LABOR PROTECTION LAW AND ITS SCOPE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ashurov, O. ., Xudoyshukurov, D., & Otabullayev, M. . (2023). LABOR PROTECTION LAW AND ITS SCOPE. Modern Science and Research, 2(7), 375–378. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22244
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The measures taken in our country to create working conditions and improve the legal basis of labor are an important factor in protecting the rights and interests of citizens. The new version of the Law "On Labor Protection" was the next important step in this regard.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

375

MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QONUNI VA UNING QO‘LLANISH SOHASI

Ashurov Olimjon Tursunovich

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va mehnat masalalari ilmiy-tadqiqot instituti,

"Mehnat gigiyenasi laboratoriyasi" mudiri

Xudoyshukurov Doston Sohibnazar o’g’li

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va mehnat masalalari ilmiy-tadqiqot instituti,

"Mehnat gigiyenasi laboratoriyasi" Kichik ilmiy xodimi

Otabullayev Muzaffar Nematullo o’g’li

Kambag‘allikni qisqartirish va mehnat masalalari ilmiy-tadqiqot instituti Aholi bandligini

ta’minlashning xududiy va tarmoq Dasturlarini ishlab chiqish,takomillashtirish va ijtimoiy

Iqtisodiy baxolash bo’yicha loyiha kichik ilmiy xodimi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8187634

Annotatsiya.

Mamlakatimizda mehnat sharoitlarini yaratish, mehnatning huquqiy

asoslarini takomillashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar fuqaro- larning huquq hamda
manfaatlarini muhofaza etishda muhim omil bo‘layotir. Yangi tahrirdagi “Mehnatni muhofaza
qilish to‘g‘risida”gi Qonun bu borada navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Kalit so‘zlar:

Mehnat muhofazasi, huquqiy asos, chora-tadbir, Qonun, metod.

LABOR PROTECTION LAW AND ITS SCOPE

Abstract.

The measures taken in our country to create working conditions and improve the

legal basis of labor are an important factor in protecting the rights and interests of citizens. The
new version of the Law "On Labor Protection" was the next important step in this regard.

Key words:

Labor protection, legal basis, measure, Law, method.

ЗАКОН ОБ ОХРАНЕ ТРУДА И ЕГО СФЕРА ПРИМЕНЕНИЯ

Аннотация.

Принимаемые меры по созданию условий труда и совершенствованию

правовой базы труда в нашей стране являются важным фактором защиты прав и
интересов граждан. Следующим важным шагом в этом направлении стала новая
редакция Закона «Об охране труда».

Ключевые слова:

Охрана труда, правовая основа, мера, Закон, метод.

KIRISH

“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunda xodimning hayoti va sog‘lig‘i

ustuvorligini ta’minlash, mehnatni muhofaza etish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish
hamda amalga oshirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati
organlarining shu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish kabilar davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari sifatida belgilab qo‘yilgani diqqatga sazovor [1, 2].

ASOSIY QISM

Ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining zamonaviy holati va demokratik islohotlarni

chuqurlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat organlari hamda xususiy sektor o‘rtasidagi
hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatda tadbirkorlik faoliyati va mehnat qonunchiligini
rivojlantirish borasidagi ishlar natijalari buniang yaqqol misolidir [2, 3].


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

376

Shu boisdan xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yeng‘in

chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo‘l-yo‘riqlar
berish hamda xodimlarning mehnatni muhofaza qilishning hamma talablariga rioya etishlarini
doimiy ravishda tekshirib borishdek muhim vazifa ish beruvchi zimmasiga yuklatilgan [4].

Bundan tashqari, qator vazirliklar va tarmoq idoralari, yirik sanoat korxonalari, fuqarolik

jamiyati institutlari, kasaba uyushmalari vakillari, soha ekspertlari Xalqaro mehnat tashkilotining
konvensiya hamda tavsiyalari, xorijiy davlatlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha
qonunchiligi va me’yoriy hujjatlari o‘rganish orqali innovatsion metodlarni amaliyotga joriy
qilish orqali mehnat sharoitlarini yaratish hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash mamlakatimiz
iqtisodiyotining yanada yuksalishida dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Mehnat iste’mol qiymatlarini vujudga keltirish uchun qilinadigan faoliyatdir. Fiziologik

tomondan bu kishi organizmining funksiyasi va bunday funksiyaning har biri uning mazmuni va
shakli qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, aslida kishi miyasining, asablarning, muskullarining, sezgi
organlarining va shu kabilarining sarf qilinishidir [5]. Mehnat jarayonida organizm hayot
funksiyalarning o‘zgarishini mehnat fiziologiyasi o‘rganadi.

Mehnat jarayonida organizmning hamma funksiyalari ya’ni mushak faoliyati, oksidlanish-

qaytarilish protsesslar va boshqalar keskin ravishda o‘zgaradi. Ish boshlanishidan ilgari, fakat ish
joyiga kelish bilanoq odam funksiyalari tegishli ravishda o‘zgaradi. Odatda puls tezlashadi va bir
minutda sarf qilingan miqdori oshadi. Funksiyalarning bu shartli reflektor o‘zgarishida oliy nerv
faoliyatining "ishga solish mexanizmlari" harakatga keladi. Katta yarim sharlar pustlogining ishga
solish ta’sirlari organizmning tinch holatidan, faoliyatli holatga keltiradi yoki shu paytgacha ichki
ta’sirotlar ostida o‘tayotgan faoliyatni keskin ravishda kuchaytiradi. Lekin katta yarim sharlar
pustlogi ishga solgan organlarga ham ta’sir qilishni davom etadi. Miya pustlogidan kelgan
impulslar ishlayotgan organlarga ta’sir qilgan chog‘da, pustlok uyg‘unlashtirish ta’sirini
ko‘rsatadi [4,5].

Insonning ish qobiliyati yoki ish quvvatining talab qilinayotgan darajasini ish sifatini

o‘zgartirmagan holda mumkin qadar uzoq saqlab qolish qobiliyati, bir necha faktorga bog‘liq.
Bulardan eng muhimlari trenirovka va mashq emotsional holat, charchash va atrofdagi muhit
sharoitlaridir [1, 2]. Xozirgi zamon ishlab chiqarish sharoitlarida bajarilayotgan ishlar ularning
quvvatiga ya’ni vaqt birligi ichida bajarilayotgan ishning miqdoriga karab 3 guruhga bo‘linishi
mumkin: 1-yengil; 2- o‘rtacha; va 3-og‘ir ishlar. Yengil ishlar ishlar qatoriga minutiga kamroq
kislorod iste’mol qilinadigan ishlar kiradi. Agarda odamning to‘la tinch holatda minutiga 200-250
sm

3

kislorod iste’mol qilinishi hisobga olinsa, yengil ish vaqtda kislorodning iste’mol qilinishi

ko‘p deganda 2-2,5 xissa ortadi. O‘rta og‘irlikdagi ishlar qatoriga bir minutiga 1 litrgacha iste’mol
qilinadigan ishlar kiradi, ya’ni bunda kislorodni iste’mol qilinishi tinch holatiga qaraganda 2-4
marta oshadi. Og‘ir ishlarga minutiga bir litrdan ortiq miqdorda kislorod iste’mol qilinadigan
ishlar kiradi. Ish vaqtida kislorodning kuproq iste’mol qilinishiga sabab shuki, mushak ishi uchun
zarur bo‘lgan energiya oziq moddalari natijasida hosil bo‘ladi. Lekin ayrim hollarda kislorod
iste’mol qilinishi bajarilayotgan ish xajmdan qat’iy nazar qo‘llanishi mumkin. Masalan, kishi 13
sekund davomida maksimal tezlik bilan yugirganda kislord iste’mol qilinishi ortiqcha ulgirmaydi
va u keyinroq yugirish tugagandan keyin ko‘payadi [2].

Noto‘g‘ri tashkil qilingan va ko‘p diqqatni talab qiladigan ishning bunday salbiy natijalarini

bartaraf qilmoq yoki anchagina kamaytirmoq uchun mehnatning sanitariya-gigiyena sharoitlarini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

377

yaxshilash, ishni tartibga solish, qisqa muddatli tanaffuslar qilish, shu bilan birga ko‘p malaka
talab qilmaydigan konveyrlarda ishlovchilarning ma’lum vaqt o‘tganda bir operatsiyadan ikkinchi
operatsiyaga ko‘chirish lozim [4].

Korxonalarda xavfsiz mehnat sharoitlarini to‘g‘ri tashkil etilishi ishchi- xodimlarni

intizomli bo‘lishiga va bu o‘z navbatida mehnat unumdorligini oshirishiga, ishlab chiqarishdagi
baxtsiz xodisalarni, asbob uskunalarni buzilishlari va boshqa ko‘zda tutilmagan xolatlarning
kamayishiga va oxir oqibatda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga va korxonaning
barqarorligiga olib keladi [2].

Mehnat jarayonida, faoliyat turiga xos bo‘lgan shikastlash omili ta’siri maydonida

(«xavflar maydonida») mavjud bo‘ladi. Chunki ishchi shikastlash omili ta’siri maydonida ya’ni
«xavflar maydonida» bo‘lgan haftada, kunda, soatda shikastlanishi mumkin [4].

Ishlovchi xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash davlat ahamiyatiga

molik bo‘lgan muhim vazifadir [1].

Gigiyenik baholash mezonlariga asoslangan mehnat sharoitlarining 4 ta sinfiga oid

tasnifidan ma’lumki, zararligi bo‘yicha mehnat sharoitlaridagi ish joylarida doimiy faoliyat
yurituvchi ishchi-xodimlar tanasida qayta tiklanmaydigan funksional o‘zgarishlar sodir bo‘ladi,
mehnat qobiliyati pasayadi, shuningdek kasb kasalliklarining yuzaga kelish ehtimoli ortadi.
Shundan kelib chiqib bunday zararli mehnat sharoitlarda faoliyat yurituvchi xodimlarga,
vaqtinchalik chora-tadbirlar sifatida ustama haq to‘lash (kompensatsiya), ish o‘rniga mos bo‘lgan
kafolatlar va preferensiyalar beriladi. Ammo vaqtinchalik chora-tadbirlar xodimlarni kasb
kasalliklariga chalinish ehtimolini kamaytirmaydi, faqatgina ularni sog‘lig‘ini yo‘qotilishiga mos
moddiy kompensatsiya hisoblanadi va o‘rnatilgan yoshdan 5 yil oldin nafaqaga chiqish imtiyozini
beradi. Mehnat muhofazasi sohasi faoliyatining asosiy maqsadi esa yo‘qotilgan sog‘liq uchun
ishchi-xodimga moddiy tovon to‘lash emas, balki mehnat jarayonida insonlar xavfsizligi, hayoti va
sog‘lig‘i, ish qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda vositalardan iboratdir.

Mehnat muhofazasi amaliyotida uni ta’minlashni bir necha tamoyillari va usullaridan

foydalaniladi. Tadqiqotlar natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar va vositalar ushbu
tamoyillar va usullar doirasida yaratilgan. Tamoyillar va usullarni konstruktiv, tashkiliy va moddiy
amalga oshirish mehnatni muhofaza qilishning ifodasidir. Mehnatni muhofaza qilishning
yo‘naltiruvchi, texnik, tashkiliy va boshqaruv tamoyillariga ajratish mumkin. Texnologiyani
o‘zgartirish, zararli moddalarni xavfsiz moddalarga almashtirish, xavfsiz uskunalardan foydalanish
va mehnatni ilmiy tashkil qilishni takomillashtirish orqali zararli va xavfli omillarni yo‘q qilishni
nazarda tutuvchi g‘oyalarga yo‘naltiruvchi tamoyillardir. Odamni masofadan himoya qilish,
ma’lum darajada xavfsizlikni ta’minlaydigan, inson va xavf manbai o‘rtasida shunday masofani
belgilash, xavf manbai bilan odam o‘rtasida to‘siq o‘rnatish orqali xavfdan himoyalanishni
kafolatlash texnik tamoyillardir.

XULOSA VA MUNOZARA

Insonni xavfli shikastlovchi va zararli ishlab chiqarish va tashqi omillar ta’siridan

ogohlantirish yoki himoya qilish uchun mo‘ljallangan (blokirovka va himoya qiluvchi,
cheklovchi, xavfsizlik, signalizatsiya qurilmalari hamda moslamalari) sanoat xavfsizligi texnik
uskunalari yoki tizimlaridir.

Mehnat muhofazasi nafaqat ishchilarning sog‘lig‘i, balki qudratli iqtisodiy omildir, chunki

mehnat sharoitlarining yaxshilanishi mehnat unumdorligini oshishiga, jihozlarning xizmat qilish


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

378

muddatini uzaytirishga, kasallik varaqalari to‘lovlarini, nogironlik nafaqalari va boshqalarni
kamaytirishga olib keladi.

REFERENCES

1.

E.I.Ibragimov, S.Gazinazarova, O.R.Yuldashev. Mehnat muhofazasi maxsus kursi.
Darslik.-T.: TIMI, 2014.-536 b.

2.

Mehnat gigiyenasi. Iskandarova G.T. tahriri ostida. – T., 2009, - 283 b.

3.

Narziev S. va boshqalar. Shikastlanish sabablarini nazariy tahlil qilish va ularni
kamaytirish choralari // Dinamik va boshqaruv tizimlarida ilg'or tadqiqotlar jurnali. - 2020.
- T. 12. - Yoʻq. S2. - b. 166-170.

4.

Narziev Shovqiddin Murtozaevich, Botirov Akbar Baxriddinovich Inson faoliyatining
xavfsizligi, mehnat jarayonida risklarni o'rganish va tahlil qilish usullari // Techika. 2021
yil

5.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

References

E.I.Ibragimov, S.Gazinazarova, O.R.Yuldashev. Mehnat muhofazasi maxsus kursi. Darslik.-T.: TIMI, 2014.-536 b.

Mehnat gigiyenasi. Iskandarova G.T. tahriri ostida. – T., 2009, - 283 b.

Narziev S. va boshqalar. Shikastlanish sabablarini nazariy tahlil qilish va ularni kamaytirish choralari // Dinamik va boshqaruv tizimlarida ilg'or tadqiqotlar jurnali. - 2020. - T. 12. - Yoʻq. S2. - b. 166-170.

Narziev Shovqiddin Murtozaevich, Botirov Akbar Baxriddinovich Inson faoliyatining xavfsizligi, mehnat jarayonida risklarni o'rganish va tahlil qilish usullari // Techika. 2021 yil

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов