhan and Young Bukhara residents. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 78-83.

Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). БУХОРО АМИРЛИГИДА ТАШҚИ СИЁСАТ ВА ДИПЛОМАТИЯНИНГ РИВОЖЛАНИШИ ТАРИХИДАН. Scientific progress, 2(1), 1276-1282.

UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID PERIOD. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 94-100.

Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ ФИТРАТ ҲАҚИДА. Scientific progress, 2(1), 1349-1354.

Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). БУХОРО АМИРЛИКДА ОИЛА, НИКОҲ ВА МЕРОС ҲУҚУҚИНИНГ АМАЛДА ҚЎЛЛАНИШИ. Scientific progress, 2(1), 1201-1207.

Umedovich, T. F. (2022). SADRIDDIN AYNI-IN THE MEMOIRS OF HIS CONTEMPORARIES. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(6), 31-36.

Умаров, Б. Б. (2021). НА КИСЛЯКОВ ТАДҚИҚОТЛАРИДА ЖАНУБИЙ ТОЖИКИСТОН ЭТНИК ТАРИХИ. Scientific progress, 1(6), 1005-1009.

Umedovich, T. F. (2022). On The Journalistic Work of Sadriddin Ayni Concerning Issues of Bukhara History. Irish Interdisciplinary Journal of Science & Research (IIJSR), 6(1), 12-17.

BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT EASTERN SCIENTIST. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(3), 120-123.

UMEDOVICH, T. F. (2021). THE PRESS ACTIVITY OF SADRIDDIN AYNI. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 1(4), 57-62.

Umarov, B. (2021). NA KISLYAKOV TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI FEODAL VA QISHLOQ XO ‘JALIGI MUNOSABATLARINING YORITILIShI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 6(6).

ogli Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA KISLYAKOV'S RESEARCH. Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 127-135.

Umarov B. БУХОРО ВОҲАСИ ТУРАР-ЖОЙЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 22. – №. 22.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов