INNOVATIONS AND ADVANCED FOREIGN EXPERIENCES IN TEACHING THE SCIENCE OF VERTEBRATE ZOOLOGY

HAC
Google Scholar
To share
Sultanov , E. (2023). INNOVATIONS AND ADVANCED FOREIGN EXPERIENCES IN TEACHING THE SCIENCE OF VERTEBRATE ZOOLOGY. Modern Science and Research, 2(9), 242–247. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24138
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The use of best practices and innovative approaches in the teaching of vertebrate zoology and the methods of introduction to the public are discussed and analyzed with examples.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

242

UMURTQALILAR ZOOLOGIYASI FANINI O`QITISHDAGI INNOVATSIYALAR VA

ILG`OR XORIJIY TAJRIBALAR

Sultanov Esbosin Kosimbetovich

Ajiniyaz nomidagi NDPI Zoologiya, odam morfofiozolgiyasini

o’qitish metodikasi kafedrasining katta o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8369871

Annotasiya.

Umurtqalilar zoologiyasi fanini o’qitishda ilg’or tajribalar va innovatsion

yondashuvlarning qo’llanilishi va ommaga joriy qilish metodlari haqida aytilib, misollar bilan
analiz etilgan

.

Kalit so’zlar

Modulli o’qitish, modulli kredit, veminar, muammoli metod, evristik metod,

pedagogik yondoshuv, pedagogik tajriba.

INNOVATIONS AND ADVANCED FOREIGN EXPERIENCES IN TEACHING

THE SCIENCE OF VERTEBRATE ZOOLOGY

Abstract.

The use of best practices and innovative approaches in the teaching of vertebrate

zoology and the methods of introduction to the public are discussed and analyzed with examples.

Key words

Modular teaching, modular credit, webinar, problem method, heuristic

method, pedagogical approach, pedagogical experience.

ИННОВАЦИИ И ПЕРЕДОВОЙ ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПРЕПОДАВАНИЯ

НАУКИ ЗООЛОГИЯ ПОЗВОНОЧНЫХ

Аннотация.

Обсуждаются и анализируются на примерах использование лучших

практик и инновационных подходов в преподавании зоологии позвоночных, а также
методы ознакомления общественности.

Ключевые слова

Модульное обучение, модульный кредит, вебинар, проблемный

метод, эвристический метод, педагогический подход, педагогический опыт.

Raqobatbardosh kadrlar yetishtirish davrimizning dolzarb masalasiga aylangan. Jahon

tajribasi bozor iqtisodiyotining samaradorligini va hayotiyligini tasdiqlaydi. Shunisi etiborliki,
Kadrlar tayorlash milliy modelidagi ishlab chiqarish kategoriyasi tushunchasi- ishlab chiqarishni
kadrlarga bo`lgan ehtiyojini, shunindek ularning tayorgarlik sifati saviyasiga nisbatan qo`yiladigan
talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayorlash tizimini moliyaviy va moddiy texnika
jihatidan ta`minlash jarayonining qatnashchisi sifatida namoyon bo`ladi.

Kadrlarning yuqori malakali bo`lishi, ijodkorligining ortishi ilmiy- innovatsion faoliyat

tufayligina amalga oshadi. Agar ular o`z g`oyalari, ilmiy yo`nalishlarini amalga oshirishlari uchun,
qaysi sohada bo`lishidan qat`i nazar, bozorbop mahsulot chiqarib, yoki xizmat ko`rsatib o`z tijorat
ishlarini yurgizsalar, bu jarayonda yosh mutaxassislarni, talabalarini jalb qilsalar, unumli va
samarali natijalariga erishish mumkin. Bu esa o`z navbatida o`quv jarayoni, ilmiy va ishlab
chiqarish muhitining integratsiyasi sifatida intellektual mehnat orqali o`z hayotiy ehtiyojlarini
qondirish imkoniyatlarini beradi. Shuning uchun mumkin qadar aqliy mehnatini
moliyalashtirishga o`rganish, yuksalish tartibiga o`tish zamon talabiga aylanmokda.

Ta`limni tashkil etishdan asosiy maqsad: mehnat bozorida raqobatbardosh darajaga va

ixtisoslikka ega bo`lgan, mas`uliyatli, o`z kasbining ustasi, chegaradosh kasblarni erkin
uddalaydigan, o`z ixtisosligi bo`yicha jahon standartlari darajasida samarali ish bajara oladigan,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

243

muntazam o`z ustida ishlaydigan malakali mutaxassis tayyorlashdan iboratdir. Tayyorlanayotgan
kadrlarning malakali bo`lishi esa bevosita ularning dars mashg`ulotlari jarayonida bilim, ko`nikma
va malaklarini nechog`li o`zlashtiriganlariga bog’liqdir.

Shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda talabalar faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatib

kelingan edi. Bunday usul talabalarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni
so`ndirar edi. Pedagog-olimlar yillar davomida ta`lim tizimida “Nega o`qitamiz? Nimani
o`qitamiz? Qanday o`qitamiz?” savollariga javob izlash bilan bir qatorda “Qanday qilib samarali
va natijali o`qitish mumkin?”-degan savoliga javob qidirdilar. Bu esa, olim va amaliyotchilarni
o`quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya`ni o`qitishni ishlab chiqarishga oid aniq
kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko`rish mumkin, degan
fikrga olib keldi.

Dunyoning turli mamlakatlarida ko`plab tadqiqotchilar ta`limda innovatsiyalarni qo`llash

bo`yicha har doim izlanishlar olib borishgan. Ular “innovatsiya”, “interfaol usullar”, innovatsion
texnologiyalar to`g`risida yaxshi axborotlar yig`ishgan.

Ta`lim jarayoniga innovatsiyalarni qo`llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga

oshirishni talab etadi:

-

o`quv fanini aniq maqsadini aniqlash;

-

fanning hajmini va mazmunini aniqlash;

-

zarur bo`lgan ta`lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish;

-

fanning moddiy va texnik ta`minotini yaratish;

-

ta`lim oluvchilarning xususiyatlarini o`rganish;

-

o`qituvchini tayyorgarligi va dars mashg`ulotini aniqlash.

Xorij ta`limda innovatsiyalarni qo`llash bo`yicha quyidagi innovatsion pedagogik

texnologiyalarga oid ma`lumotlarga to`qtalishni joiz bildik.

Modulli o`qitish texnologiyalari.

O`qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi,

chunki u ta`lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga
eng yaxshi moslashganidir. Ana`naviy ta`limda o`quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali
ifodalangan ya`ni bilim berishga yo`naltirilgan bo`lsa, modulli o`qitishda ta`lim oluvchilar
faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo`naltirilgan bo`ladi.

Modulli o`qitish ta`limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish

imkoniyatini yaratadi:

Modul

– faoliyatlik asosida o`qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarni

o`zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta`minlaydi;

– o`qitishni individuallashtirish;
– amaliy faoliyatga o`rgatish va kuzatiladigan xarakterlarni baholash darajasida o`qitish

samaradorligini nazorat qilish;

– kasbga qiziqtirish asosida faollashtirish mustaqil va o`qitish imkoniyatlarini to`la

ro`yobga chiqarish.

Modulli o`qitish samaradorligi quyidagi omillarga bog`liq:
– ta`lim muassasasining moddiy-texnik bazasi;
– malakali professor-o`qituvchilar tarkibi darajasi;
– talabalar tayyorgarligi darajasiga;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

244

– kutiladigan natijalar bahosiga;
– didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga;
– modullar natijasi va tahliliga.
Modulli o`qitishda o`quv dasturlarini to`la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash

orqali bosqichma-bosqich o`qitish imkoniyati yaratiladi. Ya`ni o`qitishni individuallashtirish
mumkin bo`ladi.

Modulli o`qitishga o`tishda quyidagi maqsadlar ko`zlanadi:

o`qitishning uzluksizligini ta`minlash;

o`qitishni individuallashtirish;

o`quv materialini mustaqil o`zlashtirish uchun etarli sharoit yaratish;

o`qitishni jadallashtirish;

fanni samarali o`zlashtirishga erishish.

Modulli o`qitish fanning asosiy masalalari bo`yicha umumlashtirilgan ma`lumotlar

beruvchi muammoli va yo`riqli ma`ruzalar o`qilishini taqozo etadi. Ma`ruzalar talabalarning ijodiy
qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog`i lozim.

Modul amaliy va laboratoriya mashg`ulotlari ma`ruzalar bilan birga tuzilishi, ular

ma`ruzalar mazmunini o`rganiladigan yangi material bilan to`ldirilishi kerak.

Modulli - kredit tizimi.

XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik taraqqiyot o`zining

yuksak cho`qqilariga erishdi. Ilmiy texnik taraqqiyotining (ITT) hozirgi darajasi shundayki fan
texnika va texnologiya rivojining erishilgan sur`atlarini mamlakat qay darajada rivojlangan
bo`lmasin alohida olingan mamlakatda uni ta`minlab bo`lmaydi. ITT keyingi rivoji faqat turli
mamlakatlardagi olim va mutaxassislarning hamkorligi ilmiy-tadqiqot ishlarning integratsiyasi
natijasida amalga oshirilishi mumkin. Fan-texnika va texnologiyaning taraqqiyoti ta`lim
taraqqiyoti darajasi bilan chambarchas bog`liqligini e`tiborga oladigan bo`lsak ta`lim sohasidagi
xalqaro integratsiyaning ustuvorligi yaqqol muammoga aylanib qoladi.

Bu kredit texnologiyani yaratilishini va qo`llanishining dolzarbligini belgilaydi. Chunki

ta`lim sohasidagi xalqaro integrallashuvi eng avvalo o`quv jarayonini kredit texnologiyasi asosida
tashkil etishiga tayanadi.

Zamonaviy o`qitish texnologiyasi, oliy ta`lim muasasasining jihozlanganligi, professor-

o`qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo`lishi, o`qitishning yuqori
sifatlari-ECTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. O`quv jarayonini tashkil etishning
ushbu tizimi, quyidagi o`ziga xos xususiyatlarga ega.

O`

quv rejasi bo`yicha:

Barcha o`quv fanlari ikki guruhga bo`linadi - majburiy va talaba tanlovi asosidagi fanlar.

Bu nisbatan taxminan 1:2 ga teng qabul qilinadi.

Har bir talaba shaxsiy o`quv rejasiga ega bo`ladi.
Asosiy hujjat transkript (transcript of ruords) u xususiyatning unifikatsiyalashgan hujjat

bo`lib, yagona shaklda tuziladi, o`qitish natijalarini tan olish uchun majburiy hujjat hisoblanadi.
Transkriptda, talabaning mazkur davlatda qabul qilingan baholash tizimida ham, xususiyatli tizimi
bo`yicha ham olgan baholari, olingan xususiyatli kreditlari bo`yicha ma`lumotlar keltiriladi:

•Har bir semestrda o`rganiladigan fanlarning soni Z...5ta bo`lishi;
•Mustaqil ishga ajratilgan soatlar, auditoriya soatlaridan ko`p bo`lishi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

245

Kredit o`zida talabaning o`quv fanini o`zlashtirish uchun zarur bo`lgan barcha mehnat

sarflarini mujassamlashtirdi. O`quv fani uchun ajratiladigan kreditlar soni, aksariyat hollarda 3 ga
teng bo`ladi

O`quv fani dasturining mazmuni (syllabus) quyidagilarni

o`

z ichiga oladi:

– o`quv fanining to`liq nomlanishi va uning o`quv rejasidagi tartib raqami;
– o`quv fanini o`rganish maqsadi;
– o`quv fanining qisqacha mazmuni;
– taqvimiy reja, mashg`ulotlar jadvali bilan;
– o`qitish texnologiyasi;
– talabaning mas`uliyati va unga qo`yilgan talablar;
– talabalar bilimini baholash tartibi va mezonlari;
– asosiy va qo`shimcha adabiyotlar ro`yxati.

O`qituvchining o`quv yuklamasini hisoblashda:

Umumiy mehnat sarfi miqdori (auditoriya va mustaqil ish soatlari) bir o`quv yilida 750-

800 soatni tashkil etishi - e`tiborga olinadi.

O`

qitish jarayonining asosini:

– shaxsga yo`naltirilgan o`qitish texnologiyalari;
– talabaning mustaqil ishida, o`qituvchi maslahatchi sifatida ishtirok etadi;
– talaba o`quv fanini va o`qituvchini tanlash huquqiga ega.

Masofali ta`lim.

Masofali o`qitish nazariyasi va amaliyoti boy chet el va milliy tajribalar

tadqiqotlar yo`nalishlari umuman dolzarbligini tasdiqlaydi. Yangi pedagogik axborot va
telekommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga asoslangan ta`lim olish usulidan biri
hisoblangan masofali ta`lim mohiyatini tushunishga bizni yaqinlashtiradi.

Ta`limning sintetik integral va gumanistik shakli hisoblanuvchi masofali o`qitishning

aynan nazariy va amaliy masalalari ta`limni isloh qilish sharoitlarida milliy ta`lim tizimi oldida
turgan muammolar katta qismini hal etishi kerak.

Chet el ta`lim tizimlarida masofali o`qitishning tashkil topishi va rivojlanishi jarayonini

o`rganishda ta`lim muassalarida masofali o`qitishni amaliy tashkil qilish turli shakllari va
variantlarini hamda masofali ta`limni didaktik ta`minlash vositalarini tahlil qilishga e`tiborni
qaratish zarur.

Masofali ta`lim - masofada turib o`quv axborotlarini almashish vositalariga asoslanuvchi

maxsus axborot ta`lim muhiti yordamida ta`lim xizmatlari to`plamidan iborat. Masofali ta`lim
axborot - ta`lim muhiti foydalanuvchilar ta`lim olish ehtiyojlarini qondirishga mo`ljallangan
ma`lumotlar uzatish vositalari axborot resurslari o`zaro aloqalar protokollari apparat - dasturli va
tashkiliy-metodik ta`minotlar sistemali - tashkiliy to`plamidan iborat.

Masofali ta`lim - o`qituvchilarga o`rganilayotgan material asosiy hajmini etkazib berishni

o`qitish jarayonida o`qituvchilar va talablarning interaktiv o`zaro aloqalarini, talabalarga
o`rganilayotgan materialni mustaqil o`zlashtirish bo`yicha mustaqil ishlash imkonini berishni
hamda o`qish jarayonida ularning olgan bilimlarini va ko`nikmalarini baholashni ta`minlovchi
axborot texnologiyalari to`plami.

Vebinar metodi.

Bu usulda dars seminar yoki konferentsiya Internet orqali bir vaqtda

hozir bo`lgan talabalar bilan audio, video (va avvalgi postlarda sanab o`tilgan ko`plab interaktiv
imkoniyatlar) bilan jonli olib borilib ushbu dars keyingi foydalanishlar uchun yozib olinishi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

246

mumkin bo`lsada butun o`quv yoki kurs jarayonidagi darslar yagona platforma doirasida o`zaro
uzviy bog`lanmaydi, ya`ni alohida-alohida bir martalik darslar bo`ladi deyish mumkin.

Muammoli metod.

Muammoli metodning mohiyati mashg`ulotlar jarayonida muammoli

vaziyatlarni yaratish va echishdan iborat bo`lib uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi.
Muammoli ta`lim kontseptsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat» «muammo»,
«muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki muammoli vaziyat bu
metodning dastlabki ko`rinishi hisoblanib o`zida sub`ektning aniq yoki qisman tushunib etilgan
muammoni ifodalaydi uni bartaraf etish yangi bilimlar usullar va harakat ko`nikmalarini
o`zlashtirishni taqozo etadi. Agar o`quvchida qiyinchiliklarni yo`qotish yo`llarini izlab topish
uchun boshlang`g`ich ma`lumotlar bo`lmasa shubhasiz muammoli vaziyat echimini u qabul
qilmaydi ya`ni muammoning echimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muamo mohiyatini
tushunib etilishi ifodalanishi mavjud bilim va ko`nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida
muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga
aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o`zida namoyon etadi biroq barcha muammoli
vaziyat muammoga aylanavermaydi.

Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo`li shu bilan birga o`quv yo`li hamdir.

Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:

Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo echimini topishga yordam beruvchi

yo`nalishlar ko`rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir.
Muammoda echimning qandaydir parametrlari ko`rsatilsa u muammoli masala hisoblanadi. Har
qanday muammoli topshiriq ma`lum muammoni demak muammoli vaziyatni ham qamrab oladi.
Biroq yuqorida ta`kidlanganidek barcha muammoli vaziyat muammo bo`la olmaydi. Inson har
doim muammoli masalalarni hal etadi. Agar uning oldida muammo paydo bo`lsa uni muammoli
masalaga aylantiradi, ya`ni uning echimi uchun o`zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma`lum
ko`rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, u boshqa ko`rsatkichlarni
qidiradi va shu muammo bo`yicha yangi variantlardagi masalalarni laydi.

Evristik o`qitish metodi.

Evristik o`qitish metodini qo`llashda o`qituvchi o`quvchilar

bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo`lgan masalani aniqlab oladi.O`quvchilar esa mustaqil
ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o`zlashtirib oladilar va
uning echimi bo`yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O`rnatilgan masalani echish davomida
o`quvchilar ilmiy bilish metodlarini o`zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko`nikmasi
tajribasini egallaydilar.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytganda, O`zbekiston Respublikasi inson huquqlari va

erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma`naviy yangilanishini, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo`shilishni ta`minlaydigan demokratik
huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Xalqning boy intellektual merosi va
umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va
texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish
O`zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.

Umurtqalilar zoologiyasi, biologiya fanlarining muhim tarmoqlaridan biri bo`lib,

organizm, undagi a`zolar, to`qimalar hujayralar va hujayra strkuturasi elementlarining
funktsiyalarini tashqi muhitga bog`lab, har tomonlama chuqir o`rganadigan fan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

247

Shuningdek, Umurtqalilar zoologiyasi fani turli boliqlarning oziqlanishi organizmning

rivojlanish jarayonida organlar tizimini va butun organizmda sodir bo`ladigan o`zgarishlarni
o`ziga xos rivojlanish xususiyatlarini o`rganadi.

Binobarin, pedagoglar ta`lim-tarbiya ishini Umurtqalilar zoologiyasi fanining

ma`lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega. Maktab, litsey va kasb-
hunar kolledjlarida mintaqaviy tabiiy boyliklar xisoblangan boliq turlarin usirish, aniqlash morfo
anatomik-fiziologik xususiyatlarini albatta hisobga olishi kerak.

Umurtqalilar zoologiyasi Zoologiya fanlari bo`lmish Ixtiologiya, gistologiya, tsitologiya,

ornitologiya, evolyutsion ta`limot, biometriya va boshqa pedagogika fanlariga yaqindan
chambarchas bog`liqdir.


REFERENCES

1.

Yuldashov M.A. O razvitie xolodnovodnogo ribovodstvo I Uzbekistane dlya
ratsional`nogo ispol`zovaniya produktivnosti vodoemov // Vestnik Karakalpakskogo
otdeleniya AN R Uz. - Nukus, 2012. - № 1 (226). -S. 64-68. (03.00.00. № 10).

2.

Yuldashov M.A., Kamilov B.G. Karimov B.K Razvitie i rost radujnoy foreli pri
intensivnom basseynovom virashivanie v usloviyax Uzbekistana // Vestnik
Karakalpakskogo otdeleniya AN RUz. - Nukus, 2012. - № 2 (227). - S. 52-53. (03.00.00.
№ 10).

3.

Yuldashov M.A.,Kamilov B.G Ekologicheskie osnovi vibora napravleniya biotexnologiy
dlya uvelecheniya proizvodstva ribi v Uzbekistane // Vestnik Karakalpakskogo otdeleniya
AN R Uz. - Nukus, 2017. -№ 4 (249). - S. 60-62. (03.00.00. № 10).

4.

Yuldashov M.A., Kamilov B.G., Kim S.I. Zavisimost` kachestva void ot skorosti eyo toka
v protochnix basseynax pri soderjanii tovarnoy radujnoy foreli // Vestnik Karakalpakskogo
otdeleniya AN R Uz. - Nukus, 2017. -№ 4 (249). - S. 62-64. (03.00.00. № 10).

5.

Yuldashov M.A. Baliqchilik istikboli // Uzbekiston kishlok xujaligi jurnali. - Toshkent,
2017. - №10. - B.21.(06.00.00. № 4).

6.

Yuldashov M.A., Kamilov B.G. Rost i sozrevanie karpa

Cyprinus carpio

L. v

Talimardjanskom vodoxranilishe Uzbekistana // Vestnik .Uz. - Toshkent, 2017. - № 4. - S.
234-236. (03.00.00. № 9).

7.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ
ТАЛАБАЛАРНИНГ

МУСТАҚИЛ

ИШЛАШ

КЎНИКМАЛАРИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

8.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 196-203.

9.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal
of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

10.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT
//Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.


References

Yuldashov M.A. O razvitie xolodnovodnogo ribovodstvo I Uzbekistane dlya ratsional`nogo ispol`zovaniya produktivnosti vodoemov // Vestnik Karakalpakskogo otdeleniya AN R Uz. - Nukus, 2012. - № 1 (226). -S. 64-68. (03.00.00. № 10).

Yuldashov M.A., Kamilov B.G. Karimov B.K Razvitie i rost radujnoy foreli pri intensivnom basseynovom virashivanie v usloviyax Uzbekistana // Vestnik Karakalpakskogo otdeleniya AN RUz. - Nukus, 2012. - № 2 (227). - S. 52-53. (03.00.00. № 10).

Yuldashov M.A.,Kamilov B.G Ekologicheskie osnovi vibora napravleniya biotexnologiy dlya uvelecheniya proizvodstva ribi v Uzbekistane // Vestnik Karakalpakskogo otdeleniya AN R Uz. - Nukus, 2017. -№ 4 (249). - S. 60-62. (03.00.00. № 10).

Yuldashov M.A., Kamilov B.G., Kim S.I. Zavisimost` kachestva void ot skorosti eyo toka v protochnix basseynax pri soderjanii tovarnoy radujnoy foreli // Vestnik Karakalpakskogo otdeleniya AN R Uz. - Nukus, 2017. -№ 4 (249). - S. 62-64. (03.00.00. № 10).

Yuldashov M.A. Baliqchilik istikboli // Uzbekiston kishlok xujaligi jurnali. - Toshkent, 2017. - №10. - B.21.(06.00.00. № 4).

Yuldashov M.A., Kamilov B.G. Rost i sozrevanie karpa Cyprinus carpio L. v Talimardjanskom vodoxranilishe Uzbekistana // Vestnik .Uz. - Toshkent, 2017. - № 4. - S. 234-236. (03.00.00. № 9).

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 196-203.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов