THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE TECHNOLOGY OF FORMATION OF SPIRITUAL CULTURE IN GENERAL EDUCATION SCHOOL STUDENTS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abdullayeva, N. (2023). THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE TECHNOLOGY OF FORMATION OF SPIRITUAL CULTURE IN GENERAL EDUCATION SCHOOL STUDENTS. Modern Science and Research, 2(4), 541–546. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19389
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article presents an analysis of the thoughts of Eastern thinkers about spiritual culture and their views. The theoretical foundations of the technology of formation of spiritual culture are presented.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

541

UMUMTA’LIM MAKTAB O’QUVCHILARIDA MA’NAVIY-MADANIYATNI

SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI

Abdullayeva Nilufar Ixtiyor qizi

Guliston davlat univerisiteti

Pedagogika va Psixologiya yo’nalishi magistri

+998 99 346 95 86

https://doi.org/10.5281/zenodo.7853294

Annotatsiya.

Mazkur maqolada sharq mutafakkirlarining ma’naviy-madaniyat haqidagi

fikrlari va ularning qarashlari tahlili keltirib o’tilgan. Ma’naviy-madaniyatni shakllantirish
texnologiyasining nazariy asoslari keltirilgan.

Kalit so’zlar:

ma’naviyat, madaniyat, sharq, alloma, iymon, e’tiqod, bilim, ilmsizlik, tarbiya,

ta’lim.

THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE TECHNOLOGY OF FORMATION OF

SPIRITUAL CULTURE IN GENERAL EDUCATION SCHOOL STUDENTS

Abstract.

This article presents an analysis of the thoughts of Eastern thinkers about spiritual

culture and their views. The theoretical foundations of the technology of formation of spiritual
culture are presented.

Key words:

spirituality, culture, east, scholars, faith, belief, knowledge, ignorance,

upbringing, education.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ТЕХНОЛОГИИ ФОРМИРОВАНИЯ

ДУХОВНОЙ КУЛЬТУРЫ УЧАЩИХСЯ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ШКОЛЫ

Аннотация.

В данной статье представлен анализ размышлений восточных

мыслителей о духовной культуре и их взглядов. Представлены теоретические основы
технологии формирования духовной культуры.

Ключевые слова:

духовность, культура, восток, ученые, вера, вера, знание,

невежество, воспитание, образование.


Ma’naviyat o’zi – inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha bo’lib, u kishilarning

falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy va diniy tasavvurlarni o’z ichiga oladi. Birinchi
Prezidentimiz I.A.Karimov shunday ta’rif berganlar:

1

“Ma’naviyat – insonni ruhan poklanishga,

qalban ulg’ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat iymon-e’tiqodini
butun qiladigan, vijdoni uyg’otadigan kuch. Insonning barcha qarashlarining mezonidir” . Inson
ma’naviyatining mohiyati bir-biri bilan uzviy bog’langan ma’naviy-axloqiy, ilmiy-amaliy,
mafkuraviy fazilatlarning yaxlit tizimi ekanligini unutmasligimiz darkor. Ma’naviy madaniy
tarbiyatarbiya haqida so’z yuritganimizda, axloq tushunchasiga e’tibor qaratishimiz lo`zim.
“Ma’naviyat – insonning ma’lum darajadagi jismoniy, aqliy va ruhiy balog’ati va dunyoqarashini
ifodalovchi tushunchadir Ma’naviyat insonni ruhan poklanishi, qalban ulg’ayishiga chorlaydigan
,insonning ichki dunyosini, irodasini baquvvat qiladigan vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch,
uning barcha qarashlarining mezonidir, desak menimcha tariximizga va bugungi hayotimizga har
tomonlama o’z tasdig’ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo’lamiz.

1

Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch”. T.: “Ma’naviyat” nashriyoti. 2008 y 10 b


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

542

Xalqni o’z ma'naviyati va madaniyatidan yuksakroq kuch yo’qdir ,zero donolarimizda

shunday so’z bor, “ma’naviyatli xalqni yengib bo’lmaydi”.

Inson paydo bo’libdiki, uning ma’naviyatga muhtojligi bor . Sharq ilk jonlanish davri

(IX -XI asrlar) allomalari ham o’z asarlarida bilim egallashning foydasi haqida juda ko’p
fikrlar bildirganlar. Tarixga nazar tashlasak, bizning ota-bobolarimiz ming yillar oldin o’zlarining
tarixiy yodgorlik manbalarida,tafakkur va dunyoqarashida xalq og’zaki ijodi namunalari milliy
mafkuramiz o`ziqlanadigan manbalardir

2

. buyuk mutaffakir ma’naviy hayotidagi muhim ijtimoiy

hodisa bo’lib, odob-axloq tizimini, axloqiy fazilatlarini zamon talablari asosida har qaysi avlod
ongiga singdirish shakli bo’lib, o’sib kelayotgan yosh avlodda xulq odob me’yorlariga mos
keladigan, zamon talablariga beradigan insoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan ilmiy va
amaliy harakatlar tizimi tushuniladi”. A.Avloniy shunday ta’rif bergan: “insonlarni yaxshilikg’a
chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon
xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg’an kitobni axloq deyilur. O’z aybini
bilib, iqror qilub tuzatmakg’a sa’y va ko’shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidir’’

3

Zero, shaxsning ruhiy va jismoniy yetukligining mezoni axloq va axloqiy me’yorlar bo’lib,

uning ishtirokisiz ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun ham ma’naviy-axloqiy
tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy
shakllanishida muhim sanaladi. Ma’naviyat va axloq o’z navbatida tarbiya jarayonini samarali
tashkil etishni taqo`zo etadi. “Ma’naviyat” arabcha “ma’nolar majmui” – kishilarning falsafiy,
huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuidir”. Ushbu ta’rifdan
kelib chiqib ayta olamizki, ma’naviy madaniy tarbiyabu – uninersal tarbiya demakdir, chunki
ma’naviyat o’z tarkibiga tarbiyaning barcha turlarini qamrab oladi. Bundan ko’rinib turubdiki,
islohotlarning birinchi bosqichida milliy ma’naviyatni yuksaltirish yo’lida ko’zlangan maqsad
to’la amalga oshiriladi va ikkinchi bosqichda amalga oshilishi lo`zim bo’lgan vazifalarga zamin
ho`zirlaydi. Ma’naviy-madaniy tarbiyaatizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ular inson tomonidan,
uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o’z xulqiga nisbatan his-tuyg’ularni uyg’otishga rag’bat
paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda
xulq-atvorni tarbiyaviy ishlar tashkil etadi. Ma’naviy merosimiz hisoblangan eng qadimgi
manbalarda («Avesto», «Go’ro’g’li» Alpomish» va b.q.)xalq ertaklarida ,xalq
dostonlarida,afsonalarida ajdodlarimizning vatanini , xalqini sevish, or-nomus va mexr-
oqibat,ezgulik va do’stlarga sadoqat kabi sifatlar ularning asosiy ijtimoiy xislatlari
hisoblangan.,,Avesto’’ zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir.Zardusht eramizdan avvalgi
660- yilda Xorazmda dunyoga kelgan.Uning muqaddas kitobi ,,Avesto’’

4

ham birdan yuzaga

kelgan emas, balki bir necha asrlar davomida yuzaga kelgan. Zardusht ,,Avesto’’ning qadimiy
nusxalarini o’rganib,to’plam bir kitob holiga keltirilgan.,,Avesto’’da inson axloq odobi
,ma’naviyati quyidagi uchlikda; Gumata—yaxshi fikr, Gugta—yaxshi so’z ,Gvarshta-yaxshi ishda

2

Milliy istiqlol g’oyasi; asosiy tushuncya va tamoyillar.T., ,,O’zbekiston”,2000 . 47-bet.

3

Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”. YOSHLAR NASHRIYOT UYI. T.: 2019 5-bet

4

S.Otamurodov, S.Husanov, J.Ramatov. “Ma’naviyat asoslari”. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot. 2002 y.

87 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

543

ifodalanadi.,,Men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon shavkat baxsh etaman,-deb
ta’kidlaydi Axura Mazda.

5

p

Islom dini ko’p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. O’rta Osiyo yerlari—

Movarounnahr VIII asr o’rtalarida arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini
kirib keldi. O’sha davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom dini mintaqa madaniyati, ma’naviyati
va ma’rifati o’ziga xos bo’lib shakllanadi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi. Qur’oni
Karim, hadislar va shariatda inson ma’naviy – ma’rifiy kamolotining asosi bo’lgan axloq – odob
,ma’naviy tarbiyaga oid bo’lgan fikrlarning mukammal to’plamidir. Islomda ota – onaga mehr –
muhabbat, g’amxo’rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan.
Islom ta’limotida insonlarni yaxshilik qilishga savob ishlarga qo’l urish, insofli – diyonatli,
vijdonli bo’lishi, saxovatlilik, tog’ri va sofdil bo’lish,boshqalarga yordam berish, kamtarlik va
halollikka chaqirish g’oyalarini ilgari surgan.

Islom manbalarida islomiy g'oyalar odamlarni yaxshilikka da’vat etadi, ularni yomonlikdan

qaytaradi. Insonparvarlikni targ'ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy-ma’naviy poklik,
mehnat qilish hamda yer yuzini obod va go'zal etishga undaydi. U adolat, tenglik, tinchlik, erkni
targ'ib etadi. “Qur’oni Karim”ning inson kamolotga erishishidagi ahamiyati, uning insonga va
butun borliqqa nisbatan munosabati mazmunidan ham bilsak bo'ladi. Sura va oyatlar vositasida
zohir etilgan musulmon olami, xususan, islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlarning madaniyati,
ma’naviyati va ma’rifatiga oid qarashlar axloqiy me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Shuningdek, ilm olish fazilatlari haqida shunday aytiladi: “Ilmga amal va rioya qiluvchi
bo'linglar, uni faqat hikoya qiluvchi bo’lmanglar” , - deyiladi (637-hadis). Hadislarda ilmning
kishilarni fahm-farosatli, o'tkir zehnli, zukko hamda xotirani kuchli qilishdagi ahamiyati ham
ta’kidlanadi va “Ilmu hunarni Xitoydan bo'lsa ham borib o'rganinglar”, - deya da’vat etiladi. “Olim
bo’l, ilm beruvchi bo’l yoki ilm o'rgatuvchi bo’l yoki tinglovchi bo'l. Beshinchisi bo'lma, halok
bo'lasan” mazmunini ilgari suruvchi hadisning bayon etilishi orqali ham ilmli bo'lish insonni
falokat va uning yomon oqibatlaridan saqlovchi omil ekanligiga urg'u beriladi (41-hadis). Bir
qancha hadislarda ilmning ibodatdan ustun ekanligi ko'rsatib o'tiladi. Xususan, “Ilm ibodatdan
afzal va u taqvo dinining ustunidir” (268-hadis). Biroq ilmning manfaatsiz holda sarflashdan
saqlanish maqsadga muvofiq ekanligi aytiladi va ilm ahlini ana shunga da’vat etiladi (173-hadis),
haqiqiy komil insonning bilimga boy, xushxulq, sog'lom bo'lishi (182-hadis), uni faqat foydali
ishlar va insonlarning farovon hayot kechirishlari yo'lida sarf etish kerakligi ham uqtiriladi:
“Boshliq bo’lmasingizdan avval ilmni chuqur o'rganing!”. Rasulloh sallallohu alayhivassalamning
sahobalari yoshlari ulg'ayganda ham ilm o'rganganlar. Ma’lumki, inson kamoloti avvalo uning
bilim va tafakkur darajasi bilan belgilanadi. Islom dini asrlar davomida insonlarni chuqur bilim
olish, ilm-fan sirlarini puxta egallash, o'zlashtirilgan bilimlar asosida ijtimoiy faoliyatni tashkil
etishga undab kelgan. Ilm-fan, ma’rifat taraqqiy etgan jamiyatgina ijtimoiy iqtisodiy va madaniy
jihatdan rivojlanadi. Ko'rinib turibdiki, islom dini ta’limotiga ko'ra, bilim va aqliy kamolot inson
yetukligining asosiy mezoni sanalgan.

5

S.Otamurodov, S.Husanov, J.Ramatov. “Ma’naviyat asoslari”. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot. 2002 y.

95 bet b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

544

6

Sharq mutaffakirlarimizdan Ibn Sino dunyoviy ilmlar olimi bo’lsa, Abusaid Abulxayr

tasavvuf shayxi,ilohiyot olimi. Lekin ular bir – birlarini tushunganlar, shu bilan birgalikda bu ikki
ilm ham zarurligini anglaganlar.

Al – Xorazmiy, Al – Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Xoja Axror Valiy, Al –

Buxoriy,G’ijdivoniy va boshqa ulug’ zotlar hayot tarzi, ilm uchun fidoiylarligi,e’tiqot va imonning
pokligi kelajakda odobli, axloqi pok kishilar bo’lishi kerakligi haqida o’z fikrlarini bildirganlar.

,,Dunyoviy va diniy g’oyalar bir – birini boyitib, taraqqiyot bosqichiga o’chmas iz qoldirgan

Imom Buxoriy, Muso Xorazmiy, Imom Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr
Farobiy kabi buyuk zakovat sohiblari yashab faoliyat ko’rsatgan davrlarni yaqqol misol
keltirishimiz mumkin.”

7

Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm – ma’rifatsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, shu o’rinda

buyuk sohibqiron Amir Temur bobomizning ,,Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo’lsangiz
qurgan binolarimizga boqing” degan so’zlarini va ma’naviyatning gullab yashnashida muhim o’rin
tutishini eslashimiz joiz.

Yusuf Xos Hojib jamiyat taqdirini hal etuvchi eng ulug' mansabdorlardan oila a’zolarigacha

bir-biriga bo'lgan muomala-munosabat masalalarini ham hayotiy misollar vositasida yoritadi.
Katta yoshlilarning kichiklarga, kichiklarning ulug'larga, amaldor va mansabdorlarning o'z
xizmatchilariga, xizmatchilaming o'z xo'jalariga, turli ijtimoiy guruh a’zolarining bir-birlariga,
oilada oila a’zolarining bir-birlariga muomala madaniyatining eng oddiy ko'rinishlarigacha
tasvirlab, kishining ko'z oldida yaqqol namoyon etadi. Buni biz farzand tarbiyasida uning
tug'ilganidan boshlab xulq-odob qoidalarini, bilim va hunarni o'rgatish, buning uchun pok va
bilimli muallim-murabbiy tanlash, farzandning xatti-harakatini doimo nazoratda saqlash kabi
masalalarning bayon etilishidan ham bilsak bo'ladi. Mutafakkir ulug’lar va kichiklar o'rtasidagi
xulq-odob qoidalari haqida gapirar ekan, shu asnoda kamtarlik, salomlashish odobi, talablari,
qoidalarini ham tavsiya etadi. Ma’rifatparvar olim A.Avloniy shunday ta’rif bergan: “insonlarni
yaxshilikg’a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini,
yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg’an kitobni axloq deyilur. O’z
aybini bilib, iqror qilub tuzatmakg’a sa’y va ko’shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon
kishidir.

IX-XV asrlarda Yaqin Sharq mamlakatlari, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo xalqlarining

madaniy-ma'naviy taraqqiyotida, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, diniy, falasafiy ta'limotlari
rivojlanishida kеskin o’zgarish, tub burilish davri bo’ldi, desak adashmagan bo’lamiz. Bu madaniy
jonlanish va yuksalish jamiyat hayotining barcha sohalarida kirib boradi, ma'naviy hayotni qamrab
oladi. Ijtimoiy taraqqiyotning ana shu davrlarda Markaziy Osiyo xalqlari dunyo madaniyati
taraqqiyotining eng oldingi, yetakchi sohalarida turish darajasiga ko’tarila oldilar. Markaziy
Osiyoning jahon madaniyati taraqqiyotining eng yirik va markaziy o’choqlaridan biriga aylanishi
xuddi shu davrga to’g’ri kеladi.

Ana shu davrlarda Markaziy Osiyo xalqlari safidan o’zining aql-idroki va tafakkuri,

qomusiyligi bilan insoniyatni lol qoldirgan fan va madaniyatning so’nmas yulduzlari, jahonga
mashhur bo’lgan matеmatik, astronom, kimyogar, minеrolog va tibbiyotchilar, shoir, yo`zuvchi va

6

S.Otamurodov, S.Husanov, J.Ramatov. “Ma’naviyat asoslari”. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot. 2002 y.-

96-bet

7

Milliy istiqlol g’oyasi; asosiy tushuncya va tamoyillar.T., ,,O’zbekiston”,2000 yil,18-bet/


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

545

san'atshunoslar, tasviriy san'at va naqqoshlik ilmiy arboblari, dunyo tan bеrgan faylasuf va
tarixchilar, so’z san'atining toji hisoblangan adabiyotchi va tilshunoslar, g’azal mulkining
sultonlari “Muallimi soniy” va “Shayx ur-rais”lar saf-saf bo’lib yetishdilar Amir Temur va
Temuriylar davri O`rta Osiyo ilm-fani, madaniyati, ma’naviyati, adabiyoti va san’ati rivojida
muhim bosqich yangi tarixiy davrni boshlab berdi.

,,Sohibqiron Amir Temur parokanda yurtni birlashtirish, markazlashgan davlat barpo etish

mamlakatni obod qilish borasidagi ibratli faoliyatiga insonni ulug’lash, uning ruhiyatiga qanoat
bag’ishlash kabi ezgu g’oyalar asos bo’lgan

8

Temuriylar sulolasining ma’naviy hayotdagi ko’tarilishi va yuksalishi IX- XII asrlarga borib

taqaladi, shu davr mobaynida madaniyat, ma’naviyat va ma’rigatga hissa qo’shgan buyuk tafakkur
egalari: Sharofiddin Ali Yazdiy, Xondamir, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Abduraxmon Jomiy,
Alisher Navoiy, Gutfiy, Kamoliddin Bekzod, Mirak Naqqosh kishilarning madaniyat, ma’naviyat
va ma’rifati yutug’ining barcha sohalarini mukammal bilib o’zlashtirib olganlar.

Mirzo Ulug’bek buyuk ilm fan rivojida katta ahamiyatga ega bo’lib o’zi qurdirgan

rasadxonada 100 dan ortiq ilm- marifat ahlini to’plab keng jabhada ish olib borgan. Temuriylar
davri ma’naviyati va ma’rifati rivojiga o’zlarining ongli hayoti va insonlarning baxti- saodati
yo’lida ilmini va san’atini baxshida etgan ikki buyuk mutafakkir Abduraxmon Jomiy va Mir
Alisher Navoiylar o`ziga xos takrorlanmas ijod qilib ochmas iz qoldirganlar.

Buyuk allomamiz Ibn Sino esa bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy –

ro’zg’or turmush masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tatbiyalash oila ota – onaning
asosiy maqsadi Ibn Sino har bir ma’naviy-axloqiy xislatning ta’rifini beradi: Buyuk allomamiz
Ibn Sino esa bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or turmush masalalari
xususida ham so’z yuritadi. Bolani tatbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi Ibn Sino har bir
ma’naviy-axloqiy xislatning ta’rifini beradi;

- mo'tadillik - tan uchun zaruriy o`ziq va xulq me’yorlariga to'g'ri kelmaydigan ishlami

qilmaslik;

- saxiylik - yordamga muxtoj kishilarga ko'maklashuvchi insoniy quvvat;
- g'azab - biror ishni bajarishda jasurlik;

- chidamlilik - inson o'z boshiga tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat;
- aqllilik - biror ishni bajarishda shoshma-shosharlikdan saqlovchi quvvat deydi.
Ma’lumki, o‘zbek xalqining aqliy-ruhiy qiyofasi, ya’ni milliy mentaliteti o‘ziga xos tarixiy,

etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar negizida shakllangan. Xarakterdagi milliy o’ziga xoslikning
negizini esa shu xalqning hayotiy tajribalari, urf-odatlari, marosim va ma’rakalarining yaxlit tizimi
tashkil etadi. Shu o'rinda o‘zbek xalqi budda, zardushtiylik, islom, sotsializm kabi to‘rtta katta
diniy-mafkuraviy bosqichni o‘z boshidan kechirganligini ham aytib o'tishimiz joiz. Har bir
mafkuraviy- diniy ta’sirlar davrida necha avlodlar almashgani va bu jarayonlaming millat fe’l-
atvoriga o‘chmas iz qoldirganini ham hisobga olishimiz kerak. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek,
«Xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan bo‘lsak, boshqalarga hech
o‘xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki hayotimizning
uzviy bir qismi sifatida namoyon bo‘ladigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘ramiz. Misol
uchun, tilimizdagi mehr- oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini

8

Milliy istiqlol g’oyasi; asosiy tushuncya va tamoyillar.T., ,,O’zbekiston”,2000 yil,10-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

546

chuqur ma’no-mazmun bilan boyitadigan iboralarni olaylik. Bunday tushunchalar asrlar
mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan,
ongu shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlaming amaliy ifodasidir».

Darhaqiqat, o‘zbek milliy mentalitetiga xos jihatlardan biri jamiyat hayoti, insonlar turmush

tarzining ko'proq an’ana, urf-odatlar orqali boshqarilishidir. «Biz buni, ayniqsa, xalqimizning to'y-
tantanalarga o‘ta o‘chligida, yillar davomida yig‘ib-terib elga tarqatishdan zavq-shavq olishida,
aza va yo‘qlov marosimlarini uyushgan holda o‘tkazishda, bola tug'ilishidan tortib to motamgacha
bo'lgan barcha marosim va urf-odatlariimizda keng jamoatchilik va mahalla ahlining doimo bosh-
qosh bo'lishi kabi udumlarda kuzatamiz».

Xalqimizga xos bo'lgan axloqiy me’yorlar bag'rikenglik, hojatbaorlik, mardlik, lafz halolligi,

saxovatpeshalik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, to'g'rilik, donolik, mehmondo'stlik,
kamtarlik, saxiylik, epchillik, sabr-qanoatlilik, rostgo'ylik, mehr-oqibatlilik, ahillik, sami- miylik,
andishalilik, farosatlilik, tejamkorlik, mas’uliyatlilik kabi xislatlarda namoyon bo'ladi. Xalq
pedagogikasi manbalarida ana shu ajoyib insoniy fazilatlarni tarannum etuvchi behisob misollar
mavjud. Jumladan, «Ezgu ish» rivoyatida xalq manfaatiga yaraydigan ezgulik va himmat haqida
so'z yuritiladi:

Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonni o'z mohiyati

bilan ijtimoiy, ya’ni faqat jamiyatda, o'zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan
falsafiy qarashi turadi.

REFERENCES

1.

Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch”. T.: “Ma’naviyat” nashriyoti. 2008 y
10 b

2.

S.Otamurodov, S.Husanov, J.Ramatov. “Ma’naviyat asoslari”. T.: Abdulla Qodiriy
nomidagi nashriyot. 2002 y. 87 b.

3.

Milliy istiqlol g’oyasi; asosiy tushuncya va tamoyillar.T., ,,O’zbekiston”,2000 . 47-bet.

4.

Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”. Yoshlar nashriyot uyi. T.: 2019 5-bet

References

Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch”. T.: “Ma’naviyat” nashriyoti. 2008 y 10 b

S.Otamurodov, S.Husanov, J.Ramatov. “Ma’naviyat asoslari”. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot. 2002 y. 87 b.

Milliy istiqlol g’oyasi; asosiy tushuncya va tamoyillar.T., ,,O’zbekiston”,2000 . 47-bet.

Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”. Yoshlar nashriyot uyi. T.: 2019 5-bet

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов