EDUCATIONAL SERVICES AND TRENDS OF ITS DEVELOPMENT IN BUKHARA REGION

HAC
Google Scholar
To share
Umurova , B. (2023). EDUCATIONAL SERVICES AND TRENDS OF ITS DEVELOPMENT IN BUKHARA REGION. Modern Science and Research, 2(9), 216–219. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24107
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about issues of educational services and trends of its development in Bukhara region. Reasonable opinions and considerations are used throughout the article, and information is given about the directions of education development and development trends. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

216

BUXORO VILOYATIDA TA'LIM XIZMATLARI VA UNI RIVOJLANTIRISH

TENDENSIYALARI

Umurova Behishtibonu Murodilloyevna

Osiyo Xalqaro Universiteti magistiri

https://doi.org/10.5281/zenodo.8364162

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Buxoro viloyatida ta'lim xizmatlari va uni rivojlantirish

tendensiyalari masalalari haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalardan
foydalanilgan bo’lib, ta’limning rivojlanish yo‘nalishlari, taraqqiyot tendensiyalari haqida
ma’lumotlar keltiriladi. Maqola so’nggida xulosa va takliflar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

ta'lim xizmatlari, rivojlantirish tendensiyalari, ta’limning rivojlanish

yo‘nalishlari.

EDUCATIONAL SERVICES AND TRENDS OF ITS DEVELOPMENT IN

BUKHARA REGION

Abstract.

This article talks about issues of educational services and trends of its

development in Bukhara region. Reasonable opinions and considerations are used throughout the
article, and information is given about the directions of education development and development
trends. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.

Key words:

educational services, development trends, directions of educational

development.

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ УСЛУГИ И ТЕНДЕНЦИИ ИХ РАЗВИТИЯ В

БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются вопросы образовательной услуги

и тенденции ее развития в Бухарской области. На протяжении всей статьи использованы
обоснованные мнения и соображения, представлена информация о направлениях развития
образования и тенденциях развития. Выводы и предложения приведены в конце статьи.

Ключевые слова:

образовательные услуги, тенденции развития, направления

развития образования.

Bugungi kunda Buxoro viloyatida ta'lim xizmatlari va uni rivojlantirish tendensiyalari

masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aytish mumkinki, uzluksiz ta’lim tizimida quyidagi
o‘ziga xos holatlar vujudga kelgan:

1. Ta’lim resurslari ta’lim ehtiyojlariga mos kelmasligi tufayli shaxsning ijtimoiy hayot va

bulg‘usi kasbiy faoliyatga tayyorlash sifatining umumiy pastligi;

2. Ta’lim sifatini nazorat qiluvchi vakolatli tuzilmalarning o‘quv-tarbiya muassalarini

litsenziyalash va akkreditatsiya qilishni rasmiy tashkil etish bilan cheklanib, ularning amalda
kechayotgan ta’lim jarayonini yetarlicha nazorat qilmasligi;

3. Ma’rifiy masalalar o‘ta jiddiy moliyaviy tanqislik sharoitida ishlash, ta’lim soxasini

tijoratlashtirishning xozirgi xolati uni inqirozdan olib chiqa olmaslik;

4. Strategik nuqtai nazardan ta’lim tizimi va jarayonini uning barcha tarkibiy qismlarini

hisobga olgan holda rivojlantirishning samarali konsepsiyasi ishlab chiqilmaganligi, shuningdek
ma’rifiy muassasalar faoliyatini ma’lum bir tarzda tartibga solib turadigan qonun-qoidalar
mavjudligi, biroq ta’lim tizimi va jarayonida shakllangan umumiy qoliplar uning yaxlit
rivojlanishiga emas, balki ayrim qismlarining yomonlashuviga olib kelganligi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

217

5. Ma’rifiy muassasalar faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi kuchayganligi,

ularning haqiqiy mustaqilligini qat’iy tartibga soluvchi me’yoriy – huquqiy hujjatlar (moliyaviy
erkinlik, variativ DTS, o‘quv rejalari va dasturlari va sh.k.) mavjud emasligi;

6. Pedagogik kadrlar tayyorlash siyosatining aniq konsepsiyasi to‘liq ishlab

chiqilmaganligi;

7. Ma’rifiy muassasalar (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, kasb-

hunar kollejlari), ayniqsa asosiy oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik salohiyati pastligi;

8. Ta’lim-tarbiya sohasida xalqaro hamkorlikning kengayishi va yangi ta’limtarbiya

texnologiyalarining qo‘llanilishi. Zamonaviy ta’lim tizimi va jarayoni o‘tmishdagi faoliyatga
emas, balki kelajak faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘lsa, chinakam innovatsion xususiyatga ega bo‘ladi.
Shu nuqtayi nazardan bugungi ta’lim tizimi va jarayonida quyidagi umumiy taraqqiyot
tendensiyalari kuzatilmoqda:

1. Ta’lim tizimi va jarayonini demokratlashtirish. Ta’lim tizimi va turlari mazmunini

tanlash erkinligi, ularning xammabopligi, ta’lim tizimi va jarayonini boshqarishning demokratik
tabiati va ma’rifiy muassasalar avtonomiyasi.

2.

Ta’lim

jarayonini

va

o‘qituvchi-talaba

mexnatini

individuallashtrish.

Individuallashtirish sinf (auditoritiya) mashg‘ulotlariga ajratilgan vaqtni kamaytirish hisobiga
o‘qituvchi-talabalarning mustaqil ijodiy ishlari hajmini sezilarli oshirishni nazarda tutadi.

3. Ta’limni insonparvarlashtirish va ijtimoiylashtirish. Ta’lim jarayonida asosiy e’tibor

o‘quvchi talaba shaxsiga yo‘naltiriladi. O‘quvchi-talaba ta’limiy faoliyat subyektiga aylanadi.
Ularning madaniy dunyoqarashi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar xisobiga kengaytiriladi.
Insonparvarlashtirish tushunchasi ostida umuminsoniy qadriyatlar, inson hayoti va salomatligi,
shaxsning erkin kamol topishi tushuniladi. Iijtimoiylashtirish o‘quvchi talabalar uchun ham eng
qulay shakllar metodlar va shartsharoitlar yaratilishini o‘z ichiga oladiki, bunda insoniy
munosabatlar, o‘z fikrlarga chidamlilik, jamiyat oldidagi javobgarlik kabilar shakllantirishtirilishi
lozim.

4. Ta’lim tizimi va jarayonini kompyutirlashtirish.Kompyutirlashtirish nafaqat xisoblash

va grafik ishlari uchun, balki axborot tizimlariga kirish uslubi, shuningdek avtomatlashtirilgan
tizimlar va ma’lumotlarni taqdim etish vositasi sifatida test va pedagogik nazorat uchun xam katta
amaliy ahamiyat kasb etadi.

5. Ta’lim tizimi va jarayonini fundamentallashtirish. Bu o‘qituvchi-talabalarning

fundamental (umumilliy) tayyorgarligini kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi.

Fundamental fanlar bo‘lg‘usi mutaxassislarga o‘z soxasida erkin mo‘ljal olishga,

to‘plangan yangi matreallarni mustaqil tahlil qilishga, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishining oldini
olishga imkon beradi. Texnologiyalarning tez o‘zgarishi yaxshi fundamental tayyorgarlikni va
yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtirish qobilyatini talab etadiki, bu ishni tor doirada amalga
oshirib bulmaydi.

6. Ta’limiy dasturlarni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash, shu jumladan tegishli

tarmoqning yetakchi korxonalariga ta’limiy xizmatlarni taqdim etish. Bu shuni anglatadiki,
o‘quvchi-talabalar maxsulot va xizmatlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi sherik
korxonalarda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

7. Uzluksiz ta’lim va mustaqil ta’lim olish o‘quvchi talabalarning mustaqil ta’lim olish

qobilyati va ko‘nikmalarini shakllantirishga, ularning uzluksiz ta’lim tizimiga qo‘shilishi xamda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

218

o‘z bilimi, ko‘nikmasi va malakasini doimiy oshirishga imkon beradi. Shuningdek, o‘quvchi-
talabalarning amaliy loyihalarga, o‘quv ishlarining jamoaviy shakllariga (xamkorlik, sheriklik)
jalb etilishini anglatadi. Uzluksiz ta’lim va mustaqil ta’lim olishni tashkiln etish vazifalari
qo‘shimcha norasmiy (kurslar, treninglar, qisqa dasturlar, masofaviy ta’lim va sh.k) va kundalik
ta’lim (internet-resurslar, radio, televedenie, gazeta-jurnal, kutubxona va sh.k) bilan ham hal
etilishi mumkin.

8. Ijodiy o‘quvchi-talaba shaxsini shakllantirish.Bu o‘quvchi-talabalarda ijodiy faoliyat

tajribasini shakllantirishga imkon beruvchi samarali ta’lim texnologiyalari ishlab chiqilishini
taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar ma’rifiy tizimining o‘ziga xos
xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari quyidagilardan dalolat bermoqda:

1) ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotning zaruriy sharti sifatida aholining ilmma’rifatga, ya’ni

ma’lumotli, o‘qimishli bo‘lishiga ishtiyoqi, qiziqishlarini muntazam ortib bormoqda;

2) bepul ta’lim tarbiya beriladigan davlat ma’rifiy muassasalari tarmog‘i kengaytirib

bormoqda,

3) xususiy ma’rifiy muassasalarda pulli ta’lim xizmatini ko‘rsatish tendensiyasi saqlanib

qolmoqda,

4) davlat byudjeti hisobidan ta’lim tizimini moliyalashtirish hajmi oshib bormoqda,
5) ma’rifiy muassasalar uchun turli manbalardan mablag‘lar to‘planmoqda;
6) ma’rifiy muassasalarni hududiy boshqarish tamoyili kengaymoqda;
7) turli yo‘nalishdagi ma’rifiy muassasalarning tuzilmaviy xilma-xilligi ortib bormoqda,
8) ma’rifiy muassasalarda o‘quvchi-talaba tomonidan tanlab o‘rganiladigamn o‘quv

fanlarga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib chiqilgan holda
pedagogika fani taraqqiyotiga ta’sir etuvchi quyidagi jihatlarni ta’kidlash mumkin:

- matematik-statistik, biopsixologik va gnoseologik fanlar natijalaridan keng foydalanish

asosida pedagogikaning insonshunoslik fanlari bilan chuqur aloqalar o‘rnatishi va ilmiy pedagogik
bilimlar integratsiyasining kuchayishi;

- dunyoni pedagogik anglashning nazariy fundamental doirasi kengayish, ya’ni pedagogika

fanining ilmiy maqomi va ijtimoiy funksiyasini saqlab qolish, rivojlantirish uchun nazariyadan
amaliyotga harakatlanish;

- pedagogika fanlar taqraqqiyotini ta’minlashda matematik-statistik va semantik –

semasiologik axborot manbalaridan tizimli foydalanishga o‘tilishi;

- ijtimoiy xulq-atvor meyorlarini uyg‘unlashtirish, ijtimoiy munosabatlariini tartibga solish

mexanizmlarini boshqarishda ta’lim jarayonini axborotlashtirishga alohida e’tiborning kuchayishi;

- pedagogika fanining o‘ziga qarashli harakatlanish,taraqqiyot yo‘lini saqlab qolishga

erishish va uning boshqa fanlar kategoriyalardan o‘rinsiz foydalanishi xisobiga tushunarsiz
murakkablashuviga yo‘l qo‘ymaslik;

Global pedagogik muammolarni hal etish uchun shaxslararo, millatlararo va davlataro

munosabatlarni insonparvarlashtirish va axloqiy me’yorlar to‘liq taminlanishiga doir ilmiy-
tadqiqotlarni amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ma’rifiy tizimida sodir
bo‘layotgan tub yangilanishlar jarayonni jahon ma’rifiy tizimiga integratsiyalashuv va uning
rivojlanish tendensiyalariga hamohang ekanligidan darak bermoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

219

REFERENCES

1.

Jumanova F., Avazova C., Jabborova G., Xusnetdinov U. Umumiy pedagogika asoslari.
Darslik. -T.: 2020 y

2.

Azizxodjayeva.N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahurat. -T.: “Fan va
texnologiyalar ” nashriyoti. 2006.

3.

Mutalipova M. Xalq pedagogikasi. O‘quv qo’llanma. –Toshkent, 2015.

4.

Ochilov.M Yangi pedagogik texnologiyalar. -Qarshi, Nasaf, 2000.

5.

Mardonov SH.Q Yangi ta’limiy qadriyatlar asosida pedagogik kadrlarni tayorlash va
malakasini oshirish. -T.: Fan, 2006.

6.

Saidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. –T: Moliya , 2003

7.

Qurbonov M. Milliy Tarbiya –T.: Manaviyat, 2007.


References

Jumanova F., Avazova C., Jabborova G., Xusnetdinov U. Umumiy pedagogika asoslari. Darslik. -T.: 2020 y

Azizxodjayeva.N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahurat. -T.: “Fan va texnologiyalar ” nashriyoti. 2006.

Mutalipova M. Xalq pedagogikasi. O‘quv qo’llanma. –Toshkent, 2015.

Ochilov.M Yangi pedagogik texnologiyalar. -Qarshi, Nasaf, 2000.

Mardonov SH.Q Yangi ta’limiy qadriyatlar asosida pedagogik kadrlarni tayorlash va malakasini oshirish. -T.: Fan, 2006.

Saidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. –T: Moliya , 2003

Qurbonov M. Milliy Tarbiya –T.: Manaviyat, 2007.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов