FUNDAMENTAL KNOWLEDGE AND FUNCTIONAL LITERACY

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Kudratova, A. . (2023). FUNDAMENTAL KNOWLEDGE AND FUNCTIONAL LITERACY. Modern Science and Research, 2(8), 219–224. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22628
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article describes the concept of functional literacy, the necessary conditions for the formation of functional literacy in society, the legal and regulatory framework, the impact of functional literacy on the quality of education, the purpose of our country’s participation in the PISA international assessment study, the factors for the formation of functional literacy in general secondary education.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

219

FUNDAMENTAL BILIMLAR VA FUNKSIONAL SAVODXONLIK

Kudratova Aziza Ismatillayevna

Samarqand viloyati pedagoglarini yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi,

pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.8264096

Annotatsiya.

Maqolada fundamental bilimlar va funksional savodxonlik tushunchasi,

jamiyatda funksional savodxonlikni shakllantirishning zaruriy shartlari, huquqiy-meyoriy
asoslari, ta’lim sifatiga ta’siri, mamlakatimizning xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtorok
etishdan ko‘zlangan maqsad, umumiy o‘rta ta’limda funksional savodxonlikni shakllantirish
omillari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Ta’lim, ta’lim sifati, funksional savodxonlik, PISA xalqaro baholash

tadqiqoti, hayotiy ko‘nikmalar, kasbiy rivojlanish ehtiyoji.

FUNDAMENTAL KNOWLEDGE AND FUNCTIONAL LITERACY

Abstact.

The article describes the concept of functional literacy, the necessary conditions

for the formation of functional literacy in society, the legal and regulatory framework, the impact
of functional literacy on the quality of education, the purpose of our country’s participation in the
PISA international assessment study, the factors for the formation of functional literacy in general
secondary education.

Key words:

Education, quality of education, functional literacy, international PISA

assessment, life skills, professional development needs.

ФУНДАМЕНТАЛЬНЫЕ ЗНАНИЯ И ФУНКЦИОНАЛЬНАЯ ГРАМОТНОСТЬ

Аннотация.

В статье описаны понятие функциональная грамотность,

необходимые условия формирования функциональной грамотности в обществе, правовые
и нормативные основы, влияние функциональной грамотности на качество образования,
цель участия нашей страны в международном оценочном исследовании PISA, факторы для
формирования функциональной грамотности в общем среднем образовании.

Ключевые слова:

Образование, качество образования, функциональная

грамотность, международная оценка PISA, жизненные навыки, потребности в
профессиональном развитии.


XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab butun dunyo bo‘ylab “sifat inqilobi” yuzaga keldi.

Dunyoning yetakchi ishlab chiqarish korxonalari asosiy e’tiborni son va miqdorga emas, balki
mahsulot sifatiga qarata boshladi. Sifat raqobatbardoshlikni ta’minlovchi asosiy omil sifatida
namoyon bo‘ldi.

Sifatga e’tibor va uning rivojlanish bosqichlarini mantiqan quyidagi davrlarga bo‘lingan

[5]:

1. XX asrning 60-yillari – bozor raqobatbardoshligi sharoitida asosiy omil – mahsulot

sifati.

2. XX asrning 70-yillari – mahsulot sifatidan ishlab chiqarish texnologiyasi sifatiga o‘tish

bosqichi.

3. XX asrning 80-yillari – sifatni boshqarish tizimi bosqichiga o‘tish davri.
4. XX asrning 90-yillaridan boshlab ta’lim sifati, intellektual resurslar sifati, inson hayoti

sifati – asosiy omil sifatida namoyon bo‘la boshladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

220

Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi hamda innovatsiyalarga liderlik qilishga bo‘lgan

intilish XX asrning ikkinchi yarmida mehnat bozori, biznes, yuqori texnologik ishlab chiqarish
sohalari tomonidan ta’lim oldiga turli yo‘nalishdagi bilimlarga ega, tanqidiy va kreativ
fikrlaydigan, muammolarni anglab turli hayotiy vaziyatlarda yechimini topib, innovatsion
loyihalar yarata oladigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi qo‘yildi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyoti o‘sha asrning 70-yillariga kelib, “savodxonlik” tushunchasi kengayishini taqozo etdi
va 1965-yilda Tehronda bo‘lib o‘tgan Butunjahon ta’lim vazirlari kongressida “funksional
savodxonlik” atamasidan foydalanish taklif qilindi va unga “insonning munosabatlarga kirishish,
tashqi muhitga moslashish va unda faoliyat yuritish qobiliyati” kabi ta’rif berildi [6]. Bu esa o‘z
navbatida uzluksiz ta’lim va umr davomida o‘qishning yangi sohalarini yaratdi.

Funksional savodxonlik – bu insonning hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida

fundamental bilimlarni o‘zlashtirish va qo‘llay olish ko‘nikmalari negizida shakllanadigan
qobiliyatdir. Shakllanishi uchun maqsad, mazmun va natijaviylik komponentlari, muhit hamda
rivojlanish ehtiyoji katta ahamiyat kasb etadi. Bugungu kunda zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lgan kishilar uchun raqamlashtirish va globallashuv erkinlik va zavq beradigan ishga aylanadi.

Ilmiy-texnikaviy rivojlanish bosqichida funksional savodxonlik o‘quvchilar qobiliyati va

shakllanadigan bilim, ko‘nikma, malakalari hamda ularni doimiy rivojlatirishga bo‘lgan ehtiyojlari
kabi ikkita jihatga bog‘liq bo‘ladi, deb hisoblaydi P.Atutov [7]. A.Tangyan esa jamiyatning
rivojlanishi jarayonida shaxsning bilim va ko‘nikmalariga bo‘lgan ehtiyojini minimal funksional
savodxonlik deb ta’riflagan [8].

“Funksional savodxonlik”

tushunchasi keng bo‘lib, o‘z ichiga o‘qish savodxonligi

matematik savodxonlik tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi moliyaviy savodxonlik, global
muammolarni anglash savodxonligi, XXI asr kompetensiyalariga egalik darajasi

,

sog‘lik

sohasidagi savodxonlik, diniy savodxonlik, oilaviy munosabatlar savodxonligi, iqtisodiy va
siyosiy masalalar savodxonligi, ijtimoiy munosabatlar savodxonligi, ekologik savodxonlik,
huquqiy savodxonlik, ilmiy va texnologik savodxonlik, kompyuter savodxonligi va b. qamrab
oladi.

Umumiy tahlillar asosida “insonning funksional savodxonligi u yashayotgan zamon va

makon bilan bog‘liq bo‘lib, tez o‘zgarayotgan dunyoda moslashish, doimiy ravishda rivojlanish
va unda munosib faoliyat yuritish uchun fundamental bilimlarni duch kelishi mumkin bo‘lgan turli
vaziyatlarda qo‘llay olish darajasi” kabi ta’rifni kiritishni joiz deb bildik.

Maktab o‘quvchilarida funksional savodxonlikni rivojlantirish bosqichlarini pedagog olim

L.Perminova o‘rganar ekan, ilmiy izlanishlarida quyidagi mezonlarni ishlab chiqdi:

– fundamental bilimlar bazasi shakllangan bo‘lishi;
– ularni fanlararo qo‘llay olishlari, ya’ni amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari;
– o‘zlarining ishlarini taqdimot qila olishlari (maktab, tashkilot, ijtimoiy institutlar);
– qaysi kasb egasi bo‘lishlarini tasavvur qila olishlari;

kommunikativlilik, hamkorlikda ishlay olishlari;

– o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojiga ega bo‘lishlari kerak [8].
Agar ta’lim jarayonida ushbu mezonlar ishlasa, o‘quvchilarni funksional savodli, deb

hisoblashimiz mumkin bo‘ladi. Lekin ularning ishlashi uchun qanday komponentlar ta’minlanishi
lozimligini aniqlash kerak.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

221

Ilmiy adabiyotlar, ilmiy-tadqiqot natijalari ifodalangan manbalar tahlili asosida

o‘quvchilarda funksional savodxonk kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim jarayonida
shakllanadi, degan xulosaga keldik. Bunda funksional savodxonlik shakllanish bosqichlari:

-

Kompetensiya - o‘quvchining bilim, malaka va shaxsiy sifatlarni ma’lum sohada

muvaffaqiyatli faoliyat uchun qo‘llay olish layoqati [7];

-

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim - o‘quvchilarda egallangan bilim,

ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish
layoqatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni [4];

-

Kompetentlilik - shaxsning muayyan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha olgan

bilim, malaka va ko‘nikmalari hamda shakllangan shaxsiy xislatlarini mehnat faoliyatida
muvaffaqiyatli qo‘llay olish qobiliyati [10];

-

Funksional savodxonlik -o‘quvchining o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini real hayotiy

vaziyatlarda qo‘llay olish, ziddiyatlar sabablarini tahlil qilish, izlash va aniqlash, o‘z g‘oyalarini
taqdim etish qobiliyati hamda kelajak hayotida duch kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni yengib
o‘tishga tayyorligi darajasi [3].

Olingan bilimlarning amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlikda rivojlanishini ta’minlaydigan

o‘qitish jarayoni ta’lim oluvchilar hayotining keyingi bosqichlarida bilim olish zaruratini his
qilish, rivojlanish, jamiyatning munosib fuqarosi bo‘lish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini

baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 8-
dekabrdagi 997-sonli qarori asosida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil
etildi va mamlakatimiz ta’limining fundamental bo‘g‘ini, umumiy o‘rta ta’lim sifatini baholashga
qaratilgan PIRLS (boshlang‘ich sinf bitiruvchilarining o‘qish savodxonligini baholash), TIMSS
(matematika va tabiiy fanlarning o‘qitilish sifati monitoringini amalga oshirish), PISA (15 yoshli
o‘quvchilarning olgan bilimlarini real hayotiy muammolar yechimini topishda qo‘llay olish
ko‘nikmalarini aniqlash) xalqaro baholash tadqiqot dasturlarida ishtiroki belgilandi [1].

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi

Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–
5712-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktab o‘quvchilarining
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va baholashni xalqaro dasturlar asosida amalga
oshirish hamda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish, 2030-yilga
kelib PISA Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi
30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifalari kun tartibiga qo‘yildi [2].

Mamlakatimiz ishtiroki belgilangan ikkita tadqiqotda o‘quvchilarimizning matematik

savodxonligi baholanadi. Bular Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assosiatsiyasi
(IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)
tomonidan o‘tkaziladigan PISA tadqiqotlari.

TIMSS dasturi 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha

egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlash
bilan bir qatorda, qo‘shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha
berilayotgan ta’lim mazmuni, o‘quv jarayoni, ta’lim muassasasining imkoniyatlari, o‘qituvchilar
salohiyati, o‘quvchilarning oilalari bilan bog‘liq omillari o‘rganadi [11]. PISA dasturi esa shu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

222

bilimlarini 15 yoshli o‘quvchilarning real hayotiy vaziyatlarda qanchalik qo‘llay olishlarini
baholaydi.

Shuni aytish joizki TIMSS va PISA dasturlari bir-biri bilan o‘zviy bog‘liq. Chunki

fundamental bilimlar bo‘lsa, ularni hayotda tatbiq qilish mumkin va, aksincha, berilayotgan
bilimlarga ehtiyoj bo‘lsa, ular o‘zlashtiriladi.

Izlanishlar, tahlillar va xulosalari asosida I.Aleksashina o‘zining ishlarida fundamental

bilimlarni va funksional savodxonlikni qiyoslar ekan, funksional savodxonlik shakllanishida
fanlar integrallashuvi katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi [12].

1.2-jadval.

I.Aleksashinaning fundamental bilimlar va funksional savodxonlikka bergan qiyosiy tahlili

Fundamental bilimlar

Funksional savodxonlik

-

ilmiy bilimlarning u yoki bu sohasini

modellashtiradi

-

real hayotiy vaziyatlarni modellashtiradi

-

chiziqli-mantiqiy

fikrlashni

rivojlantirishni nazarda tutadi

-

ko‘pqirrali tafakkurga tayanishni nazarda

tutadi

-

tushunchalar induktiv metodni qo‘llash

asosida shakllanadi

-

tushunchalar

deduktiv

metod

asosida

shakllanadi

-

o‘quvchilar bilimlarini aniq fan negizida

nazariy shaklda olishadi

-

bilimlar fanlar integratsiyasi asosida berilib,

real hayot bilan bog‘langanligi uchun
o‘quvchilar

tajriba-tadqiqotlar

o‘tkazib,

o‘zlarining

hayotiy

ko‘nikmalarini

shakllantiradilar


Ushbu qiyosiy tahlilga qo‘shilgan holda aytishimiz mumkinki, ta’limning rivojlanish

trayektoriyasi bevosita fundamental bilimlar mustahkamligi va funksional savodxonlik
shakllanganligi bilan belgilanadi.

Mamalakatimizning ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishi quyidagi

muammolar yechimini topishga imkon beradi:

-

ta’lim tizimidagi bo‘shliqlarni aniqlash;

-

sifatli ta’limni taqdim qilish yo‘llarini izlash;

-

belgilangan davriylik asosida davlatlarning ta’limiy yutuqlari, o‘zgarish

dinamikasini kuzatish, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish konsepsiyalarini ishlab
chiqish;

-

jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash;

-

investitsiyalarning oqimini ko‘paytirish;

-

raqobatbardosh kasb mutaxassislarini tayyorlash.

Fikrimizcha, barqaror rivojlanadigan davlatni qurish va tadqiqotda muvaffaqiyatli ishtirok

etish uchun mamlakatimiz xalq ta’limi tizimida katta islohotlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Bunda:

tadqiqotlarda ishtirok etgan hamma davlatlar faoliyatini tahlil qilish;
yetakchilik qilgan davlatlar ta’lim tizimini o‘rganish;
o‘quv dasturlari, darsliklar mazmunini qayta ko‘rib chiqish;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

223

fanlar integratsiyasini ta’minlaydigan qo‘shimcha adabiyotlar fondini oshirish.
Sifatli ta’limni tashkil etish, o‘quvchilarda hayotiy ko`nikmalarni shakllantirish maqsad

qilar ekanmiz har bir pedagog o‘ziga quyidagi savollarni berishi va ularga javob topa olishi lozim
deb hisoblaymiz:

- O‘quvchilarim olgan bilimlarini sinfdan tashqarida qo‘llay olishadimi?
- Fanimni o‘zlari uchun kerak deb o‘rganishlariga ularga nima xalaqit qiladi?
-

Nima qilsam o‘quvchilarim meni darslarimga qiziqib keladilar va o‘zlarining fikrlarini

erkin bayon qiladilar?

- O‘quvchilarim XXI asrda munosib yashashga tayyormi?
- Nima uchun o‘qitayapman?
Chunki ta’limning bugungi kundagi maqsadi faqat bilim berish emas, balki o

sib

kelayotgan avlodda tez o‘zgarayotgan dunyoda moslashish, doimiy ravishda rivojlanish va unda
munosib faoliyat yuritish uchun fundamental bilimlarini duch kelishi mumkin bo‘lgan turli
vaziyatlarda qo‘llay olish ko

nikmalarni shakllantirishdir.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 8-dekabr “Xalq taʼlimi
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora–
tadbirlari to‘g‘risida” 997- sonli Qarori. // www.lex.uz.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenining 2019-yil 29-aprel “O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–
5712-sonli Farmoni. 29.04.2019 y. QHMMB: 06/19/5712/3034–son.

3.

Oliy ta’lim Davlat ta’lim strandarti. –T. 2021. https://lex.uz/docs/5705038

4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprel “Umumiy o‘rta va o‘rta
maxsus, kasb–hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 187–
sonli Qarori. // www.lex.uz.

5.

Кулемин Н.А. Квалиметрический мониторинг в системе общего образования // ж.
Педагогика. 2001. – №3. – С. 16–20.

6.

UNESCO. Revised Recommendation concerning the International Standardization of
Educational Statistics. General Conference of UNESCO. Paris, 27.09.1978. URL:
http://portal.unesco.org/en/ev.php–RL_ID=13136&URL_
DO=DO_TOPIC&URL_SECTION=201.html.

7.

Атутов П.Р. Концепция политехнического образования в условиях технологического
этапа научно–технического прогресса// ж. Предпренимательство и занятость / – 1999.
–№10–11, – с. 26–29.

8.

Тангян С.А. «Новая грамотность» в развитых странах // ж. Советская педагогика. – №
1. 1990. – С. 3–17.,

9.

Перминова Л.М. Формирование функциональной грамотности учащихся: основы
теории и технология. – Санкт–Петеррбург, 1998. – 49 с.

10.

Образователная система «Школа 2100». Педагогика здравого смысла: сб. мат–лов /
поднауч. ред. А. А. Леонтева. – М.: Баласс, Издателский дом РАО, 2003. – 368 с.

11.

https://www.oecd.org/pisa/


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

224

12.

Алексашина И.Ю., Абдуллаева О.А., Киселёв Ю.П. Формирование и оценка
функциональной грамотности учащихся. Учебно-методическое пособие. – Сант
Петербург. 2019. – 160 с.

References

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 8-dekabr “Xalq taʼlimi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora–tadbirlari to‘g‘risida” 997- sonli Qarori. // www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenining 2019-yil 29-aprel “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5712-sonli Farmoni. 29.04.2019 y. QHMMB: 06/19/5712/3034–son.

Oliy ta’lim Davlat ta’lim strandarti. –T. 2021. https://lex.uz/docs/5705038

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprel “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 187–sonli Qarori. // www.lex.uz.

Кулемин Н.А. Квалиметрический мониторинг в системе общего образования // ж. Педагогика. 2001. – №3. – С. 16–20.

UNESCO. Revised Recommendation concerning the International Standardization of Educational Statistics. General Conference of UNESCO. Paris, 27.09.1978. URL: http://portal.unesco.org/en/ev.php–RL_ID=13136&URL_ DO=DO_TOPIC&URL_SECTION=201.html.

Атутов П.Р. Концепция политехнического образования в условиях технологического этапа научно–технического прогресса// ж. Предпренимательство и занятость / – 1999. –№10–11, – с. 26–29.

Тангян С.А. «Новая грамотность» в развитых странах // ж. Советская педагогика. – № 1. 1990. – С. 3–17.,

Перминова Л.М. Формирование функциональной грамотности учащихся: основы теории и технология. – Санкт–Петеррбург, 1998. – 49 с.

Образователная система «Школа 2100». Педагогика здравого смысла: сб. мат–лов / поднауч. ред. А. А. Леонтева. – М.: Баласс, Издателский дом РАО, 2003. – 368 с.

https://www.oecd.org/pisa/

Алексашина И.Ю., Абдуллаева О.А., Киселёв Ю.П. Формирование и оценка функциональной грамотности учащихся. Учебно-методическое пособие. – Сант Петербург. 2019. – 160 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов