UNIQUE CHARACTERISTICS AND STRUCTURE OF MUSIC LESSONS IN KINDERGARTEN

HAC
Google Scholar
To share
Omarova, A. . (2023). UNIQUE CHARACTERISTICS AND STRUCTURE OF MUSIC LESSONS IN KINDERGARTEN. Modern Science and Research, 2(9), 446–448. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24262
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article describes the main purpose of conducting music classes in kindergartens, instilling love for sophistication in the hearts of children, raising them to become well-rounded people, and its unique features.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

446

BOLALAR BOG‘CHALARIDA MUSIQA MASHG'ULOTLARI ÓZIGA XOS

XUSUSIYATLARI VA TUZILISHI

Omarova Anarxan Qıslawbaevna

Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti assistent óqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8398619

Annotatsiya.

Bu maqolada bolalar bog‘chalarida musiqa mashg‘ulotlarini o'tkazishdan

ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, kichkintoylar qalbida nafosatga mehr uyg'otish, ularni barkamol
inson qilib tarbiyalab uning óziga hos hususyatlari haqida aytilgan.

Kalit sózlar:

bolalar boǵchasi, musiqa, mashǵulot, o‘quv materiallari, tarbiya, qobilyat.

UNIQUE CHARACTERISTICS AND STRUCTURE OF MUSIC LESSONS IN

KINDERGARTEN

Abstract.

This article describes the main purpose of conducting music classes in

kindergartens, instilling love for sophistication in the hearts of children, raising them to become
well-rounded people, and its unique features.

Key words:

kindergarten, music, activity, educational materials, education, ability.

УНИКАЛЬНОСТЬ И СТРУКТУРА УРОКОВ МУЗЫКИ В ДЕТСКОМ САДЕ

Аннотация.

В данной статье рассказывается об основной цели проведения

музыкальных занятий в детских садах, привитии в сердцах детей любви к утонченности,
воспитании из них всесторонне развитых людей, и ее уникальных особенностях.

Ключевые слова:

детский сад, музыка, деятельность, учебные материалы,

образование, способности.


Bolalar bog‘chalarida musiqa mashg‘ulotlarini o'tkazishdan ko‘zda tutilgan asosiy
maqsad, kichkintoylar qalbida nafosatga mehr uyg'otish, ularni barkamol inson qilib tarbiyalab,
voyaga yetkazishdir. Mashg'ulotlar jarayonida bolalarda milliy musiqa ohanglari yordamida
zaruriy bilim va ko‘nikmalar tarkib toptiriladi. Bu mashg‘ulotlardagi har bir faoliyat turi
bolalarning musiqiy didini rivojlantiradi. Musiqiy mashg‘ulotlar oldiga qo‘yilgan har qanday
maqsad va vazifalami amalga oshirish, awalo, musiqa rahbarining pedagogik tayyorgarligiga
bog‘uq. Musiqiy mashg'ulotlar bog‘chada o‘tiladigan boshqa mashg‘ulotlardan ancha farq qiladi
va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat: — musiqa mashg‘ulotlari
musiqa savodi va ijrochilikka doir bir necha faoliyat turlaridan (qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash,
musiqiy-ritmik harakatlami bajarish, musiqa savodi, bolalar musiqa cholg‘u asboblarida jo‘r
bo‘lish) tashkil topadi; — bu mashg‘ulotlar boshqa mashg‘ulotlardan o'zining ifoda vositalari,
ya’ni «tili» bilan farq qiladi. Tasviriy san’at ranglar bilan, adabiyot so‘z bilan, musiqa esa tovushlar
orqali vujudga keladigan ohanglar vositasida insonga ta’sir etadi; — musiqa mashg‘ulotlari
bolalarning ruhiyatiga, emotsiyasiga faol ta’sir ko‘rsatib, ularni quvontiradi, ijodiy kechinmalar
hosil qilib, ma’naviy ozuqa beradi; — musiqa mashg‘ulotlari jismoniy tarbiya, rasm, odobnoma,
atrofimizdagi olam kabi masng‘ulotlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Musiqiy mashg‘ulotlami
olib borishda musiqa rahbari kichkintoylaming yoshi va qiziqishlarini e’tiborga olishi lozim.
Mashg'ulotning tuzilishi o‘quv materiallarining mazmunidan kelib chiqishi kerak. Bunda
asarlaming ta’limiy, tarbiyaviy ahamiyati, badiiy saviyasi, bolalar yoshiga mosligining hisobga
olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa mashg‘ulotlarining tuzilishi quyidagi faoliyat
turlaridan iborat:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

447

1. Musiqiy-ritmik harakatlami bajarish.
2. Musiqa tinglash.
3. Musiqa savodi.
4. Qo‘shiq kuylash.
5. Bolalar musiqa cholg‘u asboblarida jo‘r bo'lish.

Endi har bir faoliyat turiga qisqacha to‘xtahb o‘tamiz:
— musiqiy-ritmik harakatlar. Milliy ruhni o‘zida aks ettirgan xalq qo‘shiqlari, laparlari

bolalarning olamni badiiy his etishlariga, zavqlanishlariga yordam beradi. Musiqiy obrazlarga
muvofiq turh xarakterdagi harakat va iaqslami, turh obrazlami tasvirlash muhim ahamiyat kasb
etadi. Ritmik harakatlar musiqiy qobiliyatni shakllantirish va rivojlantirishda juda muhimdir.
Musiqiy-ritmik harakatlar bolalar ruhiyatiga musiqiy asaming mazmuni va kayfiyatini singdiradi,
bu bolalarning jismoniy sog‘lom bo‘lishlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

— musiqa tingiash — har bir bolaning musiqa tingiash madaniyatining shakllanishi va

rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bola, awalo, musiqani idrok etib, so‘ngra unga mos
harakatlami bajaradi;

— musiqa savodi. Musiqa mashg'ulotlarida bolalar qo'shiq kuylash, musiqa tingiash bilan

birga qo'shiqlar, musiqiy asarlarning tuzilishi, tempi, xarakteri, ladi, kuyi, ritmi, tovush
balandligini ham ongli ravishda anglashlari lozim. Bu ulaming aqliy salohiyati, musiqiy uquvi,
xotirasi, nutqi, ongi va bilimini oshiradi;

— qo'shiq kuylash. Qo‘shiq kuylash jarayonida bolalaming nutqi, musiqiy uquvi, musiqiy

qobiliyati, xotirasi rivojlanadi. Jamoa bo‘lib qo'shiq kuylash bolalami do‘stlikka chorlaydi,
ulaming o‘zaro hurmat, tabiatga va Ona-Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ularini tarbiyalaydi;

— bolalar musiqiy cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘Msh - musiqa mashg'ulotlarida eng

qiziqarli, barcha bolalar sevib qatnashadigan faoliyat turidir. Bolalar musiqa cholg'u asboblari
orqali jonh ijro har qanday bolani o'ziga jalb etadi. Ulaming musiqaga bo'lgan qiziqishlarini yanada
oshiradi, ritm tuyg'usi, musiqiy uquvi, xotirasini mustahkamlaydi. Kichkintoylarda ajablanish,
zavqlanish, hayratlanish, quvonish kabi ruhiy holatlami vujudga keltiradi.
Qo‘shiq kuylash musiqa mashg‘ulotining asosini tashkil etadi. Har bir qo‘shiq ma’lum
pedagogik maqsadlami amalga oshirishni ko‘zda tutib tanlanadi. Qo‘shiqlarni ma’lum bir tizimga
solishda oddiydan murakkabga qarab borishga rioya qiUsh kerak. Qo‘shiqlami quyidagi talablarga
muvofiq tanlash tavsiya etiladi:
— tarbiyaviy ahamiyati, g‘oyaviy mazmuni, musiqiy tuzilishi va xarakteri;
— qo'shiq matnini yod ohsh osonligi, badiiy yuksakligi va bolalarning lug‘at boyligiga mosligi;
— ohangning xarakteri, intonatsiya ifodasi, kuyning o'lchovi, tessiturasi va diapazonining bolalar
ovoziga mosligi;
— qo‘shiqning musiqa cholg‘u asboblari (fortepyano) jo'rligi uchun klaviri: badiiy xususiyati va
ifodaviyligi, bolalar yoshiga mosligi;
— qo‘shiqning shakli, necha kuplet, qLsmdan iboratligi (bir, ikki qismli yoki ko‘plik shaldida
tuzilganligi), naqarotning mavjudHgi. Yalla, lapar, alia kabi o‘zbek xalq qo‘shiqlari, shuningdek,
terma qo‘shiqlar milhy musiqiy- ritmik harakatlari bilan o‘rgatiladi. Musiqa rahbari qo‘shiqlami
bolalarga yoqimli ovozda ifodali aytib berib tanishtiradi. Mazmunini obrazli, qiziqarli tarzda
bolalar ongiga yetkazLsliga harakat qiladi. Bunda u ko‘rgazmali qurollar, musiqiy-ritmik
harakatlardan foydalanadi. Qo‘shiq mazmuni va xarakterini bolalar yaxshi anglab olganlaridan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

448

so‘ng o‘rgatishga kirishadi. Bolalar toliqib qolmasliklari uchun qo‘shiq o'rgatish uslubi vaqti-
vaqti bilan o‘zgartirib turiladi. Bolalar qo‘shiqni stulchalarga suyanib o‘tirgan holda kuylaydilar.
Bu paytda ular qomatlarini to‘g‘ri tutishlari lozim. Stulchalar bolalarning bo‘ylariga mos bo‘lishi
kerak, ya’ni suyanadigan qismiga yengil tayanib turish mumkin bo‘lsin. Qo'shiq kuylanayotganda
qo‘llar tizzaga qo'yilgan bo'lishi shart. Qo'shiq mazmuniga mos musiqiy-ritmik harakatlami
bajarish bolalarning ko‘krak qafasi va nafas yo‘llarini yaxshi rivojlanishiga yordam beradi.
Qo‘shiq kuylash yengil va oson amalga oshirilishi tufayli bolalar diqqatini tez jalb etadi.
— besh-olti yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re1-do1;
— olti-yetti yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re1-re2. Barcha guruh bolalari uchun (fa'-si1) yengil
primar registr hisoblanadi. Shuning uchun kichik diapazonli qo‘shiqlar, turli vokal-xor mashqlarini
ko‘pincha mazkur registrda kuylatish maqsadga muvofiqdir. Bu bolalarda musiqiy qobiliyatning
har tomonlama rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘shiq kuylash jarayonida bolaning fikrlash
qobiliyati, nutqi, idroki o'sadi. Bolalar ovozini asrab tarbiyalashning zarur shartlaridan biri
qo'shiqlarni ularning yoshiga va ovoz diapazoniga qat’iy rioya etib tanlashdan iboratdir.

REFERENCES

1.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi: Kasb-hunar kollejlari
uchun o‘quv qo‘ll./G.M.Sharipova, Sh.A Yakubova; 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. —Т.: Cho'lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007 — 96 b.

2.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ
ТАЛАБАЛАРНИНГ

МУСТАҚИЛ

ИШЛАШ

КЎНИКМАЛАРИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

3.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 196-203.

4.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal
of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

5.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT
//Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.


References

Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi: Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘ll./G.M.Sharipova, Sh.A Yakubova; 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. —Т.: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007 — 96 b.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 196-203.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов